06:01 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
151830

Rasman beshinchi avlod deya atalayotgan F-22 va F-35 samolyotlarini sotuvdan oldingi maqbul, konstruktiv, jangovar holatga yetkazmasdan turib, amerikaliklar, harbiy aviatsiya kelajagiga katta ishonch bilan boqishmoqda

Fizika qonunlari amerikalik aviainstruktorlar sayi-harakatlarini yoʻqqa chiqarib, oʻta qimmatbaho loyihalarni "qadrsizlantirmoqda". F-35 Lightning II samolyotlari beshinchi avlod nomiga loyiq emasligini namoyon etsa-da, ammo AQShda inertsiya tufayli ushbu har jihatdan xom boʻlgan aviatexnikani global vazifa va aslahalar bilan yuklab, mahkam "bogʻlab tashlashmoqchi". Goʻyoki F-35 bortidagi B61-12 bombalari tovush tezligigacha boʻlgan kreyser tezligi, radarlardagi "stels" koʻrinishi, yuqori avariya holati va kutilmaganlik oʻrnini bosa oladi.

Dushanba kuni The Aviationist nashri amerikaning Edvards aviabazasi Kaliforniya shtati) aviabazasi atroflarida F-35A Lightning II (Convetional Take Off and Landing modifikatsiyasidagi, yaʼni standart uchish va qoʻnishga ega boʻlgan) qiruvchisining oʻzgaruvchi quvvatga ega boʻlgan jangovar qismga ega B61-12 bombasining qator sinovlari oʻtkazilgan.

Ikki maqsadli yadroviy qurol tashuvchisiga ega boʻlgan samolyotni sertifikatlash 2023 yilning yanvariga rejalashtirilgan.

Shu tariqa, dasturiy taʼminotni yangilash bilan bir qatorda (hozirgi Block 3A versiyasidan Block 4 versiyasiga qadar) F-35A qiruvchilari termoyadro bombalarini odatiy tarzda olib yurish va qoʻllash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, B61-12 AQSH HHK qurol-aslahalari tizimiga integrallashuvidan soʻng F-15E va F-16dagi "sigʻiniladigan yadroviy qiruvchi roli" F-35Aga oʻtadi. Modernizatsiya qilingan B61-12 aviabombasi boshqaruv tizimi va oʻzgaruvchan quvvatning jangovar qismi (50 tonnagacha) ajratib turadi.

Koʻpmaqsadli F-35 Lightning II qiruvchi-bombardimonchisini yaratish dasturi 1,3 trillion dollarni tashkil etdi. F-35ning turli modifikatsiyalari seriyali tarzda 2011 yildan buyon ishlab-chiqariladi. Ushbu mashinaga AQShda avval boshdan katta umidlar bogʻlangan, ammo amaliyotdagi ekspluatatsiyasi mutaxassislar umidini puchga chiqarmoqda. Sal oldin Pentagonga yaqin Defense News nashri F-35 Lightning II ga berilgan tanqidiy baholarni chop etdi. Faktlar shundan dalolat beradiki: F-35 – tovush tezligiga qadar boʻlgan qiruvchi, forsajda 1 minutdan ortiq tezlik ololmaydi, 1 Maxdan ortiq boʻlgan tezliklarda qizdirish korpusiga jiddiy shikast yetishi xavfi mavjud. 1,6 Maxdan soʻng – samolyotning shunchaki dumi tushib qolishi mumkin. Beshinchi avlod qiruvchisining doimiy (kreyser) tezligi 1,4 Maxdan past boʻlishi mumkin emas, demakki, texnologik ilgʻorlik roʻy bergani yoʻq.

Boshqacha qilib aytganda, F-35 qiruvchisi 4-avlod samolyotligicha qoldi va termoyadro bombalari u uchun ogʻirlik qiladigan yukka aylanishi mumkin.

Kompensatsiya choralari

Beshinchi avlod atrofidagi F-35 qiruvchisining kamchiliklarini oʻtgan yil davomida beshtagacha kamaytirishga muvaffaq boʻlindi, ammo bu ham har bir donasi 100 million dollar turadigan mashina uchun koʻplik qiladi. Pentagon tezkor ravishda "ekspluatatsiya xarakteristikalariga" tuzatishlar kiritdi va endilikda F-35 tovush tezligiga qadar, qisqa vaqtlargagina tezlikni olishga qodir mashinaga aylandi. Yuqori tezlik F-35ning maxsus stels-qoplamasi boʻlgan planerni hamda samolyotning dum qismidagi koʻplab antennalarni barbod qilishi xavfi mavjud boʻlgani bois, qoʻllanmada HDK va dengiz pexotalari uchun moʻljallangan F-35B va F-35C modifikatsiyalari taxminan 1,2 Max tezligida ucha olishi mumkin boʻlgan soniyalar aniqlashtirilgan.

Anʼanaviy uchish-qoʻnishga ega boʻlgan F-35A qiruvchisi umumiy "xatoliklarni" takrorlaydi - bular dasturiy taʼminotdan tortib, sekin harakatlanish va radarlar tomonidan aniqlanishdir (hatto tovushga qadar boʻlgan tezlikda ham, agar tashqi podveskada jangovar zaxiraga ega boʻlsa).

Bir qarashda, "chaqmoq" shaʼni tamomila bulgʻangandek, ammo ekspluatatsiya jarayonida kutilmagan xususiyatlari namoyon boʻladi. 24 iyun kuni Air Force Magazine jurnali amerikaning F-35A qiruvchilariga momaqaldiroq bulutlariga 25 mil (40 km) masofada yaqinlashish taʼqiqlangani haqida maqola eʼlon qildi. Maʼlum boʻlishicha, inert gazni generatsiya qiluvchi bort sistemalari (OBIGGS)ning konstruktiv xususiyatlari qiruvchi yoqilgʻi baklarining - atmosfera elektri razryadidan - havoda portlashiga olib kelishi mumkin ekan. Qizigʻi, OBIGGS tizimi borasida bungacha ham malomatlar boʻlgan va 2014 yilda u modernizatsiyalangan (portlash xavfi bartaraf etilgan) edi.

Eng yangi F-35 Lightning II samolyoti bilan yuz bergan davomli halokatlar - F-35 tinchlik sharoitida foydalanilganida ham unda boshqa yoqimsiz (xavfli) kashfiyotlar mavjudligini ochib berishi mumkin, deya taxmin qilishga sabab boʻlmoqda. Amerika "chaqmoqlari"ning Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 yoki radioelektron kurash vositalari bilan taxminiy jangovar toʻqnashuvidagi zaifligini aytmasa ham qiruvchi samolyotlari yoki elektron urushida taxminiy jangovar toʻqnashuvda amerikalik "chaqmoq" ning zaifligi haqida gapirmasa ham boʻladi.

Nomaʼlumlikka parvoz

Qoʻshma Shtatlar F-35ni faol ravishda oʻzlarining yevropalik ittifoqdoshlariga sotishga harakat qilishmoqda. Va modernizatsiyalangan (rejalashtiradigan) B61-12 termoyadro aviabombasi avval boshdan Yevropa uchun moʻljallangan edi. Seriyali ishlab chiqarish 2020 yilga moʻljallangan, bir vaqtning oʻzida amerikaliklar B61-12 aviabombalarini Yevropa bazalarida joylashga harakat qilishmoqda. (Shu bilan birga bunda uchish (forsaj) vaqtida bortiga yadroviy qurol ortib olgan qiruvchining dumi tushib qolishi, yoki uni chaqmoq urishi singari holatlar ham istisno etilmaydi. Boshqa variantlar ham ehtimoldan holi emas, ammo har qanday holatda ittifoqdoshlarga zarar yetishi tayin. Amerika qurol-aslahalari Yevropa uchun tobora xavfli boʻlib bormoqda. Germaniyaning qarshiligi kuchaymoqda. Frantsiya ochiqchasiga: "F-35ni tiqishtirishni bas qiling", dedi.

Bu AQShning avia-qurilish sohasidagi oʻz texnologik imkoniyatlariga yuqori baho berishning mantiqiy natijasidir.

Sal oldin beshinchi avlod qiruvchisi - F-22 Raptor yaratish tajribasi omadsiz deya tan olingan edi (ishonchsiz radio toʻlqinlarni yutuvchi nurlar, metrli diapazonga ega radarlar tomonidan aniqlanish, harakat radiusi – atigi 750 km, seriyali mashinalarning oʻta qimmat narxi – 350 mln. dollar). Rasman beshinchi avlod deya atalayotgan F-22 va F-35 samolyotlarini sotuvdan oldingi maqbul, konstruktiv, jangovar holatga yetkazmasdan turib, amerikaliklar harbiy aviatsiya kelajagiga katta ishonch bilan boqmoqdalar.

Vashington rajalariga muvofiq, oltinchi avlodga mansub ilk qiruvchilar 2030-yilga qadar parvoz qilishi kerak. Berilgan taʼriflarga qaraganda, ular uchun dushman ham tayyor: "Ular kurashishga toʻgʻri keladigan Tinchokeani teatridagi ulkan masofalarni inobatga olib" ulardan dozapravkasiz uzoq parvozni, havoda ustuvorlikni, radioelektron kurash majmualari hisobiga oʻta yuqori yashovchanlikni kutishmoqda. Ammo "beshinchi avlod" F-35 Lightning II qiruvchisining barcha oʻta qimmatga tushgan omadsizliklaridan soʻng amerika kongressi oltinchi avlod qiruvchilarini yaratish maqsadlari uchun 2021 yilda moliyalashtirish dasturini 85%ga qisqartirish istagini bildirdi.

Asosiy mavzular