08:09 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
585 0 0

Litva oʻz hududida RT-ning beshta kanalini translyatsiyasini taqiqladi. Bu Latviya hukumati shunga oʻxshash qadam qoʻygandan bir hafta oʻtgach roʻy berdi. Navbatda - Estoniya, uning tashqi ishlar vaziri ham shunga oʻxshash chora qoʻllanilishini istisno qilmadi.

 

Bu masala boʻyicha Tallinning alohida pozitsiyasi imkoniyatlari unchalik katta emas ham: uchchala “Boltiqboʻyi yoʻlbarslari”ning Rossiyaga qarshi anʼanaviy kelishuvi va respublikada Sputnik agentligi ishlashiga toʻsiqlarni yaratishda Estoniya hukumati eng faol va izchil boʻlganliklarini hisobga oladigan boʻlsak. Maʼlumki, kerakli natijaga erishish uchun ular agentlik xodimlariga jinoiy taʼqib tahdidi bilan ochiqdan-ochiq quvgʻin qilishdi.

Biroq, bu voqeada eng qizigʻi Vilnyusning qarorga rasmiy asos keltirishi. Unga muvofiq, oʻz navbatida Gʻarb sanktsiyalariga uchragan Dmitriy Kiselev, RTni boshqarayotganligi media-manbaga qarshi choralar koʻrish uchun sabab boʻlgan.

Gap hatto shunda ham emas-ki, bu bayonot notoʻgʻriligi sababli Litva hukumatiga piching izohlar bilan tanbeh berildi, bu izohlar mualliflari RTning aslida Dmitriy Kiselyov boshqaradigan “Rossiya segodnya” HAA tuzilmalari bilan hech qanday aloqasi yoʻqligini esladilar.

Muhimrogʻi shundaki, xuddi shunga oʻxshashi oldin roʻy berib boʻlgan: bir hafta oldin, Latviya OAVlar boʻyicha Milliy kengashi RTning taqiqlanishini telekanallar Dmitriy Kiselyovning “amaldagi shahsiy nazorati ostida” ekanligi bilan izoh bergan edi. Keyin, xuddi shu tarzda, Margarita Simonyan va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Latviya rasmiylarining ochiqdan-ochiq professionalsizligi va oʻzlarining qarorlarini ochiqdan-ochiq safsata ekanligi haqida bayonot berishdi.

Oʻsha paytda, roʻy berganni tasodif va maʼlum bir ijrochilarning xatolariga yoʻyish mumkin edi: axir, hech bir tizim ishini tushunmaganlar va palapartish ishlaydiganlardan kafolatlanmagan. Ammo bunday vaziyatda davlatga oʻzini orqaga tortishi uncha yaxshi emas, hatto oʻz amaldorlari ochiqchasiga zarba ostiga qoʻysa ham.

Ammo Litvada ham vaziyat huddi shu tarzda qaytarilishi shuni aniq koʻrsatadiki: hech qanday tasodif boʻlmagan, boʻlmaydi ham. Bularning barchasi Latviya va Litva hukumatlarining ongli pozitsiyasidir, bunda barcha “hah, shunday qolaversin” tamoyiliga tushadi.

RT uzatilishini taqiqlash siyosiy qaror ekanligi yaqqol. Ammo buni qonuniy “tozaroq” sabab bilan tushuntirishning iloji yoʻqmidi? Albatta bor. Ammo buning uchun ular koʻproq harakat qilishi, masʼul idoralarni harakatlantirishi, qonunchilikdagi teshiklarni qidirishi kerak edi.

Bir vaqtlar aynan qabul qilinayotgan qarorlarning tashqi nuqsonsizligiga amal qilishning yuridik mohirlik kabi hususiyat Gʻarb demokratiyasining muhim kuzurlaridan biri boʻlgan. U rasmiy protseduralarga rioya qilishga moyil boʻlmagan boshqa siyosiy tizimlar fonida ancha edi.

Ammo oʻshandan beri juda koʻp vaqt oʻtdi. RT uzatilishini taqiqlash masalasida, Boltiqboʻyi mamlakatlari soʻnggi yillarda butunlay boshqa va ancha kuchli davlatlar tomonidan yaxshi yoʻlga qoʻyilgan yoʻldan yurdi.

Amerikaliklar uchun nomaʼlum kukun bilan toʻldirilgan naycha silkitishni, xalqaro hamjamiyat oldida Iroqqa bostirib kirishni oqlash uchun chindan ham mavjud boʻlgan boshqa sabablarni qidirish oʻrniga qoʻydi. Skripallarning zaharlanishi atrofida britaniyaliklar katta tomosha namoyish etdi - va ular hech qanday yaqqol, diqqat bilan qarashga loyiq boʻlgan bu “teshiklardan” xijolat boʻlishmadi. Adolatni oʻz milliy brendiga aylantirgan Niderlandi, MN17 ishi boʻyicha sud jarayonida shunday “kulbitlar”ni uyushtirdiki, bundan hayron ham boʻlib boʻlmaydi.

Nafaqat Rossiya, balki Xitoy, Eron, Venesuela va boshqa “yakkalangan mamlakatlar”ga kelsak, bunday misollar shunchalar koʻp-ki, ular allaqachon kamdan-kam uchraydigan istisnolardan odatiy holga aylandi. Bunday fonda, Litva va Latviya hukumatlarining RT translyatsiyasini taqiqlash bilan bogʻliq pozitsiyasi nihoyatda uzviy uygʻun koʻrinadi: rasmiy asos sifatida bu safsatani eʼlon qilib boshni ogʻritmasa ham boʻladi.

Bunda hatto qandaydir mantiq ham bor: Rossiyada qarshi qarashlarga ega auditoriyani “Kiselyov RTni boshqarayotgani” (huddi shu tarzda, “Skripalni Putin zaharlagani” yoki “Donbas ustida Boingni Kreml urib tushirgani”) tugʻrisida iddaolar qoniqtiradi, Rossiyaga, va uni yoqtiradigan davlatlarni esa Gʻarb oʻz tomoniga ishontirish va ogʻdirish masalasini maʼnisiz va mablagʻlar sarflashdan maʼno yoʻqligini tobora tushunib yetmoqda.

Dastlab, bu (ochiqchasiga palapartish) yondashuv Gʻarbning axborot, siyosiy, mafkuraviy va hatto maʼnaviy monopoliyasi tufayli yuzaga keldi. Aynan shu tufayli u maʼlum bir vaqtda oʻz siyosatini, Rossiya va umuman olganda, oʻz raqobatchilarga nisbatan puhtalik bilan va professional ravishda ishlab chiqish zarur deb hisoblamay qoʻydi. Natijada, u bu monopoliyani qoʻldan chiqarganini, shu jumladan vakolatlarning yoʻqolishi tufayli va “hah, shunday ham boʻlaveradi” tamoyiliga  ishonib qolganini payqamay qoldi.

Endi vaziyat yangi bosqichga oʻtdi. Hozirda xuddi shu kuchlar samarali ishlash va jiddiy malakali harakatlar qilishdan maʼno koʻrmayaptilar, chunki “oʻzimiznikilar eplanib oladi”, dushmanni esa baribir avrab boʻlmaydi.

Bu yerda ajablanarli narsa shundaki, ular jiddiy ishonadilarki (va RT boʻyicha pribaltlarning yaqindagi qarorlari buni tasdiqlaydi) bunday yuqori professional yondashuv yoki professional boʻlmagan yondashuv ularni Rossiya ustidan mafkuraviy va geosiyosiy gʻalabaga olib keladi.

Asosiy mavzular