Prezident ishonchini sud orqali qaytarib bo‘ladimi?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Gossoveta
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Gossoveta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chuvashiyaning sobiq rahbari Rossiya prezidenti ustidan Oliy sudga arz qildi. Sobiq gubernator Putin tomonidan muddatdan oldin vakolatlari to‘xtatilishini noqonuniy deb topmoqda. Kelajagi yo‘q bunday qaror ortida nima turgan bo‘lishi mumkin?

Petr Akopov

Vladimir Putin tomonidan ishdan bo‘shatilgan Chuvashiya rahbari Mixail Ignatyev prezident ustidan sudga arz qildi — Oliy sud davlat rahbarining "ishonchni yo‘qotgani sababli region rahbari vakolatini muddatdan oldin bekor qilish" to‘g‘risidagi farmoniga qarshi ma’muriy da’vo arizasini qabul qildi.

Mixail Ignatyev  - Sputnik O‘zbekiston
Chuvashiyaning sobiq rahbari Putinning qarorini noqonuniy deb sudga berdi

Ignatyev yanvar oyining oxirida FVV mintaqaviy boshqarmasida yuz bergan xunuk bir voqeadan so‘ng ishdan bo‘shatilgan — o‘shanda amaldor ofitserni yangi o‘t o‘chirish mashinasi kaliti uchun sakrashga majbur qilgan.

Ushbu xabar darhol ko‘psonli mish-mishlarni keltirib chiqardi — mintaqaga qarshilik, hukumat ishonchini yo‘qotish va hatto hukumatda muqaddas tushunchalarning qadrsizlanishi va bularning hammasi bejizga emasligi, bular ortida Kremldagi kurash turgani haqida gaplar bolaladi! Tez orada ma’lum bo‘ldiki, ishdan bo‘shatilgan amaldor ko‘pdan buyon o‘pka yallig‘lanishi va koronavirusga chalingan, degan gumon bilan kasalxonada yotgan ekan. Ammo havodan siyosiy qasr qurishni yoqtiradiganlarni bu ham to‘xtata olmadi. Hech qachon bunaqasi bo‘lmagan - Oliy sud prezidentga nisbatan arzni shunchaki qabul qilishi mumkin emas!

LIVE: Vladimir Putin vistupayet s obrasheniyem k natsii - Sputnik O‘zbekiston
Kreml Putinning sog‘lig‘i haqida axborot berdi

Aslini olganda Putinga nisbatan arz mahalliy siyosatda hech narsani o‘zgartirmaydi — gap bu yerda, hatto Ignatyevda bu ishni yutish va o‘z lavozimiga qaytish uchun imkoniyat yo‘qligida ham emas. Prezident bilan sudlashish hech kimga man etilmagan, masala bu yerda ushbu harakatlarning qanchalik asosliligida. Yuridik va siyosiy jihatdan — agar yuridik nuqtayi nazardan Ignatyev o‘z shikoyatining huquqiy jihatdan kelajagi yo‘qligini tushungan holatda ham, prezident qaroriga e’tiroz bildirishga haqli bo‘lsa, uning harakatlarida siyosiy tarkibni izlashning keragi yo‘q. Tabiiyki, Ignatyevning arzidan turli-tuman "transfer guvohlari" bo‘lmish - siyosatshunoslar va telegram-kanallaridagi anonim psevdoanalitiklar o‘z maqsadida foydalanishga harakat qilishmoqda. Ular ham nima bilandir shug‘ullanishi kerak-ku, bosh vazir kim bo‘lishi-yu, Sobanin qachon "taxtdan qulashi", "pandemiya fonida hukumat federal markazining kuchsizlanishi xavfli tendensiyalari" to‘g‘risida fol ochishdan tashqari. Darvoqe, karantindan oldingi davrda ular faqat shunday ishlar bilan shug‘ullangandi. Hozir esa sobiq gubernatorning davlat rahbariga arzidek ajoyib bir sovg‘a qo‘l kelayotgan ekan, qanday qilib ular bundan yashirin ma’nolarni izlamasin?

Vistuplenie prezidenta Ukraini V. Zelenskogo na iForum-2019 v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy birdaniga 15 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatdi

Prezident farmonidan norozilik arizasi qanday paydo bo‘lgani haqida tasdiqlanmagan ikir-chikirlarga to‘xtalib o‘tirmaymiz - mavjud ma’lumotga ko‘ra, bu arizani o‘tmishda respublikada faoliyat yuritgan Oliy sud a’zolaridan biri qabul qilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda ham buning yomon tomoni yo‘q, qaror har qanday holatda qonun doirasida qabul qilinadi.

Bu esa juda oddiy - qonunchilikka muvofiq, prezident ishonchni yo‘qotgani munosabati bilan region rahbarini lavozimdan ozod qilishga haqli. Davlat rahbari region rahbariga ishonmay qo‘yishi uchun sabablar turlicha bo‘lishi mumkin - deylik, o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotganidan tortib, aniqlangan korrupsiya holatlarigacha. Shu bilan birga prezident hech kimga nimanidir tushuntirishga majbur emas.

Ayrim yuristlarga "ishonchni yo‘qotish" formulirovkasining noaniqligi yoqmaydi — ya’ni, ularga ko‘ra, nima uchun va negaligi aniq belgilab qo‘yilishi lozim. Ammo aynan shu noaniqlik davlat rahbariga shunga zarurat tug‘ilgan taqdirda, region rahbarini ishdan chetlatish kabi muhim huquqni beradi — bu huquq hukumat vertikali birdamligini va umuman, Federatsiya birligini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega.

Mixail Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Saakashvilining gubernatorligi - Ukraina xalqiga tupurish edi - Putin

Tabiiyki, prezident bu huquqini suiiste’mol qilmaydi — ushbu norma mavjud bo‘lgan 15-yil ichida, Ignatyevning ishdan bo‘shatilishiga qadar, u atigi o‘n marta qo‘llanilgan. Bu yerda shaxsiy adovat haqida gap borgan emas — hatto katta shov-shuvga aylangan 2010-yildagi Lujkovning ishdan olinishi voqeasida ham (bu prezident Medvedev ushbu huquqdan foydalangan yagona holat bo‘lgan) mer va davlat rahbari o‘rtasidagi o‘zaro sovuqchilik poytaxt rahbariyatiga nisbatan talabni faqat kuchaytirgan edi. Moskva allaqachon tozalanishi kerak edi — ammo Lujkov iste’foga ketish bo‘yicha berilgan maslahatlarni tushunmasdi, hammasini yaxshilikcha hal qilishni istamas edi va shu bois "ishonchni yo‘qotdi" degan sabab bilan ishdan olindi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi

Shu bilan birga Yuriy Mixaylovich ushbu formulirovka bilan ishdan olingan, ammo korrupsiyaga oid ishlari uchun sudga tortilmagan yagona region rahbari bo‘ldi, — qolgan to‘qqiz amaldorlarning hammasi sud kursisida o‘tirgan.

Prezident odatda "g‘azna o‘g‘rilariga" nisbatan "ishonchni yo‘qotgani" haqidagi fakt Mixail Ignatyevni chalg‘itgan ko‘rinadi — u shu bois ham Putin bilan sudlashishga qaror qilgan. "Men korrupsioner emasman, nega meni lavozimdan olishdi, axir? Putinning o‘zi ham faoliyatimda korrupsiya alomatlari haqida ma’lumotga ega emasligini aytgan" - Chuvashiyaning sobiq rahbari shikoyat xatini yo‘llay turib, taxminan shunday fikr yuritgan bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, Ignatyevning iste’fosidan so‘ng Putin Chuvashiya rahbariga nisbatan korrupsiya bo‘yicha qandaydir e’tirozlar haqida xabardor emasligini aytgandi. Ya’ni prezident bu bilan respublika rahbarini unga ishonmay qo‘ygani, undan hafsalasi pir bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatganligini yana bir bor ta’kidladi. Ignatyevning fojiasi u prezidentga ishonmasligida - iste’fo berayotgan vaqtida ham ishonmagan, hozir ham ishonmaydi.

Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 3 nafar polkovnikni ishdan bo‘shatdi

Yanvar oyida Ignatyev respublika rahbarligidan ishdan olish uchun unga nisbatan til biriktirilayotgani haqida og‘iz ochgan edi  (saylovlar joriy yil kuzda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan). U darg‘azab bo‘lar, o‘zini qo‘lga ololmay qolgandi — kalit voqeasidan bir necha kun oldin esa o‘zi haqida iflos gaplarni yozgan jurnalistlarni "savaladi". Shu bois, Ignatyev va kalit uchun sakragan FVV mayori tasvirga tushirilgan video internetda yashin tezligida tarqalgach, Chuvashiya rahbari bularning barchasi dushmanlari tomonidan tashkillatirilganiga shubha bildirmadi. Ehtimol, Ignatyevni mintaqa rahbarligidan ketkazishni istovchilar faollashgan va hatto unga qarshi qandaydir qabih ishlar rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin, ammo bu uning qulashiga asos bo‘lolmaydi. Ignatyev o‘z iste’fosi uchun o‘zi chox qazdi - o‘z harakatlari bilan Putinni farmonni imzolashga majbur qildi.

Chunki video internetda uning dushmanlari shu ishga pul tikkani uchun emas, balki xalq yuqori lavozimdagi rahbarning surbetligiga yoki eng kamida ahmoqona harakatiga guvoh bo‘lgani va bu holat odamlarni g‘azablantirgani uchun ham ommalashganini u avval boshdan tushunmadi. Putin ham xuddi shu narsani ko‘rdi. Ignatyev esa buni tushunmadi — u aksincha, dushmanlari unga qarshi ish qilayotgani bahonasida o‘zini-o‘zi himoyalashga kirishdi. Shu vaqtning o‘zidayoq chin yurakdan kechirim so‘rab, nohaqligini, ahmoqona hazil qilganini tan olishning o‘rniga dushmanlar haqida gapira boshladi. Bu bilan Putinni o‘zining normal emasligiga uzil-kesil ishontirdi — agar Ignatyev mojaro boshidayoq o‘zini boshqacha tutganida edi, ehtimol o‘z kursisida qolardi ham.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Rosreyestr rahbari Igor Vasilyev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ommaviy kadrlar o‘zgarishi: Putin nima sababdan 14 rahbarni lavozimidan bo‘shatdi?

Ammo iste’fo Ignatyevning ko‘zini ochmadi — aksincha, u, ko‘rinib turibdiki, aybsiz aybdor bo‘lib qolganiga yanada qattiqroq ishona boshlagan. Shu uchun ham sudlashishga qaror qilgan — bu bilan o‘zini noqulay holatga qo‘yayotganini hali ham tushungani yo‘q.

Gap bu yerda Ignatyev shu tarzda o‘ziga nisbatan korrupsion ta’qibning oldini olayotganida ham emas - u go‘yoki bu ishi bilan Chuvashiyada o‘ziga nisbatan ochilishi mumkin bo‘lgan jinoiy ta’qib haqida ogohlantirayotgandek. Yo‘q, hech kim Ignatyevni qamoqqa olishni rejalashtirayotgani yo‘q — agar uning qing‘ir qo‘lligida qandaydir gumonlar bo‘lganida, u holda bu haqda iste’fosi vaqtidayoq xabarlar tarqalardi. Yo‘q, bu yerga gap Ignatyevning o‘z kelajagi uchun havotir olayotganida ham emas - u haqiqatan ranjigan va chindan ham "nima uchun?"ligini tushunmayapti.

Afsuski, bor narsani tushunishni istamagan, o‘z o‘ziga tanqidiy nazar bilan qaray olmaydigan odamga biron gapni tushuntirishning imkoni yo‘q — bu ishni na shaxsiy, na Oliy sud darajasida amalga oshirib bo‘ladi. Mixail Ignatyevga tezroq sog‘ayishni tilashdan boshqa chora yo‘q.

Prezident ishonchi, bu fuqarolar ishonchidek bir gapligini u tushunishi kerak, - ishonchni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun eng avvalo vijdonli bo‘lish lozim. O‘z o‘ziga nisbatan ham.

Yangiliklar lentasi
0