Sovet mo‘’jizasi yoki nega sobiq Ittifoq hududida COVID-19dan vafot etganlar soni kam

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishGlavvrach GKB im. Jadkevicha Aleksandr Masnikov
Glavvrach GKB im. Jadkevicha Aleksandr Masnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik maxsus onlayn-video-ko‘prigi paytida doktor Aleksandr Masnikov koronavirus aslida qanday rivojlanishini aytib berdi.

Jadkevich nomidagi Moskva shahar klinik shifoxonasining bosh shifokori, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha axborot markazi vakili Aleksandr Masnikov Sputnik-ning maxsus onlayn video-ko‘prigi paytida koronavirus aslida qanday rivojlanishini va Italiya, Ispaniya va AQShdagi fojiali voqealar postsovet hududida takrorlanmaganligi haqida gapirib berdi. RIA Novosti muxbiri Danara Kurmanova. 

BSJ vaksinasi koronavirusdan qutqara oladimi?

Ko‘plab olimlar va shifokorlar quyidagidan hayratda: SSSR tarkibiga kirgan aksariyat mamlakatlarda koronavirus tufayli o‘lim darajasi dunyo ko‘rsatkichidan ancha past. coronavirus-monitior.ru portali ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyun holatiga o‘limlar soni O‘zbekistonda 0,4% dan Litvada 4,23% gacha. Italiya va Buyuk Britaniyada o‘lim darajasi 14%, Fransiyada 15%, Belgiyada 16%. Aleksandr Masnikov joriy vaziyatni "sovet mo‘’jizasi" deb atadi.

Karantindan so‘ng sobiq Ittifoq mamlakatlari qanday jonlanmoqda – video - Sputnik O‘zbekiston
Karantindan so‘ng sobiq Ittifoq mamlakatlari qanday jonlanmoqda – video

"Siyosatchilar, jiddiy shifokorlar endi buni o‘rganishmoqdalar, sobiq SSSR mamlakatlariga boqmoqdalar, - dedi doktor Masnikov, - bu aniq sovet mo‘jizasidir. Og‘ir kasallanganlar va vafot etganlar soni epidemiyaning amaldagi holatini aks ettiradi. Sobiq SSSRning barcha mamlakatlarida esa o‘lim darajasi anchagina kam. Buni nima sababdan ekanligini tushunish kerak.

Balki bu BSJ vaksinasi tufaylidir (SSSRda ommaviy ravishda aholi BSJ bilan emlangan) va darvoqe, bu borada tadqiqotlar olib borilmoqda - amerikaliklar BSJni kichik guruhlarga emlashni boshladi. BSST (Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti-tahr.) ham shuni ta’kidlamoqda: "Ehtimol, gap BSJga qarshi immun reaksiyasidadir, ammo biz buni hozircha tavsiya etolmaymiz".

Masnikov sobiq ittifoq mamlakatlari aholisi immunitetining koronavirusga chidamliligini o‘tmishda sil kasalligi bilan kasallanishning yuqori darajasi bilan izohlash mumkinligini ta’kidladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

"Ba’zi olimlar ehtiyotkorlik bilan, yashirin sil kasalligining keng tarqalganligi immun tizimining bunday o‘zgarishiga olib keldi, deb taxmin qilishmoqda, shuning uchun koronavirus katta qarshilikka duch kelmoqda, - deydi mutaxassis. Ammo biz bu faktni shunchaki inkor qilolmaymiz: nima uchun ruslar, beloruslar, ukrainlar, qozoqlarda o‘lim holatlari amerikaliklar, fransuzlar va italiyaliklarga qaraganda o‘n baravar kamroq? Buni o‘rganish kerak".

Karantin nimaga kerak?

Hatoli fikr ham mavjud: karantin koronavirus yoki boshqa kasallikni butunlay yo‘q qilishga yordam beradi.

"Nega biz karantinni ubshtiramiz - odamlar birdaniga hammasi kasallikka chalinmasligi uchun, aks holda ular darhol sog‘liqni saqlash tizimini qulatadilar, deb tushuntiradi doktor Masnikov. - Kasalxonalar va tez tibbiy yordam mashinalari bo‘g‘ilib qoladi, odamlar nafaqat COVID-19, balki yurak xurujlari, insultlardan haloq bo‘la boshlaydi. Shuning uchun har bir davlat o‘z sog‘liqni saqlash tizimi dosh bera oladigan modelni ishlab chiqadi. Karantin davolay olmaydi, u odamlar kasallikka asta sekin chalinishi va yordamni o‘z vaqtida olishlari uchun, usish suratlarini pasaytirishi mumkin. Karantin - bu hisob-kitob va o‘zini tutish modelidir".

Belarus tajribasi

Ma’lumki, Belarus va Shvetsiya karantin amaliyotidan voz kechgan yagona davlatlardir. Biroq, Aleksandr Masnikovning ta’kidlashicha, Belarusda hech qanday g‘ayritabiiy vaziyat kechmayapti.

Sanitariya qoidalari   - Sputnik O‘zbekiston
Karantin sharoitida yashash va ishlash - asosiy qoidalar

"Har bir mamlakat matematik hisob-kitoblardan kelib chiqqan. Turli ssenariylar hisoblandi - muvaffaqiyatligi va nomaqbulini, iqtisodiy zararlar va boshqalari hisob-kitobi qilindi. Belarusda sog‘liqni saqlash tizimi xuddi Sovet Ittifoqidegidaqa, yuqumli kasalliklar shifoxonalari va shifokor-infeksionistlari bilan bir xil. Bu hisob-kitoblarning natijasi, shunchaki Aleksandr Lukashenkoning xohishi emas : "Bilasizmi nima? Men tavakkal qilib ko‘raman". Bu unchalik emas. Bu yerda hamma narsa hisoblab chiqilgan. Belarusning hisob-kitobi ish berdi. Sovet mo‘’jizasi barchamiz uchun ish berdi".

Koronavirus aslida qanday tarqaladi?

Doktor Masnikov har bir kasal odam uchtadan va ularning har biri o‘z navbatida yana uchtadan yuqtiradi degan nazariyani rad etdi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, har qanday virusli infeksiya 1,5-2 oylik faol tarqalgandan keyin yo‘qqa chiqadi.

Misol sifatida, mutaxassis 1918-yilda tarqalib birinchi oylarida 30 million kishi o‘limiga olib kelgan "ispanka" grippini keltirdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po sifrovizatsii ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin talablari yumshatilishda davom etishini aytdi

"Hayvonlardan odamga yuqadigan yangi virus agressivdir. U yovuz, notanish, odamlarni o‘ldiradi, lekin har bir kasallanishdan keyin asta kuchsizlanadi. Siz bitta virusni nafasiz bilan olib kirib, uning katta nabirasini chiqarasiz, undan ancha zaifrog‘ini. U boshqa odamga yuqdi, u ham uni zaiflashtirdi. Bilasizmi, bamisoli to‘lqin qirg‘oqqa urilib, mehmonxonani, daraxtlarni yuvib tashlaydi, keyin esa susayib, ko‘lmakka aylanadi. Infeksiya ham huddi shuni singari, oldin uchib chiqib, keyin esa so‘nadi”.

Taniqli shifokorning ishonchi komil: koronavirus qancha ko‘p odamga yuqsa, u shuncha yuqish hususiyatlarini yo‘qotadi. Va virusning ikkinchi to‘lqini avvalgiday kuchli bo‘lmaydi.

"Har yili to‘lqinlar bo‘ladi, - deydi Masnikov. – Odam koronaviruslari beshta bo‘lgan. Oltita bo‘ldi. Endi nima bo‘ladi? Infeksiyalar, viruslar, gripplar yana bo‘laveradi, ularni hech kim bekor qilmadi. Bugungi kundagi koronavirus - yanvar oyida bizga kirib kelgani emas. U allaqachon millionlab odamlar orqali o‘tib kelib elakdan o‘tib bo‘ldi va xavf darajasi har bir yangi odam bilan kamaymoqda".

Kasallanganlarning hisobini yuritish nega bema’nilik?

Doktor Masnikov juda qo‘rqinchli tuyuladiganumumiy kasallanish holatlarining ulkan soniga alohida e’tibor qaratdi. Lekin aslida, faqatgina yuqtirgan odamlar soni asosida xulosa chiqarish unchalik to‘g‘ri emas, deydi shifokor.

Kak karantin izmenil Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Karantin tugamadi: u bosqichma-bosqich yumshatib boriladi

"Biz bu sonlarni ko‘p gapiramiz, bu raqamlar bilan ta’sir o‘tkazishga harakat qilamiz: besh million. Bu shunchaki sinovdan ijobiy natija olgan odamlar soni. Aslida, ular o‘n baravar ko‘proq. Shunday ekan keling, oddiy pnevmoniyani olaylik, har yili dunyoda undan 3 million kishi haloq bo‘ladi. Biz yanvar oyidan beri nimani hisoblab kelyapmiz? Haqiqatan kasallanganlar - ikki hafta oldin kasal bo‘lganlar. Qolganlari ancha oldin tuzalib, mehnatga, ish joylariga  qaytishgan. Biz o‘lganlar soniga e’tibor qaratishimiz kerak, ammo bunda ham tartib yo‘q".

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina Rossiyada koronavirus bilan kasallangan jasadlarning 100 foizi yorib kesiladi, shuning uchun dunyodagi haqiqiy raqamlar hamon noma’lum. Bu yil aynan koronavirus tufayli qancha o‘lim holatlari yuz berishini aytish qiyin.

"G‘arbda 21-aprelga qadar hech kim shifokorlarni saqlab qolish uchun jasadlarni yormadi, - deb tushuntiradi shifokor. - Germaniyada 60 ta yorish, Italiyada 50 ta, 17 ming kishiga. Amerikada jasadlarni yormasdan kompyuter tomografiyasi o‘tkazildi".

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, sayyoramizda 6 milliondan ortiq odamda COVID-19 virusi tasdiqlandi, 371 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0