06:30 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
145 0 0

Rossiya universitetlari masofaviy shaklda ishlashni davom ettirmoqda va chet ellik abituriyentlar oʻz eshigini ochmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya universitetiga internet orqali hujjat topshirishi mumkin.

TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Sibir federal universiteti (SFU) - Rossiyaning Osiyo qismidagi eng yirik universiteti boʻlib, u mamlakatning eng yaxshi universitetlari yigirmataligidan oʻrin olgan. SFU yuzlab rus va chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilib, ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilarga boʻlgan talab boʻyicha Rossiyaning oʻnta eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda universitetda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, shu jumladan, dunyoning 52 mamlakatidan (MDH, Yaqin Sharq, Afrika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo, Okeaniya) mingdan ortiq chet ellik talabalar, tinglovchi va stajyorlar.

Xorijiy talabalarning 35 nafari oʻzbekistonliklar: 27 nafari bakalavr yoki mutaxassislik boʻyicha asosiy oʻquv dasturlarini egallamoqda, 7 nafari magistraturada va bir nafari aspiranturada. Iqtisodiyot, menejment va neft-gaz ishi kabi yoʻnalishlar oʻzbekistonlik talabalar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish tafsilotlari bilan universitet saytida batafsil tanishish mumkin.

Vatandoshlar toifasiga kiruvchi (ota-onalari SSSRda tugʻilgan) Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya fuqarolari bilan bir qatorda byudjet oʻrni uchun tanlovda qatnashishlari mumkin. Bundan tashqari, chet ellik abituriyentlar pullik taʼlimni tanlab istalgan yoʻnalishga kirishlari mumkin. Chet elliklarni qabul qilish tafsilotlari - universitet portalida.

Qabul paytida va oʻqish mobaynida qoʻllab-quvvatlash

Chet ellik abituriyentlar oʻqishga kirishda imtiyozlarga ega: universitet ularga oʻqish joyiga yetib borish xarajatlarini qoplab beradi va tibbiy sugʻurta olib beradi, yuqori ball toʻplaganlar uchun esa oʻqish narxlarida chegirmalar taqdim etiladi. Bu haqda SFU Xalqaro hamkorlik boʻlimi rahbari Anna Mezit maʼlum qildi.

“Bizning faxrimiz bu universitet infratuzilmasi: 24 ta oʻquv binosi, koʻrkam zamonaviy kutubxona, kongress zali, koʻp tarmoqli sport majmuasi, tibbiyot markazi. Soʻnggi besh yil ichida kampusda toʻqqizta yotoqhona binosi qurildi. Bugungi kunda SFU yotoq fondi 11,5 ming talabani qabul qilishga qodir 30 ta yotoqxonani oʻz ichiga oladi, bu boshqa shaharlik va chet ellik talabalarning uy-joyga ehtiyojlarini toʻliq qoplaydi”, - dedi u.

Anna Mezitning taʼkidlashicha, SFU xorijiy talabalarni qoʻllab-quvvatlash bilan faol shugʻullanadi. Xodimlar ularga koʻp masalalarni hal qilishda yordam berishadi, masalan, qish uchun issiq kiyimlarni tanlash, bankka yoki shifokorga birgalikda borish.

“SFU koʻngillilar markazi chet ellik talabalar uchun ekskursiyalar oʻtkazadi, ularni rus madaniyati bilan tanishtiradi, suhbatlar klubini tashkil qiladi. Bizning oʻz Xalqlar doʻstlik markazimiz bor - bu chet el fuqarolarining talabalar uyushmasi boʻlib, u barcha moslashuv tadbirlarini oʻtkazadi. Ammo asosiysi - doʻstlik va bir-biriga gʻamxoʻrlik. Baʼzan menga talabalarimiz uyushmalari bir oila kabi yashayotganga oʻxshaydi”, - dedi u.

SFUda chet ellik talabalar uchun tayyorlov boʻlimi mavjud boʻlib, unda talabalar rus tilini oʻrganishlari mumkin. Har yili SFUning Filologiya va til kommunikatsiyalari institutiga turli mamlakatlardan koʻplab talabalar til amaliyotini oʻtash uchun kelishadi. Bu yerda “lingvistika” va “filologiya” yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistratura dasturlarida tilni professional ravishda oʻrganish mumkin.

“Barcha chet ellik birinchi kurs talabalari uchun universitetda rus tilida bepul moslashuv kursi tashkillashtirilgan: talabalar ilmiy nutq uslubini mustahkamlaydilar, grammatikani takrorlaydilar”, - deb qoʻshimcha qildi Anna Mezit.

Uning soʻzlariga koʻra, SFUning barcha chet ellik bitiruvchilari oʻz vatanlarida osongina ish topishadi: ular tarjimon, muhandis, iqtisodchi va boshqa mutaxassisliklarda ishlaydi.

“Koʻpincha sobiq talabalarimiz bizning mamlakat va oʻz mamlakatlari oʻrtasidaga oʻzaro hamkorlik oʻrnatish bilan shugʻullanadilar. Ularni koʻp yillardan keyin ulgʻaygan, muvaffaqiyatli boʻlganlarida koʻrish juda yoqimli”, - dedi u.

Tajribada sinalgan

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavr dasturini tamomlagan Shahzod Shoymardonov SFUga “sanoat majmualari moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaga oʻqishga kelgan va u birinchi yilini muvaffaqiyatli yakunladi.

“Maktab yillaridayoq men iqtisodiyot va uning tarkibidagi jarayonlar bilan qiziqib qoldim. Bu soha shunchalar oʻzgaruvchan va qiziqarliki, u meni har doim hushyor turishga va vaqtdan oldin oʻylashga undaydi. Ilmiy muhitda rivojlanishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻydim, shuning uchun oʻqishni Rossiyada davom ettirishga qaror qildim. Aynan Rossiya yuqori malakali kadrlarni shakllantiradigan ilm maskani deb hisoblayman”, - dedi u.

Oʻqishdan tashqari Shahzod ilmiy va jamoat loyihalarida faol ishtirok etadi. Rossiyada oʻqishi mobaynida iqtisodiyot va boshqaruv sohasidagi yutuqlari uchun u Gadalovlar sulolasi nomidagi Oʻlka stipendiyasi sovrindori boʻldi, Krasnoyarsk shahar xalq deputatlari Kengashi Yoshlar majlisiga saylanib, “SFU yil talabasi” unvoniga sazovor boʻldi.

“Menga universitetda doʻstlar orttirish juda oson kechdi, kursdoshlarim ajoyib, mehribon, aqlli va koʻp qirrali shaxslardir. Bizning mashgʻulotlardagi ilmiy munozaralarimiz shunchalar qiziqarliki, darsda vaqtimiz tez oʻtganini sezmay ham qolamiz. Ehtimol, menga omad kulib boqdi va men ular bilan kelajakda ham aloqada boʻlishni xohlayman. Men bu yerda har bir talabaga nisbatan alohida munosabat va individual yondashuvni kuzataman. Men taʼlimni Rossiyada tanlaganimdan hech afsuslanmayman,” - dedi u.

Shahzod Shoymardonov Rosfinmonitoring va Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi oʻrtasidagi davlat shartnomasi asosida tahsil olmoqda va oʻqishni tugatgandan soʻng Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sohasida ishlashni rejalashtirmoqda.

Universitetga sirtdan nazar

SFU keng qamrovli taʼlim yoʻnalishlariga ega boʻlgan koʻp tarmoqli universitetdir. Bu yerda 90 bakalavr va mutaxassislik dasturlari, shuningdek, 144 magistrlik dasturlari boʻyicha oʻqish mumkin. Universitetda oʻquv dasturlari rus va ingliz tillarida olib boriladi.

SFUda ikki mingdan ortiq malakali oʻqituvchilar ishlaydi, ulardan 1833 nafari fan doktorlari va nomzodlaridir. Har yili universitetga 400 dan ortiq taklif etilgan professorlar, shu qatorda Angliya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, AQSH va boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlari tashrif buyurishadi.

Universitet yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi va innovatsion texnologiyalarni yaratadi. OTM ilmiy loyihalari sanoat texnologiyalari, yoʻldosh tizimlari, nanotexnologiya va keng koʻlamli investitsion loyihalarini ekologik taʼminlash bilan bogʻliq.

SFU - Rossiyadagi dunyodagi eng taniqli ixtisoslashtirilgan oʻquv muassasasi - Institut Paul Bocuse bilan kelishuv asosida "Gastronomiya oliy maktabi" noyob dasturini amalga oshiradigan yagona oliy oʻquv yurti. Boʻlajak bitiruvchilar – usta oshpazlar, menejment boʻyicha Rossiya diplomini va Institut Paul Bocuse xalqaro diplomini olishadi.

Hozirgi vaqtda SFU Oʻzbekistonning oltita universiteti bilan hamkorlik qilmoqda, ikki tomonlama ilmiy tadbirlarda qatnashmoqda. Universitetga Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasi va konsulliklari delegatsiyalari tashrif buyurishadi.

SFU Times Higher Education (THE) va Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentliklarining dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoriga kiradi, shu jumladan fizika va muhandislik fanlari boʻyicha 801+ oʻrinini egallaydi. Shuningdek, SFU beshta yetakchi milliy reyting agentliklarining Rossiyaning eng yaxshi 20 universiteti qatoriga kiradi.

Teglar:
talabalar, oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular