17:54 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
451 0 0

Koronavirus tugasa ham isteʼmolchilar xulq-atvori avvalgi holiga qaytmaydi, aksariyat ishga avtomobilda qatnamaydi va uzoq masofalarga samolyotlarda uchmaydi - neft davri tugashi haqida yangi nazariya tahlili.

Rossiyada hammasi yomon kelajakda undan ham yomon boʻladi deyishni yaxshi koʻradigan ekspertlar koʻchasida bugun bayram: Reyter agentligi oʻzining OPEKdagi ishonchli manbaasiga tayanib - Alyansda dunyoda neftga boʻlgan talab endi umuman qayta tiklanmasligi mumkin va bu neft qazib oluvchi mamlakatlar uchun ogʻir oqibatlarga olib keladi, degan stsenariyni jiddiy oʻrganilmoqda, deb xabar qildi.

60 yildan beri neftdan imkon qadar koʻproq foydalanish tarafdori boʻlgan tashkilot rahbariyati oʻziga-oʻzi - agar bu yilgi neftga boʻlgan talab hajmining keskin qisqarishi doimiy koʻrsatgichga aylansa, neft asri yakuniga yetkayotgan boʻlsa, qanday qilib  neft yetkazib berish boshqariuvining samaradorligini oshirish mumkin, degan savolni bergan boʻlsa ajab emas, deb yozadi Reyter.

Britaniya axborot agentligining OPEKning hozirgi va sobiq amaldorlari bilan aloqalri qanchalik ishonchli boʻlmasin, tashkilot rasmiy nuqtai nazari bunchalik pessimistik emas – ular uzoq muddatli istiqbolda neftga boʻlgan talab bosqichma-bosqich kamayishini prognoz qilishmoqda xolos.   

Aynan shu sababli ushbu maqoli sohaga yaqin boʻlgan tuzilmalar orasida katta qiziqish, aniqrogʻi shov-shuvli qiziqishga sabab boʻldi: agar rostdan ham OPEK ichida “neft asri tugayotgani” muhokama qilinayotgan boʻlsa, unda Rossiya, Kanada va Norvegiya kabi byudjeti neftga asoslangan davlatlar oʻz kelajak rejalarini jiddiy qayta koʻrib chiqishlari kerak boʻladi.

Aytish joizki, bu gʻarbiy mediachilar oʻzlarining anonim va yuqori martabaali manbaalariga asoslangan holda “neft asri tugayotganini” yoki “yaqinda tugashini” birinchi marotaba tantanali eʼlon qilayotganlari yoʻq.  

Koronavirus oqibatida sodir boʻlgan iqtisodiy shok, neftga boʻlgan talabning uzoq muddat davomida kamayishi haqidagi nazariyaga hech qanday yangilik kiritmadi. Oxirgi vaqlarda sodir boʻlgan oʻzgarishlar nazariyani yana bir punktga toʻldirdi desa ham boʻldi. Olin mavjud boʻlgan “global iqlim isishi” va yangi “yashil texnologiyalar”ga koronavirus oqbatida iqtisodga yetgan zarar “hech qachon tiklanmasligi mumkin” degan nazariya bilan toʻldirdi xolos.

Ushbu nazariya tarafdorlari fikriga koʻra, koronavirus epoxasi tugaganidan keyin ham isteʼmolchilar xulq-atvori avvalgi holiga qaytmaydi. Aksariyat masofadan turib ishlashda davom etadi, ishga avtomobilda qatnamaydi va uzoq masofalarga samolyotlarda uchmaydi.   Epidemiya fonida turizm sohasi mutlaq inqirozga uchraydi, shu sababli ham neftga boʻlgan talab oldingi holatiga qaytmaydi.

Lekin karantin choralari yengillashtirilganidan soʻng ayrim yoʻnalishlardagi turistik xizmatlarga paydo boʻlgan ajiotajni koʻrgan kishi bunday deb oʻylamaydi. Dunyo iqtisodi 2 yoki 4 yilda qayta tiklansa ham – bu neftga boʻlgan talabning tabiiy oʻsishini biroz sekinlashtiradi xolos.

Isteʼmolchi xulq-atvori oʻzgarishidan ham umid qilishga hali erta. Xodimlarning masofadan turib ishlash tartibiga oʻtish tajribasi Internet erasi boshlangan 2004 yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. Lekin aksariyat hollarda ushbu tajribalar muvaffaqiyatsiz tugadi. Masofadan turib ishlayotgan xodimlarda intizom va mahsuldorlik pasayishi kuzatilgan. Undan tashqari ofisdan ishlayotgan xodimlar boshliqlar bilan muloqotda boʻlib “ichki siyosatni” yaxshiroq tushinib olishda va oʻz bu ularning karyera zinapoyasidan muvaffaqiyatliroq koʻtarilishiga xizmat qilishi kuzatilgan. Ushbu omillar ikkala tomon uchun ham masofadan turib ishlashning jozibadorligini kamaytirmoqda.  

Neftga talabning keskin tushib ketishiga jiddiy xavf bu – haqiqiy texnologik kashfiyotdan soʻng boʻlishi mumkin. Masalan elektromobillar, elektr yuk avtomobillari va dengizda konteyner tashuvchi elektr kemalarning raqobatbardoshligi oshsa. Lekin bunday xavf har doim boʻlgan.

Yevropa Ittifoqidagi “iqlimni saqlab qolish” uchun neftdan majburiy voz kechish siyosatiga kelsak, Emmanuel Makron va “sariq nimchalar” norozilik namoyishlari – uglevodorodsiz iqtisod qurishga boʻlgan harakat juda xavfliboʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Birinchi navbatda bunday siyosat ana “yashil orzular” bilan yashayotgan siyosatchilarning oʻzi uchun xavfli.      

Ajablanarlisi shundaki, biror bir sohaning kelajagi noaniq va mavhum boʻlib turgan vaqtda ushbu sohaga sarmoya kiritish – juda samarali natija berishi mumkin. Bir ikki yildan soʻng dunyoda neft bozori qulashi haqidagi mish-mishlar kulguli boʻlib tuyulishi mumkin va oʻshanda neftga boʻlgan talab emas taklif bilan mammolar tugʻilishi mumkin.  

Masalan, amerikaning eng eski slents neft kompaniyalaridan biri Parsley Energyning rahbari Mett Gellexer Financial Timesga bergan intervyusida, AQShda neft qazib olish choʻqqisi allaqachon oʻtib boʻlinganini va kuniga 13,1 milliona barreley qazib olish koʻrsatgichiga kelajakda va uning umri davomida hech qachon erishib boʻlmasligini xabar qilgan edi.

Undan tashqari: AQShdagi ulkan slanets zahiralari haqidagi maʼlumotlar ham feyk boʻlib chiqdi. Bu “Kreml propaganda”sining bahosi emas, balkim Amerikaning Bloomberg agentligi maʼlumoti.

Sobiq va amaldagi muhandis-geologlar bilan boʻlib oʻtgan intervyuda ular anonim ravishda slanets kompaniyalari rahbarlari xom-ashyo zahiralarini boʻrttirib koʻrsatishni talab qilishganini aytib berishgan. Ushbu ishni amalga oshirgan muhandislar yuqori lavozimlarga tayinlangan, qarshi boʻlganlar esa – ishdan boʻshatilgan, - deyilgan Bloomberg xabarida.

Oxirgi bir necha yil davomida anʼanaviy neft qazib olish sohasiga doimiy ravishda sarmoyalar yetishmasligi kuzatildi. Ana shuni hisobga olganda, pandemiyadan soʻng neftga boʻlgan talab qayta tiklanishi, lekin talabni qondirish uchun yetarli miqdorda neft boʻlmasligi mumkin. Boshida aytilganidan koʻra aynan mana shunday stsenariy amalga oshishi ehtimoli ancha yuqori. Bunday vaziyatda OPEK+ alyansi oldida birinchi navbatda qazib olishni toʻgʻri boshqarish vazifasi turadi. Oʻshanda neft narxi ham ancha yuqori boʻladi.

Asosiy mavzular