16:45 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
102 0 0

Siyosatshunos, “Belaya Rus” ROO Tahlil markazining mutaxassisi Pyotr Petrovskiy Oʻzbekiston va Belarus tomonidan oʻqitish va taʼlimga oid hujjatlarni oʻzaro tan olinishi kuchga kirganini izohladi.

Oʻzbekiston va Belarus hukumatlari oʻrtasidagi oʻqitish va taʼlimga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi kelishuv 13 iyuldan kuchga kirdi. Bu ikki mamlakat oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish niyatida boʻlgan respublikalar fuqarolari uchun qulay sharoit yaratishi kerak.

Biroq, nyuanslar ham mavjud: kelishuv, u kuchga kirgunga qadar berilgan taʼlim hujjatlariga taalluqli emas (Oʻzbekiston SSR yoki Belorussiya SSRda berilgan hujjatlar bundan mustasno) hamda ikkala mamlakatda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun tan olish tartibini bekor qilmaydi.

Siyosatshunos, “Belaya Rus” ROO tahlil markazi mutaxassisi Pyotr Petrovskiy ushbu bitim bir necha yil davomida ishlab chiqilganligini taʼkidladi.

Uning fikricha, katta eʼtibor qoʻshma oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratiladi. Baʼzi sohalarda ular allaqachon mavjud, deya eslatadi mutaxassis.

“Ushbu kelishuv Oʻzbekistonda oliy taʼlimni, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantiradi”, - deya taʼkidlaydi Petrovskiy.

“Belarusga ham shuningdek, magistrantlar, aspirantlar va doktorantlarni jalb qilish foydali boʻladi. Taʼlim xizmatlarini eksport qilish Belarus taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir”, - dedi ekspert.

Toʻliq sharhni Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Petrovskiy o polze vzaimnogo priznaniya diplomov Uzbekistana i Belarusi

Asosiy mavzular