Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaGruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey
Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘lat, karantin, o‘ta xafli va yuqumli kasalliklar muhofaza markazi vrach-epidemiologi, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach G‘ofirjon Tadjibayev Sputnik'ga bergan intervyuda o‘z hamkasblari bilan Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashda qanday yordam bergani haqida so‘zladi.

- O‘zbekiston qanday qilib koronavirusni jilovladi?

- O‘zbekistonni bu masala yuzasidan tajribasi ko‘p. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, yangi turdagi  COVID-19 koronavirus infeksiyasi to‘liq o‘rganilmagan, shuning uchun kasallikka samarali qarshi kurash uchun butun dunyodan shifokorlarning tajriba almashinuvi juda muhim.

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gofirdjona TadjibayevaVrach-epidemiolog Sentra chumi, karantina, zashiti ot osobo opasnix i infeksionnix zabolevaniy Respubliki Uzbekistan, kandidat meditsinskix nauk Gofirdjon Tadjibayev
Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston
Vrach-epidemiolog Sentra chumi, karantina, zashiti ot osobo opasnix i infeksionnix zabolevaniy Respubliki Uzbekistan, kandidat meditsinskix nauk Gofirdjon Tadjibayev

Koronaviruslar – RNK-zanjiridan tashkil topgan 40 virusdan iborat bo‘lgan guruh hisoblanadi, ularning 4 tasi inson organizmida kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga ega. Ulardan biri shunday xavfli virus Xitoyda aniqlandi va u tezda butun dunyoga tarqaldi.

Pandemiya e’lon qilinmasidan va hatto shu kasallik boshqa davlatlarda sekin tarqalayotgan vaqtda O‘zbekiston profilaktika va chegara epidemnazoratni kuchaytirdi.

Respublika so‘nggi yillarda virusga qarshi samarali tizimni ishlab chiqdi, shuning uchun, masalan “Tovuq”, “Cho‘chqa”, pandemik gripplari O‘zbekistonga kirib kelmadi.

Sababi - aynan virus kasalliklari hozirgi kunda boshqa yuqumli kasalliklarga nisbatan bosh ko‘tarayotgani, bu kasallikning aholi orasida keng ko‘lamda tarqalib borayotgani O‘zbekiston amaliyotiga, O‘zbekistonni ilm xodimlariga ma’lum edi.

Mana shu nuqtayi nazardan ham hozirgi koronavirus infeksiyasini O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yanvar oyining 29 chislosida bu masalaga jiddiy munosabat bo‘lishdi, o‘rganildi. Masala ancha jiddiy ekanligini inobatga olib, butun O‘zbekiston bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi.

V Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana na pomosh kollegam v borbe c COVID-19 pribili uzbekskie mediki - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir guruh o‘zbek shifokorlari Tojikistonga keldi

Bu davlat komissiyasiga aynan shu kasallikning oldini olishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi xizmat vakillari kirdilar.

O‘sha IIV, mudofaa, Milliy gvardiya, sog‘liqni saqlash xodimlari, hokimlar, moliya kabi barcha mutasaddilar shu komissiyaning a’zosi bo‘ldilar va o‘zlari daxldor bo‘lgan masala bo‘yicha ishni yo‘lga qo‘ydilar.

Shuni natijasida O‘zbekistonda bu kasallikka nisbatan e’tibor kuchaydi. Davlat rahbarlari tomonidan bir necha qaror-farmoyishlar chiqdi, komissiyaning 21ta holatda bayonnomasi qabul qilindi.

Har bitta bayonnomada shu kasallikning oldini olish, kasallikni davolash, qo‘shimcha o‘rinlarni tashkil etish, dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish, karantin, moddiy texnik bazani kuchaytirish va shunga o‘xshash yangi vazifalar belgilab berildi.

Lechenie bolnix s COVID-19 v SKB RJD-Meditsina - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni boshdan kechirgan tojikistonlik shifokor qanday davolangani haqida so‘zlab berdi

Natijada esa kasallikning jilovi qo‘lga olindi.

Bu kasallikka nisbatan bizning milliy strategiyamiz paydo bo‘ldi bu strategiya o‘zini oqladi va butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan bu siyosat ma’qul ko‘rildi.

Bu Hamdo‘stlik mamlakatlari ichida yagona O‘zbekiston siyosati o‘zini oqlaganini ko‘rsatdi.

- Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar ikki hafta Tojikistonda bo‘lib, u yerda hamkasblarga koronavirusning oldini olish va davolash bo‘yicha ishlarni tashkil etishga yordam berishdi. Safaringiz haqida so‘zlab bering.

Amaliyotda erishgan yutuqlarimizni tojikistonlik hamkasblar bilan birgalikda ko‘rib chiqish, yutuqlarimizni hamjihatlikda maslahatlashib ular bilan chora-tadbirlarni birgalikda tajriba almashinuv ko‘rinishida amalga oshirish masalasi ikkita davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv bo‘lgan edi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mutaxassislarni yuborish va o‘sha yerda birgalikda ishlarni yo‘lga qo‘yish masalasi taklif qilingandi.

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gofirdjona TadjibayevaRabota uzbekskix vrachey v Tadjikistane
Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston
Rabota uzbekskix vrachey v Tadjikistane

O‘zbekistondan Tojikistonga 8 nafar mutaxassis bordik. Ular ichida anesteziolog, reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, virusolog va hamshira bor edi.

14 kun mobaynida Tojikistondagi mutaxassislar birgalikda tajriba almashildi.

Bunda 3  yo‘nalishlarda ishlar olib borildi:

Birinchidan: e’tibor bemorlarga nisbatan ko‘rilishi kerak bo‘lgan strategiya, ya’ni bemorni davolash uchun qilinayotgan xatti-harakatlarga qaratildi.

Bunda erishilgan katta yutuqlardan biri shuki, Tojikiston Respublikasining barcha davolash-profilaktika muassasalari, rayonlari, viloyatlari, shaharlaridagi bo‘layotgan holat onlayn-sistema orqali ochiq muloqot ko‘rinishida muhokama qilindi.

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gofirdjona TadjibayevaRabota uzbekskix vrachey v Tadjikistane
Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston
Rabota uzbekskix vrachey v Tadjikistane

Bunda o‘sha yerdagi vrachlar bemor holati yuzasidan o‘z mulohazasini aytadi. Ya’ni uning qachon va qanday holatda olib kelingani, hozirgi kundagi holati, uni davolash uchun berilayotgan dori vositalari, uning rentgen, laboratoriya-tahlil natijalari aytilgach, bizning mutaxassislarimiz bemorning lecheniyesiga korrektirovkalar kiritishdi. Deylik, "Mana bu dori vositasini mana buncha dozada mana shu muddatda berib turing", "mana bunday qo‘shimcha laboratoriya tahlil ishlarini o‘tkazing" qabilida. Eng quvonarlisi, mana shu onlayn tavsiyalar tashkil qilingan kundan boshlab uch-to‘rt kuni o‘tib urinishlarimiz o‘z samarasini, natijasini bera boshladi. Bemorlarning ahvoli yaxshi tomonga o‘zgarayotganini biz tojikistonlik hamkasblarimizdan eshitdik.

Ikkinchi qilgan ishimiz – koronavirusga chalingan bemorlarga maslahat berish uchun Call-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazga murojaat qilayotganlar bilan muloqot qiladigan guruh tashkil etildi. Shu orqali Tojikistonning barcha tumanlari bilan aloqa qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Uchinchidan: Tojikistondagi virusologik laboratoriyalar ishini tahlil qildik.

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gofirdjona TadjibayevaRabota uzbekskix vrachey v Tadjikistane
Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston
Rabota uzbekskix vrachey v Tadjikistane

Bu laboratoriyalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi, Tojikistonda bugungi kungacha faoliyat yuritayotgan virusologiya laboratoriyalari moddiy texnik bazasi hamkasblarimiz iltimosi asosida o‘rganib chiqildi.

Epidemiolog va virusologlarimiz vaziyatni o‘rganib, ularning moddiy-texnik bazasi, ta’minoti, laboratoriyalarda yaratilgan sharoit, mutaxassislar saviyasi o‘rganib chiqildi hamda o‘zimiz bilan insonparvarlik yordami sifatida olib borgan test naborlari bilan qanday ishlash bo‘yicha ularni o‘qitdik.

Ana shu ko‘nikmalar asosida biz borgunimizgacha bitta laboratoriya ishlab turgan bo‘lsa, hozirgi kunda to‘rtta laboratoriya tashhislarini amalga oshirmoqda.

Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Bir guruh tajribali shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

Yana bir tomoni, kasallikning aholi o‘rtasida keng ko‘lamda tarqalib ketmasligi, yoki Respublikaga kirib kelayotgan odamlar o‘rtasida kasallik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bu vrach epidemiologlarning vazifasi.

Shu ma’noda Tojikistonda vrach-epidemiologlar auditoriyasi bilan juda ham keng ko‘lamda tajriba almashildi. Bunda kasallikning chetdan kirib kelish holatlarini aniqlash, epidemiologik jihatdan nohush vaziyat bo‘lib turgan davlatlardan kelayotgan fuqarolarni laboratoriya usullarida tekshirib, agarda infeksiya aniqlanganda ularni shifoxonalarga yotqizish, karantin tadbirlarini amalga oshirish, vrachlar uchun mo‘ljallangan kiyimni qanday kiyish va qanday yechish yuzasidan o‘z tavsiyalarimizni berdik.

Qolaversa, O‘zbekistonda kasallik qayd etilganidan keyin bemor bilan oilasida, ishxonasida, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘i orasida yaqin muloqotda bo‘lganlar o‘rtasida epidemiologik surishtiruv ishlarini amalga oshirish uchun maxsus xarita ishlab chiqilgan. Epiksurishtiruv jarayonida olingan ma’lumotlar ushbu xaritaga tushiriladi: ya’ni bemor qayd etilmasidan o‘n to‘rt kun avvalgi holati, o‘n to‘rt kun avval qayerga borganligi, kim bilan muloqotda bo‘lganligi, qachondan boshlab kasallik alomatlari unda yuzaga chiqqanligi, qachondan boshlab vrachga murojaat qilganligi, qanaqa davolash kurslariga yo‘naltirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Shuningdek, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning soni ularning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi kontakda ekanligi, ular kim ekanligi, qaysi kontingentdaligiga qarab ertangi kun  strategiyasi belgilanadi. Ya’ni aynan shu bemor bo‘yicha yana nima ish qilinishi kerak, qaysi muloqotda bo‘lingan odamlar bilan ishlash kerak kabi.

Mana shu xaritani tojikistonlik hamkasblarimizga ko‘rsatganimizda, u yerdagi mutaxassislarda katta qiziqish paydo bo‘ldi.

Epid-kartalarni tojik va rus tillariga tarjima qilib berdik va u sekin – asta joylarda yo‘lga qo‘yildi.

V Uzbekistan iz Kitaya pribila gruppa meditsinskix ekspertov - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy shifokorlari O‘zbekistondagi missiyani yakunladi

O‘zbekistonda epidemiologlar bemor bilan bir qatorda aholining salomatligini muhofaza qilish ishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Bunda epidemik noxush bo‘lgan hudduddan kelayotgan fuqarolarni alohidalash masalasi, ularni izolyatorga yotqizish, 14 kun inkubatsion davrda ularda tibbiy nazoratni amalga oshirish, kunda uch mahal tana harorati o‘lchash, agar tana haroratida o‘zgarish: ozgina shamollash, yo‘tal yoki holsizlik kuzatiladigan bo‘lsa, ularni provizor gospitalga yotqizish ishlari amalga oshiriladi. Bu gospital O‘zbekistonda yaxshi otrabotka qilingan, bu yerga kasallik alomati bor, lekin laboratoriya tasdig‘ini bermagan bemorlar joylanadi.

Agarda kasallik alomati bilan bir qatorda laboratoriya tasdig‘i berilgan bo‘lsa bemor to‘g‘ri gospitalga yoki yuqumli kasalliklar shifoxonasida tashkil etilgan ixtisoslashgan xonalarga joylashtiriladi.

Mana shu 3ta bosqich O‘zbekistonda juda ham yaxshi tashkil etilgan, mana shu borada erishgan yutuqlarimizni Tojikistonlik mutaxassislar bilan o‘rtoqlashdik.

Aytgancha, O‘zbekistonga qaytanimizda karantinga olindik. Mana hozir izolyatorda yotibman, issiq choyim bor, ovqatim bor, yotoq joyim bor, ko‘rishimga televizor bor, ovqat saqlash uchun xolodilnikim bor, elektr bor, suv bor, cho‘miladigan joydan tortib, sanuzelgacha bor. Bu nafaqat menga balki izolyatorda yotganlarning barchasiga O‘zbekiston hukumati mana shunday shart-sharoitni yaratib bergan. Hech kim bilan muloqot qilmaymiz. Karantinning ham asosiy maqsad-mazmuni shu-da. Shundagina virusni boshqarish imkoniyati qo‘limizda bo‘ladi.

- Tojikistondagi epidemiologik vaziyatni qanday baholaysiz?

Tojikistondagi epidemik holat haqidagi savolga virusolog baho berishni xohlamadi. "Biz ulardan bu haqda so‘ramadik, ular ham bizdan so‘ragan emas", dedi u va so‘ng kasallik bitta bo‘ladimi, mingta bo‘ladimi yoki 2 mingta – baribir qayd etiladi deya qo‘shimcha qildi.

Pandemiya holatida kasallikning ko‘rsatkichiga emas, tahliliga e’tibor qaratish kerak, deya ta’kidlaydi Tadjibayev.

Ya’ni noxushlik bo‘lgan paytda kasallik tahliliga qarab, kasallikning tarqalib ketmasligi bo‘yicha strategiyani amalga oshirish juda muhim.

"Mana shu tadbirlarni amalga oshirib, kasallik tarqalib ketmasligiga erisha olsak, kasallik jilovini qo‘limizga olgan bo‘lamiz. Men ishonch bilan aytishim mumkin-ki, O‘zbekiston koronavirusni jilovlay oldi va bugungi kunda bu kasallikni mamlakat boshqara oladigan darajada. Bu bizning eng katta yutug‘imiz ham shunda", - deydi vrach.

© Press-slujba ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaVstrecha vrachey, vernuvshixsya ix Tadjikistana
Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha vrachey, vernuvshixsya ix Tadjikistana

O‘zbeklarda bir naql bor, qo‘shning tinch – sen tinch degan. Tojikistonga bergan yordamimiz birinchi galda biz uchun yutuq. Tojikiston epidemik jihatdan tinch bo‘lsa, bu biz uchun ham yaxshi. Chunki o‘sha yerda kelishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni avvaldan oldini olgan bo‘lamiz.

Yuqorida aytganimdek, bu o‘rganilmagan virus bo‘lgani uchun uni yengish uchun qancha ko‘p ishlasangiz mutaxassis sifatida faqat tajribangiz ortadi. Qolaversa, bu boradagi tajribamiz tojikistonlik mutaxassislarga juda asqotdi, deb o‘ylayman.

Bizni kutib olish va kuzatish ham o‘ta yuqori darajada o‘tdi. Xalqning minnatdorligi sezilib turdi, asosiysi.

Tajriba almashish borasidagi ishlarimiz Tojikiston bilan cheklanib qolmaydi, albatta. Agar shunga talab bo‘lsa, taklif qilishsa, o‘z tajribamiz bilan boshqa davlatlar bilan bajonidil o‘rtoqlashishga hamisha tayyormiz va bu uchun imkoniyatimiz yetarli.

Vrach Klinicheskogo meditsinskogo sentra podpisivayet probirki s obrazsami biomaterialov - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy shifokorlari O‘zbekistonga yo‘l oldi

Sentabr oyida vaksina paydo bo‘lishi kutilayotgan bir vaqtda vaksina paydo bo‘lgunga qadar O‘zbekiston hukumati tomonidan aholi orasida kasallikning oldini olish bo‘yicha qo‘llanilayotgan choralar o‘zini oqlayapti.

O‘lim holati O‘zbekistonda sanoqli. Bu tibbiyot sohamiz uchun juda ham katta yutuq. Sababi, shifokorlarimiz koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni og‘ir holatda emas, barvaqt aniqlayotganini bildiradi.

Shifokorlarimiz kasallik hali yengil formada kechayotgan vaqtda bemorni vitaminizatsiya qilish va boshqa kurashish usullari yordamida uni oyoqqa turg‘azib, chiqarib yuborishmoqda. Barvaqt aniqlanmasa kasallik u sekin o‘zini asoratlarini berib, vaziyat ancha og‘ir holatga kelib qolishi mumkin.

Shu uchun ham baralla aytishim mumkin-ki biz infeksiyani kalavasini uchini topa olganmiz va hech qachon qo‘yib yubormaymiz, biz uni boshqaramiz.

Yangiliklar lentasi
0