07:41 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
351 0 0

Bir vaqtlar quldor istilochi tomonidan tashkil qiliangan The Guardian, bugungi kunda ingliz chap muxolifatining asosiy media-zambaraklaridan biri boʻlib, oʻtmishga qarshi kurashda eng radikal usullarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlamoqda.

Gʻarb mamlakatlarining mustamlaka oʻtmishiga qarshi kurash doirasida tashabbuskor guruh Britaniyaning The Guardian gazetasining yopilishini talab qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bir necha kun oldin eʼlon qilingan petitsiyaga 20 ming imzo toʻplandi.

Gazetani yopishni talab qilayotganlarning mantigʻi oddiy. 1821 yilda tashkil topgan, “Manchester qoʻriqchisi” (Manchester Guardian) deb nomlangan gazeta oʻz boyligini paxta savdosidan orttirgan Djon Edvard Teylor tomonidan asos solingan. Paxta plantatsiyalarda deyarli 100 foiz qul mehnati evaziga yetishtirilgan.

Ustiga ustak, asoschisining vafotidan keyin ham, gazeta qullikni faol ravishda qoʻllab-quvvatlagan va hatto Amerikaning abolitsionist-prezidenti Avraam Linkolnga qarshi chiqqan, masalan, 1862 yil 10 oktyabrda “u AQSH prezidenti etib saylangan kun - Amerika va butun dunyo uchun qora kun boʻldi" degan.

Achchiq kinoya shundaki, The Guardian oʻzining hozirgi koʻrinishida ingliz chapchilarining asosiy media-zambaraklaridan biri boʻlib, laʼnatlangan oʻtmishga qarshi kurashda eng radikal usullarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi.

Eslatib oʻtamiz: ushbu kurash doirasida, egallab turgan toshlaridan bir nechta Kolumb, bir nechta taniqli britaniyalik homiylar yiqitildi, Belgiyaning monumental otliq qiroli Leopold II ning haykali koʻrimsiz holatga keltirilib koʻzdan gʻoyib qilindi, hatto yaqinda ochilishi hotiramizda qolgan, Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabasi sharafiga ochilgan bronzali Uinston Cherchill haykali ham yoʻq qilindi. Va bu hali hammasi emas, chunki yaqinda London meri Sodiq Hon "Ijtimoiy makonda xilma-xillik boʻyicha komissiya"ni tuzdi va komissiya ishni boshladi. Uning vazifalariga qul savdosidan pul ishlab topgan tarixan notoʻgʻri shaxslarning haykallarini aniqlash kiradi. Darvoqe, ular orasida beshta Britaniya monarxlari bor, ular:

  • Charlz II (ikkita haykal);
  • Jeyms II
  • Uilyam III (ikkita haykal);
  • Qirolicha Anna (ikkita haykal);
  • Georg I.

Umuman olganda, tarixiy adolatning roʻy berayotgan tartibsizligidan gʻazablangan Britaniya konservatorlari, yangi vayronchilarning ovozi boʻlgan The Guardian, satirik chora sifatida, shuningdek, ikki asr oldin qul savdosi hisobiga ochilgani tufayli, yopishini talab qiluvchi petitsiya tayyorladilar.

Ular gazetani yopa olmasliklari aniq, ammo ular hech boʻlmaganda oʻzlarining chap-liberal raqiblariga har kimning ham oʻtmishi borligini namoyish qilmoqdalar. Va oʻtmishni zamonaviy tajovuzkor mafkuralar meʼyorlari boʻyicha muhokama qilish, va hatto qatl etish kulgili.

Ammo bularning barchasi, albatta, ish bermaydi. Chunki yangi axloqning komissarlari va yevangelistlarini tashvishga soladigan eng soʻnggi narsa bu izchillikdir.

Bu yerda biz koʻpincha eʼtibor bermaydigan bir jihatni tushuntirib oʻtishimiz lozim.

Black Lives Matter haqidagi voqea, koʻrinishidan faqat AQSH va ota-bobolari bir necha asrlar oldin qul sifatida keltirilgan ularning qora tanli aholisi bilan bogʻliq qadimgi tarixiga taalluqli boʻlib tuyuladi, butun Yevropaga tarqalib, hatto Avstraliyaga ham etib keldi, oddiygina taqlid bilan emas albatta.

U yaxshigina ishlangan mafkuraga aosolandi. Ushbu mafkura nafaqat irqiy yoki diniy ozchiliklarni, balki umuman diniy va jinsiy ozchiliklarni ham oʻz ichiga oladi, shuningdek, har ehtimolga qarshi, xohishlaridan qatʼiy nazar barcha ayollar, barcha nogironlarni oladi (bu nogironlar ichida ruhiy kasalliklari boʻlgan fuqarolar), va umuman, oʻzboshimchalik bilan kamsitilgan deb aniqlangan barcha "aholi guruhlari".

Odatda oʻzini tengsizlikka qarshi kurashadigan deb nomlaydigan bu mafkura, oldingi asrlar davomida butun dunyo boʻylab rivojlangan ijtimoiy iyerarxiya juda shafqatsiz va adolatsizligini nazarda tutadi.

Dunyodagi ijtimoiy iyerarxiyaning adolatsizligi shunday holatni yuzaga keltiradiki, badavlat oilalardan boʻlgan, yaxshi maʼlumotga ega geteroseksual erkaklar boyligiga oʻch boʻlib ular bilan til biriktiradi va va buning evaziga bu “xoʻrozlar”ga omadli farzandlarni tugʻib birga tarbiyalashga rozi geteroseksual ayollar dunyoda eng koʻp omadga erishadilar.

Muvaffaqiyat ushbu har tomonlama butlar mafiyasining qoʻlida boʻlgan bir vaziyatda, ixtiro qilingan va endi shakllanayotgan ozchiliklar azob chekmoqda. Statistikaga koʻra farovonlik (tengsizlikka qarshi kurashuvchilar statistikani yaxshi koʻradilar) chegarasining chetida quyidagilar qoladi: badavlat butun geteroseksual oilada dunyoga kelolmaganlar; qaramlik bilan yashaydigan (alkogol va narkotik); modadagi oʻzidaqa jinsga ishtiyoki borlar va baʼzan shu sababdan oʻzini ishlashga majburlay olmaganlar; oʻzini oʻspirinlik yoshidagi qiz deb hisoblaydiganlar va aksincha; oʻz psixologik travmasi tufayli yaxshi oʻqiy olmaydiganlar; oʻz xususiyatlari tufayli ijtimoiy aloqalarni qura olmaydigan va uyda hech vaqo qilmay boyqush boʻlib oʻtiradiganlar, va hokazolar.

Ularning barchasi tengsizlik qurbonlari. Qadimgi, ildiz otgan, adolatsiz tengsizlik.

Bu yerda haqiqatan ham muhim narsa: Yangi Tenglik yevangelistlari va komissarlari nazarda tutayotgan adolat ibtidoiy emas, huddi shafqatsiz sovet (aslida Yangi Zavetdagidaqa) "ishlamagan, tishlamaydi" shiori kabi. Yangi Tenglik mafkurasida ishlash qobiliyati, va hattoki koʻp va yaxshi ishlash, odamning "bolaligidan" yoki hatto tugʻilishidan olingan “imtiyoz”ning oʻziga hos natijasi hisoblanadi.

Bunda Yangi Tenglik mafkurachilarining qurbonlarning yetarlicha omadli boʻlmaganini qoplash maqsadida doimiy ravishda ijtimoiy hayotga doimiy ravishda cheksiz tuzatishlar kiritish talabini kelib chiqishi mantiqan toʻgʻri. Tabiiyki, ushbu tuzatishlar “imtiyozi borlar” hisobiga amalga oshirilishi kerak, yaʼni oddiy, hech qanday shikasti yoʻq odamlar hisobiga.

Yaʼni, qoʻpol qilib aytganda, biron bir kishini ishga olishiz kerak boʻlgan vaziyatda sizning adolatli (yaʼni tengsizlikka qarshi kurashchilar tomonidan ajratilgan) kvotangiz shunchaki yaxshi ishchilar uchun allaqachon tanlanib boʻlgan boʻlsa, siz eng yaxshini emas, balki koʻproq tengsizlikdan aziyat chekkanni yollashingiz kerak. Agar u ishchi sifatida yomon boʻlsa ham.

Ushbu mafkura mutlaqo mantiqsiz boʻlib tuyulishi mumkin - bu nafaqat butun insoniyat tarixini, balki kuchsizlarini qulatib tabiiy tanlov tartibsiz tarzda oʻtadigan biologik voqelikni ham inkor etmoqda.

Ammo fokus shundan iboratki, buni faqat qandaydir yuqori aqli rasolik nuqtai nazaridan telbalik hisoblanadi. Taktik va siyosiy nuqtai nazardan esa  bu Yangi Tenglikning maxsus komissarlari va yevangelistlariga, oʻzlarining ijtimoiy mavqeining pasayishi bilan bogʻliq noxush tuygʻularni boshdan kechirayotgan har bir kishiga tayanishi va ular koʻmagida oʻzlarining mavqeini misli koʻrilmagan balandlikka koʻtarishlariga imkon beradigan ajoyib innovatsiya.

Va bu komissarlar dastlab oʻzlarini adolat va tenglikning eng soʻnggi sozlash dastagi sifatida tayinlaganlari sababli, ular oʻzlarigagina nima ijtimoiy adolatsizligu nima adolatsizlik emasligini hal qilish huquqini ishonib topshiradilar.

Shuning uchun, aynan The Guardian gazetasiga hech narsa tahdid solmaydi - faqat dastlab janubdagi quldorlar partiyasi boʻlgan AQSH Demokratik partiyasidan tashqari,.

Ammo "adolatning nazoratning ulushi egalari" tomonidan Tenglik Dushmanlari deb belgilanganlar hushyor boʻlishlari kerak.

Va shu maʼnoda, Yangi Tenglik emissarlarining bizning, Rossiya ommaviy axborot vositalarida va mafkuraviy makonda doimiy ravishda ilgari surayotgan tezislari qiziq.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, ularning hammasi ham cheklanganlardan emas: baʼzilari davlat tomonidan moliyalashtiriladi-da va "tizimli rozi boʻlmaganlar" va "progressiv sodiqlar" kabi ishlaydi, goʻyo. Yaʼni, ular tizimsiz muxolifatni yomon deb tan olishadi, ammo ular ozchiliklarning barcha cheksiz xilma-xilligi boʻyicha huquqlarini zudlik bilan tadbiq qilish kerakligini taʼkidlaydilar.

Muxtasar qilib aytganda, ularning vazifasi shundaki, ishchilarga nisbatan odatiy ijtimoiy adolat tushunchasini "ozchiliklar uchun adolat" mafkurasiga almashtirishdir. Yaʼni, hozirgi cheklangan qatlamlarga imtiyozlar, himoya va yengilliklarni taʼminlash bilan, shu jumladan nafaqat “havo ranglilar” (rus geylari asosan maʼsuliyatli va sodiq), balki narkomanlar (doimo modda bilan kirib ketishdan qoʻrqib aziyat chekayotganlar), ikkala jinsdagi jinsiy hizmat xodimlari (“fohisha” soʻzi ular uchun eskirgan va shikastli deb hisoblanadi, chunki bu oddiy, hurmatga sazovor odamlar, shunchaki oʻz tanalarini pulga sotadiganlar) va boshqalar. Shu bilan birga, Rossiyadagi Yangi Tenglik tarafdorlari oʻzlarining himoyasini barcha ayollarga ham singdirmoqdalar, buning evaziga ayollar oʻzlari tushunmagan holda ularning mafkuralarini paket yordamida qoʻllab-quvvatlashlari uchun.

Bu davlat va jamiyat uchun halokatlidir, ammo "mavzuga qiziqqanlarga" katta bonuslarni vaʼda qilmoqda.

Shunday qilib, bu toʻlqin bizni chetlab oʻtadi deb oʻylamang. Hammasi boʻladi - agar biz bunga yoʻl qoʻysak.

Darvoqe, kechagina quldorlar avlodlar

Asosiy mavzular