12:25 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1037 0 0

Iqtisodga pulni ommaviy tikish AQSH valyutasiga qanday taʼsir qilishi haligacha nomaʼlum. Federal zaxira tizimi inqirozga qarshi choralar uchun hech nima bilan taʼminlanmagan dollarlarni bosib chiqarib, ularni evaziga hech qanday qimmatli aktivlar olmagan holda berib yubormoqda

TOSHKENT, 19 may - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Mart oyida Rossiya AQSH davlat obligatsiyalariga investitsiyalarni uch baravarga qisqartirdi - 12,58 milliard dollardan 3,8 milliard dollargacha. Bu xalqaro rezervlarning bir foizidan ham kam. Dunyoning boshqa markaziy banklari ham AQShning gʻaznachilik obligatsiyalaridan qutilmoqdalar. Nima uchun sarmoyadorlar Gʻaznachilik bozoridan qochishadi - RIA Novosti materialida.

Deyarli nolgacha

AQSH Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada qolgan AQSH hukumat obligatsiyalarining 3,381 milliard dollari uzoq muddatli, 473 million qisqa muddatli obligatsiyalarga toʻgʻri keladi.

Vashingtonda taʼkidlashlaricha, bu soʻnggi oylarda AQSH davlat qarziga Rossiya sarmoyalarining birinchi sezilarli kamayishi. Ikki yil oldin, Markaziy bank trejerisning (gʻaznachilik obligatsiyalari-tahr.) butun portfelini sanktsiyalar taʼsirida muzlatib qoʻyilishidan qoʻrqib sotib yubordi.

2010-2013 yillarda Rossiyaning Amerika qarziga sarmoyalari 170 milliard dollardan oshgan. Moskva trejerisning eng katta egalaridan biri edi. Ammo Vashington 2014 yil aprel oyida sanktsiyalarni joriy qilganidan soʻng, ushbu qogʻozlardan qutulishni boshladilar.

2018 yilda Markaziy bank AQShning gʻaznachilik majburiyatlari portfelini ikki baravar kamaytirgan holda keng miqyosli sotuvni uyushtirdi. Davlat halqaro zaxiralaridagi AQSH qimmatbaho qogʻozlarining ulushi minimumga tushirildi. Boʻshagan mablagʻlarni Markaziy bank oltin, shuningdek, yevro va yuanga yoʻnaltirdi.

Butunjahon oltin kengashi (WGC) hisob-kitoblariga koʻra, soʻnggi bir yil davomida dunyoning markaziy banklari balansidagi qimmatbaho metall hajmi 651 tonnaga oshdi. Bu 1971 yilda AQSH oltin standartdan voz kechganidan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. 2019 yilda qimmatbaho metallning eng katta xaridori Rossiya boʻldi - davlat zaxiralariga qilingan barcha xaridlarning 20 foizi Rossiyaga toʻgʻri keldi. Markaziy bank monetar oltin zaxirasini 159 tonnaga - 2270,56 tonnagacha (73 million untsiya) koʻpaytirdi.

Hammasi sotildi

Nafaqat Rossiya Amerika davlat qarzidan qutulmoqda. AQSH Moliya vazirligi statistik maʼlumotlariga koʻra, mart oyida xususiy va davlat chet el investorlarining qochishi misli koʻrilmagan boʻldi.

Bir oy ichida xorijiy trejeris egalari obligatsiyalarni 256 milliard dollarga kamaytirib, umumiy portfelni 6,81 trillion dollargacha qisqartirdilar.

Amerika iqtisodiyotiga eng katta qarz beruvchi 33 davlatdan - faqat Yaponiya (3,4 milliardga), Shveytsariya (1,3), Tayvan (4,1), Filippin (1,3) va Avstraliya (1,8) sarmoyalarini koʻpaytirdilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari AQShning gʻaznachilik obligatsiyalarini faol ravishda sotdilar – ular dollarlar koronavirus inqirozi paytida pasayib borayotgan milliy valyutalarni qoʻllab-quvvatlash uchun kerak boʻldi. Mart oyining boshidan boshlab Rossiya banki ham  neft va gaz byudjeti tushumlarining yetishmasligi va Urals narxlarining pasayishini qoplash uchun Moskva birjasida 6,6 milliard dollarni sotdi. Statistikaga koʻra, Markaziy bank birinchi navbatda AQShning qisqa muddatli obligatsiyalaridan xalos boʻldi: ularga kiritilgan sarmoyalar 17 barobardan koʻproqqa kamaydi.

Eng katta sotuvchi Saudiya Arabistoni boʻldi - qirollik 25,3 milliard dollarlik trejerisdan xalos boʻldi. Braziliya va Hindistonning koʻrsatkichlari koʻrsatkichlar biroz kamroq - mos ravishda 21,5 va 21 milliard.

Bu Vashington uchun xech qanday yahshilikka olib kelmaydi, chunki AQShning bir yarim trillion dollarlik byudjet taqchilligi asosan davlat obligatsiyalarini sotish hisobiga qoplanadi. AQSH qarzini sotuvi rekordli va kutilmagan boʻldi, deya taʼkidlaydi tahlilchilar. Oldingi inqirozlarda, masalan, 2008 yilda, trejerisga boʻlgan talab, aksincha, oʻsgan.

"Rossiya banki amerika bondlariga bir qator mamlakatlarning sarmoyalarini muzlatilishiga va shunga mos ravishda, dunyo zaxira valyutasi sifatidagi dollarning mavqeiga jiddiy zarbaga tayyormi? Albatta, tayyor. Bu holda oltin yagona xavfsiz boshpana boʻlib qoladi", - deydi Aleksandr Razuvayev, "Alpari" ATM rahbari.

Pul chop etuvchi uskuna

Chet el investorlarining qochishiga qarshi turish va byudjet taqchilligini qoplash uchun Federal zahira tizimi pul chop etuvchi uskunani toʻla quvvat bilan ishga tushirdi: tartibga soluvchi ikki oy ichida oʻz balansini 2,9 trillion dollarga oshirib cheksiz hajmda qimmatli qogʻozlarni sotib olish toʻgʻrisida eʼlon qildi.

Iqtisodga pulni ommaviy ravishda kiritish AQSH valyutasiga qanday taʼsir qilishi hali nomaʼlum. Inqirozga qarshi choralar uchun Federal zahira tizimi xech nima bilan taʼminlanmagan dollarlarni bosib chiqarmoqda va ularni evaziga hech qanday qimmatli aktivlar olmagan holda berib yuborib, faqat oʻz majburiyatlarini oshirmoqda. Federal zahira tizimi balansi 6,42 trillion dollargacha yetdi - bu inqirozgacha boʻlgan AQSH YAIMining 30 foizidir.

Yirik banklar hisob-kitoblariga koʻra, 2020 yilda AQSH byudjeti taqchilligi toʻrt trillionga yetadi, bu Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yuqori koʻrsatkichdir. Federal zaxirasi tizimi balansi esa tahlilchilarga koʻra, koronavirus inqirozi oxiriga kelib, oʻn trilliongacha shishiriladi. Ushbu mablagʻlarning barchasi, aslida, bosmaxona faoliyati natijasi boʻlgani sababli, investorlar kafolatlanmagan valyutadan yuz oʻgiradilar.

Asosiy mavzular