22:44 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
505 0 0

Spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida otaxon va yosh yigit oʻrtasida janjal yuzaga kelgan. Yigit otaxonning qoʻlidan armatura boʻlagini tortib olib, uni bosh, koʻkrak, qorin sohalariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Buxoroda keksa va yosh yigit bir-birini doʻpposladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, 2 iyul kuni erta tongda Shofirkon tumani IIBga tuman kasalxonasi tomonidan 24 yoshli M.F. va 65 yoshli YA.N., lar tan jarohatlari olib, murojaat qilganliklari toʻgʻrisida xabar berilgan.

Prestupnik za reshetkoy
© Sputnik / Yekaterina Chesnokova

Mazkur xabar asosida hodisa sodir boʻlgan joyga tergov-tezkor guruhi yuborilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha otaxon oʻz uyida yosh yigit bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgach, oʻrtalarida kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Chol janjal davomida temir armatura boʻlagi bilan M.F., ni bosh qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. 

Shundan soʻng M.F. YA.N., ning qoʻlidan temir armatura boʻlagini tortib olib, uni ham  tanasining bosh, koʻkrak, qorin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan, YA.N. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish boʻlimida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan M.F., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular