11:02 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
62110

COVID-19 pandemiyasi musulmonlarning hayotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi va millionlab odamlarga ularni kasallikdan xalos boʻlishida Alloh nafaqat iymonni, balki aql-idrokni ham berganini eslatdi.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Yanvar oyida, koronavirus hali pandemiya koʻlamida tarqalmagan va xavfli infektsiyaga Xitoyda allaqanday mavsumiy avj olish sifatida qaralayotgan mahalda, kasallik tabiatini nafaqat ommaviy axborot vositalari, balki islom ulamolari ham keng muhokama qila boshladi.

Bu yerda fikrlar boʻlindi. COVID-19ning kelib chiqishi geografiyasini hisobga olgan holda, eng ashaddiy vakillar koronavirus uygʻurlarni va umuman barcha musulmonlarga zulm oʻtkazgani Xitoy uchun munosib jazo deb takidladilar.

“Shubhasiz, bu xitoyliklarning mslomga munosabati, islom va musulmonlarga hurmatsizligi, munosabati uchun Allohning ilohiy jazosidir”, - dedi Iroqning diniy yetakchisi Oyatulloh Hadi al-Modarrezi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, xitoyliklar ayollarga yuzlarini toʻsib paranji kiyishni taʼqiqlagan, endi esa Alloh yuz millionlab xitoyliklarning yuzlarini niqob bilan yopib yurishga majbur qildi.

Bunday nutqlarni internetning koʻplab foydalanuvchilari qoʻllab-quvvatladilar va XXR hukumatiga, farqi yoʻq – haqiqiymi yoki uydirmami, barcha gunoh va xafagarchiliklarini esga soldilar. Baʼzi oʻta qiziqqon, ammo ehtimol, oʻqimishli boʻlmagan fuqarolar, jiddiy tarzda, Xitoy hukumati muqaddas kitobni yoqib yuborganligi tufayli Xudoning gʻazabiga uchragan, va shu sababli kasallik « “quronavirus” deb nomlangan deb taʼkidlashmoqda.

Allohdan koronavirusdan aziyat chekayotgan kofirlarning azobini kuchaytirishni soʻragan "Islom davlati"* ham chetda qolmadi. Ammo, terrorizm voizlari jihod jangchilari ham infektsiyani yuqtirib olishi mumkinligini ehtiyotkorlik bilan taʼkidladi, shuning uchun oʻz tarafdorlarini epidemiya avj olgan hududlarga borishdan chekinishga chaqirdi.

Yaxshiyamki, oddiy dindorlar va ulamolar orasida yetarlicha idrokga ega odamlar oz emas.

COVID-19 tarqatilishining birinchi oyidayoq, imom va ulamolar aql-idrokga quloq solib, birinchidan, Xitoy hukumati nohaq boʻlsa ham, birovning baxtsizligini mazxara qilish musulmonga loyiq emasligini, ikkinchidan, kasallik, bu jadal harakatlanishida ertami-kech musulmonlarga ham yetib borishini eslatdi.

Shu qatorda, nufuzli al-Azhar universitetining bosh imomi shayx Ahmad at-Tayib, COVID-19 toʻgʻrisidagi tasdiqlanmagan mish-mishlar tarqatilishini shirk deb eʼlon qildi va dindorlarni barcha cheklovchi choralarni, shu jumladan juma namoziga vaqtincha taqiqni qatʼiyan bajarishga chaqirdi.

“Bularning barchasi majburiy va islom qonunlariga muvofiqdir, shuning uchun bunga boʻysunmaslik Allohning kalomiga boʻysunmaslik degani”, - dedi shayx.

Qanday boʻlmasin, Eronga koronavirus yetib kelganidan soʻng, Allohning "kofirlarga" jazosi haqida gaplar tez orada yoʻqqa chiqdi. Mart oyining boshida eng ashaddiy dindorlar oʻzlarining iymoni kuchliligini va koronavirusga beparvoligini namoyish etishga qaror qilib, masjidlarning toʻsiqlarini oʻpib yalayotganlarini videoga oldilar.

Oldindan bashorat qilib boʻladigan vaziyat roʻy berdi: kasallik Eronda keskin avj oldi. Hukumat oʻz fuqarolarining bunday diniy gʻayratini qadrlamadi-da, bunday videolar mualliflarini hibsga olishni boshladi, koʻrinishidan ular aql-idrok bu Allohning inʼomi-yu, undan toʻgʻri foydalanmayotganlar nafaqat insoniy, balki ilohiy qonunlarini ham buzishayotganini angladilar.

Bundan tashqari, oʻsha paytga kelib kasallik hokimiyat tepasidagilarga ham tegdi. Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi generali Naser Shaabani koronavirusdan vafot etdi, kasallikka Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Iradj Xarirchi ham chalindi. Kutilmaganda xudoning xitoyliklarga jazosi haqida vaʼzlarni qoldirgan Oyatulloh Xadi al-Modarrezi ham kasallik qurboni boʻldi.

Epidemiyaning butun dunyoga tez tarqalishi islomiy jamiyatning hayotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi va millionlab dindorlarga hayot intiqomiga tez kelishini va koʻngil haqida koʻproq oʻylash kerakligini eslatdi.

Eng asosiysi, pandemiya diniy marosimlarni oʻtkazilishiga taʼsir koʻrsatdi. RF Musulmonlar diniy boshqarmasi ulamolar kengashi fatvo qabul qildi, unga binoan, favqulodda vaziyat tufayli marhumlarni yuvintirmasdan, uni kafan ichida emas, balki tobutda koʻmishga ruxsat berildi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston musulmonlari idoarsi Al-Azhar institutining fatvosini qabul qildi, unga koʻra koronavirus infektsiyasi natijasida vafot etgan musulmon azobdan oʻtgan shahiddir.

Qanday boʻlmasin, imomlar pandemiyani taqdir sifatida qabul qilishni va shunga muvofiq munosabat bildirishni tavsiya etadilar.

“Qurʼonda shunday yozilgan - siz yomon deb oʻylaganingizga duch kelasiz, ammo aslida bu yaxshilikka aylanadi. Va aksincha. Koronavirus ham gunohlar uchun jazoga aylanishi mumkin, shunda atrofimizga nazar tashlashimiz, xatti-harakatlarimizni tahlil qilishimiz yoki oʻzimizni boshqarishimiz uchun imkoniyat boʻlishi mumkin, ehtimol - kuchimizni xayrli ishlarga yoʻnaltirishga, odamlarga koʻproq rahm-shafqat qilishga imkondir. Ayniqsa hozir, Ramazon oyida", - deb izohladi Sputnik Tojikistonga, Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi raisining birinchi oʻrinbosari Damir-Hazrat Muxetdinov.

Uning soʻzlariga koʻra, musulmon bilan nima sodir boʻlmasin, u Robbisini ulugʻlasa, unga mukofot boʻlgay va barcha sinovlar Yaratganning barokati va rahmatiga aylanishi mumkin. Asosiysi, tushkunlikka tushmaslik, ishonchni yoʻqotmaslik va koʻngilni choʻktirmaslik.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular