22:30 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (47)
290850

Shu kunlarda dunyo axborot agentliklari eʼtibori yana bir karra Afgʻonistonning oʻzbek millatiga mansub harbiy va siyosiy arboblaridan biri - Abdul-Rashid Doʻstumga qaratildi

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Abdul-Rashid Doʻstumning tarjimai xoli - murakkab va yorqin, mushkul voqealarga boy. U Doʻstumning professional faoliyatini tahlil qiladigan siyosatshunoslar bilan bir qatorda, feʼl-atvorining qaysi xususiyatlari bunday ziddiyatlarga limmo-lim shaxsga gaz ishlab chiqarish korxonasining oddiy ishchisidan yuqori rutbadagi harbiy amaldorga qadar yoʻlni bosib oʻtishga yordam berganini aniqlashga urinayotgan olimlar uchun ham qiziq.

Den goroda v Groznom
© Sputnik / Said Tsarnayev

Abdul-Rashid Doʻstum 1954 yilda Jauzjan provintsiyasining Xojadukux qishlogʻida kambagʻal internatsional oilada dunyoga kelgan. Uning otasi oʻzbek, onasi turkman boʻlgan, bu kelajakda Doʻstumning armiyadagi karyerasiga halal bermagan.

Harbiy-siyosiy yoʻlda gʻalabali koʻtarilishi 1979 yilda, u Afgʻoniston Xalq Demokratik Partiyasi "Parcham" ("Bayroq") fraktsiyasiga aʼzo boʻlganidan soʻng boshlangan. Shu yilning oʻzida Doʻstum mahalliy mudofaa otryadining fidokorlaridan biriga aylandi, harbiy ishni oʻrganishga kirishdi. 1980 yilda u SSSRga oʻqishga yuborildi, bu uning sovet tuzumi tarafdori boʻlgan afgʻon hukumatining davlat xavfsizlik organlarida xizmat qilishiga turtki berdi.

1979-1989 yillarda Afgʻoniston urushi davrida Doʻstum 53-sonli hukumat qoʻshinlari diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlangan, unda oʻzbek millatiga mansub koʻplab askarlar boʻlgan. U prezident Muhammad Najibulloh boshchiligidagi sovet tuzumi tarafdori boʻlgan afgʻon hukumatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan, davlatni federalizatsiya qilish  chaqirigʻi bilan chiqqan "Afgʻoniston milliy islomiy harakati"ga rahbarlik qilgan. 1989 yil 10 iyulda Doʻstum general-mayor unvonini olgan.

1992 yil, sovet hukumati tarafdori boʻlgan rejim qulagach, u poytaxti Mozori-Sharif boʻlgan va toʻrt viloyatni oʻz ichiga olgan Afgʻonistonning mustaqil shimoliy mintaqasiga rahbar boʻldi. Birozdan soʻng u hududga "Doʻstumiston" nomi berildi, bu hududning oʻz hukumati va 65 ming kishilik qurollangan armiyasi bor edi.

1996 yilda mintaqa toliblarning afgʻon hukumatiga qarshi chiqqan ikkinchi Shimoliy Ittifoqning tarkibiga kirdi, ammo 1997 yil mayda Doʻstumistan toʻxtatildi va toliblar hukmronligiga oʻtdi, ushbu mintaqadagi ikkinchi shaxs Malikning xiyonati tufayli Doʻstum Turkiyaga emigratsiya qilishga majbur boʻldi.

Abdul-Rashid 1997 yil sentyabrda Malik yana Shimoliy Ittifoq tomoniga oʻtib, Doʻstumistonni ozod qilganidan keyin oʻz vataniga qaytdi. Toliblarning Doʻstumistonga ikkinchi hujumi 1998 yil avgustida yuz berdi. Doʻstum yana mamlakatni tark etishga majbur boʻldi - u Oʻzbekistonga yoʻl oldi. U 2001 yilda, toliblar magʻlubiyatidan keyin qaytib keldi va yangi hukumat tarkibiga kirdi, shu yilning dekabr oyida esa Hamid Karzay boshqaruvi paytida Afgʻoniston mudofaa vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

2004 yilda Doʻstum prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻydi, ammo atigi 10 foiz ovoz yigʻib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Undan keyin u Afgʻoniston Qurolli kuchlari oliy qoʻmondonligi shtab boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Biroq, 2008 yilda Abdul-Rashid sobiq ittifoqchisi Akbar Boyga hujum qilganlikda ayblanib, lavozimidan chetlatilib, surgun qilindi.

Bir yil oʻtgach, Doʻstum Afgʻonistonga qaytib keldi va uning siyosiy hayotida faol ishtirok etdi. 2009 yil oxirida u avvalgi lavozimiga qayta tiklandi, 2014 yilda esa birinchi vitse-prezident etib saylandi.

General Abdul Rashid Doʻstumning Afgʻonistonning katta siyosatiga qaytishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida katta qiziqish uygʻotmoqda, chunki u ilgari turli diasporalardagi afgʻon etnik, shu jumladan oʻzbek va tojik ozchiliklarining asosiy rahbarlari oʻrtasida ittifoq tuzish uchun koʻp harakat qilgan.

Doʻstum rus tilini juda yaxshi biladi, shuningdek, ona tili – oʻzbek, pushtu va dariy tillarida ham soʻzlashadi. Uning bir necha tillarni bilishi, shubhasiz, unga amal pogʻonasida koʻtarilishida yordam berdi - harbiy-siyosiy sohada oʻzining kasbiy rivojlanishining boshida u Sovet Ittifoqi bilan xizmat aloqalarini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi.

Afgʻoniston Demokratik respublikasining ikki marotaba qahramoni Abdul-Rashid Doʻstum juda murakkab yoʻlni bosib oʻtdi, karyerasi davomida u bir nechta suiqasdlardan omon qoldi. Ammo u mamlakatning harbiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishda davom etmoqda.

17-may kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla oʻrtasida imzolangan kelishuvda Doʻstumga Afgʻoniston Qurolli kuchlarining marshali unvoni berilishi aytib oʻtilgan.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (47)

Asosiy mavzular