Ukraina va Polsha nega “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi – siyosatchi fikri

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishUkrainskiy politik Vladimir Oleynik
Ukrainskiy politik Vladimir Oleynik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh o‘z oldiga Yevropa bozoridan arzonroq energiya manbalari ega Rossiyani siqib chiqarish maqsadini qo‘ygan, Ukraina va Polsha esa AQShning Yevropadagi “himoyachilari”dir, deya hisoblaydi ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik.

Ukraina va Polsha Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish uchun birgalikda choralar ko‘radilar, deb xabar berdi Ukraina TIV. Ushbu masala Varshavada Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba va uning polshalik hamkasbi Yatsek Chaputovich o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi, unda ular energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga harakat qilmoqda

Kuleba va Chaputovichning fikriga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” butun Yevropaning energiya xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Ushbu yangilikni izohlar ekan, ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik Polsha va Ukraina AQShga mutlaqo qaram ekanligini ta’kidladi.

“Ukraina allaqachon Polsha orqali Amerikaning suyultirilgan gazining bir qismini qabul qilib bo‘ldi. Endi Ukrainaning sotqin hukumati nima qilyapti -  Amerika gazi narxi kelajakda ukrainaliklarni larzaga solmasligi uchun, mamlakatda gaz narxini ko‘tarmoqda. Barchasi amerikaliklarning manfaatlariga xizmat qilish uchun. Polsha va Ukraina bugungi kunda Amerikaning Yevropadagi “himoyachilari”dir, - dedi Oleynik Sputnik radiosining efirida.

Uning ta’kidlashicha, AQSh o‘z oldiga Yevropa bozoridan arzonroq energiya manbalari ega Rossiyani siqib chiqarish maqsadini qo‘ygan.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Bosim tobora kuchaymoqda. AQSh “Shimoliy oqim-2” pudratchilariga tahdid qilishga o‘tdi

“Nega Germaniya “Shimoliy oqim-2”ni bunchalar jiddiy qo‘llab-quvvatlamoqda? Bu mamlakat Amerikaning suyultirilgan gazini sotib olishni boshlasa, nima bo‘lishini yaxshi tushunadi. Hozirgi kabi iqtisodiyoti yo‘q bo‘ladi. Germaniya barcha ilg‘or pozitsiyalarini yo‘qotadi”, - dedi Oleynik.

Shu bilan birga, u ushbu masalada hech qanday siyosat yo‘qligini ta’kidladi - faqat iqtisodiyot.

“Iqtisodiyot esa eng yuqori siyosatdir, chunki bu xalq farovonligidir", - dedi ukrainalik siyosatchi.

“Shimoliy oqim-2” qurilishini tugatish uchun bor kuchni safarbar qilish kerak. Bu hayot-mamot masalasi, bo‘ladi yoki bo‘lmaydi”, - dedi Vladimir Oleynik.

Yangiliklar lentasi
0