Maxsus xizmatlar tarixchisi: dunyodagi birinchi shpion Momo Havoni poylagan Odam Ato edi

Obuna bo‘lish
Oramizda hech qursa bir soatga agent 007 bo‘lib qolishni istaguvchilar ko‘p. 18 yoshga to‘lgan inson borki bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. 2002-yil 16-iyulda Vashingtonda xalqaro shpionaj muzeyi ochilgan edi. Uzoq o‘tmishdagi va bugungi shpionlar o‘rtasida qanday farq bor?

Sergey Ilin, Sputnik radiosi

Vashington shahridagi Xalqaro shpionaj muzeyi o‘z faoliyati davomida noyob shpionlar artefaktlari va instrumentlari kolleksiyasini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bu yerda 1960-yillarda KGB arsenalida bo‘lgan uzuk-to‘pponcha, poshnali tufli ko‘rinishidagi uzatgich, zaharli zontik, lab bo‘yog‘i ko‘rinishidagi "ajal bo‘sasi", deb atalmish bir martalik to‘pponcha va hatto Jeyms Bondning Aston Martin DB5 mashinasini ko‘rish mumkin.

WikiLeaks sayti - Sputnik O‘zbekiston
Wikileaks: AQSh razvedkasi ayfon, ayped va smart-tvdan josuslikda foydalanmoqda

Ekspozitsiyadagi real qurilmalar kinematografiya rekvizitlari bilan aralashib ketgan.

Muzeydagi qavatlarning birida sovuq urush davridagi Berlin muhiti qayta tiklangan. Sovet sektoriga olib boradigan yer osti ko‘rinishidagi yo‘lakda g‘arblik kovlovchilar foydalangan kir yuvish mashinasi va quritkich tasvirlangan. Ular yer ostidan shubha uyg‘otmaydigan tarzda ozoda chiqishlari lozim edi.

Bu kabi muzeylar dunyoning turli burchaklarida mavjud, deb hikoya qiladi Sputnik radiosiga bergan intervyusida maxsus xizmatlar tarixchisi, razvedkachilar haqida kitoblar muallifi Nikolay Dolgopolov.

"Vashingtondan tashqari bunday muzeylar xususan, Rossiyada ham ochilgan. U yerda professional ekskursovodlar, sobiq razvedkachilar ishlashadi. FSBning ajoyib muzeyi ishlab turibdi. U yerda ehtiyotlik bilan ko‘plab qiziqarli artefaktlar saqlanib kelinadi. Sankt-Peterburgda siyosiy tarix muzeyi mavjud. Umuman olganda bu ham noyob eksponatlarga ega razvedka muzeyidir", - deydi Nikolay Dolgopolov.

Jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Ben Laden o‘z rafiqasi tishiga josuslik chipini o‘rnatishlaridan xavfsiragan

Umuman olganda, shpionaj tarixini o‘rganish - qiziqarli mashg‘ulot sanaladi. Misol uchun, qadimgi Hindistonda siri fosh bo‘lgan shpionlar ozodlikka chiqishga erishish uchun o‘zlarini dev yoki ma’bud qilib ko‘rsatishga uringanlar. Xitoylik strateg Sun-szi esa dushmanni dezinformatsiya qilish uchun o‘z razvedkachilarini aldagan. Bu taktika bugungi kunda ham qo‘llaniladi. Amerikalik yozuvchi Ernest Xeminguey 1941-yilda Xitoyga safari oldidan sovet maxsus xizmatlari tomonidan verbovka qilingan. Ammo, u qimmatli ma’lumotlarni bermagan. Afsonaviy sovet josusi Gevork Vartanyanni esa 19 yoshida, zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklashdan qo‘rqmay, Eronga yuborishgan.

P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi razvedka rahbari afsonaviy razvedkachilar ismini oshkor qildi

Razvedka hamisha va har qachon, davr va davlatchilik mavjudligidan qat’iy nazar mavjud bo‘lgan, deb hisoblaydi Nikolay Dolgopolov:

"Birinchi razvedkachi - Momo Havo ortidan poyloqchilik qilgan Odam Ato bo‘lgan. Qadimgi Misrda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan razvedka tizimi mavjud bo‘lgan. Qadimgi rimliklar ham bu bilan shuhrat qozongan. Bizda Ivan Grozniy davrida yarimrasmiy razvedka mavjud bo‘lgan, u boshqa davlatlarda shoh tomonidan berilgan jiddiy vazifalarni bajargan, chet el kuchlari va rejalarini aniqlashtirgan".

Josuslik gadjetlariga keladigan bo‘lsak, turli davrlarda ular turfa xillarda bo‘lgan. Butun boshli "Gudini to‘plami" mavjud bo‘lgan, razvedkachilar uni to‘g‘ri ichakda yashirganlar. Uning yordamida panjara ortidan ozod bo‘lish yoki seyfni buzish mumkin bo‘lgan. Sianidli kapsulani ko‘zoynaklarda berkitishgan, fosh bo‘lgan vaqtda tezlikda undan foydalanish uchun. 1970-yy SRU agentlari radiomayoqlarni plastikdan yasalgan itlar axlatlari ichiga yashirganlar. Xuddi shu yillarda sovet razvedkasi sun’iy to‘nkani aniqlagan. Uning ichiga montirovka qilingan qurilma sovet raketa tizimi signallarini aniqlar va, o‘z navbatida, ularni amerika josus-sputnikiga uzatardi. 2006-yilda britaniyalik diplomatlar "josus toshda" qo‘lga tushganlar. Uzatgichli elektron maxfiy joy oddiy tosh ko‘rinishiga keltirilgandi.

Matbuot - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi o‘zbek gazetalaridan nima izlagan

Umuman olganda, kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan maxsus josuslik qurilmalariga bo‘lgan ehtiyoj borgan sari yo‘qqa chiqmoqda. Zamonaviy smartfon agar shunga ehtiyoj bo‘lsa, o‘z egasi haqida barcha ma’lumotlarni bera oladi. Yoki deyarli barcha. Aynan shu uchun alohida razvedkachilarni klavishalar bosilishi tovushlarini ajratishga o‘rgatishadi. Ular odamning kompyuterda ishlashi tovushlarini eshitishi yetarli hisoblanadi. Qolgani - texnika ishi. Terilgan matn professional tomonidan to‘laligicha tiklanadi.

"Xalqaro arenada dunyo derjavasi sifatida bo‘lishni istagan har qanday davlat o‘z razvedkasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Butun dunyoda bu ish bilan shug‘ullanadigan odamlar bor. Ammo muvaffaqiyat metodlari va usullari turlichadir", - deb qayd etadi Nikolay Dolgopolov.

Maqolani maxsus xizmatlar tarixchisining so‘zlari bilan yakunlaymiz: "kurash" hamma yoqda va har doim olib boriladi, u sokin va ko‘rinmasdir. Mabodo ko‘rinsa, bu o‘sha razvedka ishining barbod bo‘lganini anglatadi!

Yangiliklar lentasi
0