Ko‘hna Nerexta xazinalari

© Foto : Irina TolstosheevaVid na gorod Nerexta v Kostromskoy oblasti
Vid na gorod Nerexta v Kostromskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nerexta hali beri sayyohlar tomonidan unchalik o‘zlashtirilmagan o‘ziga xos hudud. U sayyohlarni nimasi bilan o‘ziga jalb qila oladi?

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Irina Tolstosheyeva. XIX-XX asrlarning kichikroq uylari, eskicha savdo rastalari, cherkovlar - Nerexta unchalik sayyohlar tomonidan o‘zlashtirilmagan, shuning uchun ko‘chalar va sohil bo‘ylab deyarli yolg‘iz, ijtimoiy masofaga deyarli amal qilmasdan sayr qilish mumkin. Biroq hozircha Kostroma viloyatida boshqa mintaqalardan kelganlar uchun  ikki haftalik majburiy o‘zini o‘zi yakkalash joriy etilgan, ammo bir kun kelib u bekor qilinadiku axir!

Zamonaviy bo‘lmagan markaz

Xuddi shu nomdagi daryo ustidagi Nerexta birinchi bor tarixda XIII asrda qayd etilgan. Kostromagacha 40 kilometr yo‘l. XVIII asrdan beri bu muhim savdo va sanoat (mato ishlab chiqarish korhonalari) shahri. O‘z vaqtida boy hunarmandlar va savdogarlar o‘yma, rangli, naqshinkor chaspakli binolarni qurgan.

© Foto : Irina TolstosheevaVid na gorod Nerexta v Kostromskoy oblasti Rossii
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Vid na gorod Nerexta v Kostromskoy oblasti Rossii

Markazda, Ozodlik maydonida XIX asrga oid savdo (yoki mehmonxona) tosh rastalari joylashgan. Anchagina yaxshi saqlanib qolgan, hozirda bu yerda do‘konlar joylashgan.

Yaqinida eng baland bino, Qozon butxonasining 60 metrli qo‘ng‘iroq minorasi joylashgan. Yangi yopilgan nonning kuchli hididan hayron bo‘lmang. XVIII asr boshida Potr I farmoni bilan qurilgan cherkov Sovet davrida non korxonasiga berib yuborilgan. Na gumbazlar, na ichki ko‘rinishlari saqlanib qolindi. Faqatgina XIX asrning 40-chi yillarida qurilgan qo‘ng‘iroq minorasi zarar ko‘rmadi, xolos.

© Foto : Irina TolstosheevaKolokolnya Kazanskogo sobora za krishami domov v Nerexte
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Kolokolnya Kazanskogo sobora za krishami domov v Nerexte

Agar savdo rastalari orqasiga o‘tsangiz, Nerexta sohiliga chiqasiz. Uning sohili – baland qamishzorlar. Deyarli har bir uydan suvga ko‘prikchalar o‘rnatilgan, suvda esa o‘rdakchalari bilan o‘rdak suzib yuripti. Bu yerda hamon daroda kiyimlarni chayqayotgan buvilarni ko‘rishingiz mumkin.

© Foto : Irina TolstosheevaVid na gorod Nerexta v Kostromskoy oblasti Rossii
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Vid na gorod Nerexta v Kostromskoy oblasti Rossii

Saqlanib qolingan o‘tmish jozibasi

Ozodlik maydonida cho‘zilgan shakli va yumaloq burchaklari tufayli shunday atalgan “paypoq uy” mavjud. Bu zig‘ir savdosi bilan shug‘ullangan savdogar Xvorinovlar oilasiga tegishli bo‘lgan. 1798-yilda ushbu uyda, imperator Pavel I bu shahar orqali o‘tib ketayotganda o‘g‘illari bilan bir necha kun yashagan.

© Foto : Irina TolstosheevaTorgovie radi v Nerexte
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Torgovie radi v Nerexte

Yana bir noodatiy bino – Modern uslubidagi uy. Bu binoda XX asrda dorixona bo‘lgan, hozirda - o‘lkashunoslik muzeyi. Nerextada tug‘ilgan Yelena Dyakonovaga bag‘ishlangan ekspozitsiya e’tiborga loyiq.

© Foto : Irina TolstosheevaVid na odnu iz ulis Nerexti
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Vid na odnu iz ulis Nerexti

Badavlat savdogarning qizi 11 yoshidan boshlab kundaligiga voqealarni tasvirlar edi. Qiz ko‘p va ishtiyoq bilan o‘qidi, feministik harakat tarixi bilan qiziqdi. U Sorbonna yuridik maktabiga o‘qishga kirdi va Rossiyada birinchi ayol huquqshunos bo‘lishi mumkin edi. Biroq 27 yoshida u Avstriyada noaniq holatda vafot etdi. U g‘oyib bo‘ldi va bir oy o‘tgach, tog‘ anhori yaqinida kiyimsiz, oyoqlari singan holda topilgan.

Yelena Dyakonova vatanida dafn qilindi. Bu yerda Dyakonovlar yozgi dala hovlisi bo‘lgan Yakushovka qishlog‘idan ko‘chirib kelingan yog‘ochli ikki qavatli uy saqlanib qolgan.

Ibodatxonalar shodasi

Qadimiy shaharni yuqoridan tomosha qilish uchun “Bogoyavlenie” cherkoviga tashrif buyuring. Sayyohlarga qo‘ng‘iroq minorasiga (baland va unchalik qulay bo‘lmagan zina orqali) ko‘tarilish va yettita qo‘ng‘iroq chalishga ruxsat beriladi.

© Foto : Irina TolstosheevaSerkov Bogoyavleniya v Nerexte
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Serkov Bogoyavleniya v Nerexte

1767 yilda ibodathona Yaroslavldagi aka-uka Shustovlarning arteli tomonidan bo‘yalgan. Ustalar barcha devor va shiftlarni bitta yahlit sur’at shaklida chizmalarni xom suvoqqa bosishgan, sujetlar orasida keskin chegaralarsiz. Bu go‘zallikni uzoq vaqt tomosha qilish mumkin.

© Foto : Irina TolstosheevaRospis v serkvi Bogoyavleniya v Nerexte
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Rospis v serkvi Bogoyavleniya v Nerexte

Umuman olganda, Nerextada Petr I farmoniga binoan mahalliy savdogarlar hisobiga toshdan qurilgan yettita ibodatxona mavjud. Ularning barchasi 1930-chi yillarda qisman vayron bo‘lgan, ammo 1980-90-yillarda tiklandi. Cherkovlar juda zich joylashgan bo‘lib, ularni bir necha soat ichida aylanib chiqish mumkin. Ishlayotganlari ham bor.

Eng qadimgisi - Vladimirskaya, XVII asr oxirida sobiq Bogorodinskiy Sretenskiy monastiri hududida qurilgan. Ichkariga kirishning iloji yo‘q - tosh devori bilan o‘ralgan, kirish qismi yopiq.

© Foto : Irina TolstosheevaKupola Vladimirskoy serkvi v Nerexte
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Kupola Vladimirskoy serkvi v Nerexte

Markaz yaqinida – “kema” shaklida qurilgan (bir qatorda) ikki qavatli “Voskresenie” cherkovi. Sovet davrida bu turar-joy binosi bo‘lgan. Kech Barokko uslubidagi Preobrajenskaya (Ilinskaya) cherkovi Moskva cherkovlariga o‘xshaydi.

Nerextadan bir kilometr narida, Troitsa qishlog‘ida XIV asrda Sergey Radonejskiy shogirdi Paxomiy tomonidan asos solingan Troitse-Sipanov- Paxomo-Nerextinskiy monastiri joylashgan. Hozirda bu ishlab turgan ayollar monastiri, XVII asr oxiridagi Troiskiy sobori yaxshi saqlanib qolgan.

© Foto : Irina Tolstosheeva Troitse-Sipanov monastir v Nerexte
Ko‘hna Nerexta xazinalari - Sputnik O‘zbekiston
Troitse-Sipanov monastir v Nerexte

Bu yerda xamma uchun ochiq bo‘lgan Paxomiy Nerextinskiy bulog‘i va chiroyli atirgul bog‘i mavjud.

*** Maqola chop etilayotgan paytda, Kostroma viloyatida mahalliy aholi uchun o‘z-o‘zini yakkalash rejimi bekor qilindi, endi ochiq osmon ostidagi muzeylarga, ba’zi park va maydonlarga, kafe verandalariga tashrif buyurish va mehmonxonalarda qolish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0