14:30 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
468 0 0

Moskva Olimpiada oʻyinlari medallari, ularning dizayni va tarkibi va “talabsiz qolib ketgan” nusxalarga nima boʻlganligi haqida - Sputnik materialida

1980 yilda XXII yozgi Olimpiada oʻyinlariga medallar chizmalari 1974 yil oktyabr oyida Moskva sport musobaqalari poytaxti etib tanlanganidan soʻng darhol yaratilishi boshlangan. Sovrinlarning oʻzi 1977 yil may oyida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining Afinada boʻlib oʻtgan 80-chi sessiyasida tasdiqlangan.

Goznak maʼlumotlariga koʻra, Leningrad zarbxonasida (hozirda Sankt-Peterburg zarbxonasida) 444 oltin, 444 kumush va 463 bronza mukofotlari zarb qilingan.

Muallif taqdiri: erta tan olinishi va kutilmaganda tark etishi

1977 yil boshida Olimpiada-80 tashkiliy qoʻmitasi medal uchun eng yaxshi chizmani tanladi.

Old tomoni oʻzgarishsiz qoldi - gʻalaba maʼbudasi Nika Kolizey fonida chap qoʻlida palma novdasini, oʻng tomonida esa dafna gulchambarini ushlab turadi. Florentsiyalik rassom Juzeppe Kassiolining ushbu surati XOQ tomonidan 1928 yilda tasdiqlangan. Oʻshandan beri medalning bu tomoni oʻzining koʻrinishini saqlab qoldi, faqatgina Oʻyinlarning tartib raqami va oʻtkazilgan yili oʻzgargan.

Shuningdek, mukofot berilgan sport turi nomi anʼanaviy ravishda medalning chetiga yoki yonboshiga muhrlangan.

Ammo uning orqa tomonida stadion arenasi fonida alangalanib yonayotgan olimpiya kosasi chizilgan boʻlgan. Oʻng tepa tomonda - Moskva Olimpiadasining rasmiy timsoli – Kreml minorasi shaklidagi yugurish yoʻlaklari va Olimpiya uzuklari tasviri. Ushbu loyiha bilan tashkiliy qoʻmita aʼzolari XOQning navbatdagi sessiyasiga joʻnadilar.

© Sputnik / Yuriy Somov
Litsevaya storona zolotoy medali XXII Olimpiyskix igr 1980 goda

Moskva Olimpiadasi medalining muallifi yosh, isteʼdodli haykaltarosh Ilya Postol boʻldi - oʻsha paytda u 30 yoshda edi. U otasi, taniqli sovet haykaltaroshi, restavrator va ustoz, koʻplab monumental inshootlar muallifi, shu jumladan Dubosekovo razʼyezdidagi "28 Panfilovchi-qahramonlar" va Moskvadagi "K-19 dengizchi-yadrochilariga" muallifi, otasi Aleksey Postolning izidan bordi.

Ilya Postolning zamondoshlarining soʻzlariga koʻra, u ham monumentalizmga intilgan. U esdalik medallarini yaratish ustida koʻp ish olib bordi. Olimpiada-80 oʻyinlari mukofotlaridan tashqari, uning asarlari orasida "Rus choʻqintirilishining ming yilligi 988-1998", "Igor qoʻshini haqida soʻz” qadimgi rus adabiyoti yodgorligining 800 yilligi” medallari bor. Shu bilan birga alohida milliy ahamiyatga ega boʻlgan baʼzi medallar platinadan quyilgan.

Ammo haykaltaroshning taqdiri fojiali yakun topdi: 1988 yilda 38 yoshida Ilya Postol haloq boʻldi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u shafqatsizlarcha oʻldirilgan.

"Ortiqcha" medallar qayerga gʻoyib boʻldi?

Qizigi shundaki, Leningrad zarbxonasida ishlab chiqarilgan 444 ta oltin, 444 ta kumush va 463 ta bronza medallaridan birinchi va ikkinchi oʻrinlar uchun 204 tadan sportchi, uchinchi oʻrin uchun esan 223 ta sportchi mukofotlarga sazovor boʻlgan.

"Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) har doim maʼlum miqdordagi medallarni buyurtma qiladi. Ular majburiy ravishda zahira bilan chiqariladi, chunki baʼzi sport turlarida ikkita chempion boʻlishi mumkin. Ortiqchasini esa qoʻmita har doim oʻzida qoldiradi. Xuddi XOQga, esdalik sovgʻalari va boshqa Olimpiada ramzlarining barcha huquqlari oʻtgani singari. XOQ roziligisiz medallarni qabul qiluvchi mamlakatning muzeylarida ruxsatsiz qoldirib boʻlmaydi, ruhsatsiz hatto medal nushasini ham tayyorlab boʻlmaydi", - deya tushuntiradi  Vitaliy Smirnov, SSSR Olimpiya qoʻmitasining sobiq raisi va Rossiya Olimpiya qoʻmitasining prezidenti.

Vitaliy Smirnov Olimpiada tarixida sportchilar mukofotlarini olmagani holatlar boʻlganini va bu medallar ham XOQda qoldirilishini eslatdi. Bunday holat 1972 yilda boʻlgan, unda AQSH basketbolchilari butun tarkibda ikkinchi oʻrin uchun medallar topshirilishi taqdimotiga chiqishmadi. Shunda mukofotlarni faqat SSSR jamoasi – birinchi oʻrin uchun oltinni, Kuba – bronzani olishdi.

Vitaliy Smirnov tushuntirishicha, Olimpiada medallarining tarkibi ham XOQ qoidalari va talablari bilan qatʼiy tartibga solinadi. U yildan-yilga oʻzgarishi mumkin, ammo Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining koʻrsatmalariga aniq mos kelishi shart.

Zolotaya medal Igr XXII Olimpiadы
© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Zolotaya medal Igr XXII Olimpiadы

Olimpiada-80 medallari tarkibi quyidagicha boʻlgan: oltin medal aslida olti gramm oltin bilan qoplangan 925-probali kumush, kumush medal - aralashmasiz 25-probali sof kumush, bronza esa - mis (88-97%) va rux (10 %dan koʻp boʻlmagan) tompak qotishmasidan tayyorlangan boʻlgan.

Medallar hisobi boʻyicha SSSR jamoasi birinchi boʻldi - sovet sportchilari 80 ta oltin, 69 ta kumush va 46 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

GDR sportchilari 47 oltin, 37 kumush va 42 bronza medallari bilan ikkinchi boʻldi. Uchinchi esa - Bolgariya terma jamoasi sportchilari 8 oltin, 16 kumush va 17 bronza medaliga ega boʻlishdi.

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular