Tezkor "O‘q": Rossiyaning yangi mobil bronemashinasi nimasi bilan noyob?

© Foto : press-slujba OOO "VPKLegkiy skorostnoy bronevik "Strela"
Legkiy skorostnoy bronevik Strela - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya armiyasining so‘ng rusumdagi zirhli avtomobillari noyob turkumi, broneviklar uchun misli ko‘rilmagan tezlik - soatiga 155 km dan ortiq yo‘l bosa oladigan o‘ta tezkor "Strela" (O‘q) bilan boyidi.

Yuqori harakatchanlik - bu ko‘zga ko‘ringan, ammo RF va uning ittifoqchilariga mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga yordam beradigan yagona afzallik emas, rus qurolining afzalligi zamonaviy qurolli to‘qnashuvlardadir.

Broneavtomobil Atlet  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yangi politsiya zirhli avtomashinasini ishlab chiqarmoqda

Ishlab chiqaruvchi korxona – "Harbiy-sanoat kompaniyasi" bosh direktori Aleksandr Krasoviskiyning ta’kidlashicha, RFda "Strela" yengil zirhli transport vositasining analogi yo‘q. Texnik vosita AK-74, AKM va SVD miltiqlari o‘qlariga chidamli ballistik himoyaga ega. Minalarga qarshi himoya zirhli mashina g‘ildiragi ostida mina yoki ikki kilogrammgacha trotil ekvivalentidagi portlovchi moslamalar harakatga keltirilganda, ekipaj a’zolari hayotining xavfsizligini kafolatlaydi. Mashina og‘irligi - 4,7 tonna bo‘lgani, uni taktik-havo hujumi desanti tarkibida Mi-8 (Mi-17) vertolotining tashqi ilmog‘ida tashish imkonini beradi. Qiyoslash uchun: "Tigr" zirhli mashinasi ikki baravar og‘irroq va 600 grammgacha trotil ekvivalentdagi portlashga bardosh bera oladi holos.

Situatsiya na severo-vostoke siriyskoy provinsii Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada AQSh va Rossiya zirhli avtomobillari ishtirokida mojaro sodir bo‘ldi - video

Tashqi tomondan, "Strela" kuchli portlovchi moslamalardan zamonaviy zirh va korpus geometriyasi bilan himoyalangan, endi uning ichiga portlash to‘lqinining yutuvchi o‘rindiqlar o‘rnatish odatiy holga aylandi. Suriyada Rossiyaning so‘nggi zirhli mashinalaridan foydalanish ushbu turdagi konstruksiyaning ishonchliligini ko‘rsatdi, portlatishlar odamlar o‘limini istisno qildi.

"Strela" yengil zirhli mashinasi maxsus bo‘linmalarning tezkor-xizmat faoliyatini, yuqori ballistik himoya ta’minlagan holda odamlar va turli yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Saloni haydovchi bilan sakkiz kishigacha mo‘ljallangan. Modulli qurol majmualari va maxsus jihozlarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Jangovar mashina mutlaq Rossiyada ishlab chiqarilgan materiallar va tarkibiy qismlaridan tayyorlangan. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning dunyodagi nufuzi dunyodagi eng tez zirhli mashinaning yuqori sifatini va uning xalqaro bozorda muhim eksport salohiyatini kafolatlaydi.

Broneavtomobil K 53949 Tayfun. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun o‘zbek armiyasi Rossiyaning “Tayfun” zirhli avtomobillarini tanladi

Tezkor "Strela" harbiy xizmatchilarga yoqishi tayin, chunki yuqori harakatchanlik bo‘linmalarning jangovar barqarorligining asosidir. Agar zirhli mashina magistralda soatiga 155 km tezlikka erisha olsa, yomon yo‘llarda 80 km/soat tezlikda xarakatlanishi – bu imkoniyatlarining chegarasi emas. Mashinaning konstruksiyasiga kiritilgan istiqbolli tarkibiy qism va agregatlar fuqarolik avtosanoatining ommaviy ishlab chiqarishida o‘zlashtirilishi mumkin, unda geologlar, sayyohlar va baliqchilarning orzusi bo‘lgan Rossiyada dunyodagi eng yo‘ltanlamas va chidamli krossover paydo bo‘ladi.

Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan sport avtomobillari

Jang maydonida zirhli mashinalarning keng ko‘lamligining ahamiyati yaqqol. Har xil tasniflanish va imkoniyatlarga ega mashinalar qo‘shinlarga qo‘yilgan vazifalarni turlicha yechishga, vaziyatni mohirona nazorat qilishga, dushmanni zarb qudrati va manevr bilan siquvga olishga imkon beradi. Zamonaviy xalqaro qurol-aslaha bozori Stryker (AQSh), LAV (Kanada-Shveysariya), VBCI (Fransiya), Boxer (Germaniya-Gollandiya), Pandur (Avstriya), Pars (Turkiya) zirg‘li transportorlar bilan to‘ldirigani bejiz emas, har yili ushbu sohada milliardlab dollarlar "aylanib yurmoqda", va Rossiya mudofaa sanoati o‘n yildan ortiq vaqtdan beri ishonchli tarzda yetakchi bo‘lib kelmoqda. 2010-2017 yillarning o‘zida Rossiyaning 1206 ta avtomobili 1,48 milliard dollarga sotildi. So‘nggi zirhli mashinalar Rossiya mudofaa sanoatining pozitsiyalarini yanada kuchaytiradi.

“Strela”ning eng yaqin raqobatchilarining ro‘yxati unchalik katta emas. Taqqoslash uchun, shunga o‘xshash himoyaga ega eng tezkor yengil zirhli mashinalarni ko‘rib chiqamiz.

Viktor Baranes - Sputnik O‘zbekiston
“Tayfun” zirhli avtomobil O‘zbekiston armiyasiga qanday afzallikni beradi

Renault Sherpa II taktik mashinasi yurib bo‘lmas sharoitlardagi missiyalarga mo‘ljallangan. U turli xil ko‘rinishlarga ega, turli sinflardagi jangovar modullar (pulemot va granatomotlar) bilan jihozlanadi. Sherpa II zirhli mashinasi 4,7 litrlik 215 ot kuchiga ega turbodizel dvigatel bilan jihozlangan va soatiga 120 km gacha tezlashadi.

Isroilning Plasan kompaniyasining SandCat zirhli mashinasi - minaga chidamli, yengil patrul mashinasi bo‘lib, u zarbalarni yutuvchi o‘rindiqlarga ega, ular mashina tubidagi mina portlashlardan qo‘shimcha himoyani ta’minlaydi. Korpusdagi oltita tuynuk mashina harakati paytida desantga shaxsiy quroldan o‘t ochishda imkon beradi. SandCat 6,7 litrli 8 silindrli, 330 ot kuchiga ega dvigatel bilan jixozlangan. Zirhli mashinaning maksimal tezligi - soatiga 120 km. MDH hududida bunday zirhli mashinalar Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmanistonda mavjud.

Posetiteli voyennoy vistavki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek armiyasi tasarrufidagi AQSh zirhli texnikalarini ilk bor namoyish etdi

Avstraliya armiyasining Hawkei zirhli mashinasi ballistik tahdidlarga qarshi yuqori darajadagi himoyaga ega, V-shaklidagi tubi va portlashni yutish tizimi minalardan himoyani ta’minlaydi. Zirhli mashinada masofadan boshqariladigan qurol-aslaha stansiyasi o‘rnatilgan (5,56 mm, 7,62 mm va 12,7 mm kalibrli avtomatlar, 40 mmli avtomatik granatomotlar va tankga qarshi raketalar). Hawkei 6-silindrli dizel dvigatel bilan jihozlangan va soatiga 130 km tezlikka ega.

General Dynamics kompaniyasining Flyer yengil zirhli mashinasi AQSh armiyasining Maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi uchun chiqarilgan HWMVV mashinasi ishlanmalariga asoslangan. Razvedka, reydlar, hujumlar, evakuatsiya va boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin. Flyer 360 darajani qamraydigan qurol tizimi bilan jihozlangan. Mashina minorasiga 12,7 mm kalibrli pulemot o‘rnatilgan. Zirhli mashina 1,9 litrli dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 150 ot kuchiga ega, bu soatiga 135 km tezlikka erishishga imkon beradi. Menimcha, bu tezlikka Flyer-ning eng yengil (zirhsiz) versiyasida erishish mumkin.

Janubiy Afrikaning Paramount Group harbiy-sanoat guruhining Mbombe-4 yengil zirhli transport vositasi eng yangiroq namunadir, u birinchi marta BAAda bo‘lib o‘tgan IDEX-2019 ko‘rgazmasida namoyish etildi. 10 kishini sig‘dira oladi. U 4x4 g‘ildirak formulasiga ega. U patrul vazifalarini hal qilishi, jangovar amaliyotlarda qatnashishi mumkin. Avtotransportning butunicha payvandlangan yahlit zirhlangan korpusi 14,5 mm kalibrli patronlardan, shuningdek yon tomonlardan minalar zarbasidan himoya qiladi. Zirhli mashina olti silindrli dizel dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 457 ot kuchiga teng va soatiga 140 km tezlikka erisha oladi. Va bu Rossiyaning "Strela"siga eng tezkor raqobatchidir, "Strela" soatiga 155 km tezlikda uni sezilarli darajada o‘zib o‘tib, bizning virtual musobaqamizda oldinga chiqib oldi. Va bu tasodif emas.

Zirhlangan avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turkiyadan zirhlangan mashinalarni xarid qiladi

"Harbiy-sanoat kompaniyasi" (VPK) Rossiyaning g‘ildirakli zirhli transport vositalarini eng yirik ishlab chiquvchisi va ishlab chiqaruvchisi. U RF Quruqlikdagi qo‘shinlari va dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlari armiyalariga zirhli mashinalarini yetkazib beradi. Kompaniyaning eng taniqli loyihalaridan biri – "Tigr" zirhli mashinalari turkumi va istiqbolli "Bumerang" platformasi. Barcha mahsulotlar og‘ir jangovar sharoitlarda (shu jumladan Suriyada) sinovdan o‘tkaziladi va kelishilgan muddatda kafolatli xizmatni o‘taydi.

Ta’kidlash lozim, Rossiya qurolsozlari har doim o‘rmalovchi zirhli texnika sohasida “modani belgilovchi” bo‘lib kelgan, ammo harbiy-sanoat kompleksi uzoq vaqtdan faqat g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Bunday jiddiy va muvaffaqiyatli "oilada" omadsizlar tug‘ilmaydi va "Strela" yengil zirhli mashinasini armiyada, jang maydonida va xalqaro qurol bozorida katta istiqbollar kutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0