17:36 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Analitika
Havola olish
137910

Rossiyaning “Armata” platformasida yasalgan BMP harbiy mashinasi dunyoda eng yaxshisimi - bu borada harbiy ekspert tahlili.

Rossiya qurol yaratish va ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi oʻrinda turadi. “Armata” platformasiga asoslangan ogʻir piyodalar jangovar mashinasi (BMP) sifatli texnologik jadal oldinga qadamdir. Yangi BMP global qurol bozorida talabga ega boʻlishi aniq.

Oʻrmalovchi platformadagi “Armata” BMPsi piyoda askarlarni yetkazish va oldingi qatorda qoʻshinlarni jangovar qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Qurol-yarogʻi, manevrliligi va mudofaa tizimlari T-15 BMPsiga tanklar bilan bir qatorda ishlashga imkon beradi. Biroq, ogʻir BMPning uskunalari joylashinuvi "eng yaqin qarindoshi" - T-14 tankidan farq qiladi. Dvigatel old qismida, oʻrtada - boshqaruv boʻlimi, orqa qismida - desant joylashgan. Qurol va oʻq-dorilar masofadan boshqariladigan mutloq xaydovchisiz minorada joylashgan. BMP T-15 ichki makoni va hayotni qoʻllab-quvvatlash tizimlarini tashkil etish ekipaj va desantga uch kun davomida mashinadan chiqmasdan jangovar vazifalarni bajarishga imkon beradi.

Mashina ekipajning uch aʼzosi tomonidan boshqariladi, desant boʻlimida 9 ta toʻliq jihozlangan motooʻqchi joylashgan (BMP-2 va BMP-3da 7tadan desantchi). BMP T-15 ning oʻlchamlari va massasi (uzunligi - 9,5 m, kengligi - 4,8 m, balandligi - 3,5 m, ogʻirligi - 55 tonna). U 2V-12-3A dizel dvigatel bilan jihozlangan, 1500 ot kuchiga ega, 5 metr chuqurlikdagi (tubi boʻylab) suv toʻsiqlarini yengib oʻtishi mumkin, past-baland yoʻllarda 50 km/soat tezlikda, magistralda esa 75 km/s gacha tezlasha oladi. Safar masofasi - 500 km.

Rossiya armiyasining T-15 “Armata” BMPsiga ehtiyoji juda katta. Yangi jangovar mashina motooʻqchi qismlarning texnik jihozlanishini sifat jihatidan yaxshilanishini va jang maydonida zirhli transport vositalaridan foydalanish boʻyicha yangi tushunchalarni joriy etishni kafolatlaydi. Yagona “Armata” platformasida T-14 BMPsi va T-15 tanklari qoʻshinlarga yetkazib berish sinxron tarzda amalga oshiriladi, chunki ikkala mashina ham integratsiyalashgan holda jangovar harakatlarga moʻljallangan.

Noyob xavfsizlik

Dunyoda mavjud boʻlgan barcha piyodalar jangovar mashinalari dushmanning tankga qarshi vositalariga zaif, ammo bu T-15 BMPga tegishli emas. Xavfsizlik “Armata” oilasining asosiy xususiyatidir. T-15ning muhim konstruktorlik xususiyati – bu ekipaj (komandir, mexanik-xaydovchi va operator) joylashgan zirhli kapsunaning oʻq-dorilar va dvigatel boʻlinmasidan ajralib turishi va ekipaj va desantchilarni minalarga qarshi muljallangan korpusi. T-15ning tankga qarshi qurollarga qarshi koʻp qatlamli, koʻp darajali mudofaa tizimi alohida eʼtiborga loyiq.

Optiko-elektron bostirish kompleksi va nurlanishni aniqlovchi sensorlar tizimi (dushmanni lazerli nishonga oluvchi yoki dushmanlarni masofasini aniqlovchi) zich aerozolli pardani vujudga keltirishi uchun tutun granatalarini avtomatik ravishda otishga imkon beradi.

Asosiy ishni "Afganit" har tomonlama faol mudofaa tizimi bajaradi - avtomatlashtirilgan tizim dushmanning tanklarga qarshi raketalarini BMPga yaqinlashayotgan paytida aniqlaydi va ularni urib tushiradi (mashina korpusiga tegizmasdan). "Afganit" javob zarbasini berish maqsadida dushman raketasining uchirilishi hududini ham aniqlay oladi.

Agar dushmanning snaryadlari "Afganit" mudofaasini yengib oʻtolsa, ishga "Malaxit" dinamik himoya majmuasi tushadi. Ikkala tizim ham T-15ga ishonchli himoya chiziqlarini taʼminlaydi, ammo kompozit va poʻlatdan yasalgan asosiy zirhli korpus ham zarbaga dosh bera oladi. Bundan tashqari, mashinada radioelektron kurash vositalari ham mavjud boʻlib, ular sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi va radiosignallarini bosib turadi va dushmanning snaryadlari va raketalarini yoʻldan uradi. Tubidagi minaga qarshi himoyalanish hatto kuchli fugasning zarba toʻlqinini oʻchirishga qodir. BMPning quvvat tizimining old tomonda joylanishi ekipaj va desant uchun qoʻshimcha himoyani yaratadi.

Dunyoda xavfsizlik nuqtai nazaridan unga tenglashadigan analog yoʻq. T-15 ogʻir piyodalar jangovar mashinasi Germaniyaning Pumasini (Schützenpanzer Puma) dan ustundir, u hozirda Bundesverdagi "Marder" (Marder) BMPsi oʻrniga qabul qilinmoqda. Faqatgina baʼzi hususiyatlar boʻyicha Isroilning Namer  zirhli mashinasi u bilan raqobatlasha oladi.

Barbod qiluvchi qudrat

Mahalliy mojarolardagi (va shahar janglarida) yangi taktika piyodalar jangovar mashinalarini chidamliroq qilishni talab qildi. Eng soʻnggi Rossiya BMPsi tank zirhiga ega, piyodalarni ishonchli himoyasini taʼminlaydi va deyarli har qanday dushman bilan jangga kirisha oladi. T-15 dala va shahar sharoitida bir xil darajada muvaffaqiyatli harakat qiladi.

T-15 ning asosiy quroli 57 mmli "Kinjal" kesma avtomat zambarakli jangovar moduli va "Ataka T" tankga qarshi raketa tizimi. Boshqaruvchisiz jangovar modul masofadan boshqariladigan aylanma jangovar tizim shaklida yaratilgan. 57 mm tezkor oʻq otadigan qurol 1400 metrgacha boʻlgan masofada zirhni uruvchi va yuqori portlovchi qismlarga ega boʻlgan yer va havo nishonlarini yoʻq qilishga moʻljallangan. 9M120 “Ataka” tankga qarshi boshqariluvchi raketalar zirhlangan nishonlarga (faol mudofaa tizimli) 10 kmgacha masofada zarba bera oladi. Dushman tirik kuchiga qarshi kurashning qoʻshimcha vositasi - 7,62 mm PKTM pulemyotidir. Avtomatlashtirilgan tizim optik lokator yordamida nishonlarni faol va passiv rejimlarda qidirish va kuzatishga qodir. Masalan, niqoblangan snayperlarni aniqlash, bir vaqtning oʻzida ikkita nishonga olish va oʻt ochish.

Taʼkidlash joiz, NATO mamlakatlarining BMP-laridan farqli oʻlaroq, T-15 jangovar modullari televizion va infraqizil optik qurilmalar yordamida passiv aniqlashni qoʻllab uchuvchi apparatlar bilan yaqin jangda havoga qarshi mudofaa rejimini taʼminlaydi.

T-15 deyarli barcha quruqlikdagi nishonlarga (shu jumladan tanklarni), hujumchi samolyotlarga, Apache turidagi tankka qarshi vertolyotlariga va MQ-1 Predator hujum dronlariga zarba berib urib tushirishi mumkin.

Jangovar integratsiya

Yagona taktik boʻlinmalarni boshqarish tizimida (YESU TZ) T-15 aniqlangan nishonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa mashinalarga integratsiyalashgan holda uzatishga qodir va yoʻq qilishga nishonlarni qabul qilishi mumkin - qurolga yoki pozitsiyasiga mos. Bu qoʻshinlarni jangovar tashkil etishning sifat jihatidan yangi darajasi.

Shunday qilib, T-15 har qanday dushmanga qarshi tank va motooʻqchi piyodalar qoʻshinlari tarkibida asosiy koʻp maqsadli jangovar vosita sifatida - hatto yadroviy qurol yoki boshqa turdagi qirgʻin qurollaridan foydalanish sharoitida ham manevrli jangovar harakatlar olib borishga moʻljallangan.

T-15 ning jangovar maʼlumot-boshqaruv tizimining (BIUS) oldingi avlodlarning BMP-lariga nisbatan ancha yuqori darajadagi boshqaruvini taʼminlaydi. BIUS BMP ekipajiga mashina texnik holati toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot beradi va bu ekipajga bevosita jangovar vazifalarni bajarishga imkon beradi.

T-15 BMPsi hind harbiy rahbarlarini mamnun qilgani bejiz emas. Shuningdek, Iroq, Kuvayt, Tailand va Pokiston armiyalari ham soʻnggi BMPlarni sotib olish masalasini koʻrib chiqmoqdalar. Rossiya oʻnlab mamlakatlarga M2 Bradley BMPsini yetkazib berishni davom ettirayotgan amerikaliklar bilan qurol bozorida ushbu yoʻnalishda muvaffaqiyatli raqobatlashishi mumkin. Rossiya va xorij harbiy ekspertlarning fikriga koʻra, T-15 uzoq yillar davomida xorijiy konstruktorlik byurolarida taqlid qilish namunasi boʻlib qoladi.

Asosiy mavzular