22:28 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Analitika
Havola olish
151521

Rossiya yakka oʻzi tank qurilishi sohasida texnologik inqilobni amalga oshirdi va haqli ravishda katta iqtisodiy va harbiy-siyosiy dividendlar olishni kutmoqda.

Rossiya xalqaro qurol bozorida raqobatchilarni siqib chiqarishni davom ettirmoqda va dunyoda analogi boʻlmagan modelni - uchinchi avlod Armata T-14 tankini targʻib qilmoqda. Bu Rossiya mudofaa sanoatining muvaffaqiyatli rivojlanayotganini va jangovar mashinaning texnologik mukammalligini anglatadi. 

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev 6 iyul kuni Moskva Armata T-14 soʻnggi tanklarini eksport qilish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Rossiya yuqori talabga ega va raqobatchilar mahsulotlarini siqib chiqaradigan qurollarning nihoyatda mustahkam va samarali namunalarini sotadi.

Qizigʻi shundaki, bu dunyoda urushdan keyingi uchinchi avlod yagona tanki. Hatto Rossiya Mudofaa vazirligi ham hozirgacha 132 ta noyob zirhli texnika vositalariga (T-14 tanklari va “Armata” platformasidagi piyodalar ogʻir T-15 mashinasi) buyurtma berishga muvaffaq boʻldi. Yetkazib berish 2021 yil oxiriga kutilmoqda. Chet el sotuvlari RF Mudofaa vazirligi buyurtmasi amalga oshirilganidan keyin va mashinaning eksportbob koʻrinishi tasdiqlangandan keyin boshlanadi (mutaxassislar chet elga nima ketishi mumkinligini va qaysi elementlar faqat Rossiya qoʻshinlari tomonidan ishlatilishini aniqlamoqdalar).

Yuqori texnologiyali tankning narxi arzon emas – bir donasi uchun 7 million dollargacha, “Armata”ga Misr, Hindiston, Xitoy qiziqish bildirishgan (dastlabki arizalar qabul qilindi). Darvoqe, xorijning taniqli tanklari - Amerikaning “Abrams”, Frantsiyaning “Leklerk”, Germaniyaning “Leopard”, Isroilning “Merkava” tanklari  6-12 million dollar narx oraligʻida sotilmoqda.

Ehtimoliy mijozlar

Avvalroq, Misr 400-500 dona Rossiyaning yangi T-90MS tanklarini sotib olishga qaror qildi va kelajakda T-14ga buyurtma berish ehtimoli ham bor. Hindiston “Armata”ni koʻrib chiqayotgan holda 1770 tagacha zamonaviy tanklarni sotib olishni rejalashtirmoqda, shartnoma dastlabki summasi 442 milliard rublga baholanmoqda. Shubhasiz, Xitoy ham chetda qolmaydi.

Rossiyaning soʻnggi tankining MDH davlatlariga eksport hajmi hali aniqlanmagan. Albatta, T-14 MDH mamlakatlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ilgari Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston va Oʻzbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan zirhli texnikalarni faol ravishda sotib olishgan.

Rossiya global qurol bozorining uchdan bir qismini tinch yoʻl bilan egallab oldi. Bugungi kunda “Rosoboroneksport” portfelida buyurtmalar miqdori 55 milliard dollarga teng (dunyoda AQShdan keyin ikkinchi oʻrin). Rossiya qurollari eksportining qariyb 15% quruqlikdagi texnikaga toʻgʻri keladi. RF yangi tanklar bozorida tan olingan yetakchi boʻlishga muvaffaq boʻldi. Gʻarbda T-90 tankini “Rossiya mudofaa eksportining halokatli ilgʻori” deb atashlari bejiz emas, yaqin yillarda Uralvagonzavod buyurtmachilarga 2500ga yaqin T-90MS tanklarini yuboradi. Soʻngi T-14 eksport gʻalabalarining munosib vorisi boʻlishi muqarrar.

Texnologik ustunlik

T-14 dushman bilan bevosita yaqinlikda jang qilishga, motooʻqchi boʻlinmalarining hujumini qoʻllab-quvvatlashga, istehkomlarni vayron qilish, boshpanalarda va ochiq joylarda joylashgan dushman tirik kuchini yoʻq qilishga moʻljallangan. “Armata” tanki Suriya Arab Respublikasi hududidagi jangovar vaziyatda sinovdan oʻtkazildi, iyul boshida esa u haydovchisiz rejimda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi.

Noyob jangovar mashina haydovchisiz minora, ekipaj uchun zirhlangan kapsula, 125 mm kalibrli qurol (NATOning 120 mm qurolidan ustunroq), modulli konstruktsiya va robotlashtirish uchun asos boʻla oladigan ochiq raqamli arxitekturaga ega. Kelajak - Rossiyada muvaffaqiyatli ishlab chiqilayotgan elektromagnit qurolga ega ekipajsiz (haydovchisiz) tanklarniki.

T-14-da nishonga oluvchi-operatori va tank komandiri qurollarni raqamli interfeyslar orqali boshqaradi (triplekslar - bu oʻtmish sarqiti). Tankning jangovar kuchining asosi – kuchaytirilgan zarba kuchiga ega 2A82-1M rusumli 125 millimetrli tekkis stvolli toʻp (jangovar komplekt oʻz ichiga jaʼmi 40 dona snaryad va boshqariluvchi raketalarni oladi).

T-14 tankining eshelonli mudofaa tizimi tarkibiga “Afganit” faol mudofaa tizimi (dunyoda yagona reaktiv va raketali tankga qarshi oʻq-dorilar va zirhni uradigan podkaliber snaryadlar bilan kurashish qobiliyatiga ega boʻlgan tizim), nishonga olishning har qanday tizimlariga ega oʻq-dorilarga qarshi pardalar (hamma rakursda, shu jumladan quyi yarimsferada), shuningdek “Malaxit” dinamik himoya kompleksi (kumulyativ va kinetik snaryadlarning zarba berish harakatiga qarshi kurashadi) kiradi. Yakuniy himoya chizigʻi - uygʻunlashtirilgan, oqilona nishob burchaklariga ega koʻp qatlamli zirh.

“Armata” butunlay yangi konstruktsiyadagi dunyodagi birinchi tank boʻlib, butun elektromagnit spektrda koʻrinishni kamaytirish uchun “stels-texnologiyalar”ni birinchi boʻlib oldi. Mashina Bortdagi birlashtirilgan axborotni boshqarish tizimi (BIUS) bilan jihozlangan, u boshqa boshqaruv tizimlari bilan bogʻlanishga qodir. Yaʼni, jang maydonidagi har bir T-14 ekipaji yakka oʻzi harakat qilmaydi-da, balki Yagona taktik zanjirni boshqarish tizimida ishlaydi. Bundan tashqari, ogʻir “Armata” toifasidagi yagona oʻrmalovchi bazasida texnologik “yaqin” T-15 piyodalar jangovar mashinasi va T-16 zirhli taʼmirlash-evakuatsiya mashinasi yaratildi.

Konstruktsiyasi boʻyicha T-14 ga oʻxshash tankning gʻoyasi, yetakchi mamlakatlar mutaxassislari yigirma yildan beri koʻrib chiqilmoqda. Oldinga siljish bor, lekin faqat Rossiya tayyor seriyali mahsulotini taqdim qila oldi. Taqqoslash uchun, AQShda Future Ground Combat System (kelajak yer usti jangovar tizimi) soddalashtirilgan oʻrmalovchi platformasi endi ishlab chiqilmoqda, «Strayker» (MobileGunSystem) haydovchisiz minoraga ega gʻildirakli jangovar zirhli mashinasi esa tank emas.

“Armata”ning dunyoda toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatchilari yoki analoglari yoʻq. Oʻtgan yili T-14 eng rivojlangan mamlakatlarning eng yaxshi 12 ta mashinasidan eng yaxshisi deb topildi. Rossiya yakka oʻzi mubolagʻasiz, tank qurilishi sohasida texnologik inqilobni amalga oshirdi va haqli ravishda katta iqtisodiy va harbiy-siyosiy dividendlarni olishni kutmoqda.

Asosiy mavzular