10:02 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
318 0 0

Saudiya Arabistoni nima sababdan neft narxini noldan pastga tushirib yuborganining sababi endi aniq boʻldi.

Gʻarbiy OAVlar Saudiya Arabistoni soʻnggi vaqtlarda neft bozorida amalga oshirayotgan harakatlarida gʻalati nomuvofiqlik boriligini payqab qolishdi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Ivan Danilov.

Bir tomondan neft narxini keskin tushirib yuborishda ham arablarning oʻzlari sababchi boʻlishgan edi. Buning oqibatida Saudiya Arabistoni ichki byudjetini keskin qisqartirishb ijtimoiy toʻlovlarni kamaytirishga majbur boʻlmoqda. Ikkinchi tomondan esa, Ar-Riyodning moliyaviy bozorlardagi tajovuzkor harkatlari neft urushida yutqizgan va iqtisodiy inqirozga yuz tutayotgan davlatga hech oʻxshamaydi. Bundan yagona xulosa shuki – Saudiya Arabistonining uzoq muddatli strategiyasi bor va aynida damda Ar-Riyod unga asosan ish tutmoqda. Agar ushbu strategiya amalga oshsa, Saudiya Arabistoni soʻnggi “neft urushidan” mutlaq gʻolib boʻlib chiqadi. Ayni damda arzon neft sotib olayotgan Gʻarb davlatlari esa – yutqizadi.

Bir qarashda iqtisodiy inqiroz

Maʼlumki, soʻnggi oylarda koronavirus epidemiyasi va Saudiya Arabistoni eʼlon qilgan demping siyosati oqibatida neft narxlari keskin quladi va hatto minus tomonga ham oʻtib ketdi. Buning oqibatida Ar-Riyodning oltin-valyuta zahiralari ham keskin kamaya bordi.

Saudiya riali kursi davlat tomonidan qatʼiy belgilangan. Bu bir tomondan iqtisod uchun barqarorlik olib keladi, lekin ikkinchi tomondan esa iqtisodiy murakkab sharoitlarda katta miqdorda davlat oltin-valyuta zahiralarini sarf qilishni talab etadi.

Reyter agentligi xabariga koʻra, Aprel oxirida Saudiya Arabistonining sof aktivlari 464 milliard dollargacha pasayib ketganini xabar qilga edi. Bu soʻnggi 19 yil ichida eng kam koʻrsatgich va u neftning past narxlarini qoplash uchun Qirollik tomonidan katta iqtisodiy xarajatlar qilinayotganidan darak beradi, deyilgan edi xabarda.  

Rossiya oltin valyuta zahiralari ham kamaygan edi, lekin buni “hisob-kitob fenomeni” deb tushunish kerak. Chunki, Rossiyaning aksariyat zahiralari oltin va xorijiy valyutalarda saqlanadi, lekin ularning hisob-kitob qilish dollarda amalga oshiriladi. Shu sabab baʼzan dollar kursiga qarab ularning miqdori “keskin oʻsishi” yoki “kamayishi” mumkin.

Reyter agentligi xabariga koʻra Saudiya Arabistoniga valyuta kursini ushlab turish uchun kamida 250 – 300 milliard dollar kerak boʻlishi mumkin. Neft savdosidan daromad keskin kamaygan vaqtda bu Ar-Riyoddan keskin choralar qoʻllashni talab qiladi. Balkim shu sababli Qirollik byudjet xarajatlarini keskin kamaytirish va soliqlarni oshirishga qaror qilgan.

Xususan, 2020 yilda Saudiya byudjet xarajatlarini 26 milliard dollarga kamaytirgan va QQS miqdorini 5%dan 15%gacha oshirgan. Shuningdek 2030 yilga kelib iqtisodni diversifikatsiya qilish loyhalari ham  qisqartirilgan.

“Al-Jazira” telekanali xabariga koʻra “bunday harakatlar  neft daromadi kamayishidan koʻrilayotgan zararning asosiy qismini oddiy saudiyaliklar zimmasiga yuklash” maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yashirin strategiya

Bir qarashda, yangi neft urushida Qirollik yutqazib qoʻydi, shu sabab ana shunday siyosat qoʻllashga majbur boʻlmoqda, degan xulosaga kelish mumkin. Lekin, vaziyatning bir muhim jihati bor-ki u Saudiya harakatlarida boshqa sabab boʻlishi mumkinligi haqida darak beradi.

Gap shundaki, byudjet xarajatlarini kamaytirish bilan bir qatorda, Ar-Riyod milliardlab dollarlarni Yevropa va Kanada neft kompaniyalari aktsiyalarini xarid qilishga sarflamoqda.

Neft narxlari keskin qulayotgan bir vaqtda bu gʻalati ishdek tuyulishi mumkin, lekin fakt faktligicha qolmoqda. Aprel oyida Saudiya davlat investitsion fondi Equinor AS (Norvegiya), Royal Dutch Shell PLC (Britaniya— Niderland), Total SA (Frantsiya) va Eni (Italiya) neft kompaniyalarining aktsiyalar paketlarini sotib olgan.

Bloomberg xabariga koʻra, Ar-Riyod Kanadaning yetakchi neft kompaniyalari aktsiyalarining minoritar paketlarini koʻp miqdorda xarid qilgan. Xususan Canadian Natural Resources Ltd. va Suncor Energy Inc. Kompaniyalarining 2,6% va 2 % aktsiyalarini sotib olgan.

Aytish joizki aprelda ushbu aktsiyalar eng past narxlarda sotilgan ushbu maʼlumotlar jurnalistlar tomonidan aniqlangan maʼlumotlar xolos. Saudiya bitimlari bundan ham koʻproq boʻlishi aniq.

Lekin ushbu faktlarning oʻzi ham dastlabki xulosa chiqarish uchun yetarlidir. Saudiya Arabistoni oʻzining dollar zahiralarini va AQSH obligatsiyalari evaziga arzonlashib qolgan neft kompaniyalari aktsiyalarini sotib olishga sarflagan. Bu biroz qaltis, lekin neft bozorining kelajagiga bildirilgan ishonchdir. Dekmak Saudiya elitasi kelajakda neft narxi oshishiga va bugun xarid qilingan aktsiyadar ularga katta daromad keltirishga ishonadi.

Agar Saudiya rahbariyati haq boʻlib chiqsa, Rossiya ham jiddiy daromad olishi mumkin. Yevrpa va kanadalik neft kompaniyalari esa oʻz aktsiyalari arzon sotilganidan afsusda qolishlari aniq. Navbatdagi neft urushida kim gʻalaba qozonadi degan savolning javobi endi aniq - OPEK+ Rossiya alyansi. Nima boʻlganda ham Ar-Riyodning bugungi harakatlari aynan shundan darak bermoqda.

Asosiy mavzular