18:32 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
1725 0 0

Kuni ertaga AQSH Demokratik partiyasining (onlayn-formatda oʻtadigan) yigʻilishida sobiq vitse-prezident Jo Bayden, ehtimolki, yakka tartibda, Qoʻshma Shtatlarning boʻlgʻusi prezidentini saylaydi. Aniqrogʻi, ayol prezidentini.

Viktor Maraxovskiy

Bilasizmi bu nima sababdan roʻy beradi? Chunki Bayden ayni vaqtda oʻz raqibi, amaldagi amerika prezidenti Donald Trampdan, turli soʻrovlarga koʻra, ikki, toʻrt, sakkiz va hatto oʻn foiz ilgarilab bormoqda. Soʻrovda qatnashgan amerikaliklarning aksariyati Trampni muntazam qoniqarsiz baholashmoqda. Va (agar omma oldida hatto internet va TV orqali shubhali darajada kam koʻrinish beradigan, gaplarida tez-tez adashib ketadigan va shu bois, koʻpchilik tomonidan ishga yaroqsiz, deya taʼriflanadigan 77 yashar Bayden, saylovlarga qadar, kutilmaganda, rostdan ham oʻzining ishga layoqatsizligini bilib qolmasa) — uning boʻlajak prezidentligi xuddi kafolatlangandek koʻrinmoqda.

"Koʻrinmoqda" va "xuddi" deyilishining boisi, Xillarining prezidentligi ham kafolatlangan edi, ammo reallik oʻzining ajabtovur tuzatishlarini kiritdi.

Shu tariqa: Jo Bayden qasamyod qilishga olib kelinganida/agar olib kelinsa, u 78 yoshda boʻladi. U Oval kabinetni egallagan eng keksa prezident boʻlishdan tashqari - oldingi rekordchi - 70 yashar Donald Trampdan birdaniga 10 yilga oldinlab ketadi.

Yaʼni u amerika prezidentlarining koʻpchiligi (45 nafardan 36tasi) allaqachon dunyoni tark etgan yoshda ofisni egallaydi. Demokrat nomzodning harakatlaridagi yuqorida tilga olingan gʻalatiliklarni hisobga olganda, u bu koʻpchilik safiga toʻppa-toʻgʻri mehnat majburiyatlarini bajarayotib qoʻshilishi mumkinligini hamma tushunib turibdi.

Bunday fojiali koʻngilsizlik yuz bergan taqdirda prezident etib (shunchaki "vazifasini bajaruvchi" emas, balki, chinakam, yuz foiz AQSH prezidenti etib) vitse-prezident tayinlanadi — va ushbu lavozimni u Baydenning toʻrt yillik muddati yakunlanguniga qadar egallab turadi. Agar Jo ofisga koʻchib kirganining ertasi kuni yaxshi dunyoga ravona boʻlsa - u holda, bu dunyoda, garchi xalq tomonidan saylanmagan esa-da, ammo qonuniy boʻladigan prezident eng yirik gʻarb derjavasini 2025 yilga qadar boshqarishi mumkin.

Aynan shu insonni Bayden yaqin kunlarda barchaga tanishtirmoqchi.

Oldindan maʼlumi: u ayol boʻladi. Bayden bahorda shunday vaʼda bergan edi. Aynan qanday ayol boʻlishi konvent arafasida amerika siyosati kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi.

© Sputnik / Mixail Klimentyev

Nomi tilga olingan eng taniqli nomzodlar orasida — yil boshida demokratik partiya ichidagi poygada oʻz ovozlarini Baydenga bergan senator Elizabet Uorren; Michigan shtati gubernatori (oʻzining 48 yoshida "yosh va yangi qon" sanalmish) Gretxen Uitmer; senator Temmi Dakvort (Iroqdagi urush faxriysi, urushda ikki oyogʻidan judo boʻlgan, kamiga yarmi taylik xitoy); kongressvumen Vel Demings (negr ayol va sobiq politsiyachi); Karen Bass (negr ayol va narkotiklarga qarshi kurashchi); Syuzan Rays (negr ayol va Obamaning milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi); Kamala Xarris (yarim negr, yarim hindi ayol, Kaliforniyaning sobiq bosh prokurori). Aytgancha, nooshkor tarzda demokratik partiya poygasida aynan oxiridagi ikki ayolning vitse-prezidentlikka saylanishi imkoniyati koʻproq, deya aytilmoqda.

Aytgancha, kamina, nomzodlarning irqiy ozchilikka mansubligi va ulardan birining nogironligini mavjud holatni hamma yaxshi bilgan "AQShning keyingi prezidenti bir oyoqli negr ayoli boʻladi" degan latifaga yaqinlashtirish uchun ezmalik ila sanab oʻtgan emasman. Gap shundaki, amerikalik tahlilchilar ushbu barcha irqiy va nogironlik xususiyatlarini jiddiy ravishda muhim hisoblaydilar.

Negr ayollarining afzalligi shundaki — Dempartiyaga koʻra, 2016 yilning muvaffaqiyatsizligi omillaridan biri ("2016 yil fojiasi") Klintonning, yaʼni partiyaning oq tanli nomzodining vitse-prezidentlikka nomzodi qora tanlilar tomonidan oʻta sust qoʻllab-quvvatlangan edi. Qora tanlilar esa - AQSH aholisining 13%ni tashkil etadi. Shu bois, istiqbolli qora vitse-, sal oʻtib esa, toʻlaqonli prezidentni shartli ravishda qiziqtirib, jalb qilish lozim.

Boston Globega oʻxshaganlar ochiqchasiga Bayden vitse-prezidentlikka qora tanli ayolni tanlashi lozimligi haqida yozmoqda.

Taxminlarga koʻra, qora tanli ayol bunday tandemda taʼqib qilinayotgan qora ozchilik nuqtai-nazaridan respublikachilar va Trampning irqchilik mohiyatini agressiv tarzda fosh qilishi, Bayden esa bu olishuvda chetda turib, u va Obama davrida jamiyatda bunday boʻlinish boʻlmagani va oʻzining missiyasi - mamlakatni birlashtirish ekani haqida shivirlashi lozim.

...Lekin eng qizigʻi quyidagicha.

Bunday tandemda mamlakatni Trampdan yaxshiroq birlashtirib boʻlmaydi, degan fikr bor. Va hatto, bu tandem bu ishni Trampdan yomonroq uddalashi taxmin qilinmoqda.

Yaqinda esga olingan Konnektikut universiteti professori Piter Turchinni misol keltirsak. U oʻn yillar oldin, 2020 yilda AQShda siyosiy beqarorlik choʻqqisini bashorat qilgan odam sifatida toʻsatdan gʻoyibdan paydo boʻlgan edi. Ushbu beqarorlikning asosiy omillaridan biri sifatida u elitalarning haddan tashqari koʻpayishiga ishora qilgandi.

Bu haddan tashqari koʻpayish - boy odamlar foizining ortishi singari, bir qarashda ijobiy koʻringan holatning hiylakor oqibatidir.

Biz esa bu yerda eng yomon illat - boylar va kambagʻallar oʻrtasidagi tafovutning kengayishi, deb oʻylashga odatlanganmiz.

Ammo, aftidan, yovuzlik koʻrinishi "ijobiy" boʻlgan oʻzgarishlarda ham yashirin. Biz avval AQShdagi 1970 yilda aholining 62%ini tashkil qiluvchi oʻrta qatlam, hozir yarmidan ham pasaygani va ular boylar qatori kambagʻal qatlam sari migratsiya qilayotgani haqida yozgan edik. Bu yerda eʼtiborli jihati - oxirgi oʻn yillikda bu qatlamni tark etganlarning uchdan ikki qismi qashshoqlik sari emas, balki aynan elitalar safiga qarab yoʻl olgan.

Bundan tashqari, oʻta boylar soni yanada ortgan: AQShning eng boy aholisining shartli "brilliant foizi" ikki foizdan oshgan. 1995 yil narxlarida oʻn million dollardan ortiq aktivlarga ega oilalar soni 1983 yildan 2010 yilgacha besh baravar koʻpaygan (hozir ular soni yanada koʻp).

Elitariylar soni AQShda rostdan ham sanoqsiz, millionerlar 19 millionga yaqin (bu butun boshli Rumыniya yoki Qozogʻiston degani). Detsimillionerlar soni — yarim million, hatto milliarderlar 650 ga yaqin.

Bir qarashda, bu yaxshidek koʻrinadi, toʻgʻrimi?

Ammo noziq tomoni bor. Odamlar boyib ketgach, tabiiy ravishda hokimiyatga daʼvo qilishni boshlaydilar. Ular oʻz iqtisodiy kuchini his qilgach, uni siyosiy kuchga konvertatsiya qilish istagida yonadilar. Ular shaharlar, kongress, Oq uyga daʼvo qila boshlaydilar.

Ammo hukumatda oʻrinlar soni ortgani yoʻq-ku. Hatto, 450 oʻringa ega Kongress barcha milliarderlarni sigʻdira olmaydi.

Elitada bunday talatoʻp tufayli ular orasidagi har qanday birdamlik erib bormoqda - va aksincha, oʻta dahshatli gʻajishuv avj olmoqda.

Aytgancha, bu yerda faqatgina boylar ishtirok etmoqda, deya oʻylash yaramaydi.

Gap shundaki, qolganlar, yaʼni oʻsha oʻrta sinf va kambagʻallar, haqiqiy pul, kuch va farovonlik ulardan yuqoriga qarab oqib keta boshlaganini his qilgach, oʻz imkoniyatlari doirasida boylar va buyuklarning yaltiroq olamiga kirish imkoniga ega boʻlish istagida ular ijtimoiy liftlar sari yugurishgan.

Natijada, soʻnggi yillarda AQShda yuristlar, shuningdek, siyosatshunoslar va "ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar" soni aholining oʻsish surʼatlaridan sezilarli darajada oshib ketdi. Yaʼni nazariy jihatdan keyinchalik siyosiy lavozimga aylantirilishi kerak boʻlgan mutaxassisliklar egalari soni ortdi.

Bu odamlarning aksariyati esa siyosiy karyerani boshlash tugul, balki oddiy muvaffaqiyatga ham erisha olgani yoʻq.

Ular gʻazabnok, oʻz muvaffaqiyatsizligi obʼyekti deb bilganlarga nisbatan dushmanlik hissiga toʻlgan, va, umuman olganda, hozirgi Amerika lovullab alanga olishiga ham qarshi emas. Chunki kimgadir bu inqiroz boʻlsa, kim uchundir esa imkoniyatlar darchasi.

Va ehtimolki, bu odamlar - bir-biridan ayro holda Amerikaga nisbatan vatanparvarlik hissini tuyar ham, ammo birgalikda olganda uning asosiy ichki dushmanini tashkil qiladi.

Shu bilan birga, eng murosasiz elitalar yoki elita boʻlishni xohlagan, lekin boʻla olmagan va Rossiyadagi fojialarni Florida yoki hech boʻlmaganda Koloradodan, yoki hech omad kulib boqmasa, Kiyevdan turib "layk"lash uchun emigratsiya qiladigan Rossiyadan farqli oʻlaroq - amerikaliklarni boradigan joyi yoʻq. Ular allaqachon Amerikada, ular muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsani qilgan, ammo endilikda ularga taqdim etilgan veksel boʻyicha hisob-kitob qilishdan bosh tortishmoqda.

 

Diqqat, savol: "Jo bobo" yoki qora temir xonim bu odamlarning koʻnglini qay tarzda ovlay oladi yoki ularni qanday qilib tinchlantira oladi? Maqsadli auditoriya koʻz oʻngida ikki yuqori martabali mansabdor shaxsdan birining jinsi va terisi rangini  almashtirib, buni uning real qudrati tufayli erishilgan yutuq sifatida koʻrsatishga urinib koʻrmoqchimi? Bu elitariylar ichidagi ichki raqobat muammolariga qandaydir yechim boʻla oladimi?

Axir hukumat xuddi avvalgi kabi, rezinalimas.

...Aytgancha, hukumat haqida.

Turli davlatlarda elitalar goʻyoki nimasi bilandir farqlanadi, deb oʻylashga hojat yoʻq. Mamlakatimiz misolida koʻrib turibmizki, yildan-yilga, biri qoʻyib ikkinchisi mahalliy boyarlarning turli qismlari muntazam ravishda hamma narsani butkul unutib, xursand tarzda tartibsizlik hujumi oʻyiniga kirishadilar - va har gal bu ish bilan, kesatib aytganda, to oʻrmonchi kelguniga qadar mashgʻul boʻlishadi.

Va aynan shu bois, AQShning sayyoradagi eng muhim derjavalardan biri (ustiga ustak eng yorqin ham - Amerika, oʻzining media qudrati tufayli, ustimizda goʻyoki osmondagi oʻchirib boʻlmaydigan televizor kabi osilib turadi) sifatida hozirgi va kelajakdagi taqdiri bizning elitalarimiz uchun ham aniq saboq boʻladi, deb umid qilish uchun asos bor.

Bu bilan amerikaning ilgʻor tajribasi takrorlanishidan bizni qutqaradi.

Asosiy mavzular