22:54 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Analitika
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (20)
468 0 0

Olimpiada-80 da suv polosi boʻyicha SSSR terma jamoasi barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, ikkinchi marta “oltin”ni qoʻlga kiritdi, afsuski, soʻnggi marta. Ushbu gʻolib jamoa tarkibida Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan, respublikaning birinchi olimpiada chempioni Erkin Shagayev ham bor edi.

Marina Chernыshova-Melnik. 

Yangilangan jamoada Olimpiada sari

Erkin Shagayev Toshkentning “Mehnat” klubida suv polosi bilan shugʻullanishni boshlagan. Jamoa SSSRning Oliy liga chempionatida ishtirok etgan. Shagayev bu jamoaga tantanali gʻalabalardan soʻng uni mashhur sovet klublariga taklif qilishlariga qaramasdan sportdagi faoliyati davomida sodiq qolgan. Uni TSSK VMF, “Dinamo” va MGU klublari oʻz saflariga chorlashgan edi.

“Oʻzbekistonda yuqori tezlikda hujum uyushtiradigan oʻyinni targʻib qiluvchi oʻziga xos suv polosi maktabi bor edi. Respublika turnirlarida eng yaxshi natijalarga erishardik: oʻsmirlar jamoasi hatto Sovet Ittifoqi birinchiligini qoʻlga kiritgan edi, kattalar terma jamoasi esa 1983 yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida bronza medallarga ega chiqqan. Shu bilan birga terma jamoa koʻp millatli edi: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Estoniya, Gruziya, Ukraina va mamlakatning boshqa hududlaridan oʻyinchilar bor edi”, - deya eslaydi sportchi.

Ilk bor Shagayevni terma jamoaga 1976 yil dekabr oyida, Monrealdagi (8-oʻrin) Oʻyinlardagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng taklif qilishdi. Keyingi toʻrt yil mobaynida 52 nafar nomzod saralashdan oʻtdi. Ular qatorida toshkentlik 18 yoshli Erkin ham bor edi.

Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve
Iz lichnogo arxiva Erkina Shagayeva
Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve

Uning terma jamoa tarkibidagi birinchi turniri 1977 yil avgustdagi Yevropa chempionati boʻlgan. Uning birinchi debyuti muvaffaqiyatli boʻlganiga qaramasdan jamoa 4-oʻrinni ishgʻol etgan. Keyingi Jahon chempionati (1978) va Jahon kubogida (1979) ham bunday holat kuzatilgan.

“Bu biz uchun juda ogʻir damlar edi. Jahon chempionatida menga yuqori tezlikda chidamlilik yetishmadi. Oʻsha yili men juda gʻayrat bilan shugʻullanardim, lekin doimo charchoq sezardim. Keyinroq shifokorlar meng bu yuklamaning notoʻgʻri taqsimlanishi va nomuvofiq mashgʻulot jadvali ekanini aytishdi. Inson oʻz organizmini his qilishni oʻrganishi lozim. Xayriyat, 1979 yil yoziga kelib men jismoniy qiyinchilikni yengdim va natijada olimpiada terma jamoasi tarkibiga kirdim”, - deya hikoya qiladi Erkin Shagayev.

Kelajagi porloq toshkentlik oʻyinchi mamlakatning asosiy jamoasiga tasodifan kelib qolmaganini isbotladi: Italiyaning Bolyasko shaharchasidagi olimpiya oʻyinlaridan oldingi musobaqada Shagayev eng yaxshi oʻyinchi mukofotiga loyiq deb topildi.

Muhit eng kuchli raqiblarni dogʻda qoldirishda koʻmaklashdi

Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve
Iz lichnogo arxiva Erkina Shagayeva
Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve

Olimpiada-80 ning barcha ishtirokchilarini Podmoskovyedagi dam olish uylariga joylashtirishdi.

“Biror narsa mashgʻulotdan chalgʻitmaslini uchun bizni ataylab shahar shovqinidan ajratishdi. Musobaqa arafasida yagona jadval bor edi: tong saharda uygʻonish, nonushta, mashgʻulot, istirohat, ikkinchi mashgʻulot, kechki ovqat, uyqudan oldingi istirohat. Lujnikovskiy basseynida tayyorgarlik koʻrardik. U yerda olimpiya musobaqaning dastlabki oʻyinlari boʻlib oʻtishi lozim edi. Jamoa bir kunda ikki marta u yerga avtobusda borardi – bir tomonga yoʻl 40 km”, - deya xotirlaydi Shagayev.

Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve
Iz lichnogo arxiva Erkina Shagayeva
Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve

Olimpiya shaharchasi haqidagi taassurotlari

“Shaharcha muhtasham edi, barcha turar joy obʼyektlari va sport inshootlari maxsus Olimpiada uchun qurilgan. Moskva boʻylab sayr qilishga vaqt boʻlmaganligiga qaramasdan biz Jangovar shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdik. Bundan tashqari, dam olish kunlari ogʻir mashgʻulotlardan soʻng jonli musiqadan bahramand boʻlishimiz uchun artistlar olib kelingan edi.  Bu kayfiyatni koʻtarardi. Tashkiliy jihatdan oʻsha Oʻyinlar ularni oʻtkazishdagi tarixidagi eng yaxshisi desa ham boʻladi. Hammasi aniq-ravshan oʻtkazilgan: musobaqalar, mashgʻulotlar, xavfsizlik, dam olish, maishiy masalalar”, - deya ishonch bilan aytadi sportchi.

Oltin medal sari intilish

Iyul oyida Olimpiada boshlandi. Oʻyin mezbonlari guruh bosqichidagi saralash oʻyinlarini asosan kechki payt oʻtkazishardi. Yakuniy oʻyin boʻlib oʻtgan “Lujniki” basseyni tribunalari va Mir xiyobonida minglab tomoshabinlar toʻplanardi.

“Voqeaning ahamiyatligi muhiti ufurib turardi. Biz juda yaxshi shaylangan va ruhlangan edik, masʼuliyatni his etardik. Buning uchun murabbiylarga tashakkur. Men Toshkentdagi klubda namoyish etgan oʻyin uslubi terma jamoadagidan farq qilardi. U ikki yerda men “harakatchan hujumchi” pozitsiyasida oʻynardim. Gap turli sheriklar va raqib darajasida edi”, - deya tushuntiradi Shagayev.

Guruh bosqichida SSSR jamoasiga Italiya, Ispaniya va Shvetsiya jamoalari raqiblik qilgan. Ruhiy jihatdan italiyaliklar, amaldagi jahon chempionlari bilan oʻyin juda muhim edi. Oʻshanda bu musobaqalar ham toʻrt yilda bir marotaba oʻtkazilardi, demak, unvol ham juda ahamiyatli edi.  1978 yilgi Gʻarbiy Berlindagi birinchilikda SSSR terma jamoasi shohsupaga koʻtarilishiga bir qadam qolgandi. Oʻz uyida revansh olish muhim edi. Birinchi bahsda mezbonlar gʻoliblik ilib ketdi. Muvaffaqiyat bilan boshlangan oʻyin yanada ishonch bagʻishladi.

XXII Olimpiyskiye igrы. Vodnoye polo. Finalnыy turnir. Match SSSR - Niderlandы. Moment igrы u vorot sbornoy komandы SSSR
© Sputnik / Aleksandr Makarov
XXII Olimpiyskiye igrы. Vodnoye polo. Finalnыy turnir. Match SSSR - Niderlandы. Moment igrы u vorot sbornoy komandы SSSR

Final oʻyinlarida asosiy bahs vengrlarga qarshi edi. Monrealdagi Oʻyinlar gʻolibi, 1977 yilgi Yevropa chempioni va 1979 yilgi Jahon kubogi sohiblari – ular Moskadagi musobaqaning favoritlaridan biri hisoblanishardi.

“Oʻsha davrda rasmiy oʻyinlarda biz vengrlarga yutqazardik, shu bois juda hayajonlandik. Toʻgʻri, raqiblarimiz ham asabiylashishardi. Buning isboti: Tamash Farago – dunyodagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri, mohir otish qobiliyatiga ega, - penaltidan toʻp kiritolmadi. Biroq biz ham imkoniyatimiz boy berdik. 1980 yilda Vengriya termasi “yulduzli jamoa”, sovet termasi esa – “jamoa-yulduz” edi: biz hammasiz bir-birimizni toʻldirardik va raqibni 5:4 hisobida taslim qilishga erishdik. Men ikki gʻalaba goli muallifi edim. Bu gʻalabadan soʻng men oltin medallaga ega chiqish imkoniyatiz doirasida ekanini his qildim”, - deya tan oladi Erkin Shagayev.
Letniye XXII Olimpiyskiye igrы 1980 goda. Basseyn sportkompleksa Olimpiyskiy. Match po vodnomu polo mejdu sbornыmi komandami SSSR i Yugoslavii. Bolelщiki pozdravlyayut sbornuyu SSSR s pobedoy.
© Sputnik / Aleksandr Makarov
Letniye XXII Olimpiyskiye igrы 1980 goda. Basseyn sportkompleksa "Olimpiyskiy". Match po vodnomu polo mejdu sbornыmi komandami SSSR i Yugoslavii. Bolelщiki pozdravlyayut sbornuyu SSSR s pobedoy.

Keyin SSSR termasi Ispaniya, Kuba, Niderlandiya, finalda esa Yugoslaviya terma jamoalari ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi.

“Biz eyforiya holatida edik, shunchaki yettinchi osmonda: baxt, yengillik, gʻurur. Gʻalabani vatanimizda qoʻlga kiritganimiz quvonch ustiga quvonch ato etardi. Bu sovet terma jamoasi tarixida keskin burilish edi: 1970 yillan oʻrtasidan jamoa qayta tuzilgan, Moskvadagi gʻalabadan soʻng biz yutish kerak narsalarni yutdik. Ochigʻi, men Olimpiya chempioni boʻlganimni biroz vaqt oʻtib angladim”, - deydi Moskvadagi Oʻyinlar chempioni.

Shagayev deyarli toʻliq ishtirok etgan sakkiz oʻyindan iborat qizgʻin turnir zoye ketmadi – sportchi shu kunlar davomida uch kilogrammga ozdi.

Gʻalabadan soʻng sportchilar Olimpiada yakunlanguniga qadar bir necha kun qolishgan. Sayr qmlish va sport bayramidan bahro olish imkoni bor edi, lekin Erkin oilasini sogʻingan edi va shuning uchun zafarning ertasi kuniyoq jonajon Toshkent shahriga uchib ketdi.

Uyda uni qahramonlardan kutib olishdi. Ertalabki soat 4 dagi reysga qaramay uni kutib olgani doʻstlari va respublika rahbari toʻplangandi.

Butun avgust oyida Erkin Shagayev uyda dam oldi, sentyabrda esa Toshkent jamoasi bilan Litvaga yangi musobaqaga otlandi. U Oʻzbekistonning faxri boʻldi va faxriy mehmon sifatida maktab, zavod va fabrikalardagi mehnat kollektivlariga tashrif buyurardi.

“Men hamisha yoshlarni gʻalabamiz bilan ilhomlantirishga harakat qildim. Asosiysi odam sevgan ishida muvaffaqiyaiga erishi kerak, nafaqat sportda. Men sportdan shuncha mamlakatlar va butun Sovet Ittifoqini aylanib chiqqanim uchun minnatdorman”, - deydi u.

Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan “Lujniki” basseynida marmar taxtachi savlat toʻkib turibdi: unda oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoa oʻyinchilarining ismi oʻyib yozilgan.

Sportdan keyin hayot

Olipiada-80 dan soʻng gʻolib jamoa yana bir necha yillar dunyodagi eng kuchlisi edi: sovet suv polosi sportchilarining Yevropa chempionati (1983 y.), ikki marotaba Jahon kubogi (1981 va 1983 yillarda) hamda koʻplab xalqaro musobaqalarda qoʻli baland kelgan. 1984 yildagi Oʻyinlar boykoti tufayli Moskva muvaffaqiyatini takrorlash nasib etmadi. Biroq sovet sportchilari muqobil “Drujba” musobaqasi chempionlari boʻlishdi. Shundan soʻng Erkin Maqsudovich sportdan ketishga qaror qildi.

“Men oʻzini siqib suvi chiqarilgan mevadek his qilardim: har qalay terma jamoa tarkibida sakkizda qizhin mavsumda oʻynadim. Oddiy boʻlmagan, juda kuchli jismoniy mashgʻulotga qaramasdan eng qiziqarli yillar edi. Ehtimol, yarim yil tanaffus olib, orom olib kuch toʻplaganimda keyingi olimpiadada ishtirok etishni xohlagan boʻlishim mumkin edi. Lekin dam olishning imkoniyatini yoʻq edi, va men 25 yoshimda sportdagi faoliyatimni yakunladim”, - deydi Shagayev.

Bir necha yildan keyin Erkin Maqsudovich sport mavzusiga oid nomzodik dissertatsiyani muvaffaqiyat bilan yoqladi, lekin uni amaliy murabbiylik ish oʻziga jalb qildi.

Semya Shagayevыx v Avstralii
Iz lichnogo arxiva Erkina Shagayeva
Semya Shagayevыx v Avstralii

Avvaliga jonajon Oʻzbekistonida mehnat qildi, keyinchalik uni Avstraliyaga taklif qilishdi. U Sidneyga 1991 yil yozda xotini va ikki nafar kichik farzandi bilan keldi. Sport tufayli oʻzi koʻrgan duyoni ularga koʻrsatmoqchi edi. Avvaliga Shagayev Avstraliyaning suv polosi boʻyicha erkalar jamoasining maslahatchisi edi. 1992 yilda jamoa Olimpiadada 5-oʻrinni egalladi. Shundan keyin unga oʻsmirlarni tarbiyasiga olishni taklif qilishdi. U oʻsmirlar bilan Jahon chempionatida (1999 y.) kumush medalga sohib chiqdi. Tez orada Shagayev Avstraliyaning kattalar jamoasini boshqardi. Uning rahbarligi ostida jamoa oʻzining eng yaxshi natijasiga erishdi – yarim final bosqichi va 1998 yildagi jahon chempionatida 4 –oʻrin.

Shuningdek, Erkin Maqsudovich Singapur terma jamoasining direktori va bosh murabbiyi boʻlgan, Xitoyda suv polosi boʻyicha ayollar jamoasini tayyorlagan. 2014 yildan 2016 yilgacha Rossiya erkaklar jamoasiga murabbiylik qilgan.

Erkin Shagayev s vnukom v Avstralii
Iz lichnogo arxiva Erkina Shagayeva
Erkin Shagayev s vnukom v Avstralii

Bugungi kunda olimpiya chempioni sport  maslahatchisi sifatida ishlashda davom etmoqda. Unga dunyoning turli mamlakatlaridan talab katta, lekin u koʻp vaqtini vatanida oʻtkazadi.

“Men Oʻzbekistonni juda yaxshi koʻraman: qayerda ishmayin, qalbim bilan uydaman. Bu yerda, onam, singlim va uning oilasi, amaki-togʻalarim, amma-xolalarim, doʻstlarim bor. Esimda, bir necha oy ilgari Toshkentga kelib, shahar boʻylab sayr qilgandim. Bu yerda professional jihatdan ham foydam tegishini istayman: kuchim, gʻayratim hali ham bor. Ehtimol, qachondir sportdagi yoʻlim haqida avtobiografiya yozarman. Sovet suv polosi sportchilari yirik musobaqalarda ishtirok eta olmagan davr juda qiyin edi. Men uchun “qon, ter va koʻz yoshlar” va “mashaqqatlardan yulduzlar sari” ifodalari haqiqiy maʼnoga ega. Lekin biz natijada jamoadagi doʻstlarim bilan asosiy mukofotni qoʻlga kiritdik. Demak, barcha zoye ketmagan”, - deya xulosa qiladi Erkin Maqsudovich.

Birinchi oʻzbekistonlik Olimpiada oltin medali sohibining ishonchi komil: bu sportning kelajagi va vatandoshlarining boshqa sport turlaridagi muvaffaqiyati hali oldinda.

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (20)

Asosiy mavzular