21:55 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
71320

XXII Olimpiada oʻyinlari boshlanishidan bir oy oldin – 19 iyun kuni – Gretsiyada Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqildi. Mashʼalani Moskva va musobaqaga mezbonlik qilgan shaharlarga (Minsk, Kiyev, Tallin, Leningrad) olib borish kerak edi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. 4992 kilometrdan tashkil topgan masofada salkam 5 ming yuguruvchi ishtirok etgan. Ushbu misli koʻrilmagan yugurish toʻrt davlat va SSSRning uch respublikasi hududi boʻylab qanday boʻlib oʻtganini Sputnik oʻsha voqealarda bevosita ishtirok etganlardan soʻrab bildi.

Qaysi biri yaxshi?

Olimpiada mashʼalasi estafetasi kuratori Andrey Kislov hozir 84 yoshda. U SSSR Olimpiya qoʻmitasi prezidiumining aʼzosi edi va mashʼalani Moskvaga olib kelishning turli variantlari ishlab chiqilganini xotirlaydi.

“Uni Quddusdan muqaddas olov berishilishi singari Olimpiyada yoqib, samolyotda bir kunda yetkazib berish mumkin edi. Olovni yuguruvchilar tomonidan yetkazilishi, estafeta oʻtkazish qaroriga birdan kelgan emasmiz”, - deya tan oladi Andrey Kislov.

 

Estafeta olimpiyskogo ognya
Foto / arxiv Irinы Dzidziguri
Estafeta olimpiyskogo ognya

 

Aslida tashkilotchilarni olimpiya olovi estafetasi ilk bor 1936 yilda oʻtgani va atletlar mashʼal bilan Berlin – natsist Germaniya poytaxti orqali yugurib oʻtgani ikkilantirib qoʻygandi.

“Shunga qaramasdan yuguruvchilar yetkazib berishi gʻoyasi maʼqul boʻldi. Biz yuguruvchilar yetkazib beradi degan toʻxtamga keldik. Tanaffussiz. Besh ming yuguruvchilarning har biri uchun libos, poyabzal, mayka va mashʼal tayyorlash lozim edi. keyin ular qaysi mamlakatlar uzra yugurub oʻtishlarini oʻylay boshladik. Butun yer sharini aylanib chiqsa boʻladi degan fikrlar ham bildirilgandi”, - deydi u.

Pirovardida Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya va uchta Sovet respublikalari Moldova, Ukraina va RSFSR orqali toʻgʻri yoʻlni tanlandi.

 

Vstrecha uchastnikov estafetы v Moldavskoy SSR
© Sputnik / Fred Grinberg
Vstrecha uchastnikov estafetы v Moldavskoy SSR

 

Chegara masalasi

Estafeta yoʻli oʻtgan mamlakatlar sotsialistik edi. Ulardan birini boshqa boshqa yoʻllar bilan aylanib oʻtib boʻlmasdi. Bu Gretsiya. U kapitalistik mamlakat boʻlish bilan bir qatorda NATO aʼzosi ham edi.

“Biz koʻproq siyosiy divident olishni xohlardik. Axborot maydoni oʻta taʼsirchan edi. Biz Olimpiadani SSSrda oʻtkazilishi nafaqat Yevropaga, balki butun dunyoga televizion darcha ochishini anglardik. Olimpiya estafetasi – bu amaldagi olimpiya kuchi. Barcha shodlanadi, sportchilarni kuzatib koʻyadi. Kimdir yigʻlaydigan, kimdir kuladigan shunday hodisa. Bir oy matbuotda biz haqimizda yozilgan qoʻshimcha sabab boʻlgan. Biz esa bundan faol foylaganganmiz”, - deya hikoya qiladi Kislov.

U yugurish yoʻli olimpiya qoʻmitalari va hukumatlar bilan kelishilganini taʼkidlaydi. Ogʻizda hammasi tayyor edi. Lekin Kislov va Olimpiya qoʻmitasining boshqa aʼzolari mashinada boʻlajak estafeta yoʻlini boshlanishidan yarim yil oldin koʻzdan kechirib, kamchiliklarni aniqlashdi.

“Biz Gretsiya va Bolgariya chegarasiga keldik. Bolgarlar chegara koʻprigining u tomonida kutib turishibdi, lekin ular bilan aloqa yoʻq. “Yuguruvchini ham, sizni ham chegarani kesib oʻtishda otib tashlashlari mumkin, - deyishdi bizga yunonlar. – Kim sizlar uchun javob beradi?” Boshimizni qashidik. Hukumatimiz Bolgariya hukumatiga murojaat qiladi. Chunki hazil-hazilu, lekin askarlarda farmon bor, va ular buni bajarishadi. Ish jiddiy. Shunga qaramasdan masalani hal qilishga muvaffaq boʻlindi”, - deya xotirlaydi u.

Muammo yoʻq edi, ehtimol, yuguruvchilarning oʻzi ham chegarani kesib oʻtmaganligi ham bunga sabab. Faqat olov.

Irina Dzidziguri 1980 yilda Moskva olimpiadasi tarjimon sifatida ishlagan. U oʻshanda yunon yuguruvchisi chegaragacha yugurib kelgani, boshqa tomondan esa uni estafetaning bolgar ishtirokchisi qarshi olganini hikoya qilib berdi.

“Sportchilar mashʼalani birlashtirishdi, bir-birlarinikini yoqishdi. Biri yugurib ketdi, boshqasi esa qoldi. Tashkilot qoʻmitasi aʼzolarigina chegarani kesib oʻtishgan. Pasport, vizalar tayyorlangandi”, - deydi u.

Gosavtoinspektsiya SSSR kontroliruyet trassu olimpiyskogo ognya
© Sputnik / Fred Grinberg
Gosavtoinspektsiya SSSR kontroliruyet trassu olimpiyskogo ognya

Mehmondoʻstlik va muammolar

Estafeta arafasida SSSR Olimpiya qoʻmitasi aʼzolari kutilmagan muammolarni inobatga olish maqsadida bir necha bor yugurib oʻtiladigan yoʻlni bir necha bor koʻzdan kechirishgan.

“Mashinada ketayotganimizda yoʻllarda odamlar toʻplanib, mehmonga chorlardi. Biz toʻxtashga majbur boʻlardik. Ular bizni yarim kundan buyon kutib turishgan ekan! Demak, qadah koʻtarish, tamaddi qilish yoki hech boʻlmagan tost aytish kerak. Yoʻlimizda davom etamiz. 10-15 kilometr narida yana olomon toʻplanib turibdi. Yana toʻxtashimiz kerak, chunki u yerda boʻlajak olimpiya olovi delegatsiyasi boʻlishi haqida xabar qilgandik. Barcha respublikalarda xuddi shunday holat kuzatildi”,  - deya yodga oladi Kislov.

Muhim tashkiliy masalalardan biri yuguruvchilarni saralab olish boʻldi. Ular maxsus komissiya tomonidan saralangan. Qarindoshlari gapi yoki oshna-ogʻaynigarchilik orqali biror bir kishining yugurish varianti haqida gap ham boʻlishi mumkin emasdi.

“Yuguruvchilarni Moskvadan olib kelmaganmiz. Respublikalarning oʻzi saralab olardi, lekin ular oshna-ogʻaynigarchilikka yoʻq qoʻymasligi kerak edi. Estefetaga olingan kishilar maʼlum yutuqlarga erishgan fuqarolar boʻlishi shart edi. Ilgʻor ishchi, hurmati baland jamoatchi yoki taniqli kolxozchi yuguruvchi boʻlishi mumkin edi. Nomzodlar sinchkovlik bilan tekshirilgan”, - deydi Olimpiya oʻyinlari kuratori.

Estafetaning har bir ishtirokchisiga libos tanlanardi. Forma yaponcha edi.

Mashʼalning tuzilishi murakkaba va oʻz zamoni uchun innovatsion edi. Olimpiya mashʼali qator jiddiy talablarga javob berishi kerak edi. U oʻchib qolmasligi uchun nima qilish kerakligi. Bu yoqilgʻiga bogʻliq. 1936 yilgi Olimpiada vaqtida qatron quyiladigan mashʼaldan foydalanilgan. Qatronni quyib, yoqsang boʻldi.

“Mashʼalimiz gazdan edi. Gaz mashʼaldan sizib chiqmasligi kerak edi. Gazni yuguruvchining oʻzi chiqarib qoʻyishi kerak edi, dastagni burib qoʻyilsa boʻldi”, - deydi Kislov.

Estafeta olimpiyskogo ognya
Foto / arxiv Irinы Dzidziguri
Estafeta olimpiyskogo ognya

Inson omili ham katta ahamiyatga ega edi. Masalan, gazni mashʼalga oʻz vaqtida tushirib qoʻyish kerak edi, yaʼni faqat olovni berish oldidan.

Kislov inson nimalarni his qilishi va tadbirda qanday hayajonlanishini anglash uchun uning oʻzi buning hammasini boshdan kechirishi kerakligini aytadi.

Kislov mashʼal koʻtaruvchilar oʻrtasida uni olib borishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hayajon va qoʻrquvning oldini olish uchun psixologik ishlar olib borilganini maʼlum qildi.

“Mashʼalning oʻrtacha yonishi oʻn daqiqa, lekin hamma ham bir xil chopmaydi. Kimdir bu masofani uch daqiqada bosib oʻtadi, kimgadir yarim soat kamlik qiladi. Yuguruvchilarimizdan birining yoshi 90da edi, u nevarasi bilan yugurardi”, - deya xotiralari bilan oʻrtoqlashadi Kislov.

Turli variant olimpiya olovi oʻchib qolishi mumkin boʻlishigacha koʻzda tutilgan.

Irina Dzidzigurining taʼkidlashicha, mashʼal shamol, yomgʻir tufayli oʻchib qolishi mumkin edi. Shu bois estafeta ortidan maxsus mashina RAF-2907 harakatlangan. Unda olimpiya olovining zaxira chirogʻi boʻlgan. Aynan kuchli chiroq, mashʼal emas. Mashʼalning gaz kampulasi eng koʻpi bir kilometr yoʻlga yetardi. Chirogʻ esa yetti kilocha edi va uzoq vaqtga yetardi. Dunyoda shunga oʻxshash atigi bir nechta chiroq saqlanib qolingan.

Olimpiya oʻyinlari juda murakkab jamoat-siyosiy vaziyatda boʻlib oʻtgan, shuning uchun xavfsizlik masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Boshlanish pallasi

Rossiya Federal xavfsizligining isteʼfodagi general-mayori Aleksandr Mixaylov oʻsha Olimpiada ishlagan. U SSSR endigina Afgʻonistonga kirgani va Moskva Olimpiadasiga boykot eʼlon qilingani, ularga har tomondan ayblovlar yogʻilganini eslaydi.

“Biz turli igʻvo uyushtirilishini tushunardik. Shunga qaramasdan har qanday ehtimoliy igʻvoga qarshi oʻz choralari ishlab chiqilardi. Shuning uchun katta kuch jalb qilingan edi. Olimpiya oloviga hamrohlik qilish tashkillashtirilgan edi, trassalar taʼminlangan. Biror bir igʻvoga eltuvchi holat aniqlani nuqtai nazaridan tezkor ish olib borilgan”, - deya oʻrtoqlashadi u.

Olimpiya olovi estafetasi Ukraina va Moldova, jumladan, Kishinev, Chernovts, Xmelnitskiy, Vinnitsa, Jitomir, Kiyev, Poltava, Xarkov kabi shaharlar hududidan oʻtardi. Yoʻllarda minglab, baʼpan oʻn minglab odam toʻplanardi.

Andrey Kislov shaharlarda olovni hamisha olomon kutib turganini eslaydi.

“Hatto yuz minglab kishilar, agar bu respublika poytaxti boʻlsa. Xavfsizlik organlari olomon toʻlqinlanishi va u oʻzini oʻzi bosib tashlash holati tugʻilishi mumkinligi haqida ogohlantirardi. Bunday holatlar oʻz oʻzidan tugʻiladi. Lekin xalqaro boykot sharoitida hech kim zarar yetkazilish holatini inkor etmasdi, yaʼni sunʼiy ravishda shunday vaziyatni yuzaga keltirishni. Xalqaro telakompaniyalar buni butun dunyo efiriga uzatishi uchun buni oʻz zimmasiga oladigan bir yaramasning oʻzi kifoya axir”, - deydi u.

Yoʻlda hech qanday igʻvo va qiyinchilikka duch kelinmagan. Olimpiya olovi estafetasi, shubhasiz, SSSR gʻalabasi boʻldi.

Torjestvennoye otkrыtiye XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19 iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadы-80 - Medvejonok.
© Sputnik / A. Knyazev
Torjestvennoye otkrыtiye XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19 iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadы-80 - Medvejonok.

Chiroyli yakun

Olimpiya olovi estafetasi uning hududidan oʻtgan mintaqa va respublikalarga foyda keltirdi. Birinchidan, yoʻllar taʼmirlandi. Lekin bu hammasi emas.

Sport davlat muzeyi direktori, tarix fanlar nomzodi Yelena Istyagina-Yeliseyevaning Sputnik nashriga maʼlum qilishicha, olimpiya olovi estafetasi oʻtadigan aholi punktlariga xorijlik sayyohlar tashrif buyurishi koʻzda tutilgan. Shu munosabat bilan ular infratuzilmalarini zamoniylashtirish va tashqi qiyofasini yaxshilash toʻgʻrisida qaror qilingan. Yoʻllar boʻylab milliy uslubda mehmonxona, kemping, restoranlar qurilgan va taʼmir qilingan.

Shuningdek, olov yoʻlida noodatiy uslubda yoqilgʻi quyish shoxobchalari qad rostlagan.

19 iyul kuni Olimpiya olovi Moskvaga yetib kelgan. Uning yakunlanishi kutilmagan va juda chiroyli tarzda boʻlgan.

Torjestvennoye otkrыtiye Olimpiadы-80. Panorama stadiona imeni V. I. Lenina v Lujnikax.
© Sputnik / Vladimir Rodionov
Torjestvennoye otkrыtiye Olimpiadы-80. Panorama stadiona imeni V. I. Lenina v Lujnikax.

FXX sobiq vakili Mixaylov Oʻyinlarning ochilish va yopilish marosimi sir saqlanganini xotirlaydi.

“Rejissyor guruhidan marosimning toʻliq stsenariysini olishimiz qiyin edi. Ular yetarlicha mustaqil edi. Muayyan vaqt davomida ular bilan kelishish qiyin edi, chunki ular toʻgʻridan-toʻgʻri KPSS Markaziy Komiteti chiqa olishardi”, - deydi u.

Qaysidir bir payt, generalning soʻzlariga koʻra, maxus xizmat stsenariyni bilib olishga muvaffaq boʻlgan va barchasi joyida emasligi yaqqol boʻlgan.

“Olimpiya olovi “Lujniki” maydoning uchinchi darvozasi orqali olib kirilishi lozim edi, soʻngra yuguruvchi stadionni aylanib yugurib chiqishi kerak edi. Afsonaviy basketbolchi Sergey Belov turadigan minbarga olimpiya mashʼali bilan koʻtarilishi kerak edi. Biz bu joyga kelib, katta sport maydonini oʻrab turgan joyda handaqni koʻrdik. Handaq! Uning maslalani hal qildik. Keyingisi metal devor. Avtogen bilan kesib oldik. Undan keyingisi qiyin edi. U yerda “fon” oʻtirardi –  bayroqlarni ushlab, jonli surat yaratuvchi askarlar, bir necha ming kishi. Bu fon orqali qanday oʻtish mumkin? U yerda hatto zinacha yoʻq edi!”, - deya hikoya qiladi Mixaylov.

Ammo buning yoʻli topildi. Boʻlganda ham qandoq.

“Rejissyorda gʻoya tugʻildi. Olov askarlar ushlab turgan xuddiki hech qayerdan paydo boʻlayotgan oq qalqonli yoʻl uzra olib boriladi. Seryoja Belov esa bu ilonizi yoʻli boʻylab eng tepaga chiqadi”, - dedi Mixaylov.

... Xotima ham boʻlgandi. Chiroqlar olimpiya olovi bilan transportga yuklandi, va Gretsiyadan keltirilgan olov 1980 yilgi Olimpiyaning boshqa shaharlari – Tallin, Leningrad, Kiyev va Minckka joʻnatildi.

Olimpiyskiy Mishka, nastennыy suvenir, izgotovlennыy na yakutskoy fabrike Sardaana.
© Sputnik / Vyacheslav Bobkov
Olimpiyskiy Mishka, nastennыy suvenir, izgotovlennыy na yakutskoy fabrike "Sardaana".
Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular