22:51 01 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
775 0 0

Donald Tramp AQSH ochiq osmon shartnomasidan bir tomonlama chiqishini eʼlon qildi. Vashington Moskvani hujjat nizomlarini bajarmaslikda aybladi va RFga deyarli ultimatum eʼlon qildi

AQSH prezidenti maslahatchisi Robert O' Brayen Rossiya DON (ochiq osmon shartnomasi) yordamida Tramp ortidan kuzatmoqda, deyishdan ham toymadi. Rossiya TIV oʻz javobida Moskva ham Vashingtonning ushbu hujjatga amal qilishi borasida eʼtirozlari borligini maʼlum qildi.

Xullas, nima gap? Moskva chindan ham Donald Tramp ortidan kuzatganmi? Bu shartnoma nega kerak oʻzi? Qachon paydo boʻlgan? AQShning shartnomadan chiqishi - uzil-kesil hal boʻlgan qarormi yoki u shu usul bilan savdolashmoqchimi? Dunyodagi tartib qay darajada oʻzgaradi va yevropaliklar nima qilishi mumkin? Ushbu savollarga "Arsenal Otechestva" jurnali harbiy eksperti Aleksey Leonkov izoh beradi.

02:02 Uning (shartnomaning - tahr.) asosiy maqsadi - kelishilgan razvedka uskunalari yordamida tomonlar kengkoʻlamli harbiy mojaroga tayyorlanmayotganlarini aniqlash edi. Shu uskuna, biz oʻzimizning uchar apparatlarimizni shakllantirayotganimizda, Pentagon talablaridan kelib chiqqan holda tanlangan, agar u tanlansa, bizga, yaʼni Rossiyaga, taktik yoki boshqa bir ustuvorlikni bermas edi.

02:50 Hozir… bemaʼni davolar boshlandi… biz olingan razvedkaga oid maʼlumotlar tufayli majmualarimizga, shu jumladan gipertovushlilariga ham, koʻrsatma berishimiz mumkin ekan, shu tufayli Amerika xavf ostida qolmoqda goʻyo.

03:21 Kaliningrad viloyati, Janubiy Osetiya va Abxaziya ustidan uchishga yoʻl qoʻymayotganimiz haqidagi talabnomalar - huquqiy nuqtai-nazardan biz toʻgʻri qilyapmiz. Ushbu uskunaga ega boʻlgan samolyotlar, ochiq-osmon samolyotlari boʻyicha parvoz vazifalari shakllantirilayotganida, albatta, hammasi kelishiladi. Yaʼni havodan mudofaa tizimimiz va amerika havo mudofaasi tizimi ularni qoidabuzarlar sifatida qabul qilmasligi uchun.

04:30 Abxaziya va Osetiya haqida gapiradigan boʻlsak, ular amerika yoki yevropa razvedkachi-samolyotlari ustidan uchib oʻtishi lozim boʻlgan hududlar roʻyxatiga kirmagan, nega deganda, birinchidan, u yerda biz tinchlik oʻrnatuvchilardan boʻlak qoʻshin kontingentiga ega emasmiz, ikkinchidan, u yerda boshqa kontingent yoʻq ekan, bu hududlar ustidan uchishdan maʼno ne, shu bois ham bu ikki hudud ushbu shartnoma taʼsiridan tashqari hududlar sirasiga kiritilgan edi.

07:23 Ochiq osmon haqidagi shartnomaboshqa shartnomalar orasida xalqaro xavfsizlikni belgilovchi element sifatida tuzilgan. Avvalo, yadroviy xavfsizlikni belgilovchi element sifatida.

09:43 Olis masofadagi radiolokatsiyani aniqlash tizimi - "Voronej" stantsiyasini oʻrnatganimizda ... biz kutilmaganda amerikaliklar, bizni bu haqda ogohlantirishni unutib qoʻyib, faol tarzda oʻrta masofaga uchuvchi ballistik raketalar sinovini oʻtkazayotganini guvohi boʻldik.

10:03 Ochiq osmon haqidagi shartnomaning yana bir jihati bor. Gap shundaki, NATo mamlakatlari razvedka hamjamiyatida razvedkaga oid maʼlumotlar manbai boʻlib asosan AQSH xizmat qiladi. U maʼlumotlarni uzatish tizimini shunday yoʻlga qoʻyganki, Yevropa amerika qanday maʼlumot bersa, oʻshanigina qabul qiladi.

10:44 Endilikda agar amerikaliklar parvozni amalga oshirmasa, Yevropa bunday maʼlumotlarga ega boʻlmaydi, nega deganda ularda oʻzlarining razvedkachi-samolyotlari yoʻq. Tam letayut tolko amerikanskiye.
14:45 Ular (AQSH – tahr.) shu tarzda goʻyoki biz uchun oʻzining shaffofligini yopib qoʻyishni oʻylamoqda.

Asosiy mavzular