11:08 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
116640

Pandemiya keltirib chiqargan texnologik taranglikka qaramay, RF mudofaa sanoati majmuasi beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotini seriyali ishlab chiqarishga rejali oʻtmoqda.

Rossiya mudofaa xarajatlari boʻyicha dunyoda atigi toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Biroq, Rossiya mudofaa sanoati majmuasining yutuqlari hayratda qoldiradi: tarixda birinchi marta Rossiya ilgʻor qurol-yarogʻ sohasida dunyoning barcha mamlakatlarini, shu qatorda AQShni ortda qoldirdi. Va u erishganida toʻxtab qolmayapti.

Rossiya mudofaa sanoatini boshqaruvchi bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Borisov 21-may kuni RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shunday dedi:"Sinovlar paytida Su-57 taktik va texnik vazifalarning deyarli barcha talablarini toʻliq tasdiqladi. Harbiy-kosmik kuchlarning uchta aviapolklarini jihozlash uchun 76 dona samolyot yetkazib berish boʻyicha davlat shartnomasi yetkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi". Eslatish joizki, qiruvchi aviapolkni jangovar qudrati jihatidan umumqoʻshin diviziya bilan solishtirish mumkin. Uchta yangi polk - bu Rossiya HKKning juda jiddiy kuchaytirilishi.

Yuriy Borisov, COVID-19 tufayli yuzaga kelgan fors-major holatlariga qaramay, beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlarining birinchi (oʻrnatuvchi) partiyasi 2020 yilda Rossiya qurolli kuchlariga topshiriladi. Seriyali yetkazib berish haqida xabar avvalroq "Rostex" davlat korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov tomonidan ham berilgan edi.

Birinchi bosqichda Rossiya HKK toʻrtinchi avlod dvigatellari bilan jihozlangan samolyotlarni oladi, beshinchi avlod dvigatellari bilan taʼminlanganlari (yoqilgʻi yuqori samaradorligi va hayot tsikli arzonlashgan) 2020 yil oʻrtalarida boshlanadi. Ammo hozirgi dvigatellar ham koʻp jihatlaridan xorijiy analoglardan ustundir.

Sinovlar davomida bir necha marotaba va turli xil rejimlarda, shu jumladan uchuvchisiz rejimda, yangi qiruvchining barcha tizimlari va dvigatellarining ishlashi tekshirildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Su-57 samolyoti Suriyadagi jangovar sharoitlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtganligini bir necha bor taʼkidlagan. Boshqacha boʻlishi ham mumkin emas, chunki Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti barcha turdagi havo, yer usti va suv usti nishonlarini samarali yoʻq qilishga moʻljallangan. Kuchli qurol-yarogʻ, dushmanlarni aniqlashning ilgʻor tizimlari, tovushdan tez kreyserlik tezligi va yuqori manevrliligi, past sezilarliligi kabi xususiyatlar uygʻunligi Su-57 samolyotining mutlaq ustunligini taʼminlaydi. Dunyoda unga teng keladigan analoglar yoʻq.

Misli koʻrilmagan imkoniyatlar

Uchta Su-57 aviapolki Rossiya HKKning jangovar qobiliyatlarini rivojlantirishda sifat borasida jadal qadamdir. Soʻngi qiruvchi 400 kilometrgacha masofada havo va yerdagi nishonlarni aniqlashga, 62 tagacha obʼyektni kuzatishga (va maqsadli nishonlarni boshqa samolyotlarga (hujum dronlariga uzatishga) qodir.

"Suxoy"ning beshinchi avlod amerika qiruvchilaridan ustunligi quyidagilardan iborat: tovushdan yuqori kreyserlik tezlikda past sezilarlilik (bu F-35 va F-22 larda yoʻq), yuksak boshqaruv hususiyatlari, asosiy radiolokatsion stantsiya, nishonlarni aniqlashning noyob optik-elektron tizimi va elektron toʻsiq qoʻyish tizimi (aqlli qoplama), borti 10 tonna qurol-aslahalar (shu jumladan gipertovush raketalar) tashish imkoni. Qiruvchining barcha oʻq-dorilari ichki boʻlimlarida saqlanadi, yaʼni dushman radarlarida “koʻrinmaydi”.

Aks beruvchi yuzaning kichik maydoni (0,4 kv.m), Su-57ga konstruktsiyasining yuqori texnologiyali kompozit materiallaridan (sirtning 70% va samolyot ogʻirligining 25%) foydalanganligi tufayli dushman radarlari deyarli koʻrinmas boʻlib qolishiga imkon beradi. Asosiy RLS (radiolokatsion stantsiya) va boshqa bir qator faol va passiv radiolokatsion va optik-lokatsion stantsiyalari, shuningdek Su-57-ning jangovar foydalanish va nazorati uchun yagona axborot tizimi boshqa samolyotlar, qoʻmondonlik punktlari, HKK, HDF va quruqlik kuchlarining maʼlumot almashish quyi tizimi bilan birlashtirilgan.

Ikkita turboreaktiv dvigatel Su-57ga soatiga 2600 kilometr tezlikda harakatlanishga, tepaga koʻtarilish tezligini - daqiqasiga 21 kilometrga erishish imkonini beradi. Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchisi tovushdan yuqori tezlikka forsajni yoqmasdan oʻta oladi va nafaqat qisqa, oʻrta va uzoq masofali raketalar bilan hujumlarni amalga oshira oladi, balki toʻp quroli yordamida yuqori manevrli yaqin janglarni ham amalga oshirishi mumkin (uchuvchilar bu sifatni juda qadrlashadi). Dvigatel tortish vektorining uch oʻlchovli ogʻish tizimi samolyotni yuqori manevrliligini taʼminlaydi.

Rossiya armiyasi buyurtma qilgan 76 dona Su-57 ogʻir qiruvchilarining jangovar qobiliyati, agar ular soʻnggi "Oxotnik" pilotsiz uchuvchi apparatlari bilan integratsiyalashgan holda vazifalarni bajarsalar, qanchalar kuchayishini tasavvur qilish mumkin holos. Hujumchi koʻrinmas dronning beshinchi avlod qiruvchisi bilan hamjihatlikda ishlashi qiruvchi aviatsiyaning jangovar foydalanish sohasida katta yutugʻi boʻlishi mumkin. Bu sohada uchuvchi va jangovar robotning samarali oʻzaro hamkorligi uchun katta imkoniyatlar ochiladi.

Su-57da uchuvchisiz rejimning ishlab chiqilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot juda qiziq va juda murakkab mashinani bazadan juda katta masofada sunʼiy intellekt (yoki operator) boshqarishi mumkinligini anglatadi. Bu tezlik va manevr boʻyicha fiziologik cheklovlarni olib tashlaydi (endi jangovar taktikada ortiqcha yuklanish rol oʻynamaydi). AQSH Rossiyada 5-avlod qiruvchi samolyotining uchuvchisiz (cheksiz) modifikatsiyasini rivojlanishini havotir bilan kuzatayotgani bejiz emas, chunki Amerikaning soʻnggi F-35 Lightning II samolyoti tovushdan tez rejimida parvozda taxminan ikki daqiqali soʻng parchalanib ketishi mumkin - qoplamasi bardosh bermaydi.

Harbiy-siyosiy turbulentlik

Su-57 ogʻir qiruvchi samolyotining ochiqlangan xususiyatlari va imkoniyatlari bu bir aysbergning uchi holos. Havo razvedkasi va nazorati, qurolli kuchlarning boshqa hillari harakatlarini muvofiqlashtirish, masofaning keng turkumida yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari – "Suxoy"ning beshinchi avlodi bularning barchasining uddasidan chiqadi.

Biroq, harbiy ustunlik birdan-bir maqsad emas. Soʻnggi aviatsion kompleksning samaradorligi Rossiya va uning ittifoqchilarining harbiy xavfsizligini taʼminlashda - tashqi tajovuzning oldini olishda katta (printsipial) ahamiyatga ega. Aviatsion sanoatda texnologik taraqqiyotni, Rossiyaning global qurol bozorida yetakchi mavqeini saqlab qolish ham muhimdir.

Soʻnggi oʻn yilliklardagi Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Liviya, Yugoslaviyadagi harbiy mojarolar tajribasi shuni koʻrsatadiki, Gʻarbning asosiy vositasi yoki "dubulgʻasi" - havoda miqdoriy va sifatli hukmronlik (hujum aviatsiyasi, qanotli raketalari, dronlar). Pentagon favqulodda yadrosiz zarba berish kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda, u Amerika qurolli kuchlariga AQShning har qanday dushmani bir necha soat ichida magʻlubiyatga uchratadigan, mustahkam va harakatchan nishonlarga noyadroviy qurollar bilan zarba berish imkoniyati berishi kerak.

Eslatib oʻtaman, AQShning oʻzi soxta bahonalar bilan 2019 yilda oʻrta va qisqa masofali raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qildi, strategik hujum qurollari toʻgʻrisidagi bitimda aniqsizlikni keltirib chiqardi va global raketaga qarshi mudofaa tizimining zarba berish potentsialini oshirdi. AQShning harbiy byudjeti 2020 yilda 750 milliard dollargacha koʻtarildi - bu raqam Rossiya mudofaa byudjetidan 10 baravar koʻp va dunyoning boshqa mamlakatlarining harbiy xarajatlari bilan taqqoslanadi.

Shu fonda qudratli Havo-kosmik kuchlar va havo hujumidan mudofaa va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini shakllantirish Rossiya uchun shartsiz davlat ustuvorligiga aylanmoqda. Moskva xavfsizlikning butun perimetri boʻylab harbiy tahdidlarning oʻsishiga javob qaytarishga, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini va qurollari imkoniyatlarini oshirishga, ittifoqchilar xavfsizligini mustahkamlashga majbur.

Asosiy mavzular