11:54 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
177 0 0

Rossiya Geografiya jamiyatining aʼzosi, Rossiya Federatsiyasining barcha hududlari va barcha MDH mamlakatlari uchun TripTip qoʻllanmasi asoschisi, Appreal Group rahbari Andrey Suleykov Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida koʻrilayotgan yangi choralarni baholadi

Oʻzbekistonda dam olish vaqtida COVID-19 koronavirusiga chalingan chet ellik turistlar, uch ming dollar hajmida pul kompensatsiya oladilar. Bu Oʻzbekiston prezidentining "Sanitariya-epidemiologik xavfsizlik rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda turizm sohasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan.

Rossiya Geografiya jamiyatining aʼzosi, Rossiya Federatsiyasining barcha hududlari va barcha MDH mamlakatlari uchun TripTip qoʻllanmasi asoschisi, Appreal Group rahbari Andrey Suleykov bu piar nuqtai nazaridan bu juda yaxshi yechim ekanini va oʻzining dadilligi tufayli OAV eʼtiborini jalb qilib, Oʻzbekiston uchun zarur maʼlumot toʻlqinini yuzaga keltirganini taʼkidladi.

"Hayotga tatbiq etilishi nuqtai-nazaridan esa, meni fikrimcha bu oʻta nozik masala. Axir kasallik ular uchun xatarli emas, balki biroz ogʻriqli boʻlishi mumkin, deya taxmin qilib, shu 3 ming dollarni olish uchun kasallikni yuqtirish imkoniyatlarini izlay boshlaydigan umidsiz odamlar ham yetarli. Qoʻrquv neligini bilmaydigan bunday odamlarni qoʻllab-quvvatlashning istiqboli oʻta shubhali. Lekin umuman olganda gʻoyaning oʻzi yaxshi", — dedi Suleykov.

Ekspert shuningdek, boshqa mamlakatlar turistlarni qanday qilib jalb qilishga harakat qilishayotgani haqida soʻzladi. Misol uchun, Yaponiya, turlarni xarid qilishda aviachiptalar narxining yarmini toʻlab berishni taklif qilmoqda, Sitsiliya esa (Italiya avtonom viloyati - tahr.) toʻrtinchi oqshomni "sovgʻa" qilmoqda, kamiga muzeylarga bepul chiptalar ham paketdan oʻrin olgan.

Toʻliq izohni Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Tonkiy lyod: Suleykov o kompensatsii dlya turistov za zarajeniye COVID-19
Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular