23:34 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
1380 0 0

"Shimoliy oqim-2" qurib bitkazilishi arafasida Yevropa rahbariyatiga AQShning poʻpisali ovozi yoqmayapti, ular keskin javob choralari kiritishga tayyor. AQSH va YEI orasida sanktsiyalar jangi boshlanishi mumkin.

“Shimoliy oqim – 2” haqidagi koʻp qismli hikoya kutilmagan ravishda oʻz davomiga ega boʻldi. AQShning Rossiya gaz quvurini ishga tushirishni toʻxtatish borasida amalga oshirayotgan urinishlari, Yevropa tomnidan nafaqat qoʻllab-quvvatlanmasligi balkim YEIda AQSH sanktsiyalaridan himoyalanish tizimi paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti.

“Shimoliy oqim – 2” tufayli AQSH manfaatlariga yetayotgan zarar bilan Yevropada sanktsiyalarga qarshi tizim paydo boʻlishidan kelayotgan zararni hisoblasa – Rossiya gaz quvuri bularning oldida arzimas narsaga aylanib qoladi. Xususan Vashington Bryusselga yoki Yevropa kompaniyalariga bosim oʻtkazishdan mahrum boʻlsa – bu amerika tashqi siyosati uchun planeta miqyosidagi falokatga aylanadi.

Oʻtgan haftada Davlat Departamenti va Yevrokomissiya orasidagi mojaro yana oʻtkirlashdi.Ikkala tomon diplomatlari oʻzaro tanqidli, keskin va tahdidli bayonotlar bilan almashishdi.

Mayk Pompeo Tillerson shartini yoʻq qilishni vaʼda berdi,  yaʼni “Shimoliy oqim – 2” qurishda ishtirok etgan Yevropa kompayanilarga qarshi sanktsiyalar kiritish bilan poʻpisa qildi. Tillerson sharti - AQSH qonunchiligida Rossiya va Gazpromga qarshi birinchi sanktsiyalar kiritish paytida paydo boʻlgan edi. Tillerson (oʻsha vaqtdagi AQSH davlat kotibi) Yevropaning yirik neft va gaz kompaniyalarini jazolash – bu yaxshi ish emasligini tushungan holda Pompeoning Yevropaga safari oldidan ularni bekor qilgan edi. Yevropa kompaniyalari uchun sanktsiyalarni– shunchaki qoʻrqitish uslubi deb tushunish kerak edi.

Endi boʻlsa AQSH Davlat departamenti rahbari “Shimoliy oqim – 2” da ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarni darhol uni tark etishga yoki sanktsiyaga tushishi bilan qoʻrqitdi. Amerikancha sanktsiyalar esa ular uchun - amerikadagi biznesidan mahrum boʻlish, dollar tizimidan chiqarish,  aktivlarni musodara qilish va rahbariyat uchun AQShga tashrif buyurish taʼqiqlanishdan iborat boʻlishi mumkin.

Undan tashqari Amerikaning zarbasi ostiga Yevropaning minglab kichik korxonalari ham tushib qolishi mumkin. Masalan, port xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, sugʻurta xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar. Lekin bizning fikrimizcha, ayrim Gʻarb OAVlari ham bunga qoʻshiladi, Davlat Departamenti “Gazprom”ning eng yirik yevropalik hamkorlarini jazolamoqchi, Wintershall, OMV, Engie, Shell va Uniper.

Bir tomondan bu Vashingtonning “Shimoliy oqim-2”ni bloklashga qaratilgan qarashlarining naqadar jiddiy ekanini koʻrsatadi. Boshqa tomondan esa – bunday yoʻl bilan nimalarga erishish mumkin – axir Gazpromning yevropalik hamkorlari loyihaga allaqachon pullarini tikib boʻlgan, quvurning oʻzi esa Rossiya kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilmoqda. Gazprom hozir gaz quvurining xoʻjayini kompaniyaning yagona aktsioneridir.

Shunday qilib, xorijiy kompaniyalar ayni damda loyihadan chiqmoqchi boʻlishsa ham buning iloji yoʻq, chunki poyezd allaqachon ketib boʻlgan. Demak, Yevropa kompayanilariga qarshi kiritilgan sanktsiyalar, bu - gaz quvurini bloklash nuqtai nazaridan hech qanday maʼnoga ega boʻlmagan,  qasos. Albatta Vashington Yevropada Rossiya gazi xaridorlariga nisbatan sanktsiyalar kiritishga harakat qilib koʻrishi mumkin, lekin unda u qator texnik muammolarga va tashqi siyosiy xatarlarga duch keladi.

“Gazmprom” gazini shunday sotish tizimini yaratish mumkin-ki, unda yakuniy xaridorlarkimligini aniqlash juda mushkul boʻlishi mumkin. Ana unda AQSH sanktsiyalar samarasiz ekanini tan olishga yoki barcha kompaniyalar uchun yoppasiga sanktsiya kiritishga majbur boʻladi. Kelajakda bunday stsenariy amalga oshishi mumkin, albatta, lekin uning oqibatlari Vashingtonga xush kelishi amri mahol.

YEI tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha vakili Jozep Borrel oʻzining yozma bayonotida AQShning Yevropa Ittifoqiga taʼsir qilishga urinishlarini qoralab chiqdi:

“Men Yevropa kompaniyalari va manfaatlariga qarshi AQSH tomonidan kiritilayotgan sanktsiyalar va poʻpisalarning soni oʻsishidan chuqur xavotirdaman. Biz ushbu choralar tobora keng qoʻllanilishi oqibatlarini Eron, Kuba, Xalqaro jinoiy sud  va yaqinda “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” misolida guvoh boʻldik. Yevropa siyosati uchinchi tomonlar tomonidan emas, mana shu yerda, Yevropada hal qilinishi kerak.

AQSH va YEI tashqi siyosati va xavfsizligi maqsadlari yagona boʻlganda, sanktsiyalarni muvofiqlashtirish juda muhimdir. Biz buning ijobiy natijalarini koʻp marotaba koʻrganmiz va bu tajribani davom ettiramiz. Siyosiy kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan hollarda esa, Yevropa Ittifoqi muhokamaga doim tayyor. Lekin ushbu muhokamani sanktsiyalar poʻpisasi ostida olib borilishi kerak emas”.

Bir tomondan buni hech qanday oqibatga olib kelmaydigan oddiy “diplomatning bezovta uylari” va Vashington bunga eʼtibor bermaydi deb qabul qilish mumkin. Lekin yaqinda AQSH biznesining muhim axborot manbaalaridan biri boʻlgan Bloomberg, Germaniya tomonidan AQShning “Shimoliy oqim-2”ga kiritgan sanktsiyalariga javob sanktsiyalari kiritilishi mumkinligi va shu bilan kelajakda Qoʻshma Shtatlarni Yevropa energetika siyosatiga aralashmaydigan qilib qoʻyishi mumkinligi habar qilingan edi.

Yaqinda Borrel frantsiyalik deputatning amerika sanktsiyalari haqidagi savoliga javob berarkan shunday degan edi:

“Komissiya (Yevrokomissiya) kuchaytirilgan sanktsiyalar kiritish uchun sharoit yaratmoqda. Ushbu choralar Yevropa uchinchi tomonlar kiritadigan tashqi sanktsiyalariga nisbatan mustahkamligini oshiradi”.

Borrel ushbu mexanizm qanday boʻlishini va u qachon kiritilishini aniq xabar qilmagan, deb yozgan edi 2 hafta oldin Britaniyaning “Reyter” agentligi.

AQShning barcha sanktsiyalar siyosatini yoʻqqa chiqaruvchi eng oddiy mexanizm, ularning Yevropada sotilayotgan suyultirilgan gaziga qarshi boʻlishi mumkin. 25 %li boj yoki uning Yevropaga importini taʼqiqilash “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini yoʻqa chiqarishi mumkin. Undan tashqari bunday choralar Respublikachilar partiyasiga homiylik qiladigan Amerika energetika kompaniyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy zarar yetkazishi mumkin. Imzolangan shartnomalarni bekor qilish – bu jiddiy yoʻqotishdir. Amerika kompaniyalari senator Mayk Pompeo va boshqa rusofob senatorlarning geosiyosiy abmitsiyalari uchun oʻz pullaridan mahrum boʻlishni istamaydi. Albatta Yevropa diplomatlari boshqa muqobil yoʻllarini ham topishlari mumkin.

AQShning biznesining Yevropa bozorida ogʻriqli nuqtalari yetarlicha bor. Agar Yevropa diplomatiyasining yoʻnalishi oʻzgarmasa va AQSH vanihoyat Bryussel sanktsiyalariga duch kelsa, “Shimoliy oqim-2”ning qurib bitkazilishi hech kim kutmagan natijalarga olib kelishi mumkin.

Yevropaga gaz yetkazib berish ishonchliligi ortishi bilan bir vaqtda, AQSH va YEI orasidagi munosabatlar sanktsiyalar urushi bosqichiga oʻtishi mumkin. Bunday xavfdan qutilish uchun Davlat Departamenti, hozirning oʻzida Yevropa energetik gigantlariga nisbatn poʻpisalarini toʻxtatishi kerak. Lekin buning iloji boʻlmasa kerak, chunki toʻxtatish – Yevropa suverenitetini tan olishni anglatadi. AQSH elitasi esa buni mutlaq oʻziga ep bilmaydi.

Asosiy mavzular