06:14 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
85001

Millatlar ishlari boʻyicha Federal agentligi rahbari maslahatchisi Viktoriya Ledeneva cheklovlar olib tashlaganidan keyin Markaziy Osiyo fuqarolari Rossiyaga ishlashga kelish-kelmasligi va bu vaziyatda epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida.

Pandemiya Rossiya fuqarolariga ham, mehnat migrantlariga ham taʼsir koʻrsatadigan juda jiddiy ijtimoiy muammolarni yoritib berdi, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Federal ilmiy-tadqiqot sotsiologik markazi Demografik tadqiqotlar instituti etno-demografik va integratsion jarayonlari boʻlimi boshligʻi, Millatlar ishlari boʻyicha Federal agentligi rahbari maslahatchisi Viktoriya Ledeneva, RFda mehnat migrantlari bilan bogʻliq joriy vaziyat boʻyicha onlayn-konferentsiyada.

“Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2020 yil aprel oyi holatiga, Rossiyada ishsizlar soni 4,5 milliondan oshdi va bu yakuniy maʼlumot emas. Va chegaralar ochilib, barcha cheklov choralar olib tashlanganidan soʻng, RF fuqarolari ish izlay boshlaganini kuzatamiz, va ehtimol, ular past maoshli ishga kirishga rozi boʻladilar ham”, - dedi Ledeneva.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, chet el fuqarolari nafaqat Rossiyada, balki huddi shunday, oʻz mamlakatlarida ham ishsiz qolishgan. Uning fikricha, chegaralar ochilgandan keyin RFga mehnat migrantlari oqimi sezilarli darajada oshadi.

“Bu yerda, albatta, migratsiya oqimlarini tartibga solish toʻgʻrisida gapirishimiz kerak: shunday qilishimiz kerakki, ular Rossiya iqtisodiyotiga foyda keltirishi va milliy xavfsizligimizga xavf tugʻdirmasligi kerak. Avvalo, epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida gapirmoqchiman. 27 iyundan boshlab RF Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy koʻrik paytida migrantlardan koronavirusga test topshirishlari kerakligi haqidagi buyrugʻi kuchga kirdi, ammo savol tugʻiladi: ular allaqachon COVID-19 bilan kasallangan holda chegarani kesib oʻtmadimi? Birinchi navbatda turishi lozim masala - bu odamlar kelayotgan davlatlarning oʻzida kasallikka tekshirilishi, agarda kasallik aniqlansa, migrantlar har qanaqasiga mehnat faoliyatini amalga oshirishga hujjat ololmaydi”.

Asosiy mavzular