Xalq uchun afun: Gonkongda tarix o‘qituvchisi Britaniyani oqlamoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Gonkong
Goroda mira. Gonkong - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gonkong yoshlari G‘arbni masofadan turib sevib qolishgan. Bu sevgi shunchalik kuchliki, ular hatto o‘zlarining afun va mustamlakadan iborat 100-yillik o‘tmishlarini ham unutishga tayyor.

Odatda, har bir xalqning boshqa xalqlarga bo‘lgan munosabatida tarixiy asosga ega bo‘lgan o‘ta nozik jihatlari bo‘ladi. Ehtimol Xitoy uchun “afun urushlari” Rossiya uchun Napoleon yoki Gitlerning bostirib kirishi bilan teng ahamiyatga ega bo‘lsa ajab emas.

Endi bir tasavvur qiling: O‘qituvchi maktabda bolalarga Gitler SSSRga va sovet xalqiga qarshi urushni, umumxalq ta’limini yo‘lga qo‘yish uchun boshlagan deb  o‘rgatsa, masalan. Gonkongda yaqinda xuddi shunday hodisa sodir bo‘ldi.  RIA Novosti muallifi Dmitriy Kosirev maqolasiga asosan.

Tasodifiy bo‘lmagan mojaro

Xo‘sh bu mojaroning bizga nima daxli bor, deysizmi? Bor, chunki ushbu bir tomchi suv orqali butun dunyo okeani nimadan iboratligini yaxshi bilib olsa bo‘ladi. Ushbu milsol bugungi xalqaro munosabatlarning  yashirin  ustunlari nimadan iboratligini yaqqol ko‘rsatib beradi.

Gap, dastlab Gonkongni, keyin esa butun Xitoyni “portlatib” yuborgan 3 daqiqali videolavha haqida ketmoqda. Unda Gonkong maktablaridan birida boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi bolalarga shunday saboq bergan:

“Britaniya Xitoyga hujum qilishining sababi u yerda afun chekishni ta’qiqlash bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Xitoyda afun chekuvchilar juda ko‘p bo‘lgan. Britaniya esa afunni yo‘q qilish maqsadida urush boshlagan” degan.

Aytish  joizki, bu tasodifan yuz bergan hodisa emas, o‘qituvchi savodsiz yoki tarix darsiga bexosdan kirib qolgan odam emas.

Vinesenie prigovora deputatam fraksii Ata-Jurt v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
"Prezidentni shunchaki xaydab chiqarishdi". "Rangli inqiloblar" qanday yakunlangan

Ma’lumot uchun,  19-asrning 40-yillarida hamma narsa aynan buning aksi ko‘rinishida bo‘lgan. Xitoyda afun ta’qiqlangan bo‘lgan va Britaniya ushbu ta’qiqni bekor qilish va Xitoyga afun sotishni boshlash uchun Xitoyga qarshi "afun urushini" boshlagan. Bir emas ikki marotaba. Pekin qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan, lekin uning harbiy qudrati kam bo‘lgani tufayli urushni boy bergan. Buning oqibatida 100-yil davomida millionlab xitoyliklar afundan azob chekkan va faqat 20-asrning o‘rtalarida Mao Dze Dun davrida Xitoy ushbu balodan to‘liq xalos bo‘lgan.

Keling endi ushbu mojaroga kengroq nazar bilan qaraylik. 1842-yilda Britaniya Imperiyasi birinchi afun urushida Xitoy ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, Gonkong Xitoy janubidagi ingliz imperiyasining savdo bazasi sifatida tashkil qilingan  edi. Bu yerda Britaniya mahsulotlari, jumladan afun ham Xitoyga sotilar edi.

Ma’lumot uchun Gonkong Britaniya imperiyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 100-yil Angliya hukumronligi ostida bo‘lib 1997-yilda Xitoy vakolati ostiga qaytdi. Aytish joizki ushbu jarayon ham silliq kechmadi. O‘tgan davr ichida Gonkongda ikkita "rangli revolyutsiya" bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar  - tarix nishonida

O‘tgan yili Xitoyning ushbu maxsus hududida nima sodir bo‘lgani esingizdami? O‘sha namoyishlarda qanday bayroqlar ko‘tarilgani va qanday shiorlar jaranglagani-chi?

Protestnie aksii v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Rangli inqiloblar uchun kadrlar qanday tayyorlanadi

O‘shanda minglab gonkonglik yoshlar Gonkong markazini to‘sib qo‘yishgan edi. “Gonkong uchun demokratiya”  shiorlari bilan bir qatorda dunyoda mustamlakachilik timsoliga aylangan Britaniya bayrog‘i (union jack) ham tez-tez ko‘rinib qolar, “Gonkong inglizlarga qaytrilsa yaxshi bo‘lardi" degan g‘oyalar ham eshitildi.

Tarixni buzib ko‘rsatish – birinchi navbatda yoshlarni nishonga oladi. Afsuski bu bugungi kunning haqiqatiga aylangan. O‘tgan yilgi Gonkong namoyishchilari ham aynan ana shunday yoshlardan iborat edi.

Yoshlar G‘arbni masofadan turib, kinolardagi ideal obrazlar orqali sevib qolishgan. Bu sevgi shunchalik kuchliki, ular hatto o‘zlarining afun va qullikdan iborat o‘tmishlarini ham unutib, Britaniya bosqinini katta va sof ezgulikdek qabul qilishga tayyor.

Lekin Gonkongda bo‘lib o‘tgan ranli inqiloblarda namoyishchilar ikki marotaba ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Balkim ushbu o‘qituvchi ham kechagi namoyishchilardan biri bo‘lgan yoki ular tomnidan tarixiy sabotaj uchun ataylab yuborilgan shaxsdir.

Tarix saboqlari nima uchun kerak?

Nima bo‘lganda ham hech qanday millat o‘zini 100-yil davomida afun bilan zaharlangan tarixini osongina unutib yubora olmaydi. Bosqinchi Napoleon yoki qonxo‘r Gitlerning qilgan ishlarini – millatlar xotirasidan o‘chirish oson emas.

Prazdnichnoe meropriyatie, posvashennoe Dnyu Pamati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh G‘alaba tarixini o‘zgartirishga qaratilgan soxta dasturlarni amalga oshmoqda

Britaniya imperiyasi endi  yo‘q, lekin yangi qudratli davlat bor, bu – AQSh. Lekin AQSh tarixida ham Osiyoda sodir bo‘lgan o‘ziga xos “opium urushlar” varaqasi bor. Indoxitoy orolidagi urushi shular jumlasidan.   

Xitoyda 100-yil ichida afundan necha kishi vafot etgani nomal’lum. Ularni hisoblashning iloji ham bo‘lmasa kerak. Ikkinchidan afun ham osmondan tushmagan axir. Britaniyaliklar uni o‘zlarining Hindistondagi koloniyalarida yetishtirgan. Buning uchun Bengaliyada ulkan hududlarda mahalliy aholidan ko‘knor yetishtirish talab qilingan. Hudud iqtisodi barbod qilingan va 1770-yilda – ommaviy ochlik sodir bo‘lgan. Oqibatda 10 million, 1943-yilda – 3 million kishi qurbon bo‘lgan. Albatta og‘uni yetishtiruvchi hindlarning o‘zi ham undan “foydalangan”.

Ushbu tarixiy faktlardan kelib chiqib bugungi kunda Xitoy va Hindiston anglo-saks sivilizatsiyasiga qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Umumuan tarixiy xotira nima uchun kerak? - degan savollar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.  

Albatta, bu Britaniya yoki Amerikadan qasos olish yoki ularning bugungi avlodi o‘z ota-bobolarining jinoyatlari uchun tovon to‘lashi kerak degani emas. Xotira - o‘tmishni unutmaslik va uning xatolarini takrorlamaslik uchun kerak.

Bugungi kunda dunyoda Osiyo ustuvorligi yaqqol sezilmoqda. Ushbu yangi va eski kuch markazlari to‘qnashuvida, AQSh, Yevropa, Hindiston va Xitoy kurashuvi otbora kuchaymoqda va ushbu kurash qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ko‘z ilg‘amas “afun urushlari” yaqqol sezilib turadi.

Yangiliklar lentasi
0