06:37 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
26701

MDH va Gruziyadan kelgan talabalar Sputnik nashriga Rossiyada olingan taʼlim ularga qanday qilib oʻz ishlarini yoʻlga qoʻyishga, munosabat qurishga, dahshatli tashxisni yengishga va kimlarningdir hayotini COVID-19 dan saqlab qolishga yordam bergani haqida soʻzlab berishdi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Danara Kurmanova. Mana oʻttiz yildirki Rossiyada 27 iyun Yoshlar kuni sifatida nishonlanadi. Lekin Rossiya yoshlari bu nafaqat rossiyaliklardir. Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda 297 ming nafar xorijlik tahsil oladi.

Sardor Sodiqov: “Rossiyada oʻqiyman – Oʻzbekistonda esa ilm-fanni rivojlantiraman”

Sardor Sodiqov Oʻzbekistondan – Oliy iqtisodiyot maktabining faxri, axir u qoʻlga kiritmagan grant yoki stipendiyaning oʻzi deyarli yoʻq.

“Men ilmiy faoliyat uchun stipendiya, Jaguar Land Rover᾽dan Game Changer stipendiyasi, Oksford stipendiyasi va prezident stidendiyasini olar edim”, - deya birma-bir sanaydi Sardor.

Shu bilan birga, u samimona ushbu gʻalabalarda hech qanday misli koʻrilmagan narsa yoʻq deb hisoblaydi.

“Men bu yerga oʻqishga kelganman-ku, - deydi u.  – Bularning barchasini qoʻldan chiqarish ahmoqlik boʻlgan boʻlar edi. Oliygohda ispan tilini oʻrganish imkoniyati ham bor edi. Oʻz oʻzidan maʼlumki, men undan foydalandim”.

Sardor Sodikov
Iz lichnogo arxiva Sardora Sodikova
Sardor Sodikov

Hozir Sardor aspiranturada tahsil oladi. Bir vaqtlar u ilmiy faoliyat va ishni birga olib borishni uddasidan chiqqan edi (Sardor makroiqtisodiyotdan ingliz tilida dars bergan), biroq kunlardn bir kuni unga “limfoma” tashxisini qoʻyishdi.

“Tushkunlik va ruhiy siqilish holati menda yoʻq edi, - deya tan oladi Sardor. – Har bir insonning, albatta, oʻz psixologiyasi bor. Lekin mening biror narsaga chalgʻishim oson edi. Men tadqiqo loyihasini yoza boshladim, bu menga kuch-quvvatlar bagʻishlardi”.

Sardorning strategiyasi ish berdi – u tuzalib ketdi va hozir Oʻzbekistonda plyaj voleyboli assotsiatsiyasini tashkil etish loyihasi ustida ishlamoqda. Uning gʻoyasiga Butunrossiya voleybol federatsiyasi allaqachon qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, Sardor Sodiqov Markaziy Osiyo iqtisodiy jarayonlarini oʻrganmoqda va yurtida yordam beradigan tajriba orttirish oʻqishining asosiy maʼnosi deb hisoblaydi.

Zayniddin Abdulqosimov: “Rossiyada tibbiyotga boʻlgan qiziqishim yanada ortdi”

Zayniddin Abdulqosimov Rossiyaga Qirgʻizistondan kelgan. Bugun u Boshqordiston davlat tibbiyot universitetining eng yaxshi bitiruvchilaridan biridir. U uzoqdan kelganlarga baʼzan yangi mamlakatda koʻnishish qiyin boʻlishi juda yaxshi tushunardi, tibbiyot fakultetida oʻqishni aytmasa ham boʻladi. Shu bois Zayniddin talabalarga yordam berishga qaror qilib, “Odam anatomiyasi” toʻgaragida dars bera boshladi.

“Tibbiyot oliygohida maʼlumot hajmi hamisha katta, - deydi u. – Ayrim talabalar qiynalishadi, biz ularga qoʻshimcha nazariyani tushuntiradim, nusxalarda amaliyotni oʻzlashtirishlarida yordam beramiz”.

Zayniddin Abdulkasimov
Iz lichnogo arxiva Zayniddina Abdulkasimova
Zayniddin Abdulkasimov

Rossiyada COVID-19 pandemiyasi eng avj olgan pallada Zaynidddin Ufa koronavirus kasalxonasiga yordam berishga yoʻl oldi. Lekin oʻzining aytishicha, bunda hech qanday qahramonlik yoʻq. Zero u boʻlajak shifokor.

“Albatta, biroz qoʻrqinchli edi, - deydi Zayniddin. – Sen oʻz sogʻligʻingni xavf ostiga qoʻyishingni tushunasan axir. Shaxsiy himoya kostyumida olti soatlab ishlab darhaqiqat dushvor”.

Shu bilan birga, u ishning koʻngilsiz jarayoni ahil jamoa va asosan sogʻayib ketgan bemorlar bilan toʻldirilgan. Zayniddin uni eng koʻp uni 70 yoshli bemor erkak hayron qoldirganini eslaydi: “Uning ahvoli ogʻir edi, jonlantirish boʻlimga oʻtkazildi... lekin u hazil qilardi. Haqiqatdan ham, koʻp narsa kayfiyatga bogʻliq. U arang xalos boʻlib chiqdi, uni terapiyaga oʻtkazishdi”.

Zayniddin Abdulkasimov
Iz lichnogo arxiva Zayniddina Abdulkasimova
Zayniddin Abdulkasimov

Zayniddin boʻlajak kasbga qiziqish universitetga juda bogʻliqligini taʼkidlaydi. “Men bularning barchasini yozishlaringni istayman, - deydi u. – Men ustozlarimdan minnatdorman. Ular mening tibbiyotga boʻlgan muhabbatim yanada kuchliroq boʻlishi uchun barchanisi bajarishdi”.

Zare Gevorkyan: “Armanistonni yaxshi tomondan koʻrsatishni xohlayman”

Zare Gevorkyan ham koronavirus bemorlarini qutqargan – faqat Moskvada, Miya va neyrotexnologiya federal markazida. Zare N.YU. Pirogov nomidagi tibbiyot universitetining shifokorlarga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun yordam berishga qaror qilgan birinchi talabalardandir. U Miya markazidagi har bir ish kunini hazil tariqasida “begonalashish hududi” deb atardi.

“Eng mushkili seni nima kutib turganini bilmaslik edi – deydi u. – Kasal yangi, sen kostyumni kiyib, jonlantirish boʻlimiga kirasan. Navbatdagi bemorni sunʼiy nafas oldirish apparatidan olganingda barcha koʻzga koʻringan qiyinchiliklar yoʻqoladi, chunki sen nafaqat uning hayotini saqlab qolding – sen uni oilasiga qaytarding. Eng asosiysi – bu koʻpchilikning mehnati, siz buni birgalikda, yelkama-yelka turib qildingiz. Kasalxona rahbariyati biz haqimizda juda qaygʻurdi”.

Koronavirus bemorlariga yordam berish Zare uchun birinchi jiddiy tibbiyot amaliyoti emas. U uch yil Rossiya jarrohlik ilmiy markazida buyrak koʻchirib oʻtkazish boʻlimida tibbiyot xodimi sifatida ishlagan.

Zare Gevorkyan
Iz lichnogo arxiva Zare Gevorkyan
Zare Gevorkyan

“U yerda bemorlar ogʻir edi, har holda tanadagi buyrak boshqaniki, - deydi u. Ular kasalxonada uzoq muddat qolishadi, natijada ularning har biriga yaqin kishing sifatida muomalada boʻlasan”. Ular uchun har kun – kurash. Bir bemor bor edi – u uch yil buyrak oʻtkazish uchun navbatda turdi va buning uddasidan chiqdi. Bu jasorat. Biz hozirgacha yozishib turamiz”.

Zare Gevorkyan
Iz lichnogo arxiva Zare Gevorkyan
Zare Gevorkyan

Zare terapevt boʻlgan onasi sabab shifokor boʻlishga qaror qilgan. Shu bois bir kursdan oʻqishga jiddiyo yondashgan. Olti yil mobaynida konferentsiyalarda ishtirok etgan, ilmiy maqola yozgan, tashxis qoʻyish va jarrohlik tibbiyoti boʻyicha olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ushbu barcha saʼy-harakatlarning natijasi – Moskva hukumatining stipendiyasi va qizil diplom. Shu bilan birga, Zare universitetdagi arman vatandoshlar uyushmasiga rahbarlik qiladi va taʼkidlaydiki:

“Vaqt hamisha yetadi, hatto tibbiyot oliygohidagi oʻqish davomida, shunchaki uni toʻgʻri taqsimlash lozim. Menga jamoat faoliyati yoqadi.  Bir yil bir marotaba universitetdagi xalqlar festivalida ishtirok etamiz – kontsert uyushtiramiz, odamlarni oshxonamiz taomlari bilan tanishtiramiz. Armanistonni yaxshi tomondan koʻrsatishni xohlaymiz”.

Viktoriya Gvetadze: “Haqiqiy gruzinlar singari men hatto dissertatsiyani vino haqida yozyapman”

Viktoriya Gvetadze maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq Rossiya xalqlar doʻstligi universitetida oʻqishni orzu qilardi va oʻz maqsadiga erishish uchun barcha ishni qildi – byudjetga topshirdi va frantsuz tilini oʻrgandi. Axir u yarim yillik tahsil Frantsiyada oʻtishi koʻzda tutilgan dasturni tanlagan edi.

“Darhaqiqat mening talabalik davrim mazmunga boy boʻldi, - deydi Viktoriya. – Konferentsiyalar, Rossotrudnichestvo tadbirlari, Gorchakov fondining doʻstlar klubi, men gruzin vatandoshlari uyushmasi boshligʻi va prezidenti ham edim”.

Viktoriya Gvetadze
Iz lichnogo arxiva Viktorii Gvetadze
Viktoriya Gvetadze

Uyushmaga rahbarlik qilib, Viktoriya ona diyorini nafaqat universitet, balki uning tashqarisida ham mashhur qilishga bel bogʻladi. U universitetda gruzin musiqalari kontsertlari, VDNXda gruzin madaniyati koʻrgazmalari va Moskva millatlar uyida “Gruziyani tanib olamiz” zakovatli oʻyinini tashkillashtirgan.

“Gruziyaning sehri shundaki, uni sevmaslikning iloji yoʻq,  - deya fikrlari bilan oʻrtoqlashadi u. Shuning uchun tadbirlarimizda hamisha boshqa millat vakillari ishtirok etishardi. Bir kuni xospisda chiqish qildik, raqsga tushdik, shunday taʼsir holat yuz berdi – oldimga bir buvi kelib, quchib oldi va dedi: Rahmat, quvonchdan kuchimga kuch qoʻshildi”. Endi men qachondir oʻzimning xayriya fondimni tashkillashtirishni orzu qilyapman”.

Hozircha Viktoriya Rossiya-Gruziya munosabatlarini tiklash fondida ishlamoqda va nomzodlik dissertatsiyasini yozmoqda. Uning kulib aytishicha, u gruzin va shu bois dissertatsiyasi vinoga bagʻishlangan.

“Iqtisodchiman, vinoning jahon bozorida siljishiga oid mavzuni oʻrganmoqdaman, albatta, tadqiqotimda Gruziya misoli ham keltirilgan, - deydi u. – Umaman olganda, hozirgacha oʻqimoqdaman. Aytgancha, tahsil davomida men umr yoʻldoshim bilan tanishganman – bu gruzin diasporasi tadbirida sodir boʻlgandi. Qisqasi, hammasiga erishdim, oʻqishga kirganimdan afsuslanmayman!”

Adil Yermek: “Men eng qiyin masalalarni yechaman, chunki Rossiya taʼlimi meni tobladi”

Qozogʻistonlik Adil Yermek MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetiga turli olimpiada va tanlovlarda qoʻlga kiritgan gʻalabasi evaziga osonlik bilan kirishi mumkin edi. Biroq Adil qiyin yoʻlni tanladi – hamma singari kirish imtihonlarini topshirishga qaror qildi.

“Gap shundaki, men loyihalash fakultetiga kirishim mumkin edi, - deya tushuntiradi u. – Men esa fizika fakultetiga hujjat topshirmoqchi edim. Bolaligimdan muhandis boʻlishni orzu qilaman.”

Adil fizikani aynan Moskvada oʻrganishni xohladi  - bu ham bolalikdagi orzusi.

“Rossiyadagi taʼlim mansab pogʻonasi uchun kuchli asos yaratadi, - deydi u. – MMFIda oʻqish jarayoni qiyin. Lekin oliygoh menga eng qiyin masala va vazifalarni hal qilishga oʻrgatdi. Men oʻz maqsadimga erishishimni bilaman, chunki universitet meni tobladi”.

Adil Yermek
Iz lichnogo arxiva Adilya Yermeka
Adil Yermek

Adil nima deyayotgani biladi: birinchi kursligidayoq u Fizika boʻyicha butunrosssiya olimpiadasida gʻolib boʻldi. Hozir esa oʻzi saboq bermoqda. Bir necha yil oldin Adil taʼlim portalini yaratdi. U yerda bolalarga onlayn fizika va matematikadan dars beriladi. Maktabining geografiyasi Rossiya, Qozogʻiston, AQSH va Frantsiyani oʻz ichiga oladi.

“Bir kuni menga atiraulik bola uni Novosibirskdagi oʻqishga tayyorlashni soʻrab xat yozdi, bunga oʻxshash misollar koʻp, - deya hikoya qiladi Adil. – Baʼzan maxsus maktab kirmoqchi boʻlgan oltinchi sinf oʻquvchilar yozadi. Men esa ularning imkonsiz narsaning oʻzi yoʻqligini tushunishlarini xohlayman. Albatta, oʻquvchilarim oʻzlari istagan maktab va universitetga kirishganda xursand boʻlaman. Men uchun bu mehnatim zoye ketmaganligini bildiruvchi koʻrsatgich. Shu bilan birga, men ularga hamisha aytaman: bu sizning mehnat mahsulingiz, mening vazifam faqat toʻgʻri yoʻnaltirish”.

Samira Mustafayeva: “Ozarbayjonlik boʻlish – demak, bagʻrikeng inson boʻlishdir”

Taniqli rossiyalik va ozarbayjonlik gimnastikachi Samira Mustafayeva u unchalik intizomli qizaloq boʻlmaganini eslaydi.

“Foidali taom oʻrniga mening shirinlik tanlardim, murabbiylarning gapiga quloq solmasdim”, - deya eslaydi u. Biroq yillar davomidagi mashgʻulotlar oʻz samarasini berdi. Hozir Samira jahon chempionatining bir necha sovrindori, P.F. Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya universiteti bitiruvchisi va fitnes-studiya asoschisi.

Samira Mustafayeva
Iz lichnogo arxiva Samirы Mustafayevoy
Samira Mustafayeva

Boshqa koʻplab kompaniyalardan farqli oʻlaroq, Samira tarmogʻi pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqirozga dosh berdi. Uning ishonchi komilki, biznesini saqlab qolishga Rossiya va Ozarbayjondagi sport sohasidagi oʻtmishi koʻmak berdi. “Katta sportdan men darhol katta biznesga kirib ketdim, - deydi u. – Men har bir vaziyatga moslashishga odatlandim. Shunday ekan oʻzini oʻzi yakkalash vaqtida darhol onlayn faollikni yoʻlga qoʻydik. Sportda, hatto yakka holatda chiqish qilayotgan boʻlsang ham, sening ortingda sport turadi. Sening gʻalabang – ularning ham gʻalabasi, shuning uchun men uchun muhim edi”.

Gurdofarid Sangin: “Men Tojikiston haqidagi stereotiplarni yoʻqqa chiqaraman”

Gurdofaridning naql qilishicha, u Sankt-Peterburgga toʻqqizinchi sinfda kelganida tom maʼno unga oshiq boʻlgan. Keyin oʻziga soʻz bergan: bir kuni albatta shu yerda oʻqiyman.

“Maqsadim shu tariqa paydo boʻldi, - deydi u. – Men koʻplab olimpiadalarda ishtirok etdim, hatto Xoʻjand meri stipendiyasiga ega chiqqan edim. Mana men Rossotrudnichestvo dasturi bilan Mechnikov nomidagi Shimoliy-gʻarbiy davlat tibbiyot universitetiga kirishga musharraf boʻldim”.

Gurdofarid Sangin
Iz lichnogo arxiva Gurdofarid Sangin
Gurdofarid Sangin

Gurdofarid bir yildan buyon be yerda tahsil olmoqda, biroq Tojikiston haqidagi qator stereotipolarni yoʻqqa chiqarishga ulgurgan. Koʻpincha odamlarni uning sof rus tilda soʻzlashi va ilmiy faoliyati hayron qoldiradi. Gap shundaki, u Sirdaryo daryosini tozalashga oid loyihani ishlab chiqqan va sohilda topilgan chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha aktsiyani tashkil etgan. Hozir Gurgofarid – Tojikiston ilm-fanining kichik akademiyasi aʼzosi.

Gurdofarid Sangin
Iz lichnogo arxiva Gurdofarid Sangin
Gurdofarid Sangin

“Bir kuni menga aytishdi: Eh, sen doimo oʻqiysan va shunchalik ruscha gapirasan. Biz tojiklar asosan qurilishda ishlaydi deb oʻylardik”, - deya hikoya qiladi u. – Lekin men xafa boʻlmadim. Mening xulq-atvorim boshqacha: odamlarni tojik taomlari bilan mehmon qilaman. Universitetda esa hatta bizning anʼanamiz paydo boʻldi – koʻp millatchi guruh, birgalikda bayramlarni nishonlaymiz, bir birimizga raqs, jumladan, tojik raqslarini oʻrgatamiz. Shablonlarni yoʻqqa chiqarish shunday davom etadi”

Teglar:
talabalar, Gruziya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular