Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

© AP Photo / Mirwais KhanChleni terroristicheskogo dvijeniya "Taliban" v Afganistane
Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toliblar bilan bitim tuzish orqali AQSh o‘rta asrlardagi terrorchilik harakatini dialektik ravishda "yaxshilab", afg‘on xalqi va Kobuldagi Vashingtonga sodiq hukumat manfaatlariga zid qator jinoyatlarga ko‘z yumishga majbur bo‘lmoqda.

10 iyun kuni Vashingtonda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni Kennet Makkenzi, toliblar AQShga hech qachon tahdid qilmaganini aytdi. Go‘yoki, Amerika armiyasining Afg‘oniston hududidagi 19-yillik harbiy amaliyotlari faqatgina bu yerda ID va "Al-Qoida" (Rossiyada ta’qiqlangan terr. guruhlar)  jangarilari borligi bilan izohlanadi. Makkenzi toliblar aslo IDning do‘stlari emasligini va "Al-Qoida" bilan "Tolibon" munosabatlarini tavsiflash qiyinligini aytdi.

Bivshie boyeviki Talibana nesut svoe orujie - Sputnik O‘zbekiston
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda

Shu bilan birga, BMTning so‘nggi hisobotidan shu kelib chiqadiki, amerikaliklar bilan 29-fevral kuni tuzilgan kelishuvdan keyin ham toliblar “Al-Qoida” bilan "do‘stlik, qo‘shma qarshilik tarixi, mafkuraviy xayrixohlik va oilaviy aloqalarni o‘rnatish"ga asoslangan holda yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda. AQSh bilan muzokaralar paytida toliblar “Al-Qoida” bilan muntazam ravishda maslahatlashgan va "tarixiy aloqalar" bundan keyin ham hurmat qilinishini kafolatlagan. “Al-Qoida”, o‘z navbatida, Qatarda imzolangan AQSh-“Tolibon” kelishuvini yuqori baholadi va buni toliblar va umumiy ish uchun g‘alaba deb baholadi.

Shubhasiz, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishini davom ettirish va rivojlantirish uchun toliblar va murosasiz muxolifatning boshqa vakillari (mamlakatda o‘ttizdan ortiq turli xil qurolli guruhlar mavjud) jirkanch “Al-Qoida”ni butunlay tark etishlari kerak. Boshqa xech qanday variant bo‘lmasligi ham kerak. Biroq “Tolibon” rahbariyati BMT hisobotiga salbiy munosabat bildirdi va bunda xalqaro tashkilotning mavkei va vakolati yo‘qolganining alomatlarini ko‘rdi: "Umuman olganda, ushbu hisobot Islomiy Amirlik (“Tolibon” - Sputnik) va AQSh o‘rtasida erishilgan kelishuvni buzish va yo‘q qilishga mo‘ljallangan, bu kelishuv esa Afg‘onistondagi urushni to‘xtatish uchun muhim vosita va dastakdir".

Biz faktlarning buzilishi va tushunchalarning almashinishining guvohi bo‘lmoqdamiz, bu esa muqarrar ravishda Afg‘onistonda fuqarolik urushining yangi bosqichiga olib kelishi va qo‘shni Markaziy Osiyoga yangi tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin. Boshidanok amerikaliklar va toliblar o‘rtasidagi kelishuvning muhokamasi, konstruktivligi va haqiqiyligi shubhalarni keltirgan.

Poydevorlarni buzish

“Tolibon” hokimiyatga intilmoqda, bu yo‘lda harbiy vositalarni afzal ko‘rib, o‘zini yangi davlatning asosi deb bilmoqda. Toliblar tomonidan aytib o‘tilgan "amirlik" bu amir boshchiligidagi Islomiy davlatning boshqaruv shakli (hokimiyat meros orqali o‘tadi). "Amirlik" so‘zi Xalifalik, Sultonlik va Imomlik tushunchalari bilan o‘hshash (teng), ammo ko‘pchilik afg‘onlar bunday istiqbollarni qo‘llab-quvvatlamaydilar. Bugungi kunga qadar Afg‘oniston - Islom Respublikasi bo‘lib, unda prezident va parlament a’zolarini xalq saylaydi.

Kolyuchaya provoloka po perimetru turmi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda yuz nafar “Tolibon” a’zolari qamoqdan ozod qilindi

Toliblar amerikaliklarni va ularning NATO bo‘yicha ittifoqchilarini o‘qqa tutmaslikka va’da bergan edi, ammo butun bahor ular kuniga o‘rtacha 30tadan qurolli hujumni amalga oshirdi (turli viloyatlarda). The New York Times nashriga ko‘ra, iyun oyining dastlabki uch kunida Afg‘onistonda 28 nafar xavfsizlik kuchlari va 33 tinch fuqaro halok bo‘ldi. To‘qnashuvlar xronikasi afg‘on xalqining taqdiriga mutlaqo e’tibor berilmasligidan, terroristik tahdidlarning kuchayganligidan va “Tolibon”ning AQSh bilan tinchlik bitimlarining shartli mohiyatidan dalolat beradi. “Tolibon”ni qonuniylashtirilishi choralarini talab etgan "Ichki siyosiy muloqot" formatidagi otishma, haqiqiy tinchlikka va Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ushbu fonda afg‘on ma’muriyati Qatarda toliblar bilan muzokaralarga tayyorlanmoqda. Delegatsiyani Afg‘onistonning Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy Kengashining rahbari va toliblarga uzoq vaqtdan beri raqib bo‘lgan Abdulla Abdulla boshqaradi. Vashington Kobulni moliyaviy ko‘makdan mahrum qilish bilan tahdid qilib, bir qator imtiyozlar va hatto taslimlikka o‘xshash harakatlarni qilishga majburlamoqda. Agar tomonlar mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarsalar, 5000 dan oshiq toliblar va atigi 1000 nafar asir harbiy va xavfsizlik kuchlari hodimlari qamoqdan ozod qilinadi. Shubhasiz tengsiz "almashinuv" va oldindan taxmin qilinadigan oqibatlari bilan. Iyun oyi boshiga 2700 tolib va 420 afg‘on xavfsizlik xizmati xodimlari ozodlikka chiqdi.

Qo‘shnilarga tahdid

Nufuzli guruhning terrorchilik faoliyatini siyosiy tekkislikka yaqinlashtirish va qonuniylik illyuziyasini yaratish urinishlari hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Toliblar hanuz jiddiy harbiy xavf tug‘dirib, sayyora miqyosida narkotrafikni nazorat qilishda davom etmoqda. Pentagonning “Tolibon” bilan paradoksal "birodarligi" vaziyati o‘ta beqaror va umuman umidsiz. Tinchlik jarayoni xayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun tomonlarning imkoniyatlari cheklangan, yangi inqiroz muqarrar. Shuning uchun Rossiya Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari - Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning chegaralari va harbiy xavfsizligini kuchaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Ucheniya ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

Harbiy diniy harakatning tobora kuchayib borishi va Afg‘onistondagi zo‘ravonlikning kuchayishi mintaqadagi qo‘shni davlatlarga tahdid solmoqda. Avvalroq toliblar Afg‘oniston-Tojikiston chegarasi yaqinidagi Yangi-Kala okrugidagi hukumat kuchlari nazorat-o‘tkazish punktlariga hujum qildi - yetti ko‘ngilli mudofaa jangchisi halok bo‘ldi, ikkitasi jarohatlandi. Afg‘on xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida tojik jangarilar faollashayotganini qayd etmoqda. Vaziyat KHShT mamlakatlari va O‘zbekistondan tanqidiy tahlilni, tegishli choralarni ko‘rishni va janubiy chegaralarni mustahkamlashni talab qiladi.

“Tolibon” tarkibi turlicha, AQSh bilan tinchlik bitimlariga mutlaqo qarshi bo‘lgan jangarilar guruhi paydo bo‘ldi. So‘nggi paytgacha barcha toliblar prezident Ashraf G‘anining "qo‘g‘irchoq rejimi" bilan muzokara qilmasliklarini da’vo qilishgan. Manfaatlar muvozanati kimdir tomonidan tartibga solinmoqda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” asirlar bilan almashish to‘g‘risida kelishib oldi

Munosabatlarning murakkab mintaqaviy konfiguratsiyasida an’anaviy ravishda afg‘on tuprog‘ida tinchlik o‘rnatilishida manfaatdor bo‘lmagan, toliblar guruhlarini qurol-yarog‘, manbalar va ularning oilalarini boshpana bilan ta’minlashda yordam beradigan alohida qo‘shnilarning pozitsiyasini ham hisobga olish kerak. Pentagonning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Pokistonning janubiy-g‘arbiy Balujiston viloyati toliblarning bazasi va tayanchi hisoblanadi, ya’ni guruh ancha oldin Afg‘oniston chegaralarini chetlab o‘tib, xalqaro miqyosliga aylandi.

2001 yilda Vashington “Tolibon”ga qarshi bir qator harbiy operatsiyalarni boshladi – o‘ziga yaqin “Al-Qoida” terrorchilik guruhini berkitgani uchun (11 sentabrda AQShdagi teraktlardan keyin). AQSh va “Tolibon”ning rasmiy vakillari 18-yillik harbiy harakatlardan so‘ng muzokaralar stoliga o‘tirishdi va 29-fevral kuni Qatarning Doha shahrida Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari sonini bosqichma-bosqich (nolgacha) kamaytirishni ko‘zda tutuvchi tinchlik shartnomasi imzolashdi. Faqat toliblar zo‘ravonlikdan o‘zini tutishi va rasmiy Kobul bilan yarashishi sharti bilangina. Afg‘onistondagi qurolli mojaro davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0