14:18 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
329 0 0

1980 yilda Moskvada nafaqat ulugʻvor, oʻta zamonaviy sport majmualari, balki koʻplab tegishli infratuzilma obʼyektlari ham foydalanishga topshirilgan.

Olimpiya shaharchasi: baland devor ortidagi jannat

Moskvaning janubiy-gʻarbiy qismida sportchilar uchun maxsus shaharcha qurish toʻgʻrisida qaror 1974 yilda, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi SSSRga oʻyinlarni oʻtkazish huquqini berganida qabul qilindi. Moskvadagi mavjud mehmonxonalar sportchilar va sayyohlar oqimiga bardosh bermasligi aniq edi. Hatto oʻndan ortiq mehmonxonalar va mehmonxona majmualarini qurish toʻgʻrisidagi qaror ham vaziyatni yengillatmadi. Olimpiya shaharchasining qurilishi 1977 yilda boshlandi.

Dastlab, boʻlajak sport shaharchasi uchun bir nechta loyihalar koʻrib chiqildi. Ulardan biriga koʻra, Moskva mehmonlari uchun uylar yumaloq shaklda boʻlishi kerak edi. Shuningdek, Olimpiya shaharchasini joylashtirish SSSR poytaxtining sharqida Izmailovo tumanida rejalashtirilgan edi. Biroq, shaharchani janubiy-gʻarbda, “Lujniki” sport majmuasiga yaqinroqda qurishga qaror qilindi. Shuningdek, binolar bilan tajriba oʻtkazmaslikka va uni standart holda qurishga qaror qilindi. Boʻlajak Olimpiya shaharchasi oʻrnida uchta qishloq aholi punkti joylashgan edi - Troparyovo, Nikulino va Nikolskoye. Ushbu qishloqlarning yogʻoch uylari buzib tashlandi. Troparyovoda faqatgina qishloq ibodatxonasi omon qoldi.

Olimpiyskaya derevnya v Moskve
© Sputnik / Vitaliy Savelyev
Olimpiyskaya derevnya v Moskve

“Olimpiya shaharchasining oʻzi oʻsha yillar uchun odatiy kichik daha edi, - deydi tarixchi Amiram Grigorov. - Ammo ayrim istasnolar bilan. Uylar barcha jihozlari - mebellar, televizorlar, svetilniklar bilan birga foydalanishga topshirilgan. Baland sportchilar - basketbolchilar, voleybolchilar – uchun maxsus odatdagidan uzunroq krovatlar oʻrnatilgan”.

Hammasi boʻlib qirqqa yaqin bino qurilgan. Ulardan oʻn sakkiztasi oʻsha paytlar uchun ulkan 16 qavatli turar-joy majmualari boʻlgan. Direktsiya, madaniy markaz, savdo markazi, toʻrt ming kishiga moʻljallangan oshxona va mashgʻulotlar bazasi uchun alohida binolar jihozlangan. Keyinchalik Direktsiya binosi kontsert zaliga ega madaniy markaz - Moskva mudofaasi muzeyi boʻlib qoldi. Oshxonaning binosi bir muncha vaqt avtomatik telefon stantsiyasi boʻldi, keyinchalik u buzib tashlandi.

“Shuningdek, Olimpiya shaharchasida doim ishlaydigan favvora koʻzda tutilgan edi, - deydi Amiram Grigorov. - Ammo uni tugatishga ulgishmadi va u ishga tushirilmay qolib ketdi. Hatto Olimpiadadan keyin ham. Favvora Olimpiya shaharchasining markazida joylashgan edi. Uning atrofida magazinlar, diskoteka va kafe bor edi. Bu kafega kirish pullik boʻlib, unga kirish oʻsha paytda juda baland hisoblangan ikki rublni tashkil etgan. Biroq, unga kirishga pul toʻlagan mehmon “Voronej-2” uskunasida tayyorlangan ikki dona sut kokteylini bepul olardi.

Olimpiyskaya derevnya v Moskve
© Sputnik / Fedoseyev
Olimpiyskaya derevnya v Moskve

Sovet fuqarolarining aksariyati uchun Olimpiya shaharchasiga kirish taqiqlangan edi. U devor bilan oʻralgan, nazorat punktida esa qattiq nazorat oʻrnatilgan.

“Olimpiya shaharchasining sport axborot xizmati xodimining xotiralari saqlanib qolgan, - deydi Amiram Grigorov. - Sportchilar kelmay turib, sovet fuqarolari kamyob mahsulotlarga toʻla oshxonada tushlik va kechgi ovqat qilishlari mumkin edi. Assortimentda krablar, yogurtlar, qadoqlangan sharbatlar bor edi. Bularning barchasi bir martalik idishlarda berilardi. Olimpiya shaharchasining ishchilari plastik qoshiq va pichoqlarni suvenir sifatida uylariga olib ketishardi. Ulgiganlar oʻsha paytga eng zoʻr hisoblangan stomatologlarga koʻrinib olishgan – ular import materiallari bilan ishlagan. Magazinlarda haridlar faqat sportchilarga ruhsat etilgan”.

Olimpiya shaharchasida doim sovet estrada yulduzlari kontsertlar berib turishgan. Barlar ham sovet odamlarining tasavvurini hayratga solgan. U yerda viski yoki quruq martini tatib koʻrish mumkin edi.

“Kosmos” mehmonxonasi: sovet yuqori texnologiyalari

VDNXning asosiy kirishiga yaqin joylashgan, Mir shohkoʻchasidagi hashamatli mehmonxona Olimpiadadan bir yil oldin ochilgan. Uning 1979 yil 18 iyul kungi ochilish marosimida xalqaro miqyosdagi super yulduz Djo Dassen chiqish qildi. Darhaqiqat, oʻsha yillarda SSSR uchun “Kosmos” mehmonxonasi aql bovar qilmaydigan hodisa boʻldi. Mehmonxona Yugoslaviya quruvchilari tomonidan frantsuz loyihasiga asosan qurilgan.

“Sovet amaliyotida birinchi marta binoda uch kamerali oyna paketlari paydo boʻldi, - deydi arxitektura tarixchisi Anna Bronovitskaya. – Butun fasad boʻyicha sensorlar tizimi bino qismlari va xonalardagi haroratni boshqargan. Undan tashqari mehmonxonada toza choyshablarni yetkazib beruvchi simli tizim ishlagan, birinchi bor kalitlar oʻrniga kartalar paydo boʻldi. Darvoqe, ushbu kartalar yordamida mehmonxona ichida toʻlovlarni amalga oshirsa boʻlar edi. Sovet Ittifoqida birinchi bouling ham shu yerda ishlagan”.

Gostinitsa Kosmos na prospekte Mira
© Sputnik / Ilya Pitalev
Gostinitsa "Kosmos" na prospekte Mira. Na perednem plane — monument "Pokoritelyam kosmosa" (1964)

Bino yarim doira shakliga ega boʻlishi bejiz emas, xalq orasida u “yarim stakan” deb nomlangan. Dastlabki rejaga koʻra, mehmonxona VDNXning yarim doira shaklidagi kirish qismini aks ettirishi kerak edi.

“Biroq, mehmonxonani koʻrgazma qarshisiga qurishning iloji boʻlmadi, - deydi Anna Bronovitskaya. – Janub tomondan bu maydon 1935 yil Bosh rejasiga asosan qurilgan Kosmonavtlar koʻchasiga tiralgan. Kosmosni esa “Mir” shohkoʻchasiga zichlashtirish rejasidan voz kechildi. Shuning uchun bino yonboshga jildirildi, bu bilan ortidan simmetriya chizigʻini ham tortib ketdi.

Izmaylovo: boy tarixga ega gigant

1980 yilda, Olimpiada uchun mahsus, dunyodagi eng yirik mehmonxona majmualaridan biri “Izmailovo” ochildi. Qurilish yetti yil davom etdi. Mehmonxona majmuasining sigʻimi besh ming xonani tashkil etadi.

“Mehmonxona oʻsha paytlar uchun hashamatli boʻlgan. Bu juda jiddiy funktsionalizmdir. Tan olish kerakki, “Izmaylovo” mehmonxonalari oʻzining yuqori sigʻimliligi bilan juda katta katta yordam berdi. Olimpiada paytida u yerda butun boshli delegatsiyalar joylashgan”, - deydi Amiram Grigorov.

Gostinichnыy kompleks Izmaylovo
© Sputnik / Valeriy Shustov
Gostinichnыy kompleks "Izmaylovo"

90-yillarda deyarli butun mehmonxona majmuasi Cherkizovskiy bozoriga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullandi. Xonalar omborlar oʻrniga ishlatildi. Vaziyat savdo doʻkonlari yopilgandan keyin oʻzgardi. Endi “Izmailovo” mehmonxona majmuasi binolari turli mulk egalariga tegishli. Ularning barchasi mehmonxona sifatida ishlashni qaytadan boshladilar.

Markaziy sayyoh uyi: ayyor osmonoʻpar bino

Olimpiada-80 uchun Olimpiya shaharchasi yaqinida Moskvadagi eng baland mehmonxona - Markaziy sayyoh uyi barpo etildi. Leninskiy shohkoʻchasining janubiy-gʻarbiy chekkasida, balandligi 138 metr, 35 qavatli osmonoʻpar qurildi.

“Mehmonxona nafaqat qavatlari boʻyicha eng katta boʻlgan, - deydi arxitektura tarixchisi Anna Bronovitskaya, - Uning stilobati (yertoʻla qismi - tahr.) ham Moskvadagi eng uzun boʻlib 128 metrni tashkil etadi. Stilobat shohkoʻchaga parralel tushgan, lekin mehmonxona minorasi 45 daraja burchakka burilgan”.

Tarixchining soʻzlariga koʻra, bu tashqi effekt uchun emas, balki amaliy sabablarga koʻra qilingan. Minora derazalari “shimol-janub” oʻqiga yoʻnaltirilgan, bu mehmonlarni ertalab yoki kechqurun derazadan qizdirgan quyoshdan xoli qilgan.

“Binoning tepasidan tomosha qiladigan hech narsa boʻlmagan, - deb tan oladi Bronovitskaya. – Aynan Troparyovo Eldar Ryazanovning “Taqdir hazili yoki qushday yengil boʻling” filmida zerikarli, odatiy qurilish namunasi sifatida koʻrsatilishi bejiz emas. Ammo balandikda baribir nafas boʻgʻilgan. Shuning uchun arxitektorlar bunday xavfli qadamga borib, eng yuqori qavatida restoran joylashtirishdi”.

Tsentralnыy dom turista na Leninskom prospekte v Moskve
© Sputnik / Vitaliy Karpov
Tsentralnыy dom turista na Leninskom prospekte v Moskve vecherom

“Katta ochiq pandus mashinalarga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi qavatga, roʻyxatdan oʻtish joyiga kirib borishga imkon bergan, - deydi Anna Bronovitskaya. - Ammo Olimpiadadan keyinla pandus yopildi va boshqa ishlamadi. Xonalar oʻta sodda edi – misol uchun, xonalarda vannalar yoʻq edi. Ammo shunga qaramay, kinoteatr, kontsert va sport zali, kafe, barlar, restoranlar, kutubxona, basseyn oʻrnatilgan edi”.

2009 yilda Markaziy Sayyoh Uyi rekonstruktsiya qilindi va hozirda juda qulay joyga aylandi, shu bilan u Sovet individualligidan xoli boʻldi.

Matbuot markazi: Koʻrinmas simmetriya

XX asrning 70-yillarining oxirigacha Zubovskiy bulvaridagi “Sadovoye” aylansi zamonaviy binolar bilan qurilmagan edi. Hududa “Proviantskiye skladы”ning yetarlicha katta binosi (hozirgi Moskva muzeyi) hukmronlik qilgan. Olimpiada matbuot markazining binosi juda zamonaviy (1980 yil meʼyorlari boʻyicha) qurilgan. Mamlakat obroʻsi koʻp jihatdan jurnalistlar uchun qulayliklarga ham bogʻliq edi.

Jurnalistы vo dvore zdaniya Glavnogo press-tsentra XXII letnix Olimpiyskix igr na tseremonii otkrыtiya press-tsentra
© Sputnik / Vladimir Akimov
Jurnalistы vo dvore zdaniya Glavnogo press-tsentra XXII letnix Olimpiyskix igr na tseremonii otkrыtiya press-tsentra. Zubovskiy bulvar, dom 4

“Kabinetlar eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan (zamonaviy yozuv mashinalari), - deydi arxitektura tarixchisi. - Jonli efir telemonitorlari, qulay konferents-zallari, ish uchun qulay joylar, kafe, restoranlar joylashtirildi. Koʻplab moskvaliklar orzu qilgan afsonaviy valyuta bari faoliyat yuritgan. Shuningdek bu yerda Moskvadagi eng katta fotolaboratoriya joylashgan edi, pochta, telegraf, teletayp va faks ishlagan”.

Darvoqe, Zubovskiy bulvari, 4-uydagi bino “Proviantskiye skladы” bilan birga yagona ansamblni tashkil qiladi, buni koʻpchilik payqamaydi. Agar ular pastga qarab kengayadigan uch yopiq hajmni ifodalasa, unda matbuot markazi binosidan bu hajmlar huddi ichki hovlilarni tashkil etganday tashqariga chiqarilib turadi.

“Matbuot markazining oʻz merosxoʻri boʻlgan, - deydi Anna Bronovitskaya. - Binoga Olimpiya oʻyinlaridan soʻng darhol Sovinformbyuroning huquqiy vorisi va SSSRning asosiy xalqaro jarchisi boʻlgan “Novosti” Axborot Agentligi (APN, Agentstvo pechati "Novosti"-tahr.) koʻchib oʻtdi. Agentlik omad kulib boqdi. 70-yillarning boshlarida uni yangi oʻzlashtirilgan chekka joylarga – Lenin shohkoʻchasi va Obruchev koʻchasi kesishmasiga koʻchirishmoqchi edilar. Tabiiyki, bu har bir xalqaro jurnalist ishlashni orzu qilgan agentlikning obroʻsiga toʻgʻri kelmaydi”.

V odnom iz pomeщeniy press-tsentra. Zubovskiy bulvar, dom 4
© Sputnik / Vladimir Akimov
V odnom iz pomeщeniy press-tsentra. Zubovskiy bulvar, 4

Hozirda bu binoda "Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi joylashgan boʻlib, uning muhim tarkibiy qismi Sputnik agentligi hisoblanadi.

Zdaniye Mejdunarodnogo informatsionnogo agentstva Rossiya segodnya na Zubovskom bulvare v Moskve
© Sputnik / Vladimir Trefilov
Zdaniye Mejdunarodnogo informatsionnogo agentstva "Rossiya segodnya" na Zubovskom bulvare v Moskve

Xalqaro savdo markazi: Sovet-Amerika binosi

1980 yilda Sovintsentr binosi ochildi, hozirda u Xalqaro savdo markazi deb ataladi. U amerikaliklar bilan birgalikda qurilgan. AQShdan Vladimir Leninning oʻzi bilan shartnomalar tuzgan milliarder Armand Hammer chiqqan. Meʼmorlar guruhini Moskva bosh meʼmori Mixail Posoxin boshqargan. Amerika tomonidan oʻz ofis va mehmonxona binolari bilan taniqli Welton Becket kompaniyasi chiqqan.

"Ushbu kompaniyaning portfelida yuqori darajadagi diqqatga sazovor joy - Florida shtatidagi Disney World mehmonxonasi bor edi, - deydi arxitektura tarixchisi Anna Bronovitskaya. – Aynan Armand Hammer boʻlajak qurilish uchun joy tanlagan boʻlishi ehtimoldan holi emas. Bu Krasnopresnenskaya sohilidagi temir yul hovlisi edi. Shu yerning oʻzida, daryoning narigi betida, 1926 yilda Hammerning oʻzi asos solgan qalam fabrikasi joylashgan”.

Qurilish Sovet va Amerika quruvchilari tomonidan amalga oshirilgan.

Tsentr mejdunarodnoy torgovli i nauchno-texnicheskix svyazey s zarubejnыmi stranami na Krasnopresnenskoy naberejnoy
© Sputnik / Yuriy Abramochkin
Tsentr mejdunarodnoy torgovli i nauchno-texnicheskix svyazey s zarubejnыmi stranami na Krasnopresnenskoy naberejnoy

“Xalqaro savdo markazining loyihasi oʻsha paytda Moskvadagi aksariyat binolardan koʻra yaxshiroq amalga oshirilgan, - deb taʼkidlaydi Anna Bronovitskaya. – Qimmat import materiallariga palapartish munosabatda boʻlishga hech qanaqasiga yoʻl qoʻyilmagan. Poʻlat karkas, yongʻinga chidamli qoplama panellar, alyumin bogʻlovchilar va qoraytirilgan oynalar – bularning hammasi Moskvada birinchi bor paydo boʻlgan.

Sovintsentr oʻsha paytda misli koʻrilmagan hodisa boʻldi. Yigirma qavatli minorada xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari joylashgan edi. Uning yoniga 600 xonadan iborat mehmonxona, shuningdek Moskvada doimiy istiqomat qilgan chet elliklar uchun apartamentlar majmuasi qurilgan edi. Koʻplab xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Olimpiada kunlarida aynan shu majmuada joylashishgan.

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular