Biz chekishni tez-tez tashlaymiz-u, keyin esa yanada ko‘proq chekamiz. Nega bunday?

CC0 / Unsplash / Ali Yahya / Sigareta v pepelnitse
Sigareta v pepelnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun dunyo bo‘ylab chekishga qarshi kurash ko‘proq gidra bilan kurashga o‘xshaydi. Gidraning qancha ko‘proq kallasini chopib tashlasangiz, shuncha ko‘p o‘sib chiqadi. Tamaki ishlab chiqaruvchi gigantlar qonunchilikda bo‘shliqlarni topib, yoshlarni "moda" qurilmalariga o‘rgatmoqdalar.

2020 yilda Butunjahon tamakisiz kun (31 may) yoshlar salomatligiga qaratilgan. Asosiy urg‘u "yosh fuqarolarni tamaki sanoatining manipulyatsiyalaridan himoya qilish va ularni tamaki va nikotindan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik"ga qaratiladi.

Proizvodstvo sigaret - Sputnik O‘zbekiston
Qator tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i kiritiladi

Hukumat ham jamiyat kabi butun dunyo bo‘ylab tamaki chekishga qarshi kurashda misli ko‘rilmagan choralarni ko‘rmoqda: jamoat joylarida chekishni taqiqlash, reklama qilinishini taqiqlash, tamaki mahsulotlariga soliqlarni oshirish, sog‘lom turmush tarzi tendensiyasi, nikotinni iste’mol qilishni to‘xtatish uchun yordam takliflari va boshqalar.

Bir tomondan, profilaktika choralarining bunday kompleksi o‘z natijasini berayotganga o‘xshaydi. Tamaki chekuvchilarning 70% dan ko‘prog‘i chekishni tashlamoqchi. Ammo boshqa tomondan, olti oydan keyin ularning yarmidan ko‘pi yana bu yomon odatga qaytishmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida an’anaviy tamaki bilan kurashish konsepsiyasi bo‘lsa-da, elektron sigareta va tarkibida tamaki bor suyuqliklar masalasida hali yechim toposh oson bo‘lmayapti.

Mujchina kurit sigaretu, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Avtobusda tamaki chekkan haydovchiga chora ko‘rildi

"Elektron" chekuvchilar armiyasi safi faqat kengaymoqda. Chilim, veyp, aromatizatorlar, elektron isitgichlar – bu barcha "modadagi" moslamalar ortida sigaret ishlab chiqaruvchilar turadi. Buni tushunsa bo‘ladi, bunday ulkan iste’mol bozorni yo‘qotishni hech kim xohlamaydi va shuning uchun yoshlar orasida chekishning alternativ usullarini ommalashtirishmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda reklama hech qanaqasiga nazoratga olinmagan va tamaki gigantlari bundan foydalanishmoqda.

Hozirda Rossiyada "Fuqarolar sog‘lig‘ini atrofdagilirning tamaki tutuni ta’siridan va tamaki iste’mol qilishning oqibatlaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar ishlab chiqilmoqda. Yaqin kelajakda tarkibida nikotin bo‘lgan barcha moddalar, shu jumladan snyus va nikotinni organizmaga yetkazib beradigan elektron vositalar tamaki mahsulotlari bilan tenglashtirilishi kerak.

Shu bilan birga, chekish bo‘yicha o‘lim to‘g‘risidagi statistika tasalli bermaydi. Dunyo bo‘ylab har yili 8 milliondan ortiq odam tamaki iste’mol qilish natijasida hayotdan ko‘z yumadi. Ularning bir milliondan ortig‘i "passiv chekuvchilar".

Muallif Darya Cherednik, Sputnik radiosi

Yangiliklar lentasi
0