18:12 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
358 0 0

Ekspertlarning fikriga koʻra, Zelenskiy shu vaqtga qadar prezident boʻlishlikni oʻrgandi, ammo u haligacha ushbu kemaning rulini qanday boshqarishni tushunmay kelmoqda.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Bir yil oldin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi. Siyosiy tajribaga ega boʻlmagan holda, u ushbu lavozimda oʻzidan oldin prezident boʻlgan nomzod Petr Poroshenko ustidan ikkinchi bosqichda yirik 73 foiz ovoz natijasi bilan gʻalaba qozongan edi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bu vaqt ichida Zelenskiy oʻzining saylovoldi kampaniyasidagi baʼzi vaʼdalarini, xususan, deputatlar daxlsizligini bekor qilishga erishdi. Shu bilan birga, u vaʼda qilgan Donbassdagi tinchlikni olib kelmadi. Shuningdek, u qoʻlida misli koʻrilmagan hokimiyatga ega boʻla turib, mamlakatni isloh qilish va "qashshoqlik davrini" yengib oʻtish borasida jiddiy yutuqlarga erisha olmadi. Shuningdek, yoʻq qilishga vaʼda bergan, ammo hanuz lavozimlarga odamlarni tayinlashda "qarindoshlik" kabi usullardan foydalanilayotganligi uchun tanqid qilinmoqda. Kadrlar yetishmasligi ham uning faoliyatining samaradorligiga taʼsir qilmoqda: koʻpincha asosiy lavozimlarga nomzodlar yoʻq yoki ular oldingi amaldorlar orasidan qidirilishiga toʻgʻri kelmoqda.

Juda kutilayotganiga qaramay, Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish ham amalga oshmadi: Zelenskiyning ofisi tomonidan Rossiyaga qarshi ritorika sezilarli darajada kamaydi, ammo yangi prezident Rossiya Federatsiyasini Ukraina sharqidagi mojaroda ayblashda davom etmoqda va Moskvaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirishga chaqirmoqda.

RIA Novosti suhbatda boʻlgan ekspertlarning fikriga koʻra, Zelenskiy "shu vaqtgacha prezident boʻlishlikni oʻrgandi, ammo u haliga ushbu kemaning rulini qanday boshqarishni tushunmay kelmoqda".

Davlat rahbari lavozimidagi birinchi yilini sarhisob qila turib, Zelenskiy oʻzini kamroq ishonuvchan va qattiqroq boʻlganini, ammo yangi rolga hali koʻnikmaganligini aytdi.

"Turborejim"

Zelenskiyning rahbarligi yilida mamlakatda yuz bergan barcha oʻzgarishlar "turborejimi"da amalga oshirildi -  prezidentning uzoq vaqtlardan beri qoʻllanilib kelayotgan qoidalar va uzoq vaqt ishlayotgan amaldorlarni oʻta tez ravishda almashtirishni va Verxovnaya Radada (Ukrainadagi parlament – tahr.) qarorlarni tez qabul qilinishi istagi aynan shunday atalmoqda. Zelenskiyning inauguratsiya kunining oʻzida birinchi qarori parlamentni tarqatib yuborish va oʻtgan yozda boʻlib oʻtgan muddatidan oldin saylovlarni eʼlon qilish boʻldi. Natijada, prezidentparast partiya 246 oʻringa ega boʻldi (talab qilinadigan 226 oʻrniga) va mustaqil ravishda koalitsiya tuzdi.

Muxolifatning yengil qoʻli bilan Ukraina siyosatida "yashil printer" atamasi paydo boʻldi, chunki "Slugi naroda" (xalq xizmatchilari) deputatlari faoliyatining boshida deyarli sutka boʻyi qonunlarga yoqlab ovoz berishgan, shu bilan birga ular qonunlar matnlariga hatto qarashmagan ham. "Xizmatkorlar"ning partiyaviy belgilari yashil rangga boʻyalganligi tufayli, printer yashil deb nomlandi.

Rada bir yildan oz vaqt ichida haqiqatan ham 180 dan ortiq qonunlarni qabul qilishga muvaffaq boʻldi. Zelenskiyning atrofidagilari deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish borasida konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Amaldagi prezident hokimiyat tepasiga kelishidan oldin bu gʻoyaga Rada tomonidan yillar davomida toʻsqinlik qilib kelindi. Shu bilan birga, qonunchilikdagi yangiliklar shundan iboratki, endi deputatga qarshi ishni faqatgina prezidentning taklifiga binoan parlament tomonidan tayinlanadigan bosh prokuror qoʻzgʻatishi mumkin. Zelenskiyning tashabbusi bilan Rada impichment toʻgʻrisida qonunni va ochiq mintaqaviy roʻyxatlarni nazarda tutuvchi yangi saylov kodeksini qabul qildi.

Kadrlar yetishmovchiligi va "qarindoshchilik"

Zelenskiy rahbarligining asosiy muammosi kadrlar siyosati boʻldi: hokimiyatga mamlakatni boshqarish uchun komandasi boʻlmagan odam keldi. Siyosatga iloji boricha koʻproq yangi odamlarni jalb qilish boʻyicha saylovldi gʻoyasi ham muvaffaqiyatsiz boʻldi.

"Zelenskiy va saylovchilar, hamma narsani tez fursatlarda blokdan chiqarish uchun shunchaki yangi odamlar jalb qilinsa yetarli deb oʻyladilar. Bu unday boʻlib chiqmadi. Murakkab muammolarni tez va sodda hal qilib boʻlmaydi", - deydi ukrainalik siyosatshunos Vladimir Fesenko.

"Xalq xizmatchilari" deputatlari orasida yangi chehralar tez orada "eski"ga aylandi. Hokimiyat partiyasi deyarli norasmiy taʼsir guruhlariga boʻlinib ketdi va anchadan beri beqaror ishlab kelmoqda. Yer bozori va "Kolomoyskiyga qarshi" qonun boʻyicha soʻnggi muhim ovoz berishlar shuni koʻrsatdiki, Zelenskiy Radada endi barqaror koalitsiyaga ega emas.

"U jamoani shoshilinch yiqqani sababli, bu jamoaning initzomliligi va safarbarligining yagona mezoni – bu Zelenskiyning oʻzi. Chunki mafkuraviy yoki qiymat omillari yoʻq. Zelenskiy boʻlmasa, uning oʻzi yaratgan tizim ham boʻlmaydi", - deydi Fesenko.

Kadrlarning samarasiz siyosati Ukraina iqtisodiyotida ham muammolarga olib keldi. Bosh vazir Aleksey Goncharuk boshchiligidagi Zelenskiyning birinchi hukumati davlat byudjetiga tushumlar boʻyicha muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu esa ijtimoiy toʻlovlar bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi va natijada vazirlar mahkamasi ishdan boʻshatildi. Goncharuk oʻrniga Denis Shmigal keldi. Ayni paytda, Zelenskiy ofisi ketgan Goncharuk hukumatining baʼzi aʼzolari oʻrniga hanuz odam qidirmoqda. Ukraina Radasi ushbu vazirlar mahkamasi ham tez orada isteʼfoga chiqishini istisno qilmaydi, chunki koronavirus epidemiyasi avj olgan paytda iqtisodiyotni barqarorlashtirish rejasini taklif qila olmayapti.

"Kadrlar siyosatida hayratlanarli hodisalar roʻy bermoqda – hokimiyatga nafaqat shunchaki oʻtmishdagi odamlar qaytyapti, balki juda shubhali siyosiy tarjimai holga ega odamlar. Va barcha lagerlar: (sobiq prezident) Viktor Yanukovichning lageridan ham va Petr Poroshenkoning lageridan ham. Muayyan kadrlar siyosati yoʻqligi ravshan", - deb yozdi "Novoye vremya"nashri kologkasida "Tsentr UA" jamoat tashkiloti rahbari Oleg Rыbachuk.

Ukraina Siyosat menedjmenti va tahlili instituti direktori Ruslan Bortnikning fikriga koʻra, kadrlar siyosatidagi xatolar yaqqol koʻrinib turibdi, chunki olti oy oʻtgach Zelenskiy hukumat, bosh prokuror va prezident devoni rahbarini oʻzgartirishiga toʻgʻri keldi. "Bu shuni koʻrsatadiki, uning kadrlar siyosati muayyan tizimga ega emas, hukumatga tasodifiy odamlar kelib qolyapti va hatto reyting pasayishi hisobiga ulardan tezda halos boʻlishga toʻgʻri kelmoqda", - dedi ekspert RIA Novosti agentligiga.

Zelenskiy saylovda gʻolib boʻlishi sabalaridan biri, oldingi prezidentlarda boʻlgani kabi, doʻstlari va qarindoshlarini hokimiyatga tayinlamaslik haqidagi vaʼdasi boʻlgan.

"Xavotir olmang. Bizda qarindoshchilik boʻlmaydi", - deb javob berdi Zelenskiy 2019 yil aprel oyida jurnalistlarning hukumat lavozimlariga kimlarni tayinlashi toʻgʻrisidagi savoliga. Bir yildan soʻng, "95 Kvartal Studiyasi" ning navbatdagi ishtirokchisining davlat lavozimlariga tayinlanishiga ukrainaliklar hayron boʻlmay qoʻydilar.

Zelenskiy oʻzining birinchi qarorlari bilan bolalik doʻsti, ilgari "Kvartal 95" MCHJ rahbari boʻlib ishlagan Ivan Bakanovni Xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinladi. Zelenskiyning qadimgi doʻsti va biznes-hamkori, "Kvartal 95" studiyasi egalaridan biri Sergey Shefir prezident maslahatchisi etib tayinlandi. "Kvartal" huquqshunosi va Zelenskiyning doʻsti Andrey Yermak Prezident devoni rahbari boʻldi. "Kvartal"dan hokimiyatga tayinlanganlar soni allaqachon hazillarga sabab boʻldi, nimaga Lыsыy  (kal-tahr.) (Zelenskiyning yaqin doʻsti Yevgeniy Koshevoy) haligacha lavozimga tayinlanmadi. Ukrainalik jurnalistlar "Kvartal"chilar tugagach, lavozimlarga guruh kontsertlarida hammadan balandroq qarsak cholgan yoki kulganlarni tayinlasa boʻladi hazil qilishmoqda.

Korruptsiyaga qarshi kurash va vaʼda qilingan qamalishlar

Poroshenko bilan stadiondagi munozarada Zelenskiy: "Men sizning hukmingizman", degan muhim iborani aytdi. Zelenskiy atrofidagi odamlarning asosiy shiorlaridan biri quyidagicha boʻlgan: "Bahor keladi – hibsga olishlarni boshlaymiz". Korruptsiyaga nisbatan bagʻrikenglikka nol daraja toʻgʻrisida va  Poroshenko prezidentligi tugashi bilan birga "oʻzimizning" odamlar mamlakatda hamma narsani boshqarishi davri tugaganini koʻrsatishni istashlariga qaramay, Zelenskiy oʻz yirik korruptsion janjaliga ega boʻlib boʻldi.

Mart oyining oxirida, prezident ofisi rahbarining ukasi Yermak davlat lavozimiga nomzodlar bilan suhbatlashayotgani va buning uchun ehtimol pul olgan boʻlishi mumkinligi haqida videolar paydo boʻldi. Faqatgina bir hafta oʻtgach, Zelenskiyning ofisi ushbu janjalga munosabat bildirdi va videoda koʻrsatilgan hech bir odam lavozimlarga tayinlanmaganini, ammo "keltirilgan barcha dalillar sinchkovlik bilan tekshirilishi kerakligini" taʼkidladi. Keyinchalik Davlat tergov byurosi Yermakning bayonotiga binoan goʻyoki hukumat lavozimlarini sotish bilan bogʻliq materiallarni tarqatilishi munosabati bilan ish qoʻzgʻadi. Korruptsiyaga qarshi prokuratura odamlarni davlat organlariga lavozimlarga tayinlashda oʻz mavqeini suiisteʼmol qilish faktlari boʻyicha ish qoʻzgʻatdi. Keyinchalik u ish "firibgarlik" moddasiga qayta tasniflandi.

Zelenskiyning oʻzi, nima uchun bir yil davomida korruptsionerlarni "qamash" haqidagi vaʼdasini bajarmaganligini tushuntirayatib, huquqni muhofaza qilish organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkaza olmasligini aytdi. Ushbu davrda boshlangan shov-shuvli ishlardan biri Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilgani boʻldi. Unga nisbatan 16 ta jinoiy ish, shu jumladan "davlatga xiyonat", "jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish" va "vakolatni suisteʼmol qilish" moddalari boʻyicha ishlar qoʻzgʻatilgan.

Donbass tanaffusda

Zelenskiy butun yil davomida oʻz ishida katta eʼtiborni Donbassdagi harbiy mojaroga barham berishga bagʻishladi. Oʻtgan yil oxirida Frantsiya, Germaniya, Ukraina va Rossiya yetakchilari uch yillik tanaffusdan keyin "Norman formatida" muzokaralarga oʻtirishdi. Boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasida Ukraina sharqida bir qator nuqtalarda kuchlarning qaytarilishi boshlandi, shuningdek, RF va oʻz-oʻzini eʼlon qilgan DNR va LNR bilan "ushlab turilgan" shaxslarning bir qator muhim almashinuvlari amalga oshirildi.

"Ishonchim komilki, bu almashinuv orqali biz bu urushga yakun yasaymiz... Men bir yil ishlashga tayyorman, agar Minsk jarayoni ishlamasa, biz taktikani oʻzgartirishga tayyormiz. Bu yil hali oʻtmadi", - dedi Zelenskiy.

Minskdagi Donbass boʻyicha muloqot guruhi mintaqaning maxsus maqomi toʻgʻrisidagi qonunning kuchga kirishini belgilaydigan "Shtaynmayer formulasi" toʻgʻrisida kelishib oldi. Formula kelishib olinganidan soʻng, Ukraina poytaxti va boshqa bir qator shaharlarda Kiyevning bunday qarorga qarshi chiqqanlarning namoyishlari boʻlib oʻtdi. Donbass maqomi haqidagi qonun Radada ham hali paydo boʻlmadi.

May oyida Zelenskiy Minskdagi aloqa guruhining tarkibini ham kuchaytirdi, jumladan, uning tarkibiga bosh vazir oʻrinbosari va Ukrainaning vaqtincha egallab olingan hududlari boʻyicha vaziri Aleksey Reznikov qoʻshildi.

"Muzokaralar jarayoni siljiy boshladi va bu Zelenskiy uchun ijobiy jihat. Ammo, afsuski, "Normand toʻrtligi"ning ikkinchi uchrashuvi boʻlmadi. Va bunga sabab koronavirus emas, sababi shundaki, birinchi uchrashuvning natijalari hali amalga oshirilmadi. Ijobiy boshlanganiga qaramay, bugungi kunda Zelenskiy maʼlum bir rubikonga yetib keldi, bu rubikonda Donbass boʻyicha jiddiy qarorlar qabul qilinishi kerak, ammo bu mamlakat ichidagi oʻng qanot radikallari tomonidan ishlatilishi aniq, biroq ularsiz reintegratsiyaning iloji yoʻq", - dedi Bortnik agentlikka bergan izohida.

Moskva va Gʻarb bilan munosabatlar

Tashqi siyosatda Zelenskiy Kiyevning Yevropaga integratsiya vektorini saqlab qoldi va NATO bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, prezident ofisida Ukrainaning NATO va Yevropa Ittifoqiga keyingi oʻn yilliklarda aʼzolikka umid qilib boʻlmaydigan sharoitda tashqi siyosat boʻyicha aniq strategiya yoʻq.

"Jamoada strategik rejalashtirishni his qilib boʻlmaydi - bu esa birinchi navbatda ustuvorliklarni belgilash. Aslida biz eski koʻp vektorli yondashuvni davom ettirmoqdamiz", - dedi Xalqaro ilgʻor tadqiqotlar markazi mutahassisi Nikolay Kapitonenko.

Oʻz navbatida, siyosatshunos Bortnik, koʻp vektorli siyosatga qaytish haqida gapirishning keragi yoʻq, degan fikrni bildirdi, yangi prezident shunchaki Poroshenko kabi Yevrointegratsiyani qatʼiyatlik bilan ilgari surmayapti.

"Biz yevrointegratsiyalashuvni toʻxtatdik holos, ammo Zelenskiyning pozitsiyasi unchalik taʼsir koʻrsatmadi, chunki Gʻarb inqiroz, koronavirus tufayli Ukrainadan ozgina uzoqlashdi va oʻz muammolariga qaytdi. Hech kim YEI va NATO tomon harakatdan voz kechmayapti, bu tartib konstitutsiyada qolmoqda, ammo hech kim bu jarayonlarni tezlashtirmayapti ham», - deb hisoblaydi mutaxassis.

Rossiya bilan munosabatlarda, Ukraina tomoni tajovuzkor ritorikani sezilarli darajada olib tashladi. Donbass masalasida Moskva bilan umumiy til topish uchun rasmiy Kiyev "Qrimni qaytarish" masalasini muzokaralardan deyarli olib tashladi. Bundan tashqari, Ukraina xukumati vakillari vaqti-vaqti bilan axborot makoniga Qrimni suv bilan taʼminlash gʻoyalarini kiritishgan.

"Bizning Rossiya bilan munosabatlarimiz Gruziya stsenariysi boʻyicha davom etmoqda, bunda, bir tomondan muhim gaz tranziti shartnomasi tuzildi, savdo uchun toʻsiqlar kamaydi, boshqa tomondan, siyosiy normallashtirish haqida gapirish hozircha nooʻrin. Ukrainada RF elchisi yoʻq, va siyosiy munosabatlar juda past nuqtada», - dedi Bortnik.

Moskva va Kiyev oʻrtasidagi munosabatlar Donbassdagi vaziyat fonida yomonlashdi. Ukraina rasmiylari avvalroq Rossiyani mamlakatning ichki ishlariga aralashganlikda bir necha bor ayblashgan. 2015 yil yanvar oyida Verxovnaya Rada Rossiya Federatsiyasini "tajovuzkor mamlakat" deb nomlovchi bayonot qabul qildi. Rossiya Ukraina tomoni ayblovlarini rad etib nomaqbul deb atadi. Moskva bir necha bor Ukraina ichidagi mojaroning ishtirokchisi emasligini va Kiyev ichki siyosiy va iqtisodiy inqirozini bartaraf etishidan manfaatdorligini bildirdi.

2014 yil mart oyida oʻtkazilgan referendumdan soʻng Qrim Rossiya hududiga aylandi, unda Qrim respublikasi saylovchilarining 96,77% va Sevastopol aholisining 95,6% Rossiyaga qoʻshilishni yoqlab ovoz berishdi. Qrim xukumati 2014 yil fevral oyida Ukrainada sodir boʻlgan toʻntarishdan keyin referendum oʻtkazdi. Ukraina hali ham Qrimni oʻzining, lekin vaqtincha bosib olingan hududi deb hisoblaydi. Rossiya rahbariyati bir necha bor Qrim aholisi demokratik yoʻl bilan, xalqaro qonunlarga va BMT nizomiga toʻla mos ravishda Rossiya bilan birlashishga ovoz berganliklarini taʼkidladi. Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Qrim masalasi "butunlay yopiq".

Reyting tushishi

Xatolar va har doim ham jamoatchilikka tushunarli boʻlmagan qarorlarga qaramay, saylovlar yaqin kelajakda oʻtkazilgan taqdirda, Zelenskiy yana saylovda gʻalaba qozongan boʻlar edi. Soʻnggi sotsiologik soʻrovlarga koʻra, potentsial saylovchilarning 40 foizdan koʻprogʻi unga ovoz berishga tayyor.

Oʻtgan yili oʻtkazilgan saylovning birinchi bosqichi natijalariga koʻra, u barcha nomzodlar orasida eng koʻp ovoz toʻplagan (30,24%), hatto amaldagi prezident Poroshenkodan ikki baravar koʻp ham. Saylovning ikkinchi bosqichida Zelenskiy 73,22 foiz ovoz yigʻib gʻalaba qozondi.

"Zelenskiyning partiyasi oʻn oy ichida oʻz saylovchilarining toʻrtdan birini yoʻqotdi, Zelenskiyning oʻzi esa saylovchilarning 30%ni yoʻqotdi. Yuqori qoʻrsatkich 73 foizdan yuqori boʻlib, reytingi bqoriligicha qolayotganiga qaramay, ularni yoʻqotish dinamikasi salbiy va Yanukovich va Poroshenkolarning xuddi shu tendentsiyalariga taqqoslaganda yaqin”, - dedi Bortnik RIA Novostiga.

Uning fikriga koʻra, jamiyatda koʻpchilik ushbu saylov inqilobi, tizimsiz siyosatchining saylanishi siyosiy inqilobga va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning oʻzgarishiga olib keladi deb umid qilishgan. Biroq, bu sodir boʻlmadi va Zelenskiy oʻzining oʻtmishdoshlaridan meros qolgan boshqaruv tizimini davom ettirdi.

Shunga oʻxshash fikrni "Demokratiya uyi" markazining siyosiy tahlilchisi Anatoliy Oktisyuk ham bildirdi.

"Taassurot shundayki, hokimiyat oʻzgardi, eski qoidalar esa Poroshenko davridan farqli oʻlaroq jamlanmagan boʻlib qoldi holos. Menimcha, Zelenskiy oligarxlardan qoʻrqadi, oʻz reytingini yoʻqotishdan yoki kimdir u haqida yomon yozib qoʻyishdan qoʻrqadi. Oxir oqibat, olqishlarga muhtoj aktyorlik sindromi, hanuz yoʻqolmadi”, - deydi siyosatshunos.

Asosiy mavzular