Bu urushdan hech kimga naf yo‘q: ekspert Armaniston va Ozarbayjon mojarosi haqida

© Sputnik / Samvel Sepetchan / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon Armaniston armiyasining tayanch punktiga zarba berganini ma’lum qildi. Davlat zamonaviy rivojlanishi instituti direktori Dmitriy Solonnikov mojaroning sabablari va uning oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari Armaniston qurolli kuchlari tayanch punktiga zarba berdi, dushanba kuniga o‘tar kechasi chegaradagi vaziyat keskinligicha qoldi. Bu haqda berdi RIA Novostiga Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon TIV Qozog‘istonga nota yubordi

Avvalroq Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon dushanba kuni ertalabdan Armaniston pozitsiyalarini artilleriya qurollaridan o‘qqa tutishni boshlaganini ma’lum qilgan edi. Vazirlik rahbari shaxsiy tarkibga vazmin bo‘lishni buyurdi.

Janglar ikki mamlakat chegarasidagi Tovuz tumani hududida 12-iyul, yakshanba kuni boshlandi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi talqiniga ko‘ra, harbiy pozitsiyalar Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan o‘qqa tutilgan. Shu bilan birga, Armaniston tomoni Ozarbayjonni tayanch nuqtasini egallashga urinishda va chegarani buzishda ayblamoqda.

Sputnik radiosi efirida Davlat zamonaviy rivojlanishi instituti direktori Dmitriy Solonnikov mojaroning sabablari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi kunda ikkala tomon uchun jiddiy to‘qnashuvlardan hech qanday ma’no yo‘q. Na Armanistonga, na Ozarbayjonga keng ko‘lamli urushni boshlashni foydasi bor. Menimcha, gap qo‘mondonlikning quyi bo‘g‘inidagi biron bir kelishmovchilik haqida ketmoqda. Balki bunga qachonlardir kuzatuvchilar aniqlik kiritishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda YeXHT ushbu masalani o‘rganishda faol ishtirok etmoqda”, - dedi Dmitriy Solonnikov.

Kandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston bosh vaziri QR-kodlarda shaytonni izlamoqda

U tomonlarning bir-biriga nisbatan bildirgan ayblovlariga izoh berdi.

“Chegarani buzib o‘tish - bu jiddiy harbiy amaliyot. Bu yerda aytilishicha esa, bir necha kishi UAZ avtomashinasida chegarani kesib o‘tishga uringanligi aytilmoqda. Bu haqiqatan ro‘y bergan bo‘lsa, bu shunchaki mahalliy harbiylar tomonidan uyushtirilgan bezorilik, provokatsiya yoki ahmoqlikdir. Yoki boshqa versiya ham bor: Ozarbayjonning pozitsiyalariga qarata o‘t ochilishi - bu ham qandaydir mahalliy vaziyat. Bularning barchasi albatta tekshiriladi, ammo bu Bosh shtab yuqori idoralarida rejalashtirilmaganligi aniq”, - deydi ekspert.

Uning fikriga ko‘ra, tomonlar jiddiy to‘qnashuvlarning oldini olishlari mumkin.

“O‘ylaymanki, ikkala tomon ham ushbu mojaroning oqibatlarini minimallashtirishga harakat qiladi. So‘ng ular YeXHT orqali joriy keskinlik manbasini topishga harakat qiladilar. Katta urushdan hech kimga naf yo‘q, shuning uchun mojaro yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydilar”, - deya xulosa qildi Dmitriy Solonnikov.

Yangiliklar lentasi
0