2021 yilda dollar qulaydi - amerikalik iqtisodchi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBanknoti dollarov SShA razlichnogo dostoinstva
Banknoti dollarov SShA razlichnogo dostoinstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning yetakchi iqtisodchisi AQShdagi vaziyatga Gollivud filmlarining sodda tomoshabini nigohi bilan emas, balki jiddiy kasallikni kuzatayotgan "shifokor" ko‘zi bilan nazar soldi. 

"Koronavirus inqirozi" va milliardlab dollar moddiy zararga olib kelgan tartibsizliklarni, shuningdek, obro‘ga yetkazilgan, pul bilan o‘lchab bo‘lmaydigan zarar amerikalik ekspertlar AQShga boshqa ko‘z bilan qarashga majbur qilmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Oltin. - Sputnik O‘zbekiston
Dollar narxi pasayib, oltin qimmatlashmoqda

Zavqlangan o‘spirin, professional targ‘ibotchi yoki ko‘hna Gollivud jangari filmidagi Amerika barcha yovuzlikni (yoki Vashingtonga qarshi chiqqanlarni) mag‘lub etishini va qattiq jazolanishini oldindan biladigan sodda tomoshabinining nigohi bilan emas, balki jiddiy kasallikning avjini tomosha qilayotgan shifokorning ko‘zi bilan qarashga.

AQShga shu tarzda qarashga jur’at etganlar orasida ma’lum fikrlar plyuralizmi kuzatilmoqda. Shu ma’nodaki, kimdir barcha muammolar politsiya bo‘limlarini tarqatib yuborish bilan (ularning budjeti keskin qisqarishi sababli) hal qilinishiga, shundan so‘ng AQShga irqiy tinchlik va iqtisodiy inoyat kelishiga ishonadi. Ba’zilarga esa AQSh Xitoy bilan yangi sovuq urushga diqqatini jamlashi kerak, ehtimol bu bilan umumiy va o‘ta jiddiy dushmanni anglash o‘ziga xos "jamoaviy madaniy yelim"ga aylanadi, bu bilan Amerika jamiyatini birlashtirish mumkin deya tuyuladi.

Ushbu ikkala baho, ehtimol, haqiqatdan juda uzoqdir va ularning tarafdorlarini biron bir narsaga jalb qilinganlikda gumon qilinishi mumkin (va hatto kerak ham), ammo qandaydir "davolashni"ni taklif qilmay, nafaqat Amerika demokratiyasi va dunyo gegemoni obro‘si xavf ostida ekanligini, balki Amerika farovonligining asosi bo‘lgan AQSh dollari tahdid ostida ekanligi tufayli Amerikaning barcha muammolari keskinlashishiga e’tiborni qaratayotgan elita vakilining fikrini tahlil qilish yanada qiziqroq bo‘ladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu prognozning muallifi (aniqrog‘i apokaliptik moliyaviy bashorat) oddiy mutaxassis yoki tahlilchi, marginal jurnalist emas, balki mutlaqo boshqa tabaqaning vakili, "ideal Amerika elitasi vakili" Stiven Rouch, uning qalami ostida Bloomberg-da Amerika moliya agentligi uchun noan’anaviy “Dollarning qulashi yaqinlashmoqda” hissiy sarlavhasi ostida nashr etilgan maqola chiqdi. 

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Stiven Rouch (Stephen Roach) - iqtisod fanlari doktori, AQSh Federal rezervi direktorlar kengashining sobiq a’zosi, Brookings Institution nufuzli tahlil markazining yetakchi ilmiy xodimi, Morgan Stanley banki Osiyo mintaqasi yo‘nalishining sobiq rahbari va sobiq bosh iqtisodchisi, hozirda esa “Duxoba ligasi”ning eng nufuzli Yel universiteti qoshidagi Jackson Institute of Global Affairs tadqiqot markazi yetakchi ilmiy hodimi katta ilmiy xodim.

Uning maqolasining diqqatga sazovor tomoni shundaki, unda birzumda joriy jahon moliya tizimiga hech bo‘lmaganda qandaydir adolat, vijdonlilik yoki halollik illyuziyasini berish uchun qilingan har qanday urinishlar yo‘q qilinadi. Yo‘q, doktor Rouch narsalarni ochiqchasiga o‘z nomi bilan ataydi – bu ochiqlikka ko‘plab xitoy yoki rus jurnalistlari hasad qiladigan darajada:

“Dunyoning asosiy zaxira valyutasi sifatida dollarning “haddan tashqari imtiyozlari” davri yakunlanmoqda. 1960-yillarda, o‘sha paytdagi Fransiya moliya vaziri Valeri Jiskar d'Esten hafsalasi pir bo‘lib, o‘zining turmushini yuqori darajada saqlagan va dunyoning qolgan qismidan bemalol fondalangan AQSh ustidan shikoyat qilgan holda bu atamani o‘ylab topgan (“haddan tashqari imtiyozlar” - tahr.). Qariyb 60-yil davomida dunyo shikoyat qildi, ammo hech narsa qila olmadi. Bu kunlar endi tugayapti".

Peregovori prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin - Reuters

Rossiya eksportini yoki Yevropaning importini va umuman global moliya tizimining biron bir qismini dollarsizlantirishga muntazam ravishda urinishlar informatsion maydonda “mutahassislarning” dollarlarni almashtirib bo‘lmaydi va kerak emasligini piching bilan tushuntirishiga duch kelinganda, ushbu muammoning go‘zal tavsifini yodda tutish kerak: hattoki Amerikaning yetakchi mutaxassisi dollarning mavqeyi – bu AQShga nohaq imtiyozlar beradigan preferensiya ekanligi va AQShda turmush darajasi hukumatning biron bir sehrli yutuqlari bilan emas, balki ushbu imtiyozlardan dunyoning qolgan qismiga qarshi foydalanishlik bilan ta’minlanishini tan oladi.

Dollarning barcha muammolari koronavirus davrida keskinlashganiga qaramay, Yel universiteti iqtisodchisi muammolarning tizimli va tarkibiy ekanligini ta’kidlaydi:

"Ichki jamg‘armalari bo‘lmay turib va sarmoya kiritishni va o‘sishni xohlagan AQSh dollarning dunyodagi asosiy zahira valyutasi rolidan foydalangan holda mos kelmaydiganlarni birlashtirish uchun chet ellarning ortiqcha omonatlarni ishlatdi. Ammo bu uchun to‘lash vaqti keldi. Chet el kapitalini jalb etish uchun, AQShda joriy hisob taqchilligi bor edi - bu savdo-sotiqning eng keng qamrovli o‘lchovi, chunki u investitsiyalarni o‘z ichiga oladi - 1982-yildan beri har yili. COVID-19 va uning oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz ushbu jamg‘arma va joriy hisob o‘rtasidagi ziddiyatni chegaragacha keltirmoqda. Bunda esa davlat budjeti taqchilligining portlashi sababdir”.

Uning hisoblariga ko‘ra, dastlabki global zarba o‘tib, dunyo Amerika iqtisodiyoti aslida qanday holatdaligini anglab yetganida, 2021-yilga kelib, AQSh xalqaro savdo olib boradigan mamlakatlarning valyutalari savatiga nisbatan 35% gacha arzonlaydi, va bu umuman olganda, ehtimoliy devalvatsiya chegarasi bulmasligi ham mumkin. Donald Tramp ma’muriyati tomonidan amalga oshirilayotgan proteksionizm va AQShning xalqaro obro‘sining yomonlashuvi (doktor Rouchning ta’kidlashicha "xalqaro yetakchilik" dollar holatini qo‘llab-quvvatlash elementi) asosiy muammo hal qilinmagan holda vaziyatni yanada yomonlashtiradi: amerikaliklar pul sarflashni juda xohlamoqdalar (va juda ko‘p pul sarflashni xohlovchilar ro‘yxatiga birinchi navbatda AQSh hukumati kirati), lekin ular pulni tejashni unutib qo‘yishdi va buni yana qanday qilishni o‘rganishni xohlamaydilar.

Novosibirskiy affinajniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi – ekspert

Morgan Stanley sobiq bosh iqtisodchi tomonidan qilingan ogohlantirish, ayniqsa, AQSh Federal Rezervi koronavirusdan keyin tez fursatda iqtisodiy tiklanishni ko‘rmayotganligi va shuningdek, dollar foiz stavkalari taxminan ikki yil davomida nol atrofida bo‘lishini kutayotgani haqidagi xabarlar fonida ayniqsa diqqatga sazovordir.

Moliya vaziri Stiven Mnuchinning AQSh qarzlari miqdorini yanada oshirish uchun ruxsat olish uchun yana AQSh Kongressiga murojaat qilish haqidagi va’dasi (aslida pulni bosib chiqarish va budjetga kiritish) faqatgina "dollar pessimistlari" ning dalillarini kuchaytirmoqda. Ammo tan olish kerak: AQShda yana bitta o‘z imtiyozlarini himoya qilish usuli qoldi, odatiy amerikacha uslub. Ularga shunchaki boshqa barcha davlatlar AQShning ahvolidan ham bettar ekanligiga ishonch hosil qildirish kifoya qiladi, shunda Amerika moliya tizimi va dollar juda istiqbolli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Muammo shundaki, dunyo 60-chi yillardan beri tubdan o‘zgardi. Va endi AQSh bunday operatsiyani jazosiz o‘tkazish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lishi dargumon, garchi Vashington sanksiyalar va provokatsiyalarni, shu jumladan Rossiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqiga qarshi joriy qilishga harakat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0