12:12 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
728 0 0

Amerikaliklar neft qazib olishda rekord darajadagi qulash arafasida turishibdi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Amerikaliklar neft qazib olishda rekord darajadagi qulash arafasida turishibdi. Mamlakatda gaz va neft burgʻulash qurilmalari soni tarixiy pasayish darajasiga tushib qoldi, kompaniyalar ommaviy ravishda bankrotlikka hujjat topshirib, oʻz faoliyatini toʻxtatmoqdalar. Natijada AQSH slanets sanoatining uchdan bir qismini yoʻqotishi mumkin. Qayta tiklashga yana koʻp yillar kerak boʻladi. Qulash nima sababdan muqarrarligi - RIA Novosti materialida.

Burgʻulashning rekord darajada qisqarishi

2019 yilda amerikaliklar Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, neft qazib olishda yetakchi boʻlishdi, - slanets nefti yordam berdi. 70 yil ichida birinchi bor AQSH qora oltinning netto-eksportchisiga aylandi.

"Neft sanoatida har hil kutilmagan hodisalar yuz berishi mumkin - slanets inqilobi neft narxini agʻdar-toʻntar qildi, ishlab chiqarish va savdo oqimlari tubdan oʻzgardi", - degan edi oʻshanda prezident kichik Jorj Bushning sobiq energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi va "Rapidan Energy" konsalting kompaniyasi rahbari Bob Maknelli.

Ammo slanets sanoatining keskin sekinlashishi oldindan bashorat qilingan: rekordlar uchun quduqlar zahiralari kamayishi, infratuzilmaga katta xarajatlar va investitsiyalarning yetishmasligi bilan toʻlashga toʻgʻri keldi.

Muammolar 2021 yilda paydo boʻladi deb taxmin qilishgan, ammo koronavirus pandemiyasi zarba berdi. Energiya tashuvchilarga talab va neft narxlari quladi. Birinchi navbatda, qarzga botgan va investitsiyalarning keskin yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan slanets ishlab chiqaruvchilari jabr koʻrdi.

May oxirida, neft va gaz sohasida xizmat koʻrsatuvchi "Baker Hughes" kompaniyasi maʼlum qildi: AQShda amaldagi neft va gaz burgʻulash qurilmalari soni kuzatuvlar tarixidagi minimal darajaga tushdi. Amalda faqat 318 qurilma, bir yil oldin 983 boʻlgan.

Qazib olishning uchdan birini yoʻqotadi

ShaleProfile Analytics prognoziga koʻra, AQSH slanets nefti qazib olishning uchdan bir qismini yoʻqotadi.

Inqiroz sohaning eng asosiy muammolaridan birini – qazib olish texnologiyalari hususiyatlari tufayli quduqlarning tez yemirilishini kuchaytirdi. Burgʻulash ishlari tugashidan koʻp oʻtmay, slanets konlarida qazib olish pasayadi va avvalgiday mahsuldorlik haqida gap boʻlmaydi ham. Buni qoplash uchun doimiy ravishda yangi quduqlar kerak. Ammo joriy vaziyatda bu imkonsiz: kompaniyalar ommaviy ravishda bankrotlikka hujjat topshirmoqda.

Haynes & Boone maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan beri qariyb 14 milliard dollarlik qarzdorlikka ega 17 ishlab chiqaruvchi bankrotlik boʻyicha ish qoʻzgʻatdi.

Ular qatorida eng yirik slanets ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlgan Whiting Petroleum, California Resources va Chesapeake Energy kabi gigantlar. May oyining oxirida, Unit kompaniyasi ham Xyustondagi bankrotlik ishlari boʻyicha sudga hujjatlarini topshirdi.

Dallas Federal Rezerv Bankining (FRB) tadqiqotiga koʻra, Gʻarbiy Texasdagi nisbatan arzon Permian slanets havzasida ham rentabellik uchun neftning bir barreli uchun oʻrtacha 49 dollarlik narxi kerak. FRBning bashoratiga koʻra neft narxining 40 dollar darajasida bir yil davimida atigi 15% ishlab chiqaruvchi omon qolishi mumkin.

Slanets ishlab chiqaruvchilarni qutqarib qolishi mumkin boʻlgan qimmatlashish kutilmayapti.

AQSH Energetika maʼlumotlari maʼmuriyatining (EIA) prognoziga koʻra, 2020 yilda Brentning oʻrtacha narxi 2020 yilda 34,13 dollarni va 2021 yilda 45,62 dollarni, Gʻarbiy Texasning WTI narxi - bu yil 30,10 va keyingi yilda 43,31 ni tashkil qiladi.

Tiklanish uchun uzoq yillar

Natijada, tahlilchilar AQShda slanets ishlab chiqarish kuniga besh million barreldan ham pastroqqa tushishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar. The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, mamlakatning 15 ta yirik slanets kompaniyasi yangi konlarni oʻzlashtirishga ajratilgan byudjetni oʻrtacha 48 foizga qisqartirdi. Pandemiya sabab talab pasayishi sharoitida ular oldingi ishlab chiqarish hajmlariga qaytish imkoniyatiga ega emaslar. «Ehtimol, ular yana avvalgi darajalarga koʻtarilishiga yillar kerak boʻladi, agar ular umuman tiklana olsalar, albatta», - deya taʼkidlaydi nashr.

Shunday qilib, amerikaliklar katta qiyinchilik bilan erishgan yetakchilikdan mahrum boʻlishlari mumkin. Ularda buning oldini olish uchun qoʻllarida "keraklicha vosita mavjud emas ", deydi mutaxassislar.

"Amerikaning bu yilning oʻzida birinchilikni yoʻqotishi deyarli kafolatlangan, - deydi Emirates NBD homashyo bozorlari tahlilchisi Edvard Bell CNBCga. – Va bu biz kutgandan ham ertaroq boʻlishi mumkin".

"Koronavirus pandemiyasi neft sanoatini vayron qildi, bu benzin, aviatsion va dizel yoqilgʻisiga talabning tez va misli koʻrilmagan darajada pasayishiga olib keldi. Bunga yana Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi "narxlarning epik urushi" va Amerika neft kompaniyalari balansidagi katta qarzlar qoʻshildi", - deya taʼkidlamoqda Bloomberg Intelligence tahlilchilari.

Buning ustiga, amerikalik slanets ishlab chiqaruvchilari "yutib yuboruvchi ovchilari" uchun oson oʻlja boʻlib qolishi mumkin. Asosiy xavf Xitoyning tiklanayotgan iqtisodiyoti va arzonlashib ketgan xorijiy aktivlarga qiziqishi bilan bogʻliq.

Amerikadagi neft konlarining oʻrtacha narxi neftning bir barreli 60 dollarga teng boʻlgan vaqtdagiga nisbatan ikki baravar arzonladi: 42 mingdan 20 ming dollargacha. Va Vashingtonda Xitoyning vayron boʻlgan energetika sektoriga bostirib kirishidan juda xavotirlanishmoqda.

"Texasda va undan tashqarida muammoli slanets kompaniyalarini dushman mamlakatlari tomonidan sotib olinishi istiqbollari milliy xavfsizlik uchun jiddiy muammo", - deyishadi Texasdagi neft regulyatorlari.

Xitoyliklar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri yutib yuborilishi ham dargumo – chunki hukumat bunga yoʻl qoʻymaydi, buni aylanib oʻtish yoʻllari ham mavjud. Masalan, nostrategik aktivlarning bir qismini sotib olish yoki qoʻshma korxonalar tuzish.

Asosiy mavzular