22:49 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
208 0 0

Savdolardan olingan maʼlumotlarga koʻra, oltin va kumushning narxlari koʻp yillik koʻrsatkichlarning eng choʻqqisiga chiqdi.

"Kalita-Finans" moliyaviy guruhining tahlilchisi Dmitriy Golubovskiyning fikriga koʻra, qimmatbaho metallar narxini oʻsishi dunyoning yetakchi markaziy banklari tomonidan chop etilgan pullar hajmi oʻsishi bilan bogʻliq, ularning balansi mart oyidan boshlab, koronavirus epidemiyasi oqibatlari bilan kurashish bahonasi tufayli qarzlari monetizatsiyasini amalga oshirgan paytdan boshlandi.

"Federal zahiraning REPO operatsiyalariga nazar tashlasak, tsiklik inqiroz avvalroq, oʻtgan yilning sentyabr oyida boshlangan edi. Oʻsha paytning oʻzida likvidlik inqirozi yuzaga keldi va ular oʻz muammolarini qarz pullari bilan hal qila boshladilar. Shunchaki mart oyida bu misli koʻrilmagan miqyosga chiqdi", - deydi ekspert.

Bundan keyin mutaxassis, aholi chiqarilishi mumkin boʻlmagan pul vositalarini afzal koʻrishini taʼkidladi, chunki ularning miqdori chegaralangan. Bu oltin narxi koʻtarilishining asosiy sababi boʻladi.

"Umuman olganda, biz uzoq yoʻlning boshidamiz, chunki hozirda 70-chi yillarga oʻhshash vaziyat kirib kelmoqda, unda dollar oltindan ajratilinib, amerikaliklar ikkinchi jahon urushi yillaridan toʻplanib qolgan harbiy qarzlarini toʻlashgan. Bu past iqtisodiy oʻsish va yuqori inflyatsiya davri boʻlgan. U payt oltin 40 dollardan 600 dollargacha koʻtarilgan", - deydi Golubovskiy.

Moliyaviy tahlilchining taʼkidlashicha, hozirda oltin narxi koʻtarilishining endi birinchi toʻlqini oʻtdi va natijada u besh xonali raqamgacha yetib borishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddatli tanaffusdan keyin kumush narxining oʻsishi ham kuzatilmoqda.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, qimmatbaho metallar narxining koʻtarilishi rublga yaxshi taʼsir qiladi, chunki Rossiyaning oltin zaxirasiga katta. Ekspertning taʼkidlashicha, Moliya vazirligi tomonidan rubl kursini quvvatlab turish uchun chet el valyutasi sotilganiga qaramay, oltin narxining koʻtarilishi sababli mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari pasaymaymagan.

Tahlilchi xulosa tariqasida, davlat banklarning depozit bazasi pasayib ketmasligi uchun aholining pul mablagʻlarini muomalada qolishiga imkon beradigan maxsus vositalarni oʻylab topishi kerak, deb taʼkidladi.

"Odamlar banklardan pullarini olib, bu mablagʻlarga uylarida saqlash uchun qandaydir tilla tangalarni sotib olsalar, ular mablagʻlarni shunchaki muomaladan chiqarib olishadi. Aynan iqtisodiyot uchun bu yaxshi emas. Ular ishlamaydi", - deb tushuntiradi Golubovskiy.

Asosiy mavzular