08:12 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1736 0 0

Gitlerga qarshi koalitsiyadagi gʻarblik ittifoqchilarimiz (hozir "sheriklar") kelishuvlarni ochiqchasiga buzishgan. Axir, 1945 yilning 25 aprelida ruslar va amerikaliklarning Elbadagi mashhur uchrashuvi roʻy bermasligi kerak edi.

Vladimir Bыchkov, Sputnik radiosi

... yil oldin xuddi shu kuni

1945 yil 22 may kuni Britaniya harbiylari bosh vazir Uinston Cherchill topshirigʻiga binoan "Aql bovar qilmas" operatsiyasi rejasini tayyorladilar. (Aslida, bu ikkita reja boʻlgan, ammo muhimi bu emas. Asosiysi mohiyatida). Qisqacha aytib beraman. "Aql bovar qilmas" reja shuni anglatadiki, 1945 yil 1-iyulda 47 Britaniya va Amerika diviziyalari Germaniyaning sovet okkupatsiyasi hududiga bostirib kirib, Drezden, Berlin va Breslau shaharlarini egallab olishadi, Polshadan ruslarni siqib chiqarishib, Bolqonda hujum boshlashadi.

Bundan tashqari, rejaga koʻra, SSSR aviatsiyasini yoʻq qilish, Baltikani dengiz tomonidan blokirovka qilish va sovet ichkarisida sabotaj tashkil etish kerak. Shuningdek, qizillar bilan urush uchun asirga olingan nemis SS va Vermaxt askarlaridan taxminan 10-12ta diviziya tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. SSSRga qarshi urush  1946 yil 1 yanvariga yakunlash rejalashtirilib, keyin Stalinni fakt oldida qoʻyib, uni Gʻarb uchun manfaatli tinchlik shartnomasini tuzishga majbur qilish rejalashtirilgan boʻlgan.

Undan oldinroq esa, urush hali tugamagan paytda, Cherchill qatʼiy ravishda AQShning yangi prezidenti Garri Trumenga uqtirgan: har qanday holatda ham sovet qoʻshinlari tomonidan Berlin va Praga bosib olinishini oldini olish kerak. Shu bilan birga, SSSRning gʻarbiy ittifoqchilari (hozirda "hamkorlar") kelishuvlarni ochiqchasiga buzishgan. Axir, 1945 yil 25 aprelda Elbada ruslar va amerikaliklarning mashhur uchrashuvi umuman boʻlmasligi kerak edi. Yalta bitimlariga asosan, amerika qoʻshinlari sovet askarlari va zobitlari bilan xursandchilik bilan uchrashgan joydan koʻplab kilometr uzoqlikda toʻxtashlari kerak boʻlgan. Ammo, Cherchillning "aqlga sigʻmaydigan" tajovuzkor rejasini aynan ingliz harbiylari aqlga sigʻmaydigan va amalga oshirib boʻlmaydigan deb atab, toʻhtatib qolishga muvaffaq boʻlishdi. Shtab boshliqlari qoʻmitasi SSSR bilan blitskrig ish bermaydi, xuddi Gitler va Napoleon boʻlgani kabi - bu davomiy va qonli urush boʻladi deb hisoblashgan. Bundan tashqari, harbiylar Cherchillni ogohlantirishdi: jang paytida "ruslar Norvegiya, Gretsiya va ehtimol Turkiya va Iroqni egallab olishadi ... Gollandiya va Frantsiya ular oldida himoyasiz qolishadi".

AQSH harbiylari aksariyati ham "Aql bovar qilmas" rejasini qoʻllab-quvvatlamadi, bu toʻgʻrisida siyosatchilarni habardor qildi. Faqat oʻzining antika tutishi va qoʻli yugurikligi bilan mashhur boʻlgan Djordj Patton gʻazabga toʻldi: "Ruslarni tushunishning qiyinligi shundaki, biz ularning na Yevropaga va na Osiyoga tegishli ekanliklarini anglamayatkanimizda, shuning uchun ularning fikrlashi boshqacha. Biz xitoyliklar yoki yaponlarni tushunmaganimiz kabi ruslarni ham tushuna olmaymiz va ular bilan muloqotning mendagi katta tajribamga asoslanib shuni aytishim kerakki, men faqatgina ularni yoʻq qilish uchun qancha qoʻrgʻoshin va temir kerakligini tushunishdan boshqa, ularni tushunishni istamayman".

Ammo aynan biz amerikaliklarni va inglizlarni tushunishga qodirmiz, shuning uchun Qizil Armiya oldindan, tezlik bilan Berlinni bosib oldi. Ehtimol, bu Uchinchi jahon urushi oldini oldi...

Va keyin ham, Vashingtonda, Stalin oʻzining "ittifoqchilari"ning tajovuziga javoban Yaponiya bilan harbiy ittifoq tuzishi mumkinligini va bu Tinch okeanidagi Amerikaning gʻolib boʻlgan barcha kampaniyalarini yoʻqqa chiqarishi mumkinligini yaxshi tushunishgan. Ammo bunga hech ham yoʻl qoʻyib boʻlmaydi: AQSH Tinch okeanini deyarli oʻzining hududi deb hisoblaydi. Darvoqe, aynan shu yerdan koʻplab zamonaviy Amerika-Xitoy ziddiyatlari chiqib kelmoqda.

"Sheriklar", eslatib oʻtaman, 1945 yilning 1 iyulida boshlashni rejalashtirgan "Aql bovar qilmas" operatsiyasi arafasida Qizil Armiya kutilmaganda oʻzining koʻplab tuzilmalari joylashuvini oʻzgartirdi va oʻz kuchlarini qayta taqsimladi. Tushunib turibsizki, bu ishlarni u bejizdan amalga oshirmagan edi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, "Aql bovar qilmas" rejasi Moskvaga oldindanoq mashhur "Kembrij beshligi" tomonidan yuborilgan edi.

Eng qizigʻi, London 1998 yilga qadar "Aql bovar qilmas" operatsiyasi rejasi mavjud boʻlganini qatʼiyan rad etib kelgan. Goʻyo, bu rus targʻiboti emish (Keyinchalik rus xakerlari va afsonaviy "Novichok" dunyoga keldi).

Yana bir eslatma - lend-liz haqida. Keling, ushbu yetkazib berishlar ahamiyatini koʻpirtirmaylik. Bu dengizdan bir tomchi, xolos. Hisob-kitoblarga koʻra, ulushi mamlakatimizda urush yillarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning atigi 4 foiziga toʻgʻri keladi (Gʻarbda bu koʻrsatkich yuqoriroq deb hisoblashadi). Ikkinchidan, ehtimol, birinchidan: bu shunchaki amerikacha biznes edi, xolos (bunda eski texnika katta hajmda yetkazib berilgan). SSSR, keyinchalik Rossiya ham, ushbu "doʻstona" taʼminot uchun "sheriklarga" 2006 yilga qadar pul toʻlagan.

Asosiy mavzular