00:40 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
164211

AQSH prezidenti Xitoyni "pandemiya uchun tovon toʻlatishga majburlash" haqida hammaga eshittirib mushohada qilayotgan bir paytda, Xitoy Amerika yoki uning baʼzi vakillarini ... uchun jazolash haqida oʻylamoqda

Eng qiziq joyi ham shu: aynan nima uchun? Koʻrinib turibdiki, bemaʼni ayblovlarni oʻzgalar zimmasiga yuklash va ayblanuvchidan pul talab qilishni odat tusiga aylantirgani uchun, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Gap Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan ingliz tilidagi Xitoyning Global Times nashrida chop etilgan nashr haqida ketmoqda. Unda aytilishicha, Pekinning sabr-toqati tugab, haqiqatan ham jiddiy sanktsiyalarni rejalashtirmoqchi ekanliklari haqida maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalariga qasddan sizdirib chiqarmoqda. hozircha - Amerika sudlariga Xitoy ustidan daʼvo qilgan ikkita tashkilot va bir nechta shaxslarga qarshi sanktsiyalarni.

AQShda ikkala siyosiy kuchning, ammo birinchi navbatda respublikachilarning targʻibot ayblovlari qanday paydo boʻlganligi toʻgʻrisida hikoya mavjud: virus - xitoyniki, laboratoriyadan chiqib ketib qolib va bu mamlakat hukumati dunyoga uning havfi haqida xabar bermagan, dalillarni yashirgan, bu esa dunyo va Amerikaga zarar yetkazdi. Keskinlashishning eng choʻqqisida bu fikr quyidagicha tusga kiradi: Pekin ushbu virusni AQShga qarshi qurol sifatida yaratdi.

Ammo bu holda, gap tashviqot haqida emas, balki amaldorlarning aniq harakatlari haqida. Shunday qilib, Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt tovon puli talabi bilan, shtat nomidan XHR ustidan Amerika sudiga daʼvo kiritdi. Va u yolgʻiz emas, yana beshta shunga oʻxshash daʼvo bor. Shu jumladan bitta 20 trillion (milliard ham emas) dollarlik daʼvo.

Senator Lindsi Gremning tomonidan kiritilgan Pekindan virus qayerdan kelib chiqqanligi va hukumat oʻzini qanday tutgani haqida "toʻliq hisobot" berishni talab qiluvchi federal qonuni ham mavjud. Agar hisobot boʻlmasa, sanktsiyalar joriy etilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, bir nechta shtatlarning qonun chiqaruvchilari federal markaz orqali amerikaliklar (shtatlar, kompaniyalar, shaxslar) shunga oʻhshash oʻzlari hohlaganicha behisob daʼvolariga toʻsiqlarni chetlab oʻtishga imkon beruvchi boshqa loyihalarni ilgari surmoqdalar.

Xitoy nashri shuni, ularga (ruy berayotgan hodisalar "juda axloqsiz" kabi) gʻazabli bayonotlar va ramziy imo-ishoralar oʻrniga imkon qadar ogʻriqliroq zararni qanday yetkazish kerakligi haqida mutolaa qiladi. Shunday gʻoyalar keladi: qonun loyihasi yoki sud tashabbuskorlaridan qaysi birining Xitoy bilan biznes aloqalariga ega boʻlgan qarindoshlari borligini koʻrish kerak. Butun shtat nomidan rasmiy harakatlarga kelsak ... xuddi oʻsha Missuri uchun, Xitoy Missuri tovarlari va xizmatlari eksporti boʻyicha boʻyicha dunyoda uchinchi hamkor boʻlib, hajmi mos ravishda 1,1 va 0,775 milliard dollarga teng. Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari ushbu davlatga bir milliard dollardan koʻproq sarmoya kiritib, 4500 ish oʻrnini yaratdilar. Qayta investitsiyalar ham mavjud, ular bilan esa Xitoy bilan munosabatda boʻlishga qiziqish bildirgan koʻplab mahalliy tadbirkorlar bor.

Palomniki vo vremya xadja sovershayut obxod vokrug Kaabы v mecheti Masdjid al-Xaram v Mekke.
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

Bu yerda oldimizda ikki davlatning savdo urushi boshlanganidan beri uchinchi yil davom etayotgan suhbatning davomini tasvirlanmoqda. Uning mohiyati shundaki, "Trampgacha " dunyoning eng kuchli ikkita iqtisodiyoti shu darajada birlashdiki, bu aloqalarni uzish ikkalasiga ham zarar yetkazishini anglatadi.

Ammo Amerika karantinlar tufayli vayron qilingan va misli koʻrilmagan ishsizlikka duchor boʻlgan bir paytda Tramp haqiqatda toʻliq iqtisodiy ajralishni istasa unda farqi yoʻq - ajralishni tezlashtirish uchun aksil-Xitoy shaxslar va hatto ularning shtatlari aholisiga zarar yetkazish mumkin. Toʻgʻri, buni bir martadan koʻp qilib boʻlmaydi. Aslida bu zararni AQShda yanada koʻlamliroq halokatlar fonida koʻp ham sezishmaydi. Umuman olganda, namoyishkorona harakatlar bilanla cheklanib, noyabrdagi prezident saylovini kutish mantiqan toʻgʻriroq boʻladi. Mantiq shundan dalolat beradiki, saylovlardan keyin hech bir AQSH prezidenti dahshatli ogʻzaki aralashuvlardan nariga borishni xohlamaydi.

Ammo bu voqeaning boshqa tomoni ham bor - dunyo tartibi va xalqaro huquqqa taaluqli. Gap shundaki, virusning xavfliligi toʻgʻrisida "xabardor qilmaslik" haqidagi Xitoyga nisbatan ayblovlar, boshqa barcha ayblovlar singari, haqiqatdan yiroq. Ular haqiqatga yaqinlashtirishga harakat qilishmayapti ham.

Masalan, "virus laboratoriyada ishlab chiqilgan va u yerdan chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan": ammo "Uxan R4" Xitoy-Frantsuz laboratoriyasi viruslarni sintez qilish yoki modifikatsiya qilish uchun umuman jihozlari yoʻq va bu yerdan hech qanday sizib chiqishlar boʻlmagan, buni Frantsiya prezidenti devoni vakili va barcha mamlakatlar, shu jumladan AQSH, oʻnlab shifokorlari va boshqa mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan.

Yaʼni, dalil olinib, boshdan-oyoq oʻgirilib - va koʻzingizga betamizlik bilan qarab aytadilar: faktlar biz uchun qiziq emas. Va biz hech narsani isbotlamoqchi emasmiz. Toʻlanglar.

Juda tanish vaziyat, toʻgʻrimi? Malayziya "Boing"i, zaharlangan Skripallar va yaqindagina - bir flakon ritsinni Pragaga olib kirilishi va boshqalar. Va bu holatda "dalillar qani?" eʼtirozi ularda juda boʻlsa kulguni uygʻotadi.

Ushbu kulgudan keyin – tovon toʻlab talab qiladigan daʼvo arizalari, toʻlamasangiz - sizning davlat mulkingiz hibsga olinishi mumkin, har qanday mulki ham (aybdor sifatida qayd etilgan shaxslardan pul tortib olinishi mumkin).

Shu bilan birga, AQShda bitta yuridik yangilik ishlab chiqilmoqda. Amerikalik sudyalarning ushbu masala boʻyicha qarorlar qabul qilish orqali oʻz qonunlarini dunyo boʻylab tarqatishlari mumkinligiga samimiy ishonchlari bilan biz allaqachon tanishmiz. Ammo mamlakat qonunlarida hanuz tashqi suveren daxlsizlik akti (butun-boshli davlatlarga qarshi daʼvo arizasi berishga taalluqli) kabi ahamiyatsiz narsa mavjud. Shunday qilib, AQShning bir necha qonunchilari bu aktda Nebraska yoki biron bir shtat ichkarisidagi biron bir sudyaga butun-boshli chet davlatini hukm qilishiga imkon beradigan tuzatish kiritishni taklif qilmoqdalar - bu holda faqat Xitoy, ammo keyin butun dunyoga.

Pekin bunday voqealar oqimiga qarshi turishga urinishi mumkin, ammo Amerikadagi xaosda hech qanday, shu jumladan Xitoycha, tartib oʻrnatib boʻlmaydi degan taxminlar mavjud.

"Virusdan keyin nima boʻladi" mavzusidagi koʻplab fikrlarda bitta aniq gʻoya bor: endi hech qanday yagona bir dunyo boʻlmaydi - virus yoki boshqasi tufayli. Yaʼni, butun dunyo tomonidan qabul qilingan xalqaro huquq, xalqaro savdo yagona meʼyorlari, tibbiy xavfsizlikning yagona tizimi va boshqa koʻpgina normalar boʻlmaydi. Har xil kuch va taʼsir markazlari atrofida bir nechta tizimlar boʻladi. Hozirgi kabi barcha holatlarda bitta tizim boshqasiga zarar yetkazishga yoki uyaltirishga harakat qiladi - ammo buning uchun imkoniyat dastaklari yanada kamroq boʻladi.

Asosiy mavzular