12:00 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
74720

Yaqinda NATOni yer bilan yakson qilishga qodir boʻlgan Varshava shartnomasi tashkiloti tuzilganiga 65 yil toʻldi.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik, Andrey Kots. Sakkizta davlat, yetti yarim milliongacha askar va zobitlar, oʻn minglab tank va samolyotlar, yuzlab harbiy kemalar - bundan roppa-rosa 65 yil oldin, 1955 yil 14 may kuni Varshava shartnomasi Tashkiloti (VSHT) tuzilganligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan edi.

36 yil davomida ushbu harbiy ittifoq Shimoliy Atlantika ittifoqiga qarshi tura oladigan sayyoradagi yagona kuch boʻlib qoldi hamda AQSH va uning ittifoqchilariga Yevropada nazoratiz hoʻjayinchilik qilishga yoʻl qoʻymadi. NATOning sotsialistik pasangisi haqidagi eng qiziqarli va kam maʼlum boʻlgan faktlar - RIA Novosti materialida.

Yadrosiz strategiya

VSHTning NATOdan farqi shunda boʻlganki, SSSR, Polsha, Bolgariya, Chexoslovakiya, Rumыniya, Vengriya, GDR va Albaniya (1968 yilgacha) qurolli kuchlari yaxlit, yaxshi moylangan mexanizm kabi harakat qilgan. Bunga muntazam qoʻshma mashqlar orqali erishildi.

1981 yil 4 sentyabrdan 12 sentyabrgacha oʻtkazilgan "Gʻarb-81" tezkor-strategik mashqlarida 100 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Maqsad - yadroviy qurol ishlatmasdan dushman mudofaasini yorib oʻtish. Asosiy rol ehtimoliy Uchinchi Jahon urushi boshlangan taqdirda Shimoliy Germaniya pasttekisligi va Fuld yoʻlagi orqali Gʻarbiy Yevropaga oʻtishi kerak boʻlgan tanklarga berildi. Orqa tomondan artilleriya qoʻllab-quvvatlab turgan.

"Biz "olovli soyabon" taktikasini ommaviy ravishda qoʻllagan edik, - deydi oʻsha paytda tanklar vzvodini boshqargan isteʼfodagi polkovnik Aleksey Polyakov. Texnika tanklarga tahdid soladigan piyodalar va yengil zirxli nishonlarni yakson qiladigan, havoda portlayotgan snaryadlar ostida hujum qilgan. Shunday baland ohangda portlagan-ki, ovozi shlemofonda ham baland eshitilgan. Ayrim hududlarda, frontning har bir kilometriga 300 tagacha quroldan oʻq otilgan, tanklar portlashlarning toʻxtovsiz devordan atigi 200 metr narida harakatlangan. NATOning har qanday mustahkamlangan xududini changday yanchib tashlashga yetarli boʻlgan. Biz, kerak boʻlsa, La-Manshgacha xujum qilishga tayyor boʻlganmiz".

"Gʻarb-81" mashqlarida strategik boʻlinmaning jangovar boshqaruvi qoʻmondonlik tizimini (KSBU) sinovdan oʻtkazildi, va bu tizim hozirgi zamon ishlanmalariga asos boʻlib hizmat qildi. Natijada, boʻlinmalarning harakatchanligi oshdi, qoʻshinlar operativ vaziyatning oʻzgarishiga tezroq javob qaytara boshladi. Shu vaqtning oʻzida yuqori aniqlikdagi qurollar va armiya aviatsiyasidan keng foydalanish boshlandi. Mashklarning kulminatsion hodisasi sifatida Minsk yaqinidagi poligonga 7-chi gvardiyachi havo-desant diviziyasining qoʻnishi boʻldi. Bu bir necha oʻnlab harbiy-havo transporti samolyotlarining kelishilgan harakatlarini talab qildi.

Manevrlar Gʻarb tahlilchilarini jumbushga keltirdi. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, agar NATO guruhlari haqiqatan ham mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan kuchlarga taktik yadro qurolisiz qarshi himoya qilishi kerak boʻlsa, ular toʻrt kundan ortiq turolmagan boʻlar edi.

NATOni kuzatish

1977 yilda VSHT ishtirokchilari dushman haqida maʼlumotlarini hisobga olish birlashgan tizimini (SOUD) yaratish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar. 1979 yilda bu tizim foydalanishga topshirildi. Endi SSSR, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, GDR, shuningdek, Vyetnam, Mongoliya va Kubaning radioelektron va kosmik razvedka vositalari birgalikda ishlay boshladi. Sotsialistik lagerning "quloqlari" dunyoning deyarli barcha burchaklarida  bor edi.

Tizim avtomatik ravishda ehtimoliy dushmanning radioefirini kuzatib borgan va ushlangan xabarlarni ikkita kompyuter markazlariga - Moskva va GDRga uzatgan. U yerda maʼlumot maxsus xizmatlarni qiziqtirishi mumkin boʻlgan kalit soʻzlar mavjudligiga tahlil qilingan. SOUD oʻsha davrning muhim shaxslari: siyosatchilar, harbiy rahbariyat va yirik ishbilarmonlar haqida kattagina maʼlumotlar bazasini yigʻdi. Uni har kim ham koʻra olmagan - faqat sotsialistik mamlakatlar razvedka xizmatlarining yuqori martabali amaldorlari.

NATO SSSR KGB Birinchi Bosh Boshqarmasi tomonidan 70-yillarning oxirlarida Britaniya maxsus hizmatlari tomonidan yollangan polkovnik Oleg Gordiyevskiyning qoʻrsatmalaridan bildi. Bu kabi texnologiyalar haqida Gʻarbda tasavvur ham qilishmagan. 1989 yilda GDR va GFR birlashgandan soʻng, GDRdagi kompyuter markazi NATOga oʻtdi va SOUD oʻz imkoniyatlarining yarmini yoʻqotdi. Ushbu tizimning joriy holati toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlari yoʻq.

Shtab uchun bunker

VSHTning harbiy qudratiga asosiy hissani SSSR qoʻshgan. Tashkilotdagi rahbarlik lavozimlarni, qoida boʻyicha, Sovet Ittifoqi vakillari egallagan, muomalaning rasmiy tili - rus tili boʻlgan. Shtab-kvartirasi, albatta, Moskvada. Shunga qaramay, 70-yillarning boshlarida uni potentsial jangovar operatsiyalar maydoniga yaqinlashtirish imkoniyati koʻrib chiqilgan.

1972 yil oktyabr oyida Gʻarb OAVlari SSSR Lvov yaqinida aloqa tizimiga ega mustahkam yer osti markazini qurishni boshlaganligi haqida xabar berdi. Shahar atrofi va viloyatda yadro qurolining toʻgʻridan-toʻgʻri urishiga bardosh beradigan beton bunkerlar qurildi. U yerda VSHT qoʻshinlarining qoʻmondonlik organlari joylashtirilishi rejalashtirilgan boʻlgan.

Gʻarbiy sharhlovchilarning taʼkidlashicha, VSHT qoʻmondonligi favqulodda vaziyatlarga tezroq javob berish va Markaziy Yevropadagi qoʻshinlarni yanada samarali boshqarish uchun yer ustidagi simli kommunikatsiyalarini qisqartirishni rejalashtirgan.

Natijada, bu rejalar bekor qilindi, ammo Lvovda yuqori qoʻmondonlik yigʻilishlari oʻtkazilishi davom etdi.

Pragadagi tanklar

VSHT mamlakatlarining yagona qoʻshma jangovar operatsiyasi 1968 yil avgust-sentyabr oylarida Chexoslovakiyaga bostirib kirish va aksil-sotsialistik harakatlarni bostirish boʻldi. Buning uchun 400 mingga yaqin harbiy, olti mingdan ortiq tanklar, BTR va BMPlar jalb qilingan.

Operatsiya "Dunay" deb nomlangan. SSSR mamalakatga 18 motorli-qoʻchi, tank va havo-desant diviziya, 22 aviatsion va vertolyot polklari, Polsha - besh piyoda diviziyasi va GDR – motorli-oʻqchi va va tank bulinmalarini kiritdi. Vengriya bitta piyoda diviziya bilan, Bolgariya ikkita polk bilan kifoyalandi.

"Oʻsha kunlarda biz blokdagi ittifoqchilar bilan hamjihatlikda harakat qilishimizga toʻgʻri keldi, - deb eslaydi Sovet motorli-oʻqchi rotasining komandiri, isteʼfodagi mayor Pavel Shkunov. Muloqotda muammolar deyarli boʻlmagan, chunki ittifoqdosh davlatlar armiyalarining zobitlarning koʻpchiligi rus tilida yaxshi gapirishgan. Ammo shunda ham ihtilof sezilgan. Men polshalik kapitan bilan suhbatlashishga muvaffaq boʻldim. U soʻzlarini ehtiyotkorlik bilan tanlab, hamma jangovar doʻstlari ham tanklarni Pragaga kiritilishi maʼqullamasligini, ammo ular buyruqqa boʻysunishlarini aytdi. Oddiy askarlari siyosatdan yiroq boʻlgan – shunchaki suhbatlashishib suvenirlar almashishgan".

1968 yilgacha VSHTning yagona aʼzosi - Chexoslovakiyada sovet qoʻshinlari boʻlmagan. Praga bahori bostirilgandan keyin SSSR bu yerga 130 ming askar va zobitdan iborat katta armiya kontingentini joylashtirdi. Bu boradagi shartnoma Dunay operatsiyasining asosiy harbiy-siyosiy natijalaridan biri boʻldi.

Turli mamlakatlar harbiy xizmatchilarining qoʻshma harakatlari VSHT rahbariyati tomonidan samarali deb topildi, biroq tashkilot birinchi yoʻqotishga duch keldi: blokni Albaniya tark etdi.

Asosiy mavzular