17:59 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
113311

AQShda ishlab chiqarilgan "Patriot" zenit-raketa majmualari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodni yamanning xusiy isyonchilarining havo hujumidan himoyalay olmadi va oʻzining "kechagi kun quroli" ekanligini navbatdagi bor tasdiqladi.

Yamanning "Ansor Alloh" harakati isyonchilari ("Alloh yordamchilari", hussiylar) 23 iyun kuni Saudiya Arabistonidagi obʼyektlarga hujum qilishdi, bu haqda ochiqchasiga eʼlon qilib, oʻz qurolining Amerika Patriot ZRKga nisbatan ustunligini namoyish etishdi.

Xusiylar nazoratidagi hududdan bir nechta jangovar uchuvchisiz apparatlar va raketalar uchirilgan, ular 700 km dan oshiq masofani, havo hujumidan mudofaa tizimlari pozitsiyasi hisoblangan uchta hududni yengib oʻtib, Ar-Riyoddagi nishonlarni barbod qildi. Reuters xabariga koʻra, xusiylar raketa va dronlari armiya shtabi, mudofaa vazirligi va aviabazaga yoʻnaltirilgan boʻlgan.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi havo nishonlari yoʻq qilinganini maʼlum qildi, ammo alohida olingan hujum dronlari (yoki raketalari) Ar-Riyodda oʻz vazifasini bajarganligini taxmin qilish qiyinmas. Guvohlar Saudiya poytaxtida ikkita kuchli portlash va quyuq tutun yuzaga kelgani haqida gapirishdi (xusiylarning oʻtgan yilgi Abkayk va Xur neftni qayta ishlash zavodlariga hujumi ancha dahshatli va jiddiyroq oqibatlarga olib kelgan).

Versiyalardan biriga koʻra, Patriot tizimlari hujum dronlarini oʻziniki deb aniqlagan va ularni oʻtkazib yuborgan. Ehtimol, Patriot havodan hujum mudofaasi va raketaga qarshi tizimining identifikatsiya tizimi buzilgan yoki radioelektron kurash tizimi yordamida bostirilgan. Eng yomoni, texnologik jihatdan nomukammal "Patriotlar"past kontrastli havo nishonlarini payqamagan boʻlishi ham mumkin.

Qanday boʻlmasin, Saudiya Arabistonining yamanlik xusiylar bilan mojarosi tobora yuqori texnologiyali va butun mintaqa uchun xavfli boʻlib bormoqda. Shu bilan birga, Amerika qurollarining miqdoriy oʻsishi (shu jumladan qoʻshimcha Patriot havo mudofaasi batareyalari va yangi pozitsion hududlari) hech narsaga taʼsir qilolmayapti.

Patriot endi avvalgiday emas

Xusiylar Mudofaa vazirligi va Saudiya Arabistonidagi Qirol Salmon aviabazasiga hujum qilganliklarini taʼkidlamoqda.

Koalitsiya maʼlumotlariga koʻra, 23 iyun kuni ertalab Yaman isyonchilari tomonidan Ar-Riyod, Najran va Jizan shaharlari tomon uchirilgan toʻrtta ballistik raketa va bir nechta kamikadze-dron urib tushurilgan. Zarba vositalarining umumiy soni nomaʼlum, xusiylar hali yakunlanmagan "keng koʻlamli operatsiya" haqida gapirishgan edi. Toʻliq maʼlumot berilmayapti.

Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning kuzida isyonchilar 18 ta dron va 7 ta qanotli raketani qoʻllashgan. Xusiylar vakili yangi "Kasef" va "Sammad-3" dronlarining 1700 km masofani bosib oʻtish qobiliyatini taʼkidlab oʻtgan edi.

Bu yerda bir narsani tushunish juda muhim: parvozning bunday masofasida Yaman kamikadze-droni Saudiya Arabistoniga istalgan yoʻnalishdan (masalan, Ar-Riyodga Qatar tomonidan kirishi mumkin) hujum qilishi mumkin va bunda Patriot majmualari foydasiz boʻladi, chunki ular osmonni cheklangan sektorda (90 daraja) nazorat qila oladilar va hatto eshelonlar soni havo mudofaasi sifatiga taʼsir qila olmaydi. Patriot kompleksi samolyotlar, ballistik nishonlar va oʻrta masofaga moʻljallangan raketalarni yoʻq qilishga moʻljallangan. Nisbatan kichik zarba beruvchi dronlar va qanotli raketalarini nishoniga olib boʻlmaydi.

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo avvalroq quyidagini aytib oʻtgan edi: "Hatto dunyodagi eng yaxshi tizimlar ham, doim ham nishonlarni urib tushirolmaydi".

Agar ular oldindan eng zoʻr emasligini hisobga olsak, Saudiya Arabistonidagi obʼyektlarga yamanlik xusiylarning zarbalarini qaytarib boʻlmasligi turgan gap. Raketa qurollari va zarba dronlari dunyoning barcha mamlakatlarida jadal rivojlanmoqda, Amerikaning Patriot havo mudofaasi tizimini takomillashtirish esa koʻp yillar davomida joyida qatib turganga oʻxshaydi.

RAS-2 va RAS-3 modifikatsiyalarida jadal texnologik yutuqlar yoʻq. RAC-3 loyihasi hech boʻlmasa “tezlashtirilgan” radiolokatsion stantsiyani va yangi raketani oldi, boshqa yangilanishlar esa faqat baʼzi komponent va agregatlar almashishiga taadduqli holos. Pentagon Patriot-ning yangi kompleksini 2030 yillarning boshlariga qadar ishlatishni rejalashtirmoqda, va bu kelajakka nisbatan eng optimistik nazar.

Taktik va texnik xususiyatlarga koʻra, Patriot soatiga 2500 kilometrgacha tezlikda, 100 kilometrgacha masofada (ballistik - 25 kilometrgacha) va 25 kilometrgacha balandlikda (ballistik - 11 kilometrgacha) uchayotgan havo nishonlarini yoʻq qilishga qodir. Zenit-raketa tizimi bir vaqtning oʻzida 8 ta nishonni oʻqqa tutishi mumkin.

Majmuaning reaktsiya vaqti 15 soniyani tashkil etadi (bu juda sekin - shu vaqt ichida nishon 10 km masofaga uchishi mumkin), shu jumladan raketaning nishonning moʻljal chegarasiga yaqinlashganida uchirilishi vaqti. Patriot zenit-raketa tizimi radarlari 90 graduslik burchak nazoratiga ega va ehtimoliy havo nishonlari paydo boʻlishi yoʻnalishiga qaratiladi (hech qanday aylanma nazoratga ega emas).

Kamtarona xususiyatlar jangovar foydalanishdagi eng muvaffaqiyatli boʻlmagan tajriba bilan uygʻunlashadi. Shunday qilib, 1991 yil boshida Iroq tomonidan uchirilgan ("Skad" R-17) 91 ta raketadan (antikvariat), amerikaliklar 158 ta zenit raketalari evaziga atigi 45tasini urib tushirishga muvaffaq boʻlishdi. Nishonni ushlashning qisqa masofasi va balandligi Amerika majmuasining muhim kamchiliklaridan biri boʻldi – qamralinadigan obʼyektdan 20 km uzoqlik va 7 km balandlikda nishonga olishi. Rossiyaning "Vityaz" S-350 zamonaviy tizimi kabi analoglar bilan har qanday taqqoslash nooʻrindir, texnologiyalar sohasida bu juda fantastik farq (radiolokatsion stantsiya nazorati koʻlami, javob tezligi, zarba beriladigan nishonlar soni, balandliklar diapazoni va zarba berish masofasi).

Shu bilan birga, bitta Patriot zenit-raketa tizimi xalqaro bozorda narxi 1 milliard dollarga teng. 2017 yilning oʻzida AQSH Saudiya Arabistoniga 110 milliard dollarlik qurol sotdi, bu insoniyat tarixidagi eng yirik qurol sotish bitimi. Ehtimol, bu pulning sezilarli qismi havoga sovurilgan - Amerika mudofaa sanoatining havo mudofaa tizimidagi "reklama roliklari"ning davomi yoʻq. Yaponiyaning Aegis Ashore Amerika raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olish va uni oʻz hududiga joylashtirishdan bosh tortgani bejiz emas.

Mahalliy ishlab chiqarishmi?

Yaman isyonchilar harakatining Eronparast ekanligini taʼkidlash yoki ularni Eron qurollari bilan taʼminlanishi yana bir bor taʼkidlash - haqiqatni soddalashtirishni anglatadi.

Texnologik jihatdan, xusiylar ancha mustaqil boʻlib, dengizda ishonchli harbiy harakatlar olib borisha oladi va avvalroq Saudiya Arabistoni va arab koalitsiyasi bilan urush uchun moʻljallangan yangi, oʻzida ishlab chiqilgan dronlar va raketalarning toʻliq koʻrgazmasini taqdim etdi. Eʼtibor berish joiz, ushbu havo hujumi vositalari yuzlab kilometrlarni bosib oʻtib, aniq nishonga (alohida bino, zavod) zarba berishi mumkin.

Yamandagi qurolli mojarolar mamlakat shimoli va janubidagi dinlararo, siyosiy va mintaqaviy qarama-qarshiliklardan kelib chiqadi va uning harbiy yechimi yoʻq. Sunniylar (salafiylar) va shialar (xusiylar) oʻrtasidagi toʻqnashuvlar uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Harbiy harakatlar mexanikasi oʻta oddiy: bir tomondan Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan shia-xusiylar, ikkinchi tomondan Saudiya Arabistoni qoʻllab-quvvatlaydigan sunniylar. Yaman shimolida neft konlari mavjud, janubda esa uglevodorod tranziti uchun muhim boʻlgan Aden porti joylashgan va bunda Ar-Riyodning "oqimlarni" nazorat qilish istagini mantiqan tushunsa boʻladi.

Eslatib oʻtaman, 2015 yilda isyonchi-hussiylar amaldagi prezident qochganidan keyin hokimiyat va poytaxt Sanani qoʻlga oldi. Saudiya Arabistoni AQShning roziligi va BMTning ruxsatisiz BAA, Bahrayn, Quvayt, Qatar, Iordaniya, Misr, Pokiston, Marokash va Sudanning qurolli yordami bilan Yaman "xuntasiga" qarshi harbiy amliyotni boshladi. Koalitsiya qochqin hukumatga yon bosmoqda.

BMT bunda konstruktiv rol oʻynamaydi, faqat ahyon-ahyonda taraflarni tinchlikka chaqiradi. Mintaqaviy dispetcher maqomiga AQSH daʼvogarlik qilmoqda. Yamandagi fuqarolar urushi olti yildan buyon davom etmoqda va arab koalitsiyasining aralashuvi harbiy harakatlarning avj olishiga olib keldi, xolos.

Asosiy mavzular