Abbasov Hajning bekor qilinishi haqida: asosiysi sabrli bo‘lish

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto
Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, RF Musulmonlar diniy boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Rushan Abbasov Saudiya Arabistonining chet ellik ziyoratchilar uchun hajni bekor qilishi to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi.

Saudiya Arabistoni hukumati COVID-19 tufayli bu yil hajni ado etishga: mamlakatda doimiy ravishda yashab kelayotganlar yoki mamlakatga chegaralar yopilgunga qadar kelib qolgan, ya’ni qirollikning o‘zida bo‘lib turgan oz sonli musulmon ziyoratchilarga ruxsat berdi.

Xadj v Mekku - video - Sputnik O‘zbekiston
Makkaga 2020-yilda chet eldan ziyoratchilar qabul qilinmaydi

Boshqa chet ellik ziyoratchilar Hajga kiritilmaydi.

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasov ushbu qarorni chuqur o‘ylangan va oqilona, deya baholadi.

"Fikrimcha ular (Saudiya Arabistoni hukumati, - Sputnik) barcha ijobiy va salbiy tomonlarni yaxshilab o‘ylab ko‘rishdi, chunki, ma’lumki, odamlar dunyoning turli burchaklaridan keladilar: qayerdadir epidemiologik holat yaxshiroq, qayerdadir yomonroq. O‘ylaymanki, ular vaziyat yanada jiddiy tus olib ketmasligi uchun shunchaki ehtiyot choralarini ko‘rishmoqda. Aslida bu to‘g‘ri qadam”, - dedi Abbasov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, salomatlik - bu Xudo bergan ne’matdir va uni asrash kerak. Abbasovning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya hukumatining asosiy ko‘rsatmasi ham shu bo‘lgan. Bundan tashqari, Hajning bekor qilinishi tarixda ilk bor ro‘y bermoqda.

"Videoaloqalarga bevosita murojaat qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda bu borada hech qanday muammo yo‘q. Ular orqali Makka va Madinada namozlar qanday ado etilayotganini tomosha qilish mumkin. Buning uchun ularda ikkita maxsus telekanal bo‘lib, u orqali Makka va Madina shaharlaridagi masjidlardan barcha ibodatlar 24 soat davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib turiladi", - deya tushuntiradi RF Musulmonlar diniy boshqarmasi raisining o‘rinbosari.

Abbasov ob otmene xadja v Saudovskoy Aravii: glavnoe — proyavit terpenie

Abbasovning qo‘shimcha qilishicha, albatta, onlayn-translyatsiya bilan Haj o‘rnini to‘laqonli bosib bo‘lmaydi, chunki u muayan joyda va muayan vaqtda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bu yil amal qilinishi to‘xtatilishi lozim bo‘lgan tarixiy an’analar mavjud, ammo hozirda qilinishi mumkin bo‘lgan asosiy vazifa – sabr-toqatli bo‘lishdir, deydi Abbasov.

Yangiliklar lentasi
0