18:14 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
46301

AQShda "oltin asr" boshlanishi mumkinligi ehtimoliga MDUning Ruzvelt nomidagi AQShni oʻrganish boʻyicha jamgʻarmasi rahbari Yuriy Rogulev sharh berdi

Koronavirus ustidan gʻalabadan soʻng AQShni "oltin asr" kutmoqda, dedi Amerika yetakchisi Donald Tramp.

Moskva davlat universiteti AQShni oʻrganish boʻyicha Ruzvelt nomidagi jamgʻarmasi direktori Yuriy Rogulevning soʻzlariga koʻra, Trampning soʻzlari va bayonotlari shunchaki ritorikadir, chunki faktlar bilan tasdiqlanmagan.

"U allaqanday muvaffaqiyatlarni namoyish etishi kerak, chunki saylovlar yaqinlashmoqda. U optimizmni uygʻotishi, hammasi yaxshi ketayotganini va kelajakda bundan ham yaxshiroq boʻlishini aytishi kerak", - dedi mutaxassis Sputnik radiosining efirida.

Rogulevning taʼkidlashicha, Tramp bunday bayonotlarni bir necha bor bergan.

Shu bilan birga, ekspert AQSH dunyo ustidan hukmronlik qilish siyosatini davom ettirsa, katta muammolarga duch kelishiga ishonch bildirdi.

"Bunday siyosatni olib borishda AQSH yanada koʻproq qiyinchiliklarga duch keladi. Shuning uchun men buni "oltin asr", yoki aniqrogʻi, soʻnggi yillarda bu kabi olib borgan siyosati bilan AQSH uchun optimistik kelajak keladi deb hisoblamayman", - deya xulosa qildi Rogulev.

Asosiy mavzular