Pandemiyadan so‘ng hayot ikki ssenariy bo‘yicha rivojlanadi. Dunyo qay birini tanlaydi?

© REUTERS / Rupak De Chowdhuri Rabochie v zashitnix maskax v magazine, torguyushem jeleznimi trubami na optovom rinke v Kalkutte, Indiya
Rabochie v zashitnix maskax v magazine, torguyushem jeleznimi trubami na optovom rinke v Kalkutte, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirus pandemiyasi tufayli Yer yuzida hayot ikkita ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin, deb hisoblaydi. Sputnik radiosi efirida shifokor-terapevt Olga Kashubina ulardan qay biri yuz berishi ehtimolga yaqinligi haqida gapirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirus pandemiyasi tufayli Yer yuzida hayot ikkita turli ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin, deb hisoblaydi. Aftonbladet nashri uchun yozgan maqolada u optimistik va pessimistik prognozlarni bayon etgan.

Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom inostrannix del Respubliki Koreya Kan Gon Xva. - Sputnik O‘zbekiston
Koreyaning COVID-19 ga qarshi amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqboli muhokama qilindi

Optimistik ssenariylarga ko‘ra, barcha mamlakatlar COVID-19ni yenga oladi va yaqin to‘qqiz oy davomida barcha uchun cho‘ntakbop vaksina ishlab chiqariladi.

Bu ketishda dunyo ikki-uch yildan so‘ng normal hayotga qaytadi, deb hisoblaydi Guterresh.

Agar yomon ssenariy asosida borilsa – koronavirus tarqalishda davom etadi, vaksinani esa faqatgina rivojlangan davlatlar oladi - bu esa segregatsiya, populizm va ksenofobiyani kuchaytiradi va dunyoni besh-yetti yilga global tushkunlikka keltiradi, deya ta’kidlaydi BMT bosh kotibi.

Sputnik radiosi efirida vrach-terapevt, tibbiyot sohasi jurnalisti,  "Koronavirus: qanday himoyalanish mumkin" kitobi muallifi Olga Kashubina ushbu ssenariylarning qay biri ehtimolga yaqinligi haqida so‘z yuritdi.

Skulptura narodnogo geroya Turkmenistana u monumenta Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus rasman yo‘q, deb e’lon qilingan Turkmanistonda ish boshladi

"Men dunyo birinchi ssenariy bo‘yicha borishiga ko‘proq aminman, chunki, meni nazarimda - rivojlangan va rivojlanmagan davlatlar ham vaksinani qo‘lga kiritishdan manfaatdor. Shu bois, vaksinani ishlab chiqarishga monopoliya bo‘ladi, deb o‘ylamayman: agar qaysidir davlat o‘z vaksinasi bilan bo‘lishishni xohlamasa, boshqa bir ishlab-chiqaruvchi topiladi, deb o‘ylayman. Bu raqobat, vaksina poygasi bizga qo‘l keladi. Oxir-oqibat BSST hattoki eng qashshoq davlatlarga ham vaksina xarid qilinishi borasida g‘amxo‘rlik qiladi", - dedi Olga Kashubina.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat pandemiyadan o‘ziga xos saboq oladi.

"Men ushbu o‘zgarishlar yaxshilikka bo‘ladi, deb o‘ylashni yoqtiraman. Meni fikrimcha, bu pandemiyaga qadar, hammamiz beg‘am bo‘lganmiz va bizga hech narsa tahdid solmaydi, biz tabiat podshohimiz, bizda hammasi yaxshi, deb o‘ylaganmiz. Pandemiya esa - bu xavfsizligimiz, dunyo bo‘ylab harakatlarimizni tahlil qilish, sanitar qoidalarga qanchalik amal qilinayotgani haqida o‘ylab ko‘rish uchun yaxshi sabab bo‘la oladi. Meni fikrimcha, tibbiyotga urg‘u beriladi, negaki, bugunga kelib ko‘pchilik farovonligimiz aksariyat hollarda sog‘liqni saqlash tizimining sifatli va tartibli faoliyatiga bog‘liq ekanligini anglab yetdi. Biz ko‘pgina davlatlarda bu tizim ishlamayotganini ko‘rdik. Meni fikrimcha, ular bundan xulosa chiqaradilar va o‘z munosabatlarini o‘zgartiradilar. Meni nazdimda, insoniyat bu voqeadan saboq chiqaradi", - deya xotima qildi Olga Kashubina.

Yangiliklar lentasi
0