AQSh "Xitoy muammosi"ni kuch bilan hal qilishga moyillik bildirmoqda

© Sputnik / Denis Aslanov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie SShA.
Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochiqlik va halollik hech qachon Amerika diplomatiyasining kuchli tomoni bo‘lmagan, Davlat departamenti rahbari etib shu paytgacha SRUni boshqargan Mayk Pompeo tayinlangach esa, Vashington diplomatik mashinasi uslubi ochiqchasiga "SRUga xos" o‘ta bir xunuk tus oldi.

Pompeoning o‘zi, avvalgi ish joyidagi faoliyatini tasvirlab, shunday degan: "Men Markaziy razvedka boshqarmasi direktori bo‘lganman. Biz yolg‘on gapirganmiz, biz aldaganmiz, biz o‘g‘irlaganmiz".

Sotrudniki politsii puskayut slezotochiviy gaz vo vremya protestov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShga Gongkongga qarshi sanksiyalar "kiritib ko‘rishni" taklif etdi

Biroq, bir narsani payqamaslikning iloji yo‘q: bunday yondashuv bilan u haqiqatan ham Amerika diplomatiyasini boshqarish uchun ideal nomzod edi. Ammo ba’zida hatto Davlat departamenti ham o‘z pozitsiyalarini maksimal ochiq tarzda tushuntira boshlaydi va buni ma’qullamay bo‘lmaydi, chunki xalqaro munosabatlardagi aniq ravshanlik, g‘alati to‘liq bayon qilmaslik va inson huquqlarini yoki demokratik qadriyatlarni himoya qilish singari bema’ni bahonalar ortida imperiya ambitsiyalarini yashirishga urinishdan ko‘ra shubhasiz yaxshiroqdir.

Mayk Pompeoning rasmiy bayonotini aynan shu nuqtayi nazardan o‘qib chiqish lozim, bu bayonotga ko‘ra AQSh, Xitoy va uning qo‘shnilari o‘rtasidagi Janubiy-Xitoy dengizidagi barcha hududiy nizolarga aralashishga tayyor. Rasmiy darajada birinchi marta Vashington Xitoyning bahsli dengiz hududlariga oid da’volarini tan olmasligini va AQSh Davlat departamenti bayonotida aniq ko‘rsatilgan quyidagi sabablar asosida o‘z pozitsiyasini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi: “Jahon Pekinga Janubiy-Xitoy dengizini o‘zining dengiz imperiyasi sifatida qarashiga yo‘l qo‘ymaydi. Amerika, bizning Janubi-Sharqiy Osiyodagi ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizni dengiz (shelfdagi-tahr.) resurslariga o‘z suveren huquqlari va majburiyatlariga muvofiq Xalqaro huquq asosida himoya qilishda qo‘llab-quvvatlaydi. Biz halqaro hamjamiyatni dengiz erkinligini hurmat qilish va suverenitetni himoya qilishda qo‘llab-quvvatlaymiz, shuningdek Janubiy-Xitoy dengizida yoki umuman mintaqada eng kuchlikning huquqi ustunligi prinsipini o‘rnatishga qaratilgan har qanday urinishni rad etamiz”.

Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston
Hoziroq bas qiling. Xitoy chetdan turib Gonkong ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda

AQSh aralashishga tayyor bo‘lgan mojarolar ro‘yxati juda hayratlanarli. Vashington Xitoyning Filippin da’vo qilayotgan Skarboro rifi va Spratli orollari atrofida eksklyuziv iqtisodiy zonaga egalik qilish haqidagi da’volarini rad etadi, bunda Filipinning pozitsiyasi 2016-yilda xalqaro arbitraj tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bundan tashqari, RIA Novosti ta’kidlashicha, “endilikda AQSh Vyetnam, Malayziya va Indoneziya tortishayotgan suv hududlari bo‘yicha Pekinning da’volarini ham rad etmoqda”.

Amerika diplomatlari e’tibor berishdan bosh tortayotgan istehzo shundan iboratki, AQSh Xitoydan AQShning o‘zi imzo chekishdan bosh tortgan va Vashingtonning o‘zi hech qachon bu qarorga rioya qilmagan konvensiyaga muvofiq hakamlik sudi qarorini tan olishini talab qilmoqda. Ikki tomonlama standartlar Amerika tashqi siyosatining eng sevimli vositasidir.

Amalda, Davlat departamentining pozitsiyasining bu masaladagi kuchaytirilishi AQSh va Xitoy o‘rtasida Janubiy-Xitoy dengizidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvi xavfi bir necha bor oshganligini anglatadi. Vashington deyarli Pekinni “imperiya” tuzishga urinishda aybladi va ehtimol, o‘z ambitsiyalarini har qanday yo‘llar bilan himoya qilishga tayyorligiga ishora qilib, bunga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.

Gosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy. - Sputnik O‘zbekiston
"Gonkong avtonomiyasi" Xitoy va AQSh munosabatlarini keskinlashtirmoqda

Amerikaning Axios portali ushbu mojarodagi stavkalarga ishora qilmoqda: “Har yili Janubiy-Xitoy dengizi orqali taxminan besh trillion dollarlik tovarlar olib o‘tiladi”.

Bundan tashqari, bahsli hududlarda uglevodorodlarning katta zaxiralari mavjud, ular ustidan nazorat Xitoyning energetika importiga qaramligini kamaytirishi mumkin, bu esa AQShga yoqmaydi.

Ehtimol, Davlat departamentining bayonotlariga allaqanday gazak sifatida, o‘tgan hafta Janubiy-Xitoy dengizida AQSh birdaniga ikkita aviatashuvchi ishtirokida harbiy kuch namoyishini o‘tkazdi, bu esa Pekin diplomatiyasini g‘azabini keltirib chiqardi. Associated Press xabar berishicha, “O‘tgan hafta Xitoy g‘azab bilan AQSh Janubiy-Xitoy dengizida ikki guruh aviatashuvchilari ishtirokida qo‘shma mashqlar o‘tkazish orqali dengiz strategik yo‘lida o‘z harbiy kuchlarini kuchaytirayotgani haqida shikoyat qildi. AQSh Harbiy-dengiz floti ma’lum qilishicha “Nimis” va “Ronald Reygan” aviatashuvchilari, ularga  hamrohlik qilayotgan kemalar va samolyotlar bilan birgalikda “tezkor o‘zgaruvchan operatsion hududda, dengizda joylashtirilgan samolyotlar yordamida havo mudofaasi qobiliyatini oshirish va uzoq masofali nuqtali dengiz zarbalari ko‘lamini kengaytirishga mo‘ljallangan mashqlarni o‘tkazdilar”.

Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston
Qoidalarni buzishsa SWIFT'ni o‘chiramiz. AQShga Gonkongni deb dollarning qulashi kerakmi?

Agar vaziyatga Vashington tarafdorlari nuqtayi nazaridan qarasak, ular katta muvaffaqiyatlarga erishdilar deb aytsa bo‘ladi, bu ayniqsa Xitoyning milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuni va amerikaparast Gonkong ayirmachilarining jinoiy javobgarlikka tortilishiga javoban qasd sifatida Gonkong dollari va moliyaviy tizimining qulatishga urinish muvaffaqqiyatsiz yakunlangani fonida juda yoqimli ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Bloomberg agentligiga AQSh Gonkong valyuta tizimiga hujumni ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot tushdi, bu esa Osiyoning ushbu yetakchi moliyaviy markazda ishlayotgan investorlari orasida katta hayajonga sabab bo‘ldi. Biz AQSh tomonidan bunday harakatlar juda tahdidli va AQShning o‘zi uchun ham juda xavfli bo‘lishi haqida yozganmiz va amaliyot bu baholarning to‘g‘riligini ko‘rsatdi: 14-iyulda xuddi shu Bloomberg habari beradi: “ushbu yondashuv tarafdorlari yetarlicha qo‘llab-quvvatlashga erisholmagach, (Trampning-tahr.) Oq uydagi va Davlat departamentidagi yordamchilari bu fikrdan voz kechishdi, chunki bu qadamga qarshi bo‘lganlar buni amalga oshirish juda qiyin va AQShning o‘ziga zarar yetkazishi mumkinligidan havotirlangan”.

Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida

Ehtimol, aynan Federal zahira va AQSh G‘aznachiligi Xitoyga bosim o‘tkazishning befoyda yoki juda xavfli vositasi bo‘lib qolganligi sababligina aviatashuvchilar va Davlat departamentining tajovuzkor bayonotlari kerak bo‘lib qoldi. Tarixiy tajribaga asoslansak, Janubiy-Xitoy dengizida Amerika harbiy kuchlarining namoyish etilishi borasida Xitoy elchixonasining yuqorida aytilgan “g‘azabli shikoyatlari” Vashingtonda aynan shunday xatti-harakatlarni davom ettirish zarurligining belgisi sifatida qabul qilinadi. Ushbu mojarolarning har qaysinisini kuchaytirish bo‘yicha keyingi qadam o‘z-o‘zidan kelib chiqadi: Xitoy shunday vaziyatga tushib qoladiki, u bilan muayan orollar va eksklyuziv iqtisodiy zonalar huquqi bo‘yicha bahslashayotgan davlat yoki bir nechta davlatlar, Pekin rasmiy ravishda o‘ziniki deb e’lon qilgan hududda, AQShga harbiy baza yoki har qanday doimiy harbiy joylashuvni biron bir shaklini qurishga ruxsat berib yuborishi mumkin. Bu holda tanlov cheklangan bo‘ladi: yoki yuzini yo‘qotish, yoki AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv, yoki Vashingtonda bitta tugma bosilishi bilan istalgan paytda portlashi mumkin bo‘lgan konservatsiyalangan mojaro mavjudligiga yon bosish.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, XXR rahbariyatini AQSh bilan harbiy mojaroning ssenariysiga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirgan xitoylik tahlilchilar, ehtimol, haq bo‘lib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Urush muqarrar emas, ammo endi aniqki, Amerika siyosiy elitasi, partiyaga mansubligidan qat’iy nazar, Amerika gegemonligiga tahdid qanchalik jiddiy ekanligini anglab yetar ekan, “Xitoy muammosini” kuch ishlatish bilan hal qilish versiyasi unga tobora ko‘proq jozibaliroq tuyuladi.

Yangiliklar lentasi
0