18:25 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
389 0 0

AQSH maxsus xizmatlari va Apple orasidagi mojaro qanchalik haqiqiy? Jentlmenlar kelisha olmayaptimi yoki bu uchinchi tomon uchun qoʻyilayotgan yana bir "tomosha" xolosmi?

TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Apple AQSH bosh prokurori Uilyam Barrning unga qarshi tanqidlariga tezda javob qaytardi.

Biroz oldin Barr Appleni AQSH huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishda va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi kishilarning shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishda ayblagan edi. Bunga oʻtgan yil dekabrda Florida aviabazsiada terakt uyushtirgan Saudiya Arabistoni zobitiga tegishli boʻlgan iPhoneni FQBning oʻzi korporatsiyaning yordamisiz blokirovkadan chiqarishga majbur boʻlgani sabab boʻldi.

Bosh prokurorning soʻzlariga koʻra, Applening gʻazablantiruvchi pozitsiyasi uning "avtoritar rejimlar"ga (albatta, Rossiya va Xitoy nazarda tutilmoqda) "bu hukumatlarga ommaviy kuzatuvni taqdim etish" bilan faol hamkorligi bilan uygʻunlashadi.

Apple Barr bayonotlarini "yolgʻon" deb atadi

Kompaniyada taʼkidlashicha, FQBning birinchi soʻrovlariga aviabazaga hujumdan bir necha soat oʻtiboq javob berilgan: "Bizda mavjud boʻlgan barcha maʼlumotlarni, shu jumladan iCloud zaxira nusxasini, akkaunt maʼlumotlari va koʻplab akkauntlar bilan tranzaktsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazib berdik, texnik yordam koʻrsatdik va keyingi oylar davomida Djeksonvill, Pensakola, Nyu-Yorkdagi FQB idoralarini tergoviga yordam berdik".

Apparatlarning razblokirovkasi borasida, kompaniya mijozlar parollarini saqlamagani uchun buni amalga oshira olmasligini taʼkidladi. Bundan tashqari, Apple hukumatni "millionlab foydalanuvchilar va bizning milliy xavfsizligimizni himoya qiladigan shifrlash va boshqa xavfsizlik choralarini kuchsizlantirishga" urinishda deyarli aybladi.

Bu, darvoqe, shunga oʻhshash mojaroning birinchi emas. 2016 yilning bahorida, Apple San-Bernardino (Kaliforniya) shahrida rafiqasi bilan 14 kishini oʻldirgan terroristning iPhone-ni buzishga muvaffaq boʻlgan vakolatli organlar bilan toʻqnashgan edi. Kompaniya oʻz xavfsizlik tizimlarini kuchaytirishga vaʼda bergan.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi, Rossiyaga bogʻlash odatiy boʻlib qolgan Apple-AQSH qarama-qarshiligining yangi bosqichini izohlar ekan, okean ortida vaziyat "begonalarni qoʻrqishi uchun oʻzingnikini ur" bosqichiga yetganini taʼkidladi.

Dunyoda roʻy berayotgan voqealar munosabati bilan, djentelmenlar haqida koʻhna bir maqol tobora koʻproq esga kelmoqda: eski qoidalar boʻyicha gʻalaba qilish imkoni boʻlmasa, yangisini oʻylab topishadi. U joriy vaziyatga ham taalluqli, ammo yangi va kutilmagan tusga kiradi.

Shaxsiy maʼlumotlarni har kimdan, shu jumladan davlatdan himoya qilish gʻoyasi Gʻarb va ayniqsa Amerikaning inson huquqlari, demokratiya va shaxsiy hayot haqidagi gʻoyalaridan kelib chiqqan. Va bu haqiqatan ham bir vaqtlar zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi boʻlib xizmat qilgan edi va  raqobatchilar ustidan ham texnologik, ham maʼnaviy jihatdan ustunlik haqida gapirishga imkon berdi.

Voqeliklarning istiqbolsizligi allaqachon koʻpchilikka ayon. "Biz hammamiz Myuller qalpogʻi ostida" ekanligimizga dalillar haddan tashqari tez-tez va yaqqol takrorlanib bormoqda va gap nafaqat davlatning fuqarolarini nazorat qilish imkoniyatlari kengayyotganida. Bundan ham yoqimsiz narsa, tijorat tuzilmalarining odamlarning shaxsiy hayotiga bostirib kirishida. Masalan, kontekstli reklamaning hayratlanarli aniqliligi biznesning xabardorlik darajasi qanchalik keng ekanligini koʻrsatadi.

Bu janjalmi yo "tomosha"?

Va qoidalarning oʻzi ham juda tez oʻzgarmoqda - va aytgancha, ancha vaqtdan beri. Kuzatuvda Amerika razvedka xizmatlariga misli koʻrilmagan huquqlar bergan 2001 yildagi mashhur Vatanparvarlik qonunini eslash kifoya. Soʻnggi yillarda oʻzgarishlar shunchalik ulkanki, dunyo aslida yangi printsiplarga muvofiq yashashga oʻtib boʻldi.

Bundan tashqari, tendentsiya hamma uchun bir xil, va Vashingtonga yoqmaydigan mamlakatlarga nisbatan barcha anʼanaviy ritorikasiga qaramay - AQSH va Xitoy yoki Yevropa va Rossiya oʻrtasidami farqi yoʻq.

Apple, boshqa global IT-gigantlari singari, umumiy tendentsiya girdobida. Darvoqe, korporatsiya haqiqatan ham milliy qonunchilik talablariga rioya qildi va taxminan bir yarim yil oldin mahalliy mijozlarning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashni Rossiyaga koʻchirdi - bu faqt Amerika bosh prokurorining gʻazabini keltirdi.

Umuman olganda, Stiv Djobs mahsulining mafkuraviy qaytmasligiga ishonishga hech qanday iloj qolmayapti.

Kompaniya va AQSH hukumati oʻrtasidagi yangi mojaroda, korporatsiya milliy iyerarxiyaga boʻysunishni tan olishni istamasligi ehtimoli koʻproq qoʻrinmoqda. Axir, Apple asli Amerika kompaniyasi boʻlsa-da, u boshqa raqobatchi hamkasblari singari globallashgan dunyo mantigʻida oʻylaydi - bu yerda qoidalarni ular oʻzlari oʻrnatadilar va begonalarga boʻysunmaydilar.

Ammo bundan ham qiziq tomoni shundaki, dunyo, oʻyin qoidalari tufayli "jentelmenlar"ning ommaviy janjaliga guvoh boʻlmoqda. Yaʼni, bu janjal aslida, oldiga oʻtirib toʻsatdan ular ustidan gʻalaba qozonishni boshlagan "aborigenlarni" "oq tanlilar" oʻzaro hufiyona kelishib yana bir bor muvaffaqiyatli aldashga uringani kabi parda ortiga yashirilishi kerak.

Ammo sodir boʻlgan vaziyat xech ham noyobligi bilan ajralib turmayapti. Shunga oʻxshash holatlar koʻz oʻngimizda hamma yerdan darz ketishlari bilan koʻpayib bormoqda - ommaviy janjallar va "sindirilgan idishlar" bilan - bir paytlari birlashgan Gʻarb kabi, uning eng bardoshli va obroʻli qismlarini qoʻshgan holda. Va u uchun nima yomonroq ekanligi tushunarsiz - agar jarayon ishtirokchilari oʻzlari oʻtirgan shohni aralayotganini anglamayotgan boʻlsalar yoki aksincha, barchasini anglasalar, lekin tizim inqirozi shu qadar chuqurlashdiki, u yerdagilar jamoaviy najot topish imkoniyatlarini koʻrmayaptilar.

Biroq, javob qanday boʻlmasin, sayyoramizning qolgan qismi uchun bu yaxshi yangilik, chunki bu oʻzlarini boshqalardan yuqori va yaxshiroq deb hisoblaydigan ayrim ishtirokchilarni yashirincha aldovisiz dunyoni muvaffaqiyatli qayta qurish imkoniyatlari koʻpayishini anglatadi.

Asosiy mavzular