14:08 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
858 0 0

Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Ruslan Tsalikovning maʼlum qilishicha, COVID-19 uchun mahalliy vaktsina tayyor - klinik tadqiqotlar natijalari ishtirok etgan barcha koʻngillilarda immun javob shakllanganini koʻrsatdi.

Biroq, Sechenov universiteti dori-darmonlarni klinik oʻrganish markazida taʼkidlashlaricha oldinda ushbu preparat samaradorligini sinashning keyingi bosqichi turibdi.

.

Rossiyada jami boʻlib 14 ta platformada taxminan ellikka yaqin COVID-19 vaktsinalari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonning yetakchilari - Gamaley nomidagi Epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Rospotrebnadzorning "Vektor" markazi va FMBA Vaktsinalar va zardoblar instituti hisoblanadi.

Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi birinchi mahalliy vaktsina avgust oyida ni roʻyxatdan oʻtkazilishi kutilmoqda.

Bu juda tez.

Odatda vaktsina yoki biron bir dori vositasini yaratish koʻp yillarni talab qiladi. Tadqiqotlarning mavjud protokollari juda qatʼiydir, chunki mahsulot oʻzining samaradorligi va inson salomatligi uchun xavfsizligini isbotlashi kerak.

Biroq, koronavirus tomonidan qoʻyilgan chaqiriq mavjud protseduralarni ularning intensivligi tomon jiddiy qayta koʻrib chiqishga majbur qildi. Shunda, aprel oyida ingliz olimlari, ularning maqsadi dori vositasini sentyabrgacha ishlab chiqish ekanligini maʼlum qilishgan.

Vaktsinalarni ishlab chiqishga haqiqatda juda katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Xususan, Donald Tramp maʼmuriyati Amerika va Yevropa farmatsevtika kompaniyalariga 2 milliard dollardan koʻproq mablagʻ ajratdi. Bunday saxiy moliyalashtirishning sharti - albatta, AQSH foydasiga ishlashdir.

Aslida, dunyoda koronavirusga qarshi vaktsinani yaratish poygasi boshlandi va shu bilan birga u ham moliyaviy, ham siyosiy tarkibiy qismlarga ega.

Pulga kelsak, bunda hammasi oddiy: kim birinchi boʻlib jahon bozorida vaktsinani sotishni boshlasa, u hammadan koʻp pul ishlab oladi. Aynan shu sababdan, olib borilayotgan izlanishlarga nafaqat davlat va ilmiy tuzilmalar, balki farmatsevtika kompaniyalari ham faol ishtirok etmoqdalar - ular uchun bu istiqbolli tilla koni.

Siyosat bilan, aniqrogʻi katta siyosat bilan, vaziyat biroz murakkabroq. Mohiyat  shundan iboratki, vaktsina ishlab chiqara olish bilan bogʻliq joriy vaziyat mamlakat qanchalar rivojlanganligi va uning imkoniyatlari koʻrsatkichi sifatida qabul qilinmoqda. Farmatsevtik vositani (ayniqsa tezlashtirilgan sharoitda) yaratish uchun shunchaki pul ajratib qoʻyish yetarli boʻlmaydi. Bunda ilmiy markazlar va ilmiy xodimlar va ayniqsa ularning tegishli kasbiy darajaga egaligi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, jarayonni iloji boricha samarali tashkil eta oladigan va yuzaga keladigan muammolarni tezda hal qila oladigan tuzilmalar kerak.

Ushbu yondashuvda, albatta, maʼlum bir haqiqat bor. Ammo u soʻnggi haftalarda Gʻarbda Rossiyaga nisbatan keskin kutilmagan oʻzgarishlarga uchradi.

Boshidanoq uchta mamlakat vaktsinani ishlab chiqishda yetakchi hisoblana boshladilar: AQSH, Buyuk Britaniya va Xitoy, ular hammadan oldin ishni boshladilar.

Rossiya tomon koʻproq takabburona ohanglar yangradi: ruslar, albatta, oʻzlarida bir nimalarni qilishmoqda, ammo ular farmakologik jihatdan eng rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishlarini kutmasa ham boʻladi.

The Wall Street Journal esa milliy yondashuvimizni hatto "vaktsinali millatchilik" deb atadi. Ushbu ibora ostida bizning mamlakatimiz dori vositasini ishlab chiqishda toʻlaligicha oʻz manbalariga tayangani nazarda tutilgan, va hatto birinchi galdagi vazifa rossiyaliklarni emlash ekanligini, qolgani esa keyingi navbatlarda hal qilinishi ekanligini eʼlon qilishga jurʼat etdi.

"Buning nimasi yomon?" degan savolga javob alohida izoh talab qiladi. Bari gap shunchaki ikkiyuzlamachilikdadir. Albatta, har qanday davlat birinchi navbatga oʻz manfaatlarini, keyin esa butun insoniyatni qoʻyadi. Ammo buni toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq aytish – ilgʻor meʼyorlarga ziddir, shu sababdan Rossiya maʼqullanmayapti.

Qanday boʻlmasin, soʻnggi bir oy ichida Gʻarbning mamlakatimizdagi COVID-19 vaktsinasini yaratish boʻyicha harakatlariga nisbatan jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi va dunyo navbatdagi "Kreml jinoyatlari" haqida xabar topdi.

Avvaliga Rossiya uch mamlakat - Buyuk Britaniya, AQSH va Kanadadan xakerlar yordamida ularning ishlanmalari haqidagi maʼlumotlarni oʻgʻirlashga uringanlikda ayblandi. Kecha esa juda hayratlanarli hodisa yuz berdi: Bloomberg Moskvada aprel oyidan beri eksperimental vaktsina borligini, ammo uni maxfiy ravishda - faqat Rossiya elitasi vakillari olayotganini maʼlum qildi.

Agar ushbu ayblovlarda biron bir mantiqni topishga harakat qilsak, unda bunga eng oddiy tushuntirish bu Rossiya yana imkonsiz deb hisoblagan narsani amalga oshirishiga muvaffaq boʻlganligi boʻyicha Gʻarbning havotirlari: koronavirusga qarshi vaktsinani ishlab chiqishda yetakchi mamlakatlar guruhiga qoʻshilish.

Xitoy iyun oyining oxiridayoq oʻzining eksperimental vaktsinalaridan birini armiyada foydalanishini maʼqulladi. Endi esa Rossiya ijobiy natijalar haqida xabar bermoqda.

Ammo Gʻarbning oʻzining yutuqlari unchalik ravshan emas.

OAVlar maʼlumotlariga koʻra, AQSH farmatsevtika kompaniyalari vaktsina ishlab chiqarishni yoz oxiriga qadar boshlashni rejalashtirmoqda. Ammo bu xabarlar taʼsirliroq koʻrinishi uchun, rasmiy maqom va sodir boʻlayotganlarning tafsilotlari yetishmayapti.

Britaniyaliklarga kelsak, kuni kecha ular Oksford vaktsinasi boʻyicha olib borilgan ishlarning navbatdagi natijalari haqida xabar berishdi va rasmiy bayonotlarga koʻra, natija ular kutganiday ijobiy boʻlmadi. Koronavirusga qarshi emlash boʻyicha davlat ishchi guruhi raisi Keyt Bingem bunga juda katta umid bogʻlamaslikka chaqirdi: "Haqiqat shundaki, biz umuman bu vaktsinani ishlab chiqara olmasligimiz ham mumkin, yaratishga muvaffaq boʻlsak ham, u bemorlanishni butkul toʻxtata olmaydi, balki alomatlar oʻtkir tus olishini pasaytirishi mumkin, xolos", - dedi u.

Bu yerda pichinglar nooʻrin. Gap insoniyat manfaatlari haqida ketmoqda va olimlarning jiddiy ishlari va ehtimoliy muvaffaqiyatsizliklari haqida piching qilish – bu oʻta pastkashlikdir.

Ammo Gʻarbning oʻzi ham buni yodda tutsa yaxshi boʻlardi.

Asosiy mavzular