23:15 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Analitika
Havola olish
128910

Siyosatshunos Mars Sariyev Markaziy Osiyo mamlakatlarda joylashtirilgan biolaboratoriyalar faoliyatida yashiringan xatarlar haqida soʻzladi

Sputnik Qirgʻiziston radiosiga bergan intervyusi davomida ekspert mintaqada bir nechta biolaboratoriyalar faol ishlab turganligini aytdi.

"Bu kabi obʼyektlar Oʻzbekiston va Qozogʻistonda, shuningdek, MDHning boshqa davlatlarida ham bor. Ular haddan ziyod yopiq va Pentagon tomonidan moliyalashtiriladi. Laboratoriyalar joylashtirilgan davlatlar vakillari u yerga kira olishmaydi, barcha ishlar esa maxfiylik xarakteriga ega. Bunday holat juda sergak torttiradi: axir Gruziya va Ukrainada bir necha yil oldin ushbu region uchun xos boʻlmagan kasalliklar - tropik mamlakatlardagina uchraydigan infektsiyalar avj olishi qayd etilgani esimizda. Bu mamlakatlarda ham amerikaliklar soyasi ostida faoliyat yuritadigan biolaboratoriyalar bor", - deya taʼkidladi Sariyev.

U shuningdek, bu kabi laboratoriya dunyoda yaxshi nom bilan mashhur boʻlmagan Xitoyning Uxanida ham mavjudligini eslatib oʻtdi.

"Ekspertlar koronavirus yoki boshqa kasalliklarning tarqalishi aniq bir maqsadlarda sodir etilgani haqida gapirmaydilar, lekin shunday holat ham ehtimoldan holimas. Oʻylashimcha, u yerda xavfli shtammlarning sizib chiqib ketishi sodir boʻlgan, lekin bu tahdidni kamaytirmaydi. Shu oʻrinda, eslatib oʻtishim joizki, bizda ham bu singari biolaboratoriyalar qurilishiga taʼsir oʻtkazishga bir necha bor urinishlar boʻlgan, faqatgina qirgʻizistonliklarning faol pozitsiyasi bunga yoʻl qoʻymadi", - dedi siyosatshunos.

Uning soʻzlariga koʻra, tushunmovchilik oldini olish uchun huquqiy maydon doirasida harakat qilish lozim.

"Markaziy Osiyo hududida joylashgan laboratoriyalar xalqaro bitimlar doirasida paydo boʻlgani tushunarli, ammo ularning faoliyati maksimal ochiq va shaffof boʻlmogʻiga erishmoq darkor. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar va shart-sharoitlarning xavfsizlik darajasi bilan tanishishi uchun laboratoriyalarga mustaqil mutaxassislar, fuqarolik hamjamiyati vakillari kiritilishini taʼminlash lozim. Faqat shundagina bu masalada ortiqcha boʻlgan boʻhtonlarni istisno etgan boʻlamiz", - deya qayd etdi Sariyev.

Ekspert soʻzlariga koʻra, bu singari talablar mintaqada koronavirus tarqalishi va yangi infektsiyalar paydo boʻlishi xavfi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, turli davlatlarda bir necha yillar davomida ekspertlar tilga olib kelayotgan global bakteriologik urush xavfi haqida ham unutish yaramaydi.

Asosiy mavzular